Mavzu: O’zbekiston Respublikasida turizmni boshqarishda jamoat tashkilotlarining o’rni Mundarija: Kirish I bob. O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari va shakllari


Download 189 Kb.
bet5/11
Sana12.11.2023
Hajmi189 Kb.
#1767497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turizm

Madaniy omil. Bu omil turistlarning madaniy, ilm va estetik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo’lib, kishilarda bilim, hayotni tadqiq qilish, urf-odatlar, tradisiyalar, madaniyat, tarixni o’zgartirishga intilishlar kiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, insonni u yoki bunday dam olishlik xiliga ixlosmandlik va o’zining ehtiyojlariga muvofiq ravishda qondirish dunyo mamlakatlari bo’yicha juda farqlanadi. Masalan, Buyuk Britaniyada 46 %, Belgiyada -35 %, Germaniyada -32 % aholi issiq Dengizlar bo’ylarida dam olishni yaxshi ko’radilar. Yaponiya 22 aholisining 51%i shaharlarda dam olishni, Fransuzlarda 25%, Ispanlarda 33% kishilar o’zga mamlakatlar bo’ylab sayohat qilishni yaxshi ko’radilar.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti omili. Hozirgi vaqtda ilmiy-Texnika taraqqiyoti tufayli uzoq masofaga sayohat qilishlik muddati juda qisqargan davr hisoblanadi. Transportda standartli xizmat ko’rsatish yo’lovchilar uchun juda qulay, shinam bo’lib qolmoqda, to’g’ridan-to’g’ri aviareyslar, temir yo’l, avtomobil bosh yo’llari vujudga kelmoqda.
Turizm industriyasida yaratilgan tur mahsulotning iste’molchisi turist hisoblanadi. Turist tur mahsulotning istimolchisi bo’lib o’zining yashab turgan muhitidan , shart-sharoitidan, mamlakatidan, o’zga mamlakatlarga , joylarga , manzillarga , qit’alarga dam olish, xordiq chiqarish, ko’ngil ochish, davolanish, bilish, o’rganish, ziyorat qilish, sport bilan shug’ulanish, dengizda suzish, tog’da yurish kabi faoliyatlar bilan shug’ullanuvchi, hyech bo’lmaganda 24 soat va undan ortiq 6 oy yoki bir yilgacha bo’lishi, borgan joyida haq to’lanadigan lavozimni egallamasligi va vataniga albatta qaytib keluvchi qishiga aytiladi. Turistlar o’z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda maqsad va vazifalarini, sayyohat davriga zarur bo’lgan pul, mablag’larini, bo’sh vaqt ta’tilga chiqish vaqtlarini aniqlaydilar, sayohat havfsizligi, to’g’riligi va borgan joylarida erqin harakat qila olishlari haqida ahborot oladilar, ularning sayohat vaqti 24 soatdan ortiq bo’lishi kerak. Bunday holatlar quyidagi fiqrlardan: har qanday turist tunashi, dam olishi, va albatta ovqatlanishi zaruratidan kelib chiqadi, sayohat davomiyligi bir yilga cho’zilmasligi, inson haddan tashqari charchamasligi, qiynalmasligi, aqsincha borgan joylaridan mamnun bo’lishi, yegan ovqatidan lazzatlanishi, dam olishi, ko’ngil ochishi, ko’proq narsalarni bilishi, dunyo voqealaridan xabardor bo’lishlikni taqoza etadi.
Turist bo’lishlik uchun: o’zi yashab turgan muhitdan boshqa muhitga o’tishni tanlab oladi, turist davlat tomonidan qafolatlangan (jamoat, korxona) mehnat ta’tiliga va bo’sh vaqtiga ega bo’lishi, yashash uchun kerak bo’lgan vositalarni harid qilishga mablag’i bo’lmagan bunday odam sayohat to’g’risida o’ylashi ham kerak bulmaydi. Turist sayohat kilishi uchun aniq mablag’ga, yoki boy merosga ega bo’lishi kerak.
Turistlarning sayohatga chikishlaridan maqsad o’zga xalqlarning yashash tarzi bilan yaqindan tanishish va o’rganish, dam olishlari, xordiq chiqarishlari, tundagi hayot tarzi bilan tanishishlari raqsga tushishlari, ashula va qo’shiq bilan tanishishlari o’rgangan umumiy muhitni almashtirishlari mexnat jarayonida olgan zarbalarni yo’q qilishlari, teatrlar, festivallarga qatnashish, yangi –yangi odamlar bilan uchrashish, borgan mamlakatdagi biznes saloyihati uchun bo’lgan shart sharoitlarni o’rganish, shopping maqsadlari bilan borish suvener va sovg’alar sotib olish, dengizda dam olish va sport bilan shug’ullanish, qishgi va yozgi sport o’ynlariga katnashish, davolanish, salomatlikni mustahqamlash maqsadlarida borish, diniy ziyoratchilik bilan shug’ullanish, qarindoshlar va do’stlar bilan uchrashish va boshkalar.
Hozirgi zamon turizm industriyasi quyidagi tasniflarga bo’linadi: ichki turizm – bu mamlakat fuqorolarining aholisi va chet eldan kelgan turistlarning shu mamlakati teritoriyasi bo’ylab qilgan sayohatlaridir. Xalqaro turizm – bir mamlakat fuqorolarining o’z mamlakatlari chegarasidan boshqa mamlakatlar teritoriyasiga qilgan sayohatiga aytiladi. Milliy turizm deganda, biz, shu mamlakat turistik tashkilotlar, firma va korxonalarning turistlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish, rivojlantirish va taqomilllashtirish bo’yicha faoliyatlariga aytiladi.
Boshqacha aytgtanda ichki, xalqaro hamda tashqi turizm sohasidagi bo’lgan faoliyat majmuiga aytiladi. Bulardan tashqari turizm industriyasi sohasida turizning boshka shakillari mavjud Bularga: havaskorlar turizmi - turistik jamoa faoliyatining maxsus turlari bo’lib ixtiyoriy ravishda havasqorlar tashabbusi bilan turizm tashkilotlarining qatnashuvisiz tashkil etilgan ixtiyoriy turizmdir.
Bu turizm ixtiyoriy turistik birlashmalar va ittifoqlar orqali amalga oshiriladi. O’zlarining me’yoriy hujjatlariga, turistik faoliyatlarni o’z uslubiy adabiyotlar chop etish vositalariga ega bo’lgan turizm shaklidir.
Ijtimoiy turizm – turizmning alohida shakli bo’lib, davlat va nodavlat tashkilotlari, xususiy mulkdorlar ishlab chiqarish korxonalari va har xil uyushmalar tomonidan ajratilgan mablag’lar hisobiga maqtab bolalariga, yoshlarga, pensionerlarga, mehnat va urush fahriylariga va boshqa qam taminlangangan oilalarga uyushtirilgan turizmdir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan so’ng, O’zbekistondagi
5 mingga yaqin tarixiy-arxitektura yodgorliklaridan 280 tasi xalqaro turistlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuslari bilan bu tarixiyy yodgorliklarini 45 tasi qayta ta’mirlanib O’zbekistonga tashrif buyuruvchilarning 70-80 foizi bu diqqatga sazovor joylaridan baxramand bo’lmoqdalar.
Hozirgi vaqtda turizm industriyasining yanada rivojlantirish bo’yicha quyidagi asosiy turlarga ahamiyat berilmoqda. Tur (yunalish) Deganda yakunlanishi munkin bo’lgan turistik mashrut bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlarning hujjatlari yig’indisi bo’lib, bunda tur yunalish bo’yicha hamma ma’lumotlar mavjud bo’ladi.
Mahalli turistlar-davlat miqyosida bir joydan ikkinchi joyga ziyorat qiluvchi turistlarga aytilib, turistik firma va tashkilotlar jo’natgan va ular qabul qilganlar soni bilan o’lchanadi. Ayrim holatlarda mahalliy turistlarni sayohatchilar ham deb aytiladi. Chunki ular qisqa vaqt ichida faqat bir shahar ichida muzeylar,tarixiy joylarga, dam olish joylariga sayohat qilishadi. Tur yo’nalishlari dasturi -tur yo’nalishlar bo’yicha alohida yoziladigan asosiy hujjat.Turistlarning ko’radigan joylari,transport turidan,mehmonxonalardan foydalanish tartiblari yoziladi. Tur mahsulot va turistik maxsulot o’rtasida ancha farq bor. Turistik mahsulot tushunchasi kengroq ma’noga ega. Turistik mahsulot tarkibiga qo’shimcha ko’rsatiladigan xizmatlar va iqtisodiyotni boshqa tarmoqlarida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari xam kiradi. O’zbekiston territoriyasi bo’ylab quydagi turlar sotiladi.
Turizming industriyasining rivojlanish yo’llari- davlat miqyosuda turizmning o’sishini ifodalaydi va kompleks o’sish yo’llarini turizmning turlari bilan ifodalovchi yaxlit bir kompleksni bildiradi. Turizm industriyasining rivojlanish konsepsiyasi-ma’lum davrga rivojlangan dasturiy maqsad bo’lib, bajarish uchun tuziladi. Bu hujjat ilmiy izlanishlar uchun asosan tuzilib, o’z davri, zaxiralari, bajaruvchilari va erishadigan natijalari aniq bo’ladi. Davlat miqyosida tuzilgan konSepsiya tizimini dunyo bozoriga olib chiqishini asosiy maqsad qilib oladi.
Turizm industriyasining rivojlanish modeli- turizmning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi yo’lining hozir markazlashgan, monetoring va bozor rivojlanishi model lari. Har bir davlat o’z modelini tuzadi. Respublikamizda turizm sohasida bozor munosabatlariga asoslangan modeli tuzilyapti. Turizm industriyasining rivojlanishi asosida talab va taklif, raqobat, qiymat, qonunlari yotadi.

Download 189 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling