Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantrish bo’yicha qaror va farmonlari


Download 30.83 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi30.83 Kb.
#1051351
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ko’rsatmalari asosida jismoniy tarbiya, sportni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari.




Mavzu:

    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantrish bo’yicha qaror va farmonlari.



Reja:



    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ko’rsatmalari asosida jismoniy tarbiya, sportni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari

    2. Bolalar sportini va jismoniy madaniyatni rivojlantirish bo’yicha Prezidentimizni qarorlari va farmonlari.

    3. Uch bosqichli sport musobaqalarini mazmuni va mohiyati

«Universiada - 2002» sport o’yinlari ishtirokchilariga.1
Aziz o’g’il-qizlarim!
Sizlarning barchangizni qadimiy Buxoro shahrida bunyod etilgan mana shu zamonaviy va muhtasham sport majmuida O’zbekiston talaba yoshlarining «Universiada - 2002» musobaqalarining tantanali ochilishi munosabati bilan chin qalbimdan tabriklash menga alohida mamnuniyat baxsh etadi.
“O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sportning asosiy yo’nalishlari kontsipsiyasi” O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida “(1999 yil 27 may 271-soni qarori)”, Alpomish va Barchinoy test sinovlari qabul qilindi.
Bu qonun va qarorlar mamlakatimizda sog’lom, barkamol Vatan himoyasiga amaliy jihatdan tayyor yosh avlodni tarbiyalashdek muhim vazifalarni bajarishida, umumiy ta‘lim maktablari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida, ommaviy jismoniy tarbiya tarbiya va sport sog’lomlashtrishtirishda yangi istiqbollar ochmoqda.
Keyingi 5-6 yil ichida Respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida sharqona, milliy sport turlaridan “CHim ustida hokkey” (chavg’on), kurash, (Buxorocha va Farg’onacha), turon kurash sporti, qo’l san‘ati, dyuzdo, boks, tosh ko’tarish, ko’pkari, futbol, yengil atlitika, katta tens, basketbol, voleybol, qayiqda suzish, Yunon rum kurashi, erkin kurash, sambo va boshqa sport turlari tez sur‘atlar bilan rivojlanib bormoqda. Prezidentimiz g’amxo’rligi tufayli zamonaviy talablarga javob beradigan stadionlar, tennis kortlari, suv havzalari, sport zallari sog’lomlashtirish tarkazlari barpo etildi, borlari esa qayta ta‘mirlanmoqda.
Kadrlar dayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 24 oktyabrda chiqargan “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida”gi farmoni muhim ahamiyatga ega. Bu jamg’armaning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat;
-Bolalar jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalar sportini aniq maqsad yo’lida va barqaror avj oldirishga ko’maklashish;
- Bolalar sportiga mehr o’yg’otish, o’sib kelayotgan yosh avlod ongiga sport bilan sho’g’ullanish, sog’lom turmush tarziga amal qilish, ma‘naviy va jismoniy kamolat intilish, ularni salbiy ta‘sirlardan himoya qilish hamda zararli odatlardan halos etish, bolalarni barqaror fel-atvorli, vataniga mehr-muruvvat va o’z mamlakati uchun g’urur-iftihor ruhida tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
- Birinchi navbatta qishloq joylarda bolalar jismoniy tarbiya va sportning moddiy ba‘zasini shakllantirish, aholi manzillarida zamonaviy bolalar sport uskunalari hamda anjomlari bilan jihozlash;
-Bolalarni jismoniy va ma‘naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va usullarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko’nikmalarini singdirishning, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi mashg’ulotlarga tanlab o’qishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish;
-Bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va usullarini tadbiq etish, bolalar sporti bo’yicha ustozlar va pedagogik kadrlarni mamlakatning yetakchi ilmiy markazlarida va chet ellarda tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasida Respublika Milliy Olimpeya qo’mitasi, sport federatsiyasi klub va tashkilotlari bilan o’zaro faol hamkorlik qilish va boshqarish.
Ushbu farmonga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 oktyabrda “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” qabul qilingan qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishi mamlakatimizda bolalar sportni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’taradi.
Respublikamizning hukumat, shaxsan Prezidentimiz Islom Karimov jismoniy madaniyat va sport sohasida yituk mutaxassis kadrlar tayyorlashga ham alohida g’amhurlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunda barcha viloyatlardagi universiyadalarda, pedagogika institutlarda jismoniy tarbiya va sport fakultetlari faoliyat ko’rsatmoqda, ular oliy ma‘lumotli mutahassislarni iqtidorli talaba sportchilarni tayyorlamoqdalar. Shuningdek oliy o’quv yurtlarida bo’lajak oliy ma‘lumotli mutaxassislarni sog’lomlashtirish, jismoniy ta‘lim berish, jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanishga odatlanrish, iqtidorli talabalarni sportga jalb qilish vazifalari ham amalga oshirilmoqda.
O’tgan davrda milliy kurashning xalqaro maydonga chiqqanligi chinakam ma‘noda tarixiy voqea, deb aytish mumkin. 1999 yilda Toshkentda kurash bo’yicha birinchi jahon chempionlari bo’lib o’tadi, unda 50 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar qatnashdi. Davlatimiz rahbarining muntazam etiboridan ruhlangan sportchilarmiz o’tgan davr maboynida 18 ta Osiyo chempiyonatida, 16 ta jahon kubogi musobaqalarida va 33 ta boshqa yirik musobaqalarda qatnashib, katta muvoffaqiyat qozonishdi. Bularning barcha mamlakatimizda ijtimoiy iqtisodiy, xalq ta‘limi, jismoniy madaniyat va sport sohasida sodir bo’layotgan ijobiy o’zgarishlar samarasidir.
O’zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan 1996 yilda Toshkent shahrida «Olimpiya shon-shuhrati» muzeyi tashkil etilib, uning ochilish maro-simida Xalqaro Olimpiya qo’mitasining Prezidenti X.A. Samaranch qatnashdi.
Respublika Prezidentining tashabbusi tufayli sportning o’yin turlari bilan birgalikda, taraqqiy etgan davlatlardagina rivoj topgan katta tennis mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy ravishda, tez sur’atlar bilan o’sdi. Bir necha yilda jahon andozalari talablariga javob beradigan tennis saroylari va kortlari Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda bunyod etildi, ular negizida turli darajadagi xalqaro musobaqalar o’tkazib kelinmoqda.
1994 yildan Toshkentda ATR tasnifidan joy olgan «Prezident Kubogi» xalqaro turniri, «Toshkent Open» xalqaro ayollar turniri, shuningdek, Farg’ona, Samarqand, Guliston, Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlarda «Chellenjer», «Fyuchers» va «Satellit» turkumidagi xalqaro tennis turnirlari o’tkazilib kelinmoqda. 1997 yilda mamlakatimizda tennisni rivojlantirish va uni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus jamg’arma tashkil etildi. Mamlakat aholisi o’rtasida tennisni targ’ib etish va jalb qilish, shug’ullanuvchilarga tegishli sharoitlar yaratish maqsadida "O’zbekiston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish chora–tadbirlari to’g’risida" Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi (1998 y.) (18). Unga muvofiq, viloyatlarda tennis federatsiyalari, klublari tashkil etildi, ushbu sport turi yuqori bosqichga olib chiqildi.
Mamlakatda Olimpiya o’yinlari dasturidan o’rin olgan sport turlarini mamlakatda rivojlantirish bilan birga, milliy sport turi "Kurash"ning jahon sport arenalariga olib chiqish borasida mislsiz ishlar amalga oshirildi. O’zbek milliy sporti - kurashni yanada rivojlantirish, uning xalqaro maydonda mustahkam o’rin egallashi uchun zarur shart–sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 1999 yilda «Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko’ra, yurtimizda Xalqaro kurashni rivojlantirish jamg’armasi tuzildi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi hamda Xalqaro kurash akademiyasiga davlat tomonidan huquqiy va amaliy jihatdan katta e’tibor ko’rsatildi. Mamlakat Prezidenti I. Karimov Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining faxriy prezidenti etib saylandi.
O’zbekistonning sport sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri milliy kurashning dunyo miqyosiga chiqishi bilan bog’liqdir. Hozirda jahonning 76 mamlakatida kurash federatsiyalari tuzildi. Bu milliy sport turi bo’yicha dastlabki Osiyo, Evropa, Afrika, Amerika qit’alari va jahon chempionatlari o’tkazildi.
Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni kompleks rivojlantirish maqsadida «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori 1999 yilda qabul qilindi (19). Unga binoan, «O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish Davlat dasturi kontsep-tsiyasi» tasdiqlanib, uning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilar qabul qilindi:
1. Jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish;
2. Jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish, ommaviy-sport ishlarini va sportning milliy turlarini rivojlantirish;
3. Jismoniy tarbiya hamda sportni ilmiy-uslubiy va tibbiy ta’minlash;
4. Jismoniy tarbiya va sport tizimi imkoniyatlarini rivojlantirish;
5. Jismoniy tarbiya va sportni targ’ib qilish;
6. Jismoniy tarbiya va sport sohasida mablag’ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, nodavlat sektorini rivojlantirish.
Dastur tadbirlari asosida «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilib, 2000 yilda Oliy Majlis sessiyasida qabul qilindi;
- Toshkent shahrida boksni, milliy sport turlarini rivojlantirish, Shahrisabzda esa, kurashni rivojlantirish respublika markazlari tashkil etildi;
- aholining jismoniy tayyorgarlik va salomatlik darajasini belgilab beradigan «Alpomish» va «Barchinoy» testlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi;
- mamlakatimizdagi barcha sport inshootlari ro’yxatdan o’tkazildi;
- viloyat markazlarida olimpiya zaxiralari kollejlari ishga tushirila boshlandi.
O’zbekistonda sportchi va murabbiylar mehnatini ma’naviy va moddiy rag’batlantirishga katta e’tibor berilib, «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustozi» va «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi» faxriy unvonlari ta’sis etildi (1992 y.) (20). Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Olimpiya o’yinlari va jahon chempionatlarida sovrinli o’rinlarni egallagan sportchilarga beriladigan «O’zbekiston iftixori» faxriy unvoni (1998 yilda) ta’sis etildi (21).
O’zbekiston sportchilari nufuzli xalqaro musobaqalarda qatnashib, barcha qiymatdagi medallarni qo’lga kiritdilar (1-ilova). O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari bilan Norvegiyaning Lillexammer, AQShning Atlanta, Avstraliyaning Sidney shaharlarida bo’lib o’tgan Olimpiya va Osiyo o’yinlarida hamda jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashgan respublika sportchilari va ularning ustozlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar (2-ilova).
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Olimpiya o’yinlarida, jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan mamlakat sportchilarini har tomonlama qo’llab-quvvvatlash yuzasidan qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi (22). Jumla-dan, Olimpiya o’yinlarida birinchi o’rinni egallagan sportchiga 100 ming, ikkinchi o’rin uchun 50 ming va uchinchi o’rin uchun 25 ming AQSh dollari miqdorida mukofotlar belgilandi. Mamlakat terma jamoa a’zolariga jahonning nufuzli musobaqalariga sifatli tayyorgarlik ko’rishi uchun istalgan sport inshootlaridan bepul foydalanish huquqi, shuningdek, boshqa shart-sharoitlar yaratib berildi. Ana shunday imkoniyatlar O’zbekiston sportchilarining Sidney va Afina Olimpiadalarida muvaffaqiyatli qatnashishini ta’minladi.

Bolalarga vatanparvarlik, jasorat, mardlik, xalqparvarlik haqida uzundan-uzuq ma‘ruza o’qigandan ko’ra, bu yuksak tuyg’ularni ijtimoiy tarbiya va sport orqali ularning qalbiga singdirish ko’proq keltiradi.


“Ma‘naviyat tarbiyaning eng ta‘sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish, bolalarimizni vatanparvarlik, xalq sevarlikka o’rgatish kerak bo’ladi” degan edilar Prezidentimiz.
Ha, agar biz yoshlarimizdan vatanparvarlik, mardlik, haqidagi rivoyat gaplarni eshitmoqchi bo’lsak, ularga mardlik, vatanparvarlik haqidagi rivoyat, yaxshi gaplarni gapirtirishimiz kifoya.
Agar biz yoshlarimizdan vatanparvarlik, mardlik jasoratini ularning kundalik hayotida ko’rishni, ularni vatanning haqiqiy himoyachilari qilib tarbiyalashni istasak yurtboshimiz ta‘kidlaganidek ularga “Vatanparvarlikni o’rgatishimiz kerak”.
Jismoniy tarbiya va sport esa yoshlarimizni vatanparvarlik, jasoratga o’rgatishning eng samarali vositasi, ta‘sirchan maktabdir.
Jismoniy tarbiya va sport nafaqat jismoniy, balki ma‘naviy kamolatga erishishda ham o’lkan omildir.
Bo’lajak vatan himoyachisi uchun zarur bo’lgan ma‘naviy-ahloqiy, irodaviy sifatlar jismoniy tarbiya jarayonida shakllanadi. Sport irodani tarbiyalaydi, odamni qiyinchiliklarni chidam va bardosh bilan yengishga o’rgatadi. Inson qalbida g’alabaga ishonch, g’urur to’yg’ularini tarbiyalaydi.
Shu sababli, sportning ommaviyligini ta‘minlash, uni rivojlantirish shaxsni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning eng muhim sharti hisoblanadi. Urushgacha boks bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda O’rta Osiyo chempioni degan nomni olgan mashhur yozuvchi Vladimir Karlov janglarda yuksak ma‘naviy, jangovorlik hislatlari bilan ming-minglab jangchilarga ibrat ko’rsatgan edi. “Agar men yaxshi mashq qilmagan sportchi bo’lmasam edi, hech qachon bunday janglarga bardosh bera olmasdim” deb yozgan edi.
Hozirgi davrdagi murakkab harbiy texnikani muvaffaqiyatli boshqara olish ham, armiya safidagi yoshlardan yuqori jismoniy tayyorgarlik va ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi.
Jismoniy madaniyatning muhim tamonlaridan biri bo’lgan sportda yuksak emotsiyanallik va harakatlarning jo’shqinligi ham mavjud. U jismonyi kuch-quvvatning yorqin namayon bo’lishiga, irodaning mustahkamlanishi hamda rivojlanishiga, ma‘naviy-ahloqiy va estetik tarbiya berishga, insonning jismoniy kamolat, yuksak umumiy madaniyatga erishishga hizmat qiladi.
Sport musobaqalarida g’olib kelish, birinchilikni olish uchun kurashib yuksak natijalarga erishish, sport razryatlari normalarini bajarish ham shu mazmunda hizmat qiladi.
Shu ma‘noda yurtimizda bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar Xarbiy-vatanparvarlik tarbiyasini zamon talablari asosida tashkil etishda, Vatanimizni qurolli himoya qilishga qodir.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya tizimi o’n millionlab maktabgacha va maktab yoshdagi o’quvchilarni o’rta va o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari yoshlari, oliy o’quv yurtlari talabalari, qurolli kuchlarimiz saflarida hizmat qilayotgan askarlarimizni o’z ichiga qamrab oladi.Jismoniy tarbiyadan ko’zda tutilgan asosiy maqsad-yoshlarimizni jismoniy va ma‘naviy jihatdan sog’lom qilib o’stirish, ularni mehnatga va Vatan mudofasiga tayyorlashdir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida ham o’lkan yutuqlar qo’lga keritildi. Respublikada “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi, “Sog’lom avlod uchun” ordenning ta‘sis etilishi, Respublikada futbolni rivojlantirish to’g’risida chiqarilgan Prezident farmoni, tennisni rivojlantirish maqsadida “O’zbekiston Prezidentining xalqaro kubogi” tashkil etishni sportni takomillashtirishda ilk poydevorlar bo’ladi. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan 504 ta bolalar va o’smirlar sport maktablari va ixtisoslashgan bolalar va o’smirlar olimpiya zahiralari maktablari, 11 ta olimpiya o’rinbosarlari bilim yurti hamda 8 ta Respublika oliy sport mahorati maktabida yuqori malakali, iste’dodli sportchilar tayyorlanmoqda. Malakali sportchilarni tayyorlash bilan birga, ommaviy sportni rivojlantirishda sport jamoalari, federatsiyalar va boshlang’ich sport jamoalari tomonidan sezilarli ishlar amalga oshirildi. 1991 yilda yurtimizda 52 sport turi mavjud bo’lsa, 2000 yilga kelib ularning soni 70 taga etdi. Bugungi kunda amalda bo’lgan 70 ta sport turidan 25 tadan ortig’i barcha hududlarda keng rivoj topib, ularni ommalashtirish uchun tegishli sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur ishlar evaziga sport bilan shug’ullanayotganlarning soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Joylarda sport turlarining jadal rivojlanishi shug’ullanuvchilar sonining muntazam oshishiga va aholini ommaviy tarzda qamrab oladigan turli musobaqalarning tashkil etilishiga zamin yaratmoqda. Bu musobaqalar orqali o’quvchi-yoshlar, nogironlar, ishchi va xizmatchilar, barcha ijtimoiy qatlamga mansub aholi vakillari sportga jalb qilindi.
Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar o’rtasida «Sog’lomjon va polvonjon», o’quvchi yoshlar o’rtasida “Futbol g’unchasi”, “Yoshlik”, “Umid” kuboklari, futbol maktab-internati o’quvchilari o’rtasida respublika birinchiliklari, o’quvchi-yoshlar o’rtasida «Quvnoq startlar», «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada», «Shunqorlar» harbiy sport musobaqalari, shuningdek, xotin-qizlar Spartakiadasi, mahallalarda “Futbolimiz kelajagi”, «Mahallamiz pahlavonlari», «Sog’lom oila» oilaviy sport musobaqalari, Milliy sport turlari va xalq o’yinlari bo’yicha «Alpomish» va «To’maris» festivali kabi tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.

1 “Xalq so’zi” gazetasi 28 may 2002 yil.

Download 30.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling