Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni


-modda. Ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasi


Download 344.85 Kb.
bet11/13
Sana30.04.2023
Hajmi344.85 Kb.
#1403959
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Zaydillayeva Shahnozaxon

26-modda. Ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasi
Ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish;
ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish;
davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo‘lgan talablar bajarilishini ta’minlash;
o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;
ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini muntazam takomillashtirish;
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
o‘quv va o‘quv-uslubiyat adabiyotlarini nashr etishni tashkil qilish;
ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
Qarang: “Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1778, 20.03.2008-y.), “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2011, 06.10.2009-y.) va “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1963, 05.06.2009-y.), “Eksternat to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2670, 11.05.2015-y.).
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]


Download 344.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling