Mavzu: O’zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablarida jismoniy tarbiya vositalari. Reja


Bolalarning ijtimoiy tajribasini shakllantirish usullari


Download 197.35 Kb.
bet4/7
Sana11.05.2023
Hajmi197.35 Kb.
#1452413
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Sulaymonqulova Vasila

Bolalarning ijtimoiy tajribasini shakllantirish usullari


Bola shaxsining uyg'un rivojlanishi uchun bolalarning ijtimoiy rivojlanishi yaxlit pedagogik tizimga asoslangan bo'lishi kerak. Bolaning ijtimoiy maqomini shakllantirishga ta'sir qiluvchi usullar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  1. O'yin: o'yinda bolalar o'zlarini turli jamiyat rollarini o'ynashadi, bu esa ularni jamiyatning to'la-to'kis a'zolari deb his etishlariga olib keladi.

  2. Tadqiqot: bolaning tajribasini boyitib, unga o'z echimini topish imkonini beradi.

  3. Mavzuning faoliyati: bolaning atrofdagi dunyoni bilishini ta'minlaydi va uning qiziqishlarini qondiradi.

  4. Aloqa faoliyati: Bolaga kattalar bilan hissiy munosabatlarga ega bo'lishiga ko'maklashish, unga ko'maklashish va baho berish.

Shunday qilib, bolalarni ijtimoiy rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishda nafaqat ijtimoiy tajribani bilim va ko'nikmalar shaklida o'tkazish, balki ichki potentsialni oshkor etishga ko'maklashish ham zarur.

2.2. ”Ilk qadam” dasturida jismoniy tarbiya masalalarining yoritilishi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab olindi. 2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
Rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari
O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PK-2707-son" 2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi to'g'risida"gi nizomi va “Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida"gi qaroriga asosan Davlat talablari qabul qilindi.

Davlat talablarn O'zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo'llaniladi:


- davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
- nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
- maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan "Mehribonlik” uylari.
- maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi
o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshirish muassasalarida xodim va rahbarlar Davlat talablariga rioya qilishlari lozim. Davlat talablarining maqsadi - mamlakatda o'tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg'or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
Davlat talablarining asosiy vazifalari:
- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'limtarbiyasi mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash;
- milliy umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta'lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
- ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash.
Davlat talablarining tamoyillari:
- bolaning noyobligi;
- "Men" konsepsiyasi va shaxsiy ta'limini yaratishda bolaning faol roli;
- bolaning huquqlarini himoya qilish va ta'minlashning muhimligi;
- bola ta'limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
- bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo'lib, individual variativlik asosida yondashuv.
Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar:
- Maktabgacha ta'lim - maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishlari.
- Individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, ma’naviy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma'naviy me'yorlarning shakllanishi, hayotiy ijtimoiy tajriba egallanishini ko'zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon:
- rivojlanish inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologic jarayonlar hamda atrof-muhit ta'sirida ro'y beradigan o'zgarishlar:

- rivojlanish sohasi - bola rivojlanishidagi aniq bir yo'nalishlar: kichik soha - sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarni kichik sohasi rivojlanishning ma'lum bir tomonlarini o'z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo'nalishini ko'rsatib beradi;


- kutilayotgan natija bolalardagi bilim, ko'nikma va maiakalar
ko'rsatkichi;
- bola kompetensisi - ma'lum bir yosh davriga xos bolgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo'lgan bolaning bilimi, ko'nikmasi va malakalar hamda qadriyatlari:
- integratsiya - bola ta'limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o'rtasidagi bog'liqlik:
- inklyuziv ta'lim - bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta'lim va tarbiya olinishini teng ta'minlovchi jarayon;
- "Men" konsepsiyasi bolaning o'zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uni refleksiv faoliyatining bir qismi;
- refleksiv faoliyat - bolada o'z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.
Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo'lingan. Har bir rivojlanish sohasi o'z o'rnida kichik sohalarga bo'lingan bo'lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kutilayotgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan iborat.
Bolalarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
Ertalabki badantarbiya mashqlarini tashkil etish
Ertalabki badantarbiya mashqlarining sog‘lomlashtiruvchi turlari. Maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilari ertalabki badan tarbiya mashqlarini o‘z ichiga oladi. Ertalabki badantarbiyamashqlarining bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va
harakat funksiyalarini takomillashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarida sport turlari. Bu guruhga sport ertalabki badantarbiya mashqlari, badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari kiradi. Bu turlar sport yo‘nalishiga ega bo‘lib, sport turlari sifatida targ‘ib etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahoratini ko‘rsatish, hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida ertalabki badantarbiyamashqlari ko‘p murakkab mashqlarini bajara bilishga erishishdan iborat. Ertalabki badan tarbiya mashqlarining amaliy turlari.
Ertalabki badantarbiya - amaliy mashqlarning bir ko‘rinishidir, ertalabki badantarbiya yanada tezroq va to‘la ravishda bolaning sog‘lig‘ini tiklash uchun qo‘llaniladi, yana jismoniy sifatlarni rivojlantirishda chidamlilikda qo‘llaniladi. Ertalabki mashqlarning vositalari - saflanish mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari; umumiy ritmik mashqlarning buyumlarsiz va buyumlar bilan bajarilish turlari (tayoqlar, gantellar, arg‘imchoqlar, to‘plar va boshqa), mashqiy devordagi mashg‘ulotlar halqlarda va amaldagi mashqlar (yugurish, sakrash, o‘rmalash, oshib o‘tish)
Maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki badantarbiya
mashqlarining asosiy shakllari:
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotdan oldin o‘tkaziladi. Uning ahamyati: organizmni chiniqish jarayoniga tayyorlash. Ertalabki badantarbiya 7-15 dakika davom etadi. Badantarbiya mashqlari 5-7 ta mashg‘ulotlardai iborat. Eng kup og‘irlik mashg‘ulotlarning o‘rtasida o‘tkaziladi.
Bolalar bog‘chalari guruhlarida ertalabki mashqlar sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Kun tartibining ajralmas qismi bo‘lgan holda u har bir bola uchun majburiydir. Har kuni uyg‘ongach (5-7 daqiqadan so‘ng) maxsus tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa davomida organizm faoliyatini faollashtiradi, tananing to‘g‘ri o‘sishidagi ko‘nikmalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yassi oyoqlikdan ogohlantiradi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda foydali bo‘lgan har kuni bajariladigan estalabki jismoniy mashqlarni bajarishni ta’minlaydi.
Aqliy va jismoniy mehnatning ishlab chiqaruvchanlik darajasi birmuncha pasaygan bo‘ladi. Ertalabki jismoniy mashg‘ulotlarning ahamyati markaziy nerv sistemasiga kuchli analizatorlarnnng retseptorlarining signallari oqimi kelib tushadi, ayniksa proporsiya-retseptorlardan, bu markaziy nerv tizimining tez ko‘zg‘alishiga va mehnatga yarokliligi me’yorini qayta tiklaydi.
Ertalabki mashqlar teri retseptorlarining sovuqqa va suv bilan bo‘ladigan ta’sirlari birgalikda o‘tkazilsa, nerv sistemasining ko‘zg‘alish jarayoni tezrok yulga qo‘yiladi. Tashqi muxitdagi ayrim kuzatuvchilarni ta’sirlari (suv jarayonlari, toza havo va quyoshning ta’siri) nerv tizimining ko‘zg‘alishi bilan bir qatorda organizmning chiniqishiga yordam beradi. Ertalabki jismoniy mashqlar gavdaning, muskul guruhlarining hamma qismlarini harakatga keltirish qon aylanishining kuchayishiga yordam beradi. Yurakning va o‘pkaning normal faoliyatining qayta tiklanishi, odatdagi moddalar almashinuvi darajasini oshiradi. Kuchlarni, tezlikni va koordinatsiyalarni, harakatlanish apparatlari va ichki organlarning fiziologik vazifalarini markaziy nerv tizimi tomonidan doimiyligini yaxshilaydi, sistematik ravishdagi muskul mashqlari davomida rivojlanuvchi muskullarning o‘ziga xos kimyoviy xususiyatlarini saqlab kolishga yordam beradi.
Mashqlar charchoq keltirib chiqarmasligi lozim. Shuning uchun astasekin sodda mashqlardan biroz murakkab mashqlarga o‘tish lozim va shu bilan bir qatorda asta-sekinlik bilan organizmga kuchlanishni kupaytirish lozim. Kuchlanishlar mashqlarning qiyinlashuvi hisobiga, kaytarilishlar soni hisobiga, harakatlarning tezlik darajasini oshishi va ayrim mashqlar orasidagn to‘xtalishlarni kamaytirish hisobiga oshiriladi.
Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari.
Ritmik mashqlari sog‘lomlashtirish yunalishidagi badantarbiya mashqlarining ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy mazmuni yugurish, sakrash, uyin ko‘rinishlari hisoblanadi. Bularning hammasi sog‘liqni oshirishga yordam beradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari bilan hamma turli xil yoshdagi bolalar shug‘ullanishi mumkin. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlarida harakat chegaralanmagan bo‘ladi, gavdaning hamma qismiga ta’sir qiladi, chaqqonlik, epchillik, egiluvchanlik, chidamlilik. Musiqaviy ritm harakatlarni tashkillashtiradi, shug‘ullanuvchilarning kayfiyatini ko‘taradi.Xis - tuyg‘ularning ijobiy xolati harakatlarni yanada g‘ayrat bilan bajarishga undaydi, bu narsa ularning - organizmga ta’sirini kuchaytiradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari atletika yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin, agar harakatlarda chidamlilikka, plastiklikka, o‘yin yoki aralash mashqlar ustun turadi. Mashqlar majmuida raqsiy daqiqalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Axir qizlar ayniqsa xis-xayajonlarga va raqslarga intilishadilar. Shuning uchun bu badantarbiyaning nomi ritmikdir. Badantarbiya mashg‘ulotlar yig‘indisi o‘zining xos xususiyatga ega. Birinchidan, ularda aerobik xususiyatga eta bulgan mashqlardan (yugurish, sakrash) tashkari bo‘g‘inlarning cho‘zilishi egiluvchanligi va harakatchanligiuchun kerak bo‘lgan mashqlarishtirok etadi.
Raqslar uchun mo‘ljallangan mashqlar juda kup. Ikkinchidan musiqaviy kuzatuv sifatida ko‘pgina o‘zbek kompozitorlarining musiqalari va dunyo rakslarn qo‘llaniladi Harakatlarning go‘zalligini shakllantirayotib, biz bir vaqtning o‘zida insonning ruxiy olamiga ta’sir ko‘rsatiladi. Ertalabki badantarbiyaning yosh avlod tarbiyasidagi ahamyatini bebaxoligini ko‘ramiz. Ritmik badantarbiya bu insonlarning dam olishi va tarbiyasi uchun ijobiy vositadir.
Ritmik badantarbiyaning vazifalari quyidagilarga qaratilgan:
- sog‘liqni har tomonlama saqlash va mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, chiniqtirish, organizmning tashki muhitni noqo‘lay bo‘lgan sharoitlariga chidamliligini oshirish;
- shaxsning ma’naviy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘z kuniga ishonchni tarbiyalash va ijodiy xususiyatlarini rivojlantirish;
- shug‘ullanuvchilar tomonidan jismoniy mashqlarni mustaqil qo‘llash uslubi va jismoniy tarbiya asoslari bo‘yicha ma’lum doiradagi bilimlarga ega bo‘lish;
- doimiy ravishdagi jismoniy mashqlar mashg‘ulotlariga barqaror qiziqish va odatlarni tarbiyalash, jismoniy tarbiyani kun tartibiga kiritish.
Ritmik badantarbiyaning xususiy vazifalariga kuyidagilar kiradi:
egiluvchanlikning rivojlanishi, bo‘g‘inlarning harakatchanligining rivojlantirish;
dinamik va statistik kuchlarning rivojlantirish;
chidamlilikni tarbiyalash;
harakatlarning tezligini va muvofikligini rivojlantirish;
qon-tomirlari va nafas olish organlarni sistemasini rivojlantirish; - harakatlar plastikasining rivojlanishi, estetik tarbiya.
Ritmik badantarbiya guruxlarida shug‘ullanuvchilarning yaxshi jismoniy rivojlanganligi. Sog‘lig‘ining xolati, birmuncha yuqori mehnatga yaroklilik darajasi va jismoniy og‘irliklarga moslasha olishligi bilan fark qiladi.
Mashqlarning mazmuni.Ritmik badantarbiyaning yig‘indilari anatomik belgilari bilan turkumlanadigan umumiy rivojlanuvchi qo‘l va yelka mashqlari, oyoqlar uchun mashqlar, gavda va bo‘yin uchun mashqlarni o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, harakatlarning xususiyatlaridan, u yoki bu mashqlarning ta’siridan kelib chiqqan xolda xilma-hil jismoniy xususiyatlar rivojlanadi va mukammallashtiriladi. Shuning uchun mashqlardagi oriyentir, ya’ni yo‘nalish olishni tezlashtirish va ularning yig‘indisini tuzish, yanada to‘g‘riroq tanlash uchun anatomik belgilariga qarab yig‘ilgan mashqlarning guruxlarining har biri ko‘prok ta’sirga ega bo‘lgan xususiyatlarga qarab guruxlarga bo‘linadi: kuch ishlatish uchun mashqlar, egiluvchanlik uchun mashqlar, o‘z-o‘zini xoli kuyish uchun mashqlar, harakatlariing koordinatsiyalarini va tezligini rivojlantirish uchun mashqlar, irodani sinash uchun mashqlar kiradi. Bel uchun mo‘ljallangan mashqlar alohida guruxlarga ajratiladi, qaysini ular mashg‘ulotlarning asosiy bo‘lishini, eng og‘ir kismini tashkil qiladi. Doimiylik xususiyatiga ega bo‘lgan mashqlar asosiy bo‘lib turibdi - yugurish, sakrash, raqs harakatlari, va yana asabni boshqaruvchi mashqlar mashg‘ulotlari.
Mashqlarni quyidagilarni inobatga olgan holda joylashtirish lozim:
а) Mashqlarni yengil yurishdan boshlab, yengil yugurishga o‘tkazish lozim, yurish va yugurish jarayonida gavdaning tikligiga e’tibor qilish lozim. Boshni to‘g‘ri tutish kerak, mashqlar majmui gavdaning to‘g‘ri turishini, xis etish uchun zarur bulgan maxsus mashqlarni bajarishdan boshlanadi;
b) umumiy ta’sirdagi 2-3 da mashqlarni bajarish lozim. Bu odatda, sodda, kam foydali mashqlardir.Ular yurak - kon tomirlari faoliyatini, nafas olish sistemasini va almashinish jarayonlarini rag‘batlantiradi;
g) keyin esa qo‘l, muskullar, yelka, gavda, oyoklar uchun mashqlar bajariladi. Bu paytda gavdaning har bir qismi orqama-ketin qo‘shilishi lozim.Mashqlarning bajarilishi keyingi qismlarda oshadi, ishga muskullarning har hil guruxlari qo‘shiladi. Gavda uchun mashqlar (egilishlar, burilishlar) qorin muskullarini mustaxkamlaydi, umurtka pogonasining harakatchanligini qo‘llab - quvvatlaydi va rivojlantiradi;
d) Keyin esa kuch ishlatuvchi xususiyatga ega bo‘lgan 2-3 ta mashqlar gavdaning barcha kismlari bilan bajariladi (qo‘l, korin muskullari va tana) Faol muskul zirishlaridan so‘ng muskullarni dam olishlari uchun 1-2 ta mashqlarni bajarish lozim;
ye) Undan keyin sakrashlar keladi. Ular oyoqlar muskullarini mustaxkamlaydi. Sakragandan so‘ng albatta, mashqini kamaytirgan holda yurishga o‘tish lozim. 1-2 ta nafas olish mashqlari organizmni yanada tinch xolga kelishiga imkon beradi;
j) Mashqlar majmui gavdani to‘g‘ri sezish mashqlarini bajarish bilan yakunlanadi.
Ertalabki badantarbiyaning metodik xususiyati.
1. Badantarbiya mashqlarning harakteristikasi. Safda turib bajariladigan mashqlar bu qiyin bo‘lmagan harakatlantiruvchi mashqlardir.
2. Umumrivojlantiruvchi mashq (ertalabki badanarbiya mashqlari xamma turlarida keng foydalaniladi. Bu unchalik qiyin bo‘lmagan harakatiga keltiruvchi mashq), ya’ni har xil muskullar guruxini jismoniy layoqatini yanada chuqurlashtirish, elementlar, harakatga keltiruvchi ko‘nikmani qo‘lga kiritish, predmetlar bilan ishlash, umumiy jismoniy tayyorgarlikii rivojlantirish maqsadida bajariladi.
3. Qo‘shimcha mashqni va ko‘nikmani atrof- muxit bilan bir-biriga aktiv ta’sir etuvchi badantarbiya vositadir.
4. Erkin mashq bu ertalabki badantarbiyamashqlarining bir turi bo‘lib chidamlilikni oshirishga rivojlantirishga yunaltirish.
5. Badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari.
Ertalabki badantarbiya vazifalari quydagilar hisoblanadi:
-odamning jismoniy holatiga xos bo‘lgan mezonlar bo‘yicha uning salomatligiga oid model ko‘rsatkichlarini normallashtirib turish, -jismoniy yuklamalar meyorga solib turishi,
-sixat- salomatligini model darajasiga erishishi va uni saqlab turish uchun unga optimal darajada mashq tasir ko‘rsatuvchi tadbirlar
Ertalabki badantarbiya mashqlariga o‘rgatishning shart-sharoitlari.Badantarbiya mashqlariga o‘rgatishninng shart-sharoitlarini yaratish bir-nechta sharoitlarni o‘ziga qamrab oladi. Buning ostida tarbiyachining tayyorgarligi va har xil metodik va texnik vositalari ishlatilishi nazarda tutiladi. Tarbiyachi o‘rgatayotgan mashqlarini chuqur va mukammal bo‘lishi kerak. O‘rgatish oldidan tarbiyachida ishning rejasi bo‘lishi shart. Uning ichida harakatlarining ketma-ketligi bo‘lishi kerak. Har bir bolaning sifatlarini, mashqlarning sharoitlarini bilishi kerak. Ko‘pincha mashqlarni o‘rgatayotganda tarbiyachi tayyor tekshirilgan o‘rgatish yullarini ishlatadi. Bunda o‘rgatish yulining modelini aniqlash kerak.Mashqlarni o‘rgatish vaqtida tarbiyachining harakati katta ahamyatga ega. Bolaning harakatini e’tibor bilan kuzatib, uni har doim baxolab turishi kerak, o‘z vaktida bolaga yordam berib, mashqlarning bajarilishini yengillashtirishi, agar kiyinchiliklar tug‘ilsa, xatolarni to‘g‘rilashi kerak. O‘rgatish jarayonini shu tarzda boshqarish, tarbiyachi tomondan, ijodiy jarayondir va pedagogik maxoratni ta’riflaydi.
Jismoniy daqiqalar (qisqa muddatli jismoniy mashqlar) o‘rta, katta va tayyorlovchi guruhlarida mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffusda, shuningdek dars jarayonining o‘zida o‘tkaziladi.
Jismoniy daqiqaning ahamiyati bola faloliyati va xolatini harakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bo‘lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi.
Agar bola mashg‘ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa toliqish yuzaga keladi.Toliqish bir xil ish, shuningdek mashg‘ulot yuklamasini buzilishi tufayli kuchayadi, bu bolalarning e’tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po‘stlog‘ida rivojlanadigan tormozlanish va bolaning o‘quv materialini o‘zlashtirish qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U chalg‘iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki susayadi.Bu belgilarning barchasi faoliyatni o‘zgartirish zarurligini ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xatto 6 yoshli bolalar ham 20 daqiqagina nisbatan harakatsiz va diqqatni jamlab tura olar ekanlar; shu muddatdan so‘ng ular toliqish tufayli bilimlarni yaxshi o‘zlashtirish va ko‘nikmalarni egallashga qodir bo‘la olmaydilar.
Jismoniy mashqlarni bajarish mushak ishini faolashtiradi, bu o‘z navbatida qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, miyaning qon bilan ta’minlanishini faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi emotsional – ijobiy holatning shakllanishiga, diqqatning, aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga ta’sir qiladi. Charchoq yo‘qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan shug‘ullana boshlaydi.
Jismoniy daqiqalar tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta cho‘qqayib o‘tirish yoki turgan joyida yugurish (30-40 sekund) kiradi. Jismoniy daqiqalari o‘z ichiga yelka kamari va qo‘llarga mo‘ljallangan 2-3 ta mashq, tortilish, egilish va gavdani burish mashqlarini oladi. Jismoniy daqiqalar 2-3 daqiqa davom etadi.



Download 197.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling