Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni


-modda. Maktabdan tashqari ta’lim


Download 344.85 Kb.
bet7/13
Sana30.04.2023
Hajmi344.85 Kb.
#1403959
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Zaydillayeva Shahnozaxon

17-modda. Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona muassasalari, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qaralsin: Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-fevraldagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabdan tashqari ta’lim muassasasi to‘g‘risida”gi nizom.
18-modda. Oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarni oilada o‘qitish va mustaqil ravishda ta’lim olish tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo‘sinda yordam ko‘rsatiladi.
Qarang: “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2691, 30.06.2015-y.).
19-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar
Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta’lim muassasalarida o‘qitilishi shart bo‘lgan va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladigan mutaxassisliklar bundan mustasno.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-yanvardagi 16-sonli “Davlat oliy ta’lim muassasalarida eksternat asosida o‘qish amalga oshirilmaydigan bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga o‘zlashtirilgan fanlar ro‘yxati, ularning hajmlari va fanlarga qo‘yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi.
Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Davlat ta’lim standartlariga mos kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida har ikki tomonning ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlari belgilangan tartibda o‘zaro tan olinishi mumkin.
Tegishli bosqichdagi ta’limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi.
Davlat tasdiqlagan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat navbatdagi bosqich ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisoslik bo‘yicha ishlash huquqini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ilovasining (“Rasmiy davlat hujjatlari”) IV-bo‘limiga muvofiq, 1) to‘liqsiz o‘rta ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma; 2) o‘rta ma’lumot to‘g‘risida attestat; 3) o‘rta maxsus va kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risida diplom; 4) oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom; 5) fan nomzodi yoki doktori diplomi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar hisoblanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi qarori.

Download 344.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling