Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
III. TA’LIM JARAYoNI QATNAShChILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISh
Download 344.85 Kb.
|
Zaydillayeva Shahnozaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
- 21-modda. Ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
III. TA’LIM JARAYoNI QATNAShChILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISh
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.86.00 O‘quvchilar, talabalar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va ijtimoiy himoyasi] 20-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq imtiyozlar, stipendiya va yotoqxonada joy bilan ta’minlanadi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun qaralsin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi “O‘qituvchilar va o‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 409-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-sonli “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. [OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.96.00 Ta’lim xodimlarini ijtimoiy himoya qilish] 21-modda. Ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish Ta’lim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, haqi to‘lanadigan yillik uzaytirilgan ta’tillar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun qaralsin: O‘zbekicton Respublikasi Prezidentining 2002-yil 7-avgustdagi PF-3112-sonli “2002-yilning 1-sentabridan boshlab o‘qituvchilar va o‘quv yurtlari muallimlarining, ilmiy xodimlarning ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-sonli “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi “O‘qituvchilar va o‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 409-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-avgustdagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 327-sonli qarori va “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2175, 30.12.2010-y.). Ta’lim muassasalari ish haqiga mo‘ljallangan mavjud mablag‘lar doirasida mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq to‘lash va uni rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqli. [OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.87.00 Davlat grantlari. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning ta’lim olishi] Download 344.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling