Mavzu: O’zbekiston Respublikasida moliyaviy nazoratni
Download 22.1 Kb.
|
Jamol Kholmirzaev Moliyaviy huquq fanidan bajargan mustqail ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy nazoratni amalga oshirishning huquqiy asoslari. Moliyaviy nazaoratni amalga oshiruvchi idoralar.
qarshi tekshirish turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki bir xo‘jalik
yurituvchi subyektning turli bo‘linmalarida bo‘lib, yagona operatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni o‘zaro solishtirishdan iborat bo‘lgan tekshiruvdir. Moliyaviy nazoratni amalga oshirishning huquqiy asoslari. Moliyaviy nazaoratni amalga oshiruvchi idoralar. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi idoralar turiga ko‘ra : – davlat hokimiyati va mahalliy idoralar tomonidan; – Prezident devoni tomonidan; – umumiy vakolatli ijroiya idoralari tomonidan; – moliya kredit idoralari tomonidan; – ichki xo‘jalik moliya nazorati; – auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazoratlarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hokimiyatning taqsimlanishi qoidasi belgilab qo‘yilganligi, hokimiyat idoralari tomonidan ijro idoralari ustidan nazoratning amalga oshirilishiga katta ahamiyat beradi. Bunday nazoratning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida asoslab qo‘yilgan (77-m., 8–6.). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, uning qo‘mitalari va komissiyalariga, ayniqsa budjet va moliya qo‘mitasiga barcha davlat idoralari faoliyati ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish yuzasidan katta vakolatlar berilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati idoralari to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, mahalliy davlat idoralari (viloyat, shahar, tuman) hokimlari va ularning ijroiya mahkamalariga ham moliyaviy nazorat sohasida muayyan vakolatlar berilgandir. Davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari faoliyatini moliyaviy-xo‘jalik jihatdan nazorat qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Nazorat inspeksiyasi muhim o‘rin tutadi. Moliyaviy nazorat O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ham amalga oshiriladi. Ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida doimiy va muvaqqat tuzilmalar tashkil etiladi. Moliyaviy nazoratning amalga oshirilishida jamiyatning ana shu maqsadga ixtisoslashgan maxsus davlat idoralari tomonidan o‘tkaziladigan nazorat muhim o‘rin tutadi. Bular qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi kiradi. Moliyaviy nazoratning amalga oshirilishida bank muassasalari ham ahamiyatga ega. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunlarda banklar tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari, uslublari va vazifalari mustahkamlab qo‘yilgandir. Bozor munosabatlari kuchayishi bilan nazoratning yangi turi – auditorlik nazoratining ahamiyati tobora ortib bormokda. Auditorlik nazoratiga oid masalalar O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunda belgilangandir. Audit – moliyaviy nazorat. Audit – bu ishbilarmonlarga yuzaga kelgan yangi iqtisodiy voqyelikda paydo bo‘lgan muammolarni yechish borasida amaliy yordam ko‘rsatuvchi hamda ular faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda qonunchilikning buzilishini oldini oluvchi xizmat turi. O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlari sharoitiga o‘tishi, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, O‘zbekiston Respublikasi hududida turli mulklarning kelib chiqishi, banklarning rivojlanishi, bevosita mamlakatimizda audit tizimini tashkil etishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoyalashga ko‘maklashuvchi mustaqil moliyaviy nazorat tizimining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 2000- yil 26- mayda qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati amalga oshirilmoqda. Auditor – belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olgan va auditorlarning kasb-kor ro‘yxatiga kiritilgan mutaxassis. Auditorlik firmasi – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuzilgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, o‘z nizomiga ko‘ra faoliyat sohasi auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan korxona. Auditorning vazifalari quyidagicha: – auditorlik tekshiruvlarini sifatli o‘tkazish va tekshirishlar o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish; – o‘zi tekshirayotgan xo‘jalik yuritish subyektining rahbariyatiga tekshiruv chog‘ida aniqlangan buxgalteriya hisob-kitobi kiritish hamda moliyaviy hisobot hujjatlari tayyorlashga doir talablar va qonunlar buzilganligi hollarini ma’lum qilish; – o‘z vazifalarini bajarish chog‘ida sir saqlash qoidalariga rioya etishi. Mijozlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni faqat sud talabiga binoan oshkor etishga yo‘l qo‘yiladi; – tekshirish tugallanib xulosa chiqarilgunga qadar qaror uzr va sabablarsiz o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘ymasligi; – zarur hollarda, tekshiruv natijalarini ma’lum qilish uchun mulkdorlarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilish. Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga ega: – auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish; – auditorlik tekshiruvi o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash; – auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyekt amalga oshirayotgan moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni to‘liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish; – auditorlik tekshiruvini o‘tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni olish; – uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo‘jalik yurituvchi subyektdan olish; – ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha axborot xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan bosh tortish; – auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish; – auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo‘jalik yurituvchi subyektga professional xizmatlar ko‘rsatish, bundan buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno; – auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lib kirish. Bundan tashqari, auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Auditorlik tashkilotining asosiy faoliyat turlari quyidagicha: – auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi; – auditorlik tekshiruvi o‘tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o‘tkazish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi; – xo‘jalik yurituvchi subyektning so‘roviga binoan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha qonun hujjatlarining talablari to‘g‘risidagi, auditorning e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi; – auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi; – auditorlik hisobotida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi; – o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalariga doir auditorlik xulosalari va auditorlik hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida mavjud bo‘lishini hamda ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashi; – auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlarini ta’minlashi; – auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun auditorlarning respublika jamoat birlashmasi so‘roviga ko‘ra axborot taqdim etishi; – xo‘jalik yurituvchi subyektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma’lum qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilishi kabilar. Shuningdek, auditorlik tashkiloti zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin. Auditorlik tekshiruvi majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Majburiy tekshiruv qonunchilikda ko‘rsatilgan hollarda o‘tkazilishi mumkin. Sug‘urta kompaniyalarida, tijorat banklarida, aholini suv va yorug‘lik bilan ta’minlovchi korxonalarda majburiy audit tekshiruvlari o‘tkazilishi mumkin. Qolgan holatlarda audit tekshiruvlari faqat ixtiyoriy ravishda olib boriladi. Yuqorida qayd etilgan qonunning 8-moddasida auditorning javobgarligi berilgan bo‘lib, ushbu moddaga asosan, auditor va auditorlik firmasi auditorlik tekshiruvlarni o‘tkazish chog‘ida ushbu qonunning va O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini buzganlik uchun: O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq mulkiy va ma’muriy javobgarlikka; Litsenziya bergan idoraning qaroriga muvofiq auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini to‘xtatishgacha yoki bunday litsenziyadan mahrum etishgacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortiladilar. Download 22.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling