Biznes yuritish osonligi reytingi - Doing Business reytingi kichik va o‘rta biznes yuritish osonligi darajasini ifodalaydi. Hozirgi paytda bunda jami 11 indikator baholanadi: yangi ishni tashkil qilish, qurilishga oid ruxsatnomalar olish, elektroenergiyaga ulanish, mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kredit olish, minoritar investorlarni himoyalash, soliqlarni to‘lash, transchegaraviy savdo, shartnomalarga rioya qilish mexanizmlari, bankrotlik, Shuningdek mehnat bozorini tartibga solish osonligi. Doing Business -mamlakatlar investitsiyaviy iqlim holatini tavsiflovchi eng ommaviy reytinglardan biri. 2019-yilda O‘zbekistonga 7 -6-o‘rin berilgan edi. 2012- yilga taqqoslaganda O‘zbekiston 7 -8 pozitsiyaga ko‘tarildi.
Iqtisodiy erkinlik ko‘rsatkichi - O‘zbekistonning iqtisodiy erkinligi 53,3 ballga teng bo‘lib, 2019-yilgi ko‘rsatkichga binoan 140-o‘rinda. Biznes erkinligi, mehnat erkinligi hamda investitsiya erkinligi yuqorilab, O‘zbekiston iqtisodiy erkinligi umumiy hisobda 1,8 ballga o‘sgan. O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 43 mamlakat orasida 36-o‘rinni egallab turibdi va uning umumiy reytingi mintaqaviy va jahon o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan past.
O‘zbekistonning Inson taraqqiyoti indeksi qiymati 2017 -yil uchun 0,7 -10 ni tashkil etdi, bu mamlakat inson taraqqiyotining yuqori toifasiga kirib, 189 ta mamlakat va hudud ichida 105-o‘rinni band etdi deganidir. 2000 -2007 -yillar oralig‘ida O‘zbekistonning Inson taraqqiyoti indeksi qiymati 19,3 foizga oshgan holda 0,595dan 0,7 -10 ga ko‘tarildi.
Logistik faoliyat ko‘rsatkichi - O‘zbekiston har ikki yilda nashr etiladigan Jahon Banklarining logistik faoliyat ko‘rsatkichi nashrida 2018-yilda 2016-yildagi 118-o‘rnidan 19 pog‘ona yuqorilab oldi. Logistik faoliyat ko‘rsatkichi uchun asosiy mezonlar bojxona, infrastruktura, xalqaro yuk tashish, logistik mahorat, harakatlanish, kuzatish hamda davriylikni o‘z ichiga oladi.
Ekologik samaradorlik indeksi (The Environmental Performance Index) – Yel universiteti qoshidagi Ekologik siyosat va huquq markazining aralash ko‘rsatkichisi bo‘lib, u mamlakat yutuqlarini ekologiya va tabiiy resurslarni boshqarish nuqtai nazaridan o‘lchaydi. 2018-yilgi reyting yakunlariga ko‘ra O‘zbekston 136-o‘rinni egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |