Mavzu: O’zbekiston Respublikasida moliyaviy nazoratni
Download 22.1 Kb.
|
Jamol Kholmirzaev Moliyaviy huquq fanidan bajargan mustqail ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davomiy moliyaviy nazorat
Joriy moliyaviy nazorat moliyaviy nazoratni operativ boshqarish va
tartibga solish jarayonining uzviy qismidir. U moliyaviy rejalarni ijro etish bosqichida amalga oshirilib, asosiy maqsadi – belgilangan doiradan chetga chiqishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni qabul qilishdan iborat. Ayrim mualliflar joriy nazoratni moliyaviy nazoratning maxsus shakli sifatidagi maqomini inkor etadilar. Masalan, E.A. Voznesenskiy ta’kidlashicha, moliyaviy nazoratning nazoratning mustaqil ko‘rinishi sifatidagi asoslanganligi shubha tug‘diradi, chunki ushbu omillar bo‘yicha tasnif asosiga nazorat harakatlari amalga oshirilishining turli vaqti moddiy boyliklar va pul mablag‘lari harakatiga nisbatan asos qilib olinsa, mazkur nazorat mavjudligi bilan kelishish mumkin bo‘lmasa kerak. Bu mezonni tan olish joriy nazorat mavjudligini inkor etadi va nazorat organlari tomonidan yo dastlabki yoki davomiy nazoratga har qanday harakat munosabati to‘g‘risida dalolat beradi. Bunday nuqtai nazar yetarlicha asoslab berilmagan, chunki davomiy nazorat uning butun ahamiyati bilan moliyaviy nazoratning so‘nggi bosqichidir. Bozor munosabatlari sharoitlarida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt va jamiyat, nafaqat yo‘l qo‘yilgan kamchilik va tartibbuzarliklarni qayd etish, balki ularni o‘z vaqtida to‘g‘rilashga ulgurishdan manfaatdordir. Bu funksiyani joriy nazorat qisqa vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliya operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida bajaradi. Birlamchi hujjatlar ma’lumotlari, operativ va buxgalteriya hisobi, inventarizatsiya va kuzatuvga asoslangan holda, joriy nazorat zarur bo‘lgan hollarda tez o‘zgaruvchan xo‘jalik vaziyatlarini tartibga solish, yo‘qotishlar va zararlarning oldini olishga imkon beradi. Davomiy moliyaviy nazorat barcha moliyaviy rejalar bajarilganidan keyin, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etib bo‘lmaydigan vaqtda amalga oshiriladi. Biroq o‘tgan davr uchun moliyaviy faoliyat natijalarini chuqur o‘rganish va tahlil qilish dastlabki va joriy nazoratning kamchiliklarini aniqlash hamda kelgusida moliya intizomi buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun imkon beradi. Adabiyotlarda davomiy nazorat ko‘pincha xo‘jalik boshqaruv yuqori bo‘g‘inlari va idoradan tashqari nazorat organlari ustuvorligiga kiritiladi. Aslida u ichki moliyaviy nazoratning ham ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu ayni mana shu buxgalteriya xizmatining zimmasiga (boshqa xizmatlar bilan birgalikda) hisob yuritish va hisobot ma’lumotlari bo‘yicha iqtisodiy tahlilni amalga oshirish vazifasi yuklanishi bilan belgilanadi. Nazoratdan eng ko‘p samara uning barcha shakllarining o‘zaro harakatida erishilishi mumkin. Ayniqsa bu budjet mablag‘larini o‘g‘irlashga qarshi kurashda zarur bo‘lib, u sodir bo‘layotgan o‘g‘irliklarning oldini olish, bunday holatlarni va ularning sabablarini aniqlash, kelgusida ularga yo‘l qo‘yilmasligi uchun o‘zaro bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar tizimini o‘z ichiga qamrab olishi kerak. Download 22.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling