Mavzu: O’zbekiston Respublikasining mehnat bozorining makroiqtisodiy tahlili Reja Kirish I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari


Download 0.54 Mb.
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1546839
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining mehnat bozorining makroiqtisodiy tahlili

2.3.2-jadval.
Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlari

Mehnat vositachiligi tizimi

Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimi

Marketing tizimi

Kasbga yo’naltirish va kasbga tayyorlash tizimi

Moliyaviy tizim

Axborot tizimi

Me’yoriy-huquqiy asoslar

Birinchi belgisi bo’yicha quyidagi tizimlarga ajratiladi: mehnat vositachiligi, kasbga yo’naltirish va kasbiy tayyorgarlik, ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash, moliya, marketing, axborotlar, shuningdek, me’yoriy-huquqiy asoslar (2.3.2-jadval).
Mehnat bozori infratuzilmasining tizimlarga ajratilgan tarkibiy qismlari mehnat bozori bosh funksiyasini amalga oshirishni ta’minlash, ishchi kuchiga talab va taklif muvozanatiga erishishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur.
Mehnat bozori kontragentlari uchun natijaviy belgilari bo’yicha ajratilgan tizimlar ikki guruhga: vositachilik elementlari va kentrib’yuter elementlardan tashkil topadi (2.3.3-jadval).
2.3.3-jadval.
Mehnat bozori kontragentlari uchun natijaviy belgilari bo’yicha infratuzilma tarkibiy qismlari tasnifi*

Vositachilik elementlari

Kentrib’yuter elementlari

Mehnat vositachiligi elementlari

Me’yoriy-huquqiy asos

Kasbga yo’naltirish va kasbga tayyorlash tizimi

Moliyaviy tizim

Ijtimoiy-psixologik qo’llab-quvvatlash tizimi

Marketing tizimi

Axborot tizimi

*kentrib’yuter - inglizchadan, “contributor” – qatnashchi, xodim.
Mehnat bozori infratuzilmasining birinchi guruh elementlariga biz mehnat bozori kontragentlari uchun xizmat ko’rsatish bilan aloqador faoliyatni kiritamiz; ikkinchisiga birinchi guruh elementlari samarali shakllanishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi elementlar kiradi.
Bizning fikrimizcha, mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishi uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi zarur:
1) zamonaviy bozor sharoitlariga muvofiq aholi ish bilan bandligini tartibga solish mexanizmlarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lish;
2) aholi turmush darajasi va uning ijtimoiy himoyalash darajasiga mehnat faoliyatini liberallashtirishning salbiy oqibatlari ta’siriga yo’l qo’ymaslik; stixiyali bozor mexanizmi boshlang’ich tartibga solishga olib keladi;
3) aholini ishga joylashtirish va ish bilan bandligiga ko’maklashish maqsadli dasturlarini amalga oshirishni ta’minlash;
4) mehnat bozori imkoniyatlarini maksimal realizasiya qilishga shart-sharoit yaratuvchi har bir hududiy darajada mehnat bozorini tartibga solish yo’nalishlarini joriy etish va rivojlantirish imkoniyatlari;
5) ishchi kuchiga talab va taklif muvozanatiga erishishni oldindan ta’minlash, insonni daromadli ish bilan bandligini yo’qotish oqibatlarini oldini olish;
6) mehnat bozorida iqtisodiyotning innovasion rivojlanish yo’nalishlariga mos ish bilan bandlik yangi shakllarini kengaytirish.
Hozirgi sharoitda ish bilan bandlikni tartibga solish tizimi prinsipial jihatdan yangicha mazmunga ega bo’lishi kerakki, u insonlarni o’z-o’zini namoyon qilish uchun imkoniyatlarning mavjud bo’lmagan, ish joylari sifatining past, ishchilarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashda nomutanosiblikni tavsiflovchi va ulardan ekstensiv foydalanishda mehnat resurslarini boshqarish tizimiga ega.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida mehnat bozori infratuzilmasi shakllanishida muhim qadam bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va uning hududiy organlarini shakllantirilishi hisoblanadi. Bu tashkilot mamlakatimizda ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasini isloh qilish va davlat siyosatini amalga oshiradigan asosiy institutlardan biri hisoblanadi.
Bir asrga yaqin vaqt mobaynida bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida davlat ish bilan bandlik xizmati tarixining rivojlanishi ularning kon’yunktura o’zgarishiga egiluvchan javob qaytarish imkoniyatini isbotladi, iqtisodiy yuksalish yoki pasayish davrida ishsizlarga xizmat ko’rsatishning an’anaviy usullariga moslashish amalga oshirildi. Aynan shuning uchun hyech bir davlat mazkur institutni yuqori maqomini qo’llab-quvvatlashdan bosh tortmadi.
Shunday qilib, mamlakatimiz iqtisodiyotining innovasion rivojlanishi sharoitida mehnat bozori infratuzilmasi samarali rivojlanishining muhim yo’nalishi sifatida mehnat bozorini tartibga solish jarayoni nafaqat o’z ahamiyatini yo’qotmaydi, balki ish bilan bandlik yangi shakllarining rivojlanishi va tarkibiy o’zgarishlarning zamonaviy iqtisodiyot tarmoqlarini modernizasiyalash jarayonlariga o’z ta’sir doirasini sezilarli darajada kengaytiradi. Shuningdek, o’z navbatida boshqarish va xo’jalik yuritishning turli darajalarida bunday tartibga solishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqishga yangi yondashuvlar zarur bo’lmoqda.
Yuqorida qayd etilgan mehnat bozorini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan tashkiliy-huquqiy va tuzilmaviy shart-sharoitlar mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishining quyidagi asosiy rivojlanish tamoyillarini to’liq amalga tatbiq etgan holda, mazkur bozorni rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi:
1. Mehnat bozori infratuzilmasi samarali rivojlanishining iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarini o’zaro muvofiqligini ta’minlash.
2. Mehnat bozorida ish kuchini talab va taklif qilish o’rtasidagi eng samarali o’zaro hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy mexanizmni yaratish.
3. Ish bilan bandlik bo’yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish. Bunda ish bilan bandlik bo’yicha davlat siyosatining atrofida hamma darajadagi ma’muriy hududlarning aholini ish bilan ta’minlash faoliyatidagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yagona umumdavlat ish bilan bandlik siyosatini yuritish nazarda tutiladi.
4. Aholi ish bilan bandlikni ta’minlash bo’yicha nazorat.
5. Mehnat bozori infratuzilmasi samarali rivojlanishida tizimli yondashish.
6. Ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilangan “kun kechirish uchun zarur miqdordan kam bo’lmaslik”ka rioya qilgan holda erkin belgilash.
Xulosa qilib aytganda, mehnat bozori infratuzilmasi samarali rivojlanishining o’ziga xos demografik, hududiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik muhitga ega mamlakat milliy mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi o’ziga xos takomillashgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm zarur.
Xulosa
Xulosa tarzida qayd etish lozimki, birinchidan, ish bilan band bulganlar sonining kamayishi, iqtisodiyot tarmoqdarida ish bilan bandlik tarkibining jiddiy ravishda uzgarishi, ish bilan norasmiy bandlik kulamlarining kengayishida uz ifodasini topadi. Ushbu jarayonlar shakllanishining konuniyatlarini aniklash ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish istikbollarini belgilashda maxalliy mikyosdagi mexnat resurslarini iktisodiy tarmoqlar urtasida taksimotini tugri tashkil etish, yangi tashkil etiladigan korxonalarni rejalashtirishda aholi soniga nisbatan proporsionallikni ta’minlash aholining ish bilan bandligini tarkibiy jixatdan uzgartirish dasturlarini ishlab chikish nixoyatda muximdir. Keltirilgan vazifalarni amalga oshirilishi uz navbatida mamlakat aholisi bandligini ta’minlashda muxim axamiyat kasb etmokda;
ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasi 1991-2017 yillardagi rasmiy statistik ma’lumotlarga tayanib olib borilgan taxlillardan kelib chikib shuni ta’kidlash mumkinki, aholi soniga mos ravishda mexnat resurslari soni va iqtisodiyotda faol aholi soni xam tobora ortib bormokda. Albatta bunday xolat aholi yosh tarkibi bilan boglik bulib mexnatga layokatlilar sonining oshishiga omil bulganligini qayd etish lozim;
uchinchidan, bandlik masalasini yechishda kompleks tarzda yondashish, ya’ni bandlik dasturidan kelib chikib mamlakat va xududlararo yondashishni takozo etadi. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investision siyosat sharoitida kator loyixalar asosida xududlarda korxonalar barpo etilmokda. Bu uz navbatida ular uchun kadrlar yetishtirib berishni takozo etadi. Shuning uchun barpo etilayotgan zamonaviy korxonalar uchun oliy ta’lim muassasalari faolligini oshirgan xolda ular uchun kadrlar yetishtirish xamda kayta ukitib berish, ya’ni malakasini oshirib berish tizimini zamonaviy yondashuvda tashkil etish lozim.
turtinchidan, mexnat bozori xamda bandlik soxasida gender tengligi erkaklar va ayollarga mazkur bozor takdim etadigan barcha imkoniyatlardan (umuman olganda, maosh tulanadigan mexnat soxasiga, faoliyatning barcha turlariga, turli kurinishdagi ish joylariga va boshkalardan) teng foydalanishlarini ta’minlashni kuzda tutadi. Bunda, gender tengligi - fakatgina adolat masalasi xam, inson xukuklariga rioya kilishga tegishli bulgan muammo xam emasligini yodda tutish zarur. Dunyoning turli mamlakat- larida utkazilgan kuplab tadkikotlarning kursatishicha, ayollar bilim darajasining oshishi va aholi jon boshiga tugri keladigan yalpi ichki max- sulot (YaIM) mikdori urtasida ijobiy bogliklik mavjud.Ayol boshkaradigan oilaviy daromad ulushining oshishi oziq-ovqat, bolalar ta’limi va ularning kiyim-kechaklariga xarajatlarni oshishiga olib keladi va bunda oilaning alkogol va tamaki maxsulotlariga ketadigan xarajatlari pasayadi.
Umuman olganda, olib borilgan taxlillar asosida kuyidagi takliflar keltirish mumkin:
birinchidan, oliy ta’lim tizimida fan-ta’lim va ishlab chikarish integrasiyasini kuchaytirish xamda real faoliyat olib borayotgan zamonaviy korxonlar talabidan kelib chikib maksadli dastur asosida tayyorlash;
ikkinchidan, aholi mexnatga layokatli aholining uz kizikishlarini xisobga olgan xolda ta’lim mutaxassisliklariga yunaltirish xamda ularning bandligini ta’minlash;
uchinchidan, aholi urtasida ishbilarmonlik va tadbirkorlikka yunaltiruvchi tadbirlarni amalga oshirish xamda intellektual kobiliyatini aniklash orkali ularga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarni ajratish.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling