Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
-modda. Ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun o‘quv-tarbiya muassasalari
Download 344.85 Kb.
|
Zaydillayeva Shahnozaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar] IV. TA’LIM TIZIMINI BOShQARISh
- 25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
24-modda. Ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun o‘quv-tarbiya muassasalari
Alohida sharoitlarda tarbiyalanish va o‘qishga muhtoj bolalar va o‘spirinlar uchun ularning bilim olishi, kasb tayyorgarligi va ijtimoiy tiklanishini ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning ta’lim olishi va mustaqil bilim olishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksining 100-moddasida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tashga mahkum qilingan shaxslarning umumiy ta’lim olishi bo‘yicha asosiy talablar belgilangan. [OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar] IV. TA’LIM TIZIMINI BOShQARISh [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang); 2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari] 25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish; ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash; ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash; Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470 -sonli “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, 2009-yil 11-fevraldagi 40-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-sonli “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori. boshqa davlatlarning ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasining hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish; qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish va hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash; Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida”gi nizom va “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida”gi nizom. davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash; Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standartlari to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi 390-sonli “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2000-yil 16-oktabrdagi 400-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi va 2001-yil 16-avgustdagi 343-sonli “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari. davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash; Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 607-sonli “Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi qarori. davlat grantlari miqdori va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash; Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori. davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlarini tayinlash; ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash; Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini takomillashtirish haqida”gi qarori, “O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2684, 17.06.2015-y.), “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2685, 17.06.2015-y.). qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar. Download 344.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling