Mavzu: O`zbekiston respublikasining asosiy ekalogik muammolari. Reja


Tuproqlarning sho`rlanishi sabalari va oqibatlari


Download 1.39 Mb.
bet16/17
Sana19.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1600602
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
15 talik

Tuproqlarning sho`rlanishi sabalari va oqibatlari
Yer qatlamlarida suvda eriydigan ko’p miqdorda tuzlari bo’lgan tuproqlarga sho’rlangan tuproqlar deyiladi.
Sho’r tuproqlar yer yuzasining quruq cho’l, yarim sahro va sahro mintaqalarida keng tarqalgan.
O’zbekistonda sho’rlangan yerlar maydoni 750 ming km2 ni tashkil qiladi. Respublikamizning umumiy sug’oriladigan maydoni 4,3 mln. gektar bo’lsa, shundan 55-60 % i sho’r yerlar hisoblanadi.
Sho’rlangan yerlar ikki guruhga bo’linadi:
Sho’rhoksimon va sho’rhok yerlar.
Sho’rtob va sho’rtobli yerlar.
Tarkibida tuzlari oz bo’lgan (0,5-1,0%), yer usti (0-30 sm) qatlamida tuz to’planadigan tuproqlar sho’rhoqli tuproqlar deyiladi.
Sho’rlangan tuproqlar tuzli qatlamning joylashish chuqurligiga va undagi tuzlarning miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi.

  1. Sho’rlanmagan - tuzli qatlam 150-200 sm chuqurlikda bo’lib, tuzlar miqdori 0,3 % dan oshmaydi.

  2. Kuchsiz sho’rhoksimon - tuzli qatlam 80-120 sm chuqurlikda bo’lib, tuzlar miqdori 0,3 - 0,6 % bo’ladi.

  3. Sho’rhoksimon - tuzli qatlam 30-80 sm chuqurlikda bo’lib, tuzlar miqdori 0,6 - 1,0 % bo’ladi.

  4. Sho’rhokli - tuzli qatlam 5-30 sm chuqurlikdan boshlanib, tarkibida tuzlar 1 - 2 % bo’ladi.

  5. Sho’rhok - tuzlar qatlam er yuzasidan boshlanib tarkibida 2% va undan ko’p miqdorda tuzlar uchraydi.

  • Yerlarning melioratsiya qilishda sho’r tuproqlarni sho’rlanish darajalarini va sho’rlanish tiplarining o’rganish muhim amaliy ahamiyatga ega.

  • Tarkibida tuzlar oz bo’lgan (0,3 - 0,6 %) va yerning ostki (30-100 sm) qatlamlarida tuz to’plangan tuproqlar sho’rhoqsimon tuproqlar deyiladi.

  • Yerning ustki qatlamlarida tuzlar juda ko’p miqdorda (2-3 dan 10-30% gacha) bo’lgan tuproqlar sho’rhok tuproqlar deyiladi. Sho’rhoksimon va sho’rhok tuproqlar yer yuzining qurg’oqchil mintaqalarida, shu jumladan O’zbekistonda keng tarqalgan.

  • Sho’rlangan tuproqlar genetik belgilari, morfologik tuzilishi, tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi, sho’rlanish darajasi va sho’rlanish tiplari bo’yicha klassifikatsiyalarga bo’linadi.

  • Sho’rhok tuproqlarning kimyoviy tarkibi va morfologik belgilariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:

  • Ho’l sho’rhoklar, qatqaloqli sho’rhoklar, mayin sho’rhoklar, qora sho’rhoklar.

  • Tuproqdagi suvda eriydigan tuzlarning miqdori va sho’rlanishi darajasi laboratoriyada tuproqni kimyoviy analiz qilish yo’li (suvli so’rim analizi) bilan aniqlanadi.

  • Bunda tuproq eritmasining (rN) reaksiyasi, tuproqning ishqoriyligi, xlor-ioni, sulfat-ioni, kalsiy, magniy, natriy va suvda eriydigan tuzlarning jami (quruq yoki qattiq qoldiq) aniqlanadi va shu analiz natijalari bo’yicha tuproqning sho’rlanish darajasi belgilanadi.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling