Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotida tutgan o’rni Re’ja
Download 31.22 Kb.
|
1 2
Bog'liqShHT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shanxay hamkorlik tashkilotining tashkil topishi va asosiy vazifalari.
Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotida tutgan o’rni Re’ja: Shanxay hamkorlik tashkilotining tashkil topishi va asosiy vazifalari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar va O’zbekistonning tashkilotga qo’shilishi O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotida tutgan o’rni va vazifalari Shanxay hamkorlik tashkilotining tashkil topishi va asosiy vazifalari. Shanxay hamkorlik tashkiloti — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. 2001-yil 15-iyun kuni Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat - Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining vujudga kelish tarixi „Shanxay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogʻliqdir. Dastlab Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Unda chegaradosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash va qoʻshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarogʻlarni qisqartirish toʻgʻrisida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998-yildan „Beshlik“ mamlakatlarining oʻzaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi boʻylab harbiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash choralariga oʻtishga qaratildi. Shanxay hamkorlik tashkilotining 2000-yilda bo’lib o’tgan Dushanbe sammitida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda „Beshlik“ negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. Shanxay hamkorlik tashkiloti taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. 2001-yil bo’lib o’gan Shanxay sammitida yangi tashkilotning maqsad va prinsiplarini eʼlon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning 2002-yilda Sankt-Peterburgda boʻlgan 2-sammitida ustav hujjati – Shanxay hamkorlik tashkiloti Xartiyasiga imzo chekildi. Shanxay hamkorlik tashkilotining oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasidan iborat. Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 1-yanvar 2004-yildan faoliyat koʻrsata boshladi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qoʻmitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orkali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijro qoʻmitasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijro qoʻmitasida esa oʻzaro tasdiqlangan lavozim oʻrinlariga muvofiq Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlardan vakillar ishlaydi. Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentda boʻlib o’tgan majlisida tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi, Shanxay hamkorlik tashkilotining vakolatlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini oʻtkazib turish haqidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi. Shanxay hamkorlik tashkiloti aʼzo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Iqtisodiy hamkorlik borasida oldinda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xom ashyo zaxiralarini oʻzlashtirish, suv energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid va boshqa masalalar bor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan faol va pragmatik tashqi siyosat bugungi kunda mamlakatimizning nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida nufuzi va o‘rnini mustahkamlab, xalqaro jarayonlarga ta’sirini oshirmoqda.Bu borada xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan ko‘p tomonlama hamkorlik, xususan, O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatidagi ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. 2021-2022 yillarda tashkilotga raislik O‘zbekistonga o‘tishi keyingi 6 yilda amalga oshirilgan jadal va ochiq tashqi siyosatimiz mahsuli, mantiqiy davomi bo‘ldi, deyish mumkin. O‘tgan yili SHHTning Dushanbe sammitida davlatimiz rahbari tashkilotga raislikning SHHT makonida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini yanada chuqurlashtirish, o‘zaro transport-kommunikatsiya aloqalari, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, madaniy-gumanitar sohada, sog‘liqni saqlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda mavjud salohiyatdan keng foydalanish singari eng ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. O‘zbekiston tomonidan SHHTga raislik davrida barcha hamkorlik sohalarida 80 dan ortiq tadbir o‘tkazildi. Keng ko‘lamda olib borilgan chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, bo‘lajak sammitda imzolash uchun 30 dan ortiq hujjat taqdim etilishi rejalashtirilgan. Shubhasiz, Samarqand sammitining asosiy maqsadlaridan biri SHHT oilasini yanada kengaytirish masalasidir. Davlat rahbarlari kengashi doirasida SHHTga a’zolik maqomini olish uchun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolanishi kutilyapti. Bu o‘tgan yili Eronni to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish tartibini boshlash to‘g‘risidagi qarorni amalga oshirishda muhim bosqich bo‘ladi. Bundan tashqari, SHHTning kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha sherik davlatlari a’zoligini kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Sammitda SHHT va qator xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Yana bir qabul qilishga tayyorlanayotgan muhim hujjat bu – Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlari o‘rtasida uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnomani 2023-2027 yillarda amalga oshirish bo‘yicha Keng qamrovli rejadir. Ushbu strategik ahamiyatga ega hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va SHHTga a’zo barcha davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Reja loyihasi tashkilot doirasida barcha sohalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan hamkorlik yo‘nalishlarini jalb qilgan va hozirgi kunda 120 ga yaqin tadbirlarni o‘z ichiga olgan. Ayniqsa, asosiy urg‘u savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga karatilgan. Masalan, investitsiyalar, energetika, transport, logistika, sanoat kooperatsiyasi, axborot va telekommunikatsiyalar, qishloq xo‘jjaligi, bojxona va boshqa sohalardagi sheriklikni yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq tadbirlar va ularning bajarilishiga mas’ul idoralar belgilangan. Mazkur Shartnomani o‘z ahamiyatiga ko‘ra SHHT Xartiyasi bilan solishtirish mumkin. Agar Xartiya tashkilotning “ruhi”, uning kompasi bo‘lsa, Shartnoma SHHTning “vijdoni” va xar bir a’zo davlatning o‘z xissasini qo‘shish majburiyatidir. Bu hujjat tashkilotga tanlangan yo‘lidan adashmaslik imkoniyatini beradigan “kompas”ning to‘g‘ri, ritmik va barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Xartiya va Shartnoma mohiyatidan SHHTning asosiy siyosiy va huquqiy rishtalari bo‘lib, uning falsafasi va qiyofasini uzoq muddatga, tashkilot mavjud bo‘lgan butun davrga belgilab beradi. Shartnomaning asosiy xususiyatlari, avvalambor, hujjatning har bir qoidasi barcha a’zo davlatlarning milliy manfaatlariga, shuningdek, SHHTning keng hududida uzoq muddatli hamkorlikda rivojlantirish maqsadlariga javob beradi. Milliy va umumiy manfaatlarning uyg‘unligi, ularning sinegriyasi Shartnomani barqaror qiladi, uning har bir ishtirokchisi manfaati uchun xizmat qiladi. Demak, imzolashga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan keng qamrovli reja va unda ko‘rsatilgan aniq tadbirlar SHHTga a’zo barcha davlatlar va, birinchi navbatda, O‘zbekiston manfaatlariga xizmat kiladi. Download 31.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling