Mavzu: O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlar uchun beriladigan xuquqlar. Reja
Download 54.19 Kb.
|
Maratova M. Iqtisodiyot
3. Investisiya shartnomalari
O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan chet ellik investor o’rtasida investitsiya shartnomalarini tuzish, o’zgartirish kiritish, tugatish va amalga oshirish tartibi to’g’risidagi nizom qabul qilindi Mazkur Nizomga 2020 yil 30 apreldagi 264-sonli qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berishda ular bilan O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan investisiya shartnomalari tuzish tartibini belgilaydi. Chet ellik investorlar bilan ularning qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berish bilan bog’liq bo’lmagan investisiya majburiyatlarini mustahkamlashga yo’naltirilgan shartnomalarni tuzish va amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu Nizomga muvofiq chet ellik investorlarga quyidagi yo’nalishlarda kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berish ko’zda tutilgan: -barqaror iqtisodiy o’sishni, mamlakat iqtisodiyotini progressiv tarkibiy o’zgartirishlarni ta’minlovchi ustuvor tarmoqlarni rivojlantirilishida; -respublikaning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini mustahkamlash va kengaytirishni, respublikani jahon xo’jalik aloqalariga integrasiyalashni ta’minlovchi ustuvor loyihalarni amalga oshirilishida; - xom ashyo va materiallarni qayta ishlashga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishga, aholini ish bilan ta’minlashga yo’naltirilgan kichik tadbirkorlik sohasidagi loyihalarni investisiyalashning amalga oshirilishida. Bunda soliqlar, bojxona to’lovlari va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha qo’shimcha imtiyozlar xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilgan xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan muddatga beriladi va muddatsiz tusda bo’lishi mumkin emas. Qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) beriladigan chet ellik investorlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida investor bilan investisiya shartnomasi tuziladi. Investisiya shartnomasi investisiya faoliyati subyektlarining investisiya faoliyati obyektlariga nisbatan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi. Investisiya shartnomasi O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi orqali O’zbekiston Respublikasi Hukumati hamda chet ellik investor (investorlar) o’rtasida tuziladi. Investisiya shartnomasi O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan chet ellik investorga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berilgan taqdirda majburiy tartibda tuziladi. Bunday kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari berishni, maxsus bojxona, soliq va to’lov rejimi yaratishni, loyihalarni amalga oshirish davlat monitoringini yuritishni, investisiya loyihalarini moliyalashtirishga ko’maklashishni, investisiya dasturiga kiritishni yoki O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni o’z ichiga olishi mumkin. Investisiya shartnomasida quyidagilar ko’rsatilishi kerak: -investisiyalar obyekti va hajmi; -investisiya shartnomasining amal qilish muddati va shartlari; -investorning, shu jumladan investisiyalash hajmi, ishlab chiqarishning muayyan hajmini ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sifatining kafolatlangan darajasi, o’zi ishlab chiqargan tovarlar eksporti va ko’rsatadigan xizmatlari hajmi, O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida jalb etiladigan kreditlarning qaytarilishini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga, mehnat qonunchiligiga va texnika xavfsizligiga rioya qilish, ishlab chiqarish faoliyatining boshqa sohalari bo’yicha huquq va majburiyatlari; -O’zbekiston Respublikasi Hukumatining, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari berish bo’yicha huquq va majburiyatlari; -loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlariga shartnomalar tuzish muddatlari, moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadvallari, investisiya loyihasining amalga oshirilishini texnik nazorat qilish tartibi to’g’risidagi axborotlar; -chet ellik investor tomonidan uning majburiyatlari ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari; -tomonlarning investisiya shartnomasi shartlariga rioya qilmaganligi uchun javobgarligi; -o’zgartirishlar kiritish tartibi; -investisiya shartnomasining amal qilishini to’xtatish tartibi; -investisiya shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tartibi va ko’rib chiqish joyi. Investisiya shartnomasida investisiya loyihasi xususiyatiga qarab boshqa shartlar, shu jumladan: -tomonlarning mintaqaning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha o’zaro majburiyatlari; -investorning shartnomani bajarish natijasida o’ziga tegishli mahsulotni va olingan foydani (daromadlarni) O’zbekiston Respublikasidan chetga chiqarish huquqi; -chet ellik investorning O’zbekiston Respublikasi jismoniy shaxslari bo’lgan xodimlarni yollash va o’qitish bo’yicha majburiyatlari, texnologiyalardan foydalanish shartlari, shuningdek investorning investisiya loyihasini amalga oshirish tugallangandan keyin tashkil etilgan tashkilotning xodimlarini o’qitish bo’yicha majburiyatlari ham bo’lishi mumkin. Chet ellik investor investisiya shartnomasini tayyorlash uchun O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligiga quyidagilarni taqdim etadi: -investisiya shartnomasining loyihasi; -qonun hujjatlarida belgilangan hollarda vakolatli organlarda ekspertizadan o’tkazilgan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisoblash) negizida bajarilgan asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar; -investisiya shartnomasi loyihasining huquqiy ekspertizasi yuzasidan - Adliya vazirligining xulosasi; -chet ellik investorlarga va (yoki) tashkil etiladigan xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonaga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo’shimcha ravishda soliq solish bo’yicha imtiyozlar va preferensiyalar berish yuzasidan - Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi xulosalari. Zarurat bo’lganda, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi chet ellik investordan investisiya shartnomasi loyihasini baholash bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha materiallarni so’rab olishi mumkin. Chet ellik investor tomonidan taqdim etilgan investisiya shartnomasi loyihasi va boshqa materiallar investisiya shartnomasi loyihasi olingan kundan boshlab o’n to’rt ish kuni mobaynida vakolatli organlar tomonidan ko’rib chiqiladi. Zarurat bo’lgan taqdirda, investisiya shartnomasi qoidalarini kelishib olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi hamda chet ellik investor (investorlar) o’rtasida muzokaralar o’tkaziladi. Chet ellik investor hamda O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi tomonidan imzolangan investisiya shartnomasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uni tasdiqlash to’g’risida Hukumat qarorini qabul qilish uchun kiritiladi. Agar investisiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashi (texnik-iqtisodiy hisobi) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi kerak bo’lsa investisiya shartnomasini tasdiqlash to’g’risidagi tegishli band investisiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashi (texnik-iqtisodiy hisobi)ni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasiga kiritilishi mumkin. Agar investisiya shartnomasida soliq hamda bojxona imtiyozlari va preferensiyalari berish nazarda tutilsa bunday shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Chet ellik investor bilan investisiya shartnomasi agar ushbu qarorda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, uni tasdiqlash to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab kuchga kiradi. Chet ellik investor investisiya shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligiga (TIAISV) qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi to’g’risida hisobotlar taqdim etadi. ISV investisiya shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning chet ellik investor tomonidan bajarilishini nazorat qiladi. Download 54.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling