Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotida tutgan o’rni Re’ja


SHHT – dunyodagi eng yirik mintaqaviy tashkilot


Download 31.22 Kb.
bet2/2
Sana08.05.2023
Hajmi31.22 Kb.
#1447115
1   2
Bog'liq
ShHT

SHHT – dunyodagi eng yirik mintaqaviy tashkilot
SHHTga a’zo davlatlarning umumiy maydoni 34 million km², ya’ni Yevroosiyo qit’asining 60 foizini tashkil etadi. A’zo davlatlar nufusi 3 milliardga yaqin yoki yer yuzi aholisining qariyb yarmiga teng. SHHT mamlakatlari jahon iqtisodiyotining 20 foizini qoplaydi.
Eronning tashkilotga to‘laqonli a’zo etib qabul qilinishi orqali SHHT strategik muhim mintaqa hisoblangan Yaqin Sharqqa eshik ochadi.
Tashkilot muvaffaqiyatining kaliti ko‘p qirrali hamkorlik va ochiqlik bilan bog‘liq ekani barchaga ayon. Shu bois ham tuzilma ochiq muloqot, mintaqalararo keng sheriklik uchun mos va qulay maydon sifatida namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston – Shanxay hamkorlik tashkiloti asoschilaridan biri
O‘zbekiston SHHT doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning kelgusi strategiyasini belgilashda doimo yetakchilar safida e’tirof etiladi.
Biz SHHTga terrorizm, ekstremizm, separatizm, giyohvandlik, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, ko‘p tomonlama o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi sheriklikni rivojlantirish vositasi sifatida qaraymiz.
Mamlakatimiz avval ham tashkilotga uch marta raislik qilganO‘zbekiston tashabbusi bilan 2004 yil Toshkentda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ta’sis etildi, Xavfsizlik kengashlari kotiblari yig‘ilishlari formati joriy etildi, SHHTda kuzatuvchi maqomini berish mexanizmi ishga tushirildi.
2010 yil poytaxtimizda o‘tgan a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishida tashkilotning Ish tartibi qoidalari 
va Yangi a’zolarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi.
Shanxay hamkorlik tashkilotining 2016 yildagi Toshkent sammitining asosiy natijalaridan biri SHHTga a’zo davlat maqomini olish maqsadida Hindiston va Pokiston majburiyatlari to‘g‘risida memorandumlar imzolanishidir. Bu tashkilot salohiyatini ko‘tarishga va xaqaro maydandagi rolini yanada oshiriga xizmat qildi.
2017 yildan respublikamiz SHHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tashabbuskoriga aylandi.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan besh yil mobaynida SHHT sammitlarida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, innovatsiya va boshqa sohalar bo‘yicha hamkorlik samaradorligini oshirishga doir 54 ta tashabbus ilgari surildi. Shulardan 37 tasi hayotga tatbiq etilgan bo‘lsa, qolgan 17 tasi amalga oshirilish jarayonida.
Dushanbe sammitida o‘zbek tomoni ilgari surgan bir qator tashabbuslar – SHHTning “Yashil kamar” dasturi, Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik rejasi, SHHT Iqtisodiy forumi konsepsiyasi, shuningdek, SHHTning Turizm va madaniy poytaxti to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston amalga oshayotgan tashabbuslar bo‘yicha SHHTda yetakchi o‘rinni egallab turibdi. O‘tgan yillarda o‘zbek tomoni, asosan, xavfsizlik sohasida faollik ko‘rsatgan bo‘lsa, endilikda umumiy salohiyatni iqtisodiyot, transport va logistika, innovatsion va raqamli rivojlanish, madaniy va xalq diplomatiyasi kabi yo‘nalishlar orqali ko‘tarish zarurligiga e’tibor qaratmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan SHHT makonida amalga oshirilayotgan strategiya konstruktivlik, pragmatizm va tashabbuskorlik kabi muhim tamoyillarga asoslangan.
O‘zbekiston tashqi siyosatining ustunligi SHHT doirasida Toshkent ilgari surgan tashabbuslar, ayniqsa, hududni barqaror rivojlantirishga qaratilgan vazifalar haqida gap ketganda, a’zo mamlakatlar milliy manfaatiga ham to‘la javob berishida o‘z ifodasini topadi. Shu bois mazkur tashabbuslar SHHTga a’zo barcha davlatlar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Samarqand sammiti oldidan mamlakatimiz raisligida olib borilgan ishlar Tashkilot faoliyatini aniq va samarali, yangi va salmoqli loyihalar bilan boyitdi. Demak, O‘zbekiston yana bir murakkab siyosiy sinovdan sharaf bilan o‘tdi, deb ayta olamiz.
O‘zbekistonning SHHTga raisligi 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitda sarhisob qilinadi.
Ishonchimiz komilki, anjuman yirik siyosiy va diplomatik forumga aylanadi va tashkilotning keyingi evolyutsiyasi yo‘lidagi muhim qadam sifatida tarixga muhrlanadi.


Shanxay hamkorlik tashkilotining asoschi mamlakatlaridan biri sifatida O’zbekiston ushbu tashkilotga a’zo bo’lgan boshqa mamlakatlar bilan barobar ShHT rivojlanishining strategiyasini belgilaydi. Bu yo’nalishda aynan mamlakatimiz sa’y-harakatlari bilan tashkilot ish boshlagan 2001-yildan e’tiboran uning faoliyatini takomillashtirish, tashkilot ishtirokchilari, shuningdek, boshqa umumbashariy va mintaqaviy institutlar o’rtasida samarali hamkorlikni yo’lga qo’yish va mustahkamlash borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishildi.
O’zbekiston ShHT Xartiyasida belgilab qo’yilganidek, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirish, tashkilot faoliyatining samaradorligi hamda xalqaro nufuzini yuksaltirishga yo’naltirilgan maqsadlar, vazifa va tamoyillarga qat’iy rioya etilishining tarafdoridir. Blok bo’lish yoki qarama-qarshi turish yo’nalishidan xoli bo’lgan ushbu tizimning ochiqligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O’zbekiston ShHTga birinchi marotaba raislik qilgan davrda (2003-2004-yillari; mamlakatimiz ikkinchi marotaba bu birlashmani 2009-2010-yillari boshqargan) tashkilotning institutsional shakllanishi nuqtai nazaridan muhim hujjatlar imzolandi: ShHT huzuridagi kuzatuvchi maqomi to’g’risidagi Nizom va ShHTning kuzatuvchilar bilan hamkorligi tartibi. Natijada 2004-yili Mo’g’uliston, 2005-yili esa Hindiston, Pokiston va Eron kuzatuvchi mamlakat maqomini oldi. Bundan tashqari, Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to’g’risidagi Bitimning imzolanishi ham diqqatga molik voqyea bo’ldiki, u giyohvandlik xavfiga qarshi kurashda ko’p tomonlama hamkorlik uchun huquqiy asosni yaratdi.
Shu bilan birga, 2004 yilning yanvaridan boshlab Toshkentda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) faoliyat ko’rsata boshladi. Ushbu doimiy asosda ish olib boradigan organ ShHTga a’zo davlatlar huquq-tartibоt organlari va maxsus xizmatlarining radikal, tajovuzkor ekstremizm va ayirmachilikka, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarini birlashtirish va amaliy hamkorligi uchun samarali vosita bo’lib qoldi.
Shuning munosabati bilan qayd etish o’rinliki, joriy yil 8 aprelida mamlakatimiz poytaxtida bo’lib o’tgan Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining navbatdagi 28-majlisi chog’ida ShHTga a’zo davlatlarning terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo’yicha 2013-2015-yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturini amalga oshirish yakunlari va boshqa hujjatlar ijrosining borishi muhokama qilindi.
2004-yili O’zbekiston tashabbusi bilan mazkur tashkilotga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari Kotiblarining uchrashuvi instituti tuzildi. U ShHT doirasida xavfsizlik sohasidagi muvofiqlashtiruvchi-maslahat mexanizmi hisoblanadi. O’sha yilning iyunidayoq Toshkentda mazkur institutning birinchi uchrashuvi bo’lib o’tdi. O’shandan buyon bu uchrashuv har yili o’tkaziladi va u xavfsizlik sohasidagi vaziyatni o’rganish, tahlil etish hamda baholash, ShHT mamlakatlarining sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishda muhim o’rin tutmoqda. Bunday uchrashuvlar doirasidagi muzokaralar an’anaviy va yangi xavf-xatarlarga o’z vaqtida munosabat bildirishda umumiy va o’zaro maqbul yondoshuvlarni ishlab chiqishga ko’maklashayotgani barobarida tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash sohasida tashkilot faoliyatining amaliy samaradorligini oshirmoqda.
2016-yil 13-14-aprel kunlari Toshkent shahrida o’zbek tomonining raisligida ShHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining o’n birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish chog’ida ShHT hududida xavfsizlik hamda barqarorlikni ta’minlashga doir dolzarb masalalar, terrorizm, separatizm, ekstremizm, qurol-yarog’ va narkotiklarning noqonuniy aylanishi hamda boshqa zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, 2010-yili (O’zbekistonning ShHTdagi ikkinchi raisligi davrida) o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tashkilotning tashqi aloqalarini kengaytirish, keng mintaqadagi tinchlikni, osoyishtalik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo’yicha vazifalar samarali hal etilishiga yo’naltirilgan hujjatlarning salmoqli turkumi imzolandi.
Masalan, mamlakatimizning ikkinchi raisligi davrida ,olib borilgan faol diplomatik ishlar tufayli 2010-yilning aprelida – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Munning tashrifi chog’ida Toshkentda BMT va ShHT kotibiyatlari o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi Qo’shma deklaratsiya imzolandi. Mazkur hujjat ikki birlashma o’rtasidagi rasmiy hamkorlikning ibtidosi bo’ldi.
Qo’shma deklaratsiya huquqiy zaminni mustahkamlash, ShHTning xalqaro nufuzini oshirish va uning BMT tizimlari bilan aloqalarini rivojlantirish uchun juda muhim ahamiyatga egadir. Tashkilotning 2010-yil iyun oyida Toshkentda bo’lib o’tgan sammiti chog’ida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bayon etganidek, ushbu hujjatning qabul qilinishi “ShHT oldida turgan vazifalarni hal etishda BMT minbaridan yanada faolroq foydalanish, jumladan, uning doirasida ShHTga a’zo davlatlarning manfaatlarini ifodalovchi masalalarni birgalikda ilgari surish imkonini beradi”.
ShHTga yangi a’zolarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizomning tasdiqlanishi o’z ahamiyati bilan navbatdagi voqyea bo’ldiki, uning qabul qilinishida O’zbekistonning faol ish olib borgani tashkilotga a’zo barcha davlatlarning konsensusga hamda ularning yondoshuvlari birlashuviga erishilishiga ko’maklashdi. ShHT yanada kengayishi uchun huquqiy zaminning yaratilishida muhim qadam bo’lgan mazkur hujjat tashkilotning teng huquqli a’zosi maqomini olishni istagan davlatlarning muvofiqligi lozim bo’lgan asosiy mezonlarni belgilab berdi. Bu bilan dunyoning ko’pgina mamlakatlari uchun borgan sari jozibali ahamiyat kasb etayotgan mazkur tashkilotning ochiq ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.
O’zbekiston tashabbusi bilan hamda uning faol ishtirokida ishlab chiqilgan va 2010 yili qabul qilingan ShHT protseduralarining qoidalari ushbu birlashmaning yanada rivojlanishiga hamda uning faoliyatidagi huquqiy asoslarni takomillashtirishga xizmat qildi. Mazkur hujjat qabul qilinguniga qadar tashkilot doirasida me’yoriy-huquqiy aktlar yuzasidan tashabbus ko’tarish, ishlab chiqish, kelishish va qabul qilish bo’yicha yagona qoida mavjud emas edi. Unga ShHT faoliyatining asosiy tamoyili – tashkilot doirasida faqat konsensus asosidagina qaror qabul qilinishining muhrlab qo’yilgani mazkur hujjatning asosiy muvaffaqiyatlaridan biri bo’ldi.
Shuni qayd etish o’rinliki, mamlakatimizning tashkilotga ikkinchi raisligi davrida ilm-fan va texnika bo’yicha ShHTga a’zo davlatlar vazirlik va idoralari rahbarlari uchrashuvining mexanizmi ishga solindi. Bundan tashqari, ShHT a’zo davlatlar hukumatlari o’rtasida qishloq xo’jaligi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohalarida hamkorlik to’g’risidagi bitimlar imzolandi.
2015-2016-yillarda O’zbekiston Respublikasi ShHTga yana bir bor raislik qilmoqda. Ushbu mas’uliyatli missiya tashkilot tashkil etilganining 15 yilligi bilan to’g’ri keldi.
Shu davr oralig’ida xavfsizlikka tahdidlarga qarshi birgalikdagi kurashni kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, bu sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, a’zo davlatlarning izchil taraqqiyotini ta’minlash, tashkilotning xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish singari vazifalar diqqat markazida qolmoqda.
Mamlakatimizning faol sa’y-harakatlari tufayli o’tgan yili ShHT faoliyatining asosiy yo’nalishlarida aniq-ravshan natijalarga erishildi. Masalan, 2015-yil sentabrida Kambodja Qirolligiga ShHTning muloqot bo’yicha sherigi maqomini berish to’g’risidagi memorandum imzolandi. Joriy yilda ana shunday hujjatlar Ozarbayjon,
Armaniston va Nepal bilan ham imzolandi. Janubiy Osiyodagi ikki yirik davlat – Hindiston Respublikasi hamda Pokiston Islom Respublikasini ShHTga qabul qilish bo’yicha muzokaralar jarayoni davom etmoqda.
May oyining oxirida ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi bo’lib o’tadi. Iyun oyida esa madaniyat vazirlari majlisi, shuningdek, Banklararo birlashma kengashi va Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvining majlislarini o’tkazish rejalashtirilgan. ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining majlisi asosiy tadbir bo’ladi, albatta. Sammit yakuni bo’yicha tashkilotning o’rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini belgilab beradigan qator muhim hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.
O’tgan yillar tajribasini hisobga olib, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga hozirgi, uchinchi raisligining yakunlari ham belgilangan vazifalarni hal etish yuzasidan ushbu tizimning salohiyatini yanada kuchaytirishga, mazkur birlashma faoliyatining me’yoriy-huquqiy zaminini mustahkamlash va uning jahon maydonidagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti xalqaro maydonda XXI asr boshida paydo bo‘ldi. Ushbu nufuzli tashkilotning tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, uni tuzish yo‘lidagi dastlabki qadam Rossiya va Xitoy davlatlari rahbarlarining uchrashuvida erishilgan “G‘arb” va “Sharq” o‘rtasidagi muvozanatni saqlash maqsadida mintaqadagi “beshlik” davlatlarni qamrab olgan yangi tashkilot tuzish bo‘yicha kelishuvdir. Uning asosi 1996 yilning 26-27 iyun kunlari Xitoyda “Shanxay beshligi” — Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari davlat rahbarlari uchrashuvida qo‘yildi. Uchrashuv chog‘ida davlatlarning tutash chegaralariga doir masalalar ko‘rib chiqildi. “Beshlik” rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi 1997 yil 24-25 iyun kunlari Rossiyaning Moskva shahrida o‘tkazilib, unda o‘zaro tutash chegaralarda qurolli kuchlarni qisqartirish bo‘yicha ikkita bitim imzolandi.
2000 yilning 4-5 iyun kunlari Tojikiston Respub­likasi poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda ilk bor O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etdi. Uchrashuvda davlat rahbarlari tomonidan tashkilot negizida ko‘p tarmoqli tuzilma shakllantirish taklifi ilgari surildi. Shu tarzda hozirgi Shanxay hamkorlik tashkiloti g‘oyasi shakllanib, O‘zbekiston Respublikasi unga o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqib, ta’sischi sifatida a’zo bo‘lish qarorini qabul qildi. 
Nihoyat, 2001 yil 14-15 iyun kunlari Xitoyning Shanxay shahrida o‘tkazilgan birinchi sammitda Yevroosiyo hududidagi olti mamlakat - Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalari davlat rahbarlari tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti tuzilganligi rasman e’lon qilindi. Yangi tashkilotning maqsadi va prinsiplarini ifodalovchi Deklaratsiya hamda terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Konvensiya imzolandi. Shunday qilib, uning dastlabki huquqiy-me’yoriy asoslari yaratildi.
Asosiy maqsad va vazifalari
Tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, shuningdek, ta’lim, energetika, transport, turizm, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalarda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, ekstremizm va ayirmachilikka qarshi kurashish ShHTning asosiy maqsad va vazifasi hisoblanadi.
ShHTning 2-sammiti 2002 yil 7 iyun kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazildi. Unda davlat rahbarlari tomonidan 26 moddadan iborat asosiy hujjat - ShHT Xartiyasiga imzo chekildi. ShHTning oliy organi davlat rahbarlari kengashi hisoblanadi. Tashkilot strukturasi hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi, doimiy ishlovchi kotibiyat (Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti - Pekin shahrida joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) (O‘zbekiston Respublikasining poytaxti - Toshkent shahrida joylashgan)dan iborat.
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 2004 yilning 1 yanvaridan e’tiboran faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo‘mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish orqali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Tuzilma tarkibida kengash va ijro qo‘mitasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijro qo‘mitasida esa o‘zaro tasdiqlangan lavozimlarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlardan vakillar ishlaydi.
ShHTning navbatdagi 3-sammiti 2003 yil 28-29 may kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tkazildi va unda tashkilot faoliyatiga raislik qilish huquqi O‘zbekiston Respub­likasiga berildi.
O‘zbekiston Respublikasi ShHTga raislik qilgan davrda tashkilotning huquqiy-me’yoriy hujjatlari to‘liq shakllantirildi. Buni tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining 2004 yil 16-17 iyundagi Toshkent shahrida o‘tkazilgan to‘rtinchi sammiti misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Unda Shanxay hamkorlik tashkilotining shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Sammit yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi, ShHTning vakolatlari va immunitetlari to‘g‘risidagi Konvensiya, narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir boshqa muhim hujjatlar imzolandi. O‘zbekis­ton Respublikasining ShHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi tahdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini o‘tkazib turish haqidagi tashab­busi qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekiston Respublikasi 2009-2010 yillarda ikkinchi marta ShHT faoliyatiga raislik qildi. Bu davrda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan voqea sodir bo‘ldi - Birlashgan millatlar tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘rtasida deklaratsiya imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi uchinchi marta 2015-2016 yillarda ShHT faoliyatiga raislik qildi. Bu davrda tashkilotning 15 yilligi nishonlandi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan kuzatuvchi davlat sifatida qatnashayotgan Hindiston va Pokiston Islom Respublikalari tashkilotga a’zolikka qabul qilindi.
Download 31.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling