Milliy valyutamiz «So’m»ning 1994 yil 1 iyuldan muomalaga kiritilib, respublika hududida yagona to’lov vositasiga aylantirilganidan keyin so’m-kuponlar 1994 yilning 1 avgustiga qadar muomalada bo’lib turdi va ushbu sanadan ularni to’lovga va omonatlarga qabul qilish to’xtatildi. - Milliy valyutamiz «So’m»ning 1994 yil 1 iyuldan muomalaga kiritilib, respublika hududida yagona to’lov vositasiga aylantirilganidan keyin so’m-kuponlar 1994 yilning 1 avgustiga qadar muomalada bo’lib turdi va ushbu sanadan ularni to’lovga va omonatlarga qabul qilish to’xtatildi.
- Oraliq valyuta «so’m-kupon»ning mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida muomalaga kiritilishi va sobiq davlat banki kupyuralarining muomaladan bosqichma-bosqich chiqarilishi mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridagi muhim tarixiy voqealardan biri bo’ldi. Ushbu tadbir suveren mamlakatning asosiy belgilaridan biri bo’lgan milliy valyutani joriy etish yo’lidagi o’ta jiddiy sinov, tayyorgarlik, kuch va tajriba to’plash bosqichi bo’ldi, deyish mumkii.
- Shu bilan birga, ushbu vosita orqali mamlakat ichki bozori rublning stixiyali, vayron qiluvchi interventsiyasidan saqlab qolindi, makroiqtisodiy vaziyat izga tushirildi va eng muhim jihatlaridan biri, imkoniyatlar nihoyatda cheklangan bo’lishiga qaramasdan, aholini eng zarur iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash muvaffaqiyatli bajarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |