Mavzu: O’zbekiston sarhadlari va xavfsizligi muammosi Reja: O’zbekiston respublikasi davlat xavfsizligi
Download 0.75 Mb.
|
mudofa
Mavzu: O’zbekiston sarhadlari va xavfsizligi muammosi Reja:
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari dahlsizligini ta’minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, harakatchan, har tomonlama yaxshi qurollangan armiyani tashkil etish bo‘yicha o‘zining ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirildi. 2018 yilning 9 yanvarida — O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasini qabul qilish orqali mamlakat mudofaa siyosatining shaffofligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. 2017-2021 yillar uchun Harakatlar strategiyasi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan ushbu doktrinada mamlakatimizning harbiy qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha asosiy yo‘nalish va zamonaviy yondashuvlar aks ettirilgan. Mudofaa doktrinasi, xavfsizlik va mudofaa sohasida boshqa chet davlatlar bilan samarali harbiy-siyosiy munosabatlar va hamkorlik qilish uchun tashkiliy-huquqiy sharoit yaratadi. Ushbu hujjat oshkora xususiyatga ega bo‘lib, shunga o‘xshash konseptual hujjatlar qabul qilish borasidagi chet el tajribasiga mos keladi. Mudofaa doktrinasi O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqligi, yaqin qo‘shnilarimiz — Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama o‘zaro hamkorlik milliy xavfsizlikning asosiy shartlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati quyidagi prinsiplarga asoslangan:
O‘zbekiston Respublikasi tinchliksevar siyosatni olib borar ekan, harbiy mojarolarning oldini olishda faol ishtirok etishni ustuvor vazifalardan biri deb hisoblaydi. O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
b)mintaqaviy darajada:
v) xalkaro darajada:
Shu bilan birga, mintaqamiz va butunjahondagi bugungi murakkab, tez o‘zgarayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, ayniqsa, Afg‘onistondagi istiqboli ancha mavhum bo‘lgan hozirgi holat bilan bog‘lik tarzda xavfsizlikka qarshi real va ehtimol tutilayotgan xavf-xatarlarning kuchayib, narkoagressiya, xalqaro terrorizm, ekstremizm va boshqa tahdidlarning miqyosi tobora kengayib borayotgani Qurolli Kuchlarimizning harbiy tayyorgarligi va jangovar qobiliyatini muttasil oshirish, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash, uning davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash borasidagi choralarni yanada kuchaytirishni taqozo etmokda. Shavkat Mirziyoevning Prezident xuzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018 yilning 10 yanvarida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqida mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimidagi islohatlarning istiqbollariga to‘xtalib, kuyidagilarni alohida ta’kidladi: "Ayni paytda butun dunyoda, jumladan, yon-atrofimizda xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib bormoqda, ayrim hududlarda qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda. Ana shunday keskin vaziyatdan kelib chiqqan holda, mavjud tahdidlarga qarshi munosib zarba berishga tayyor bo‘lishimiz, O‘zbekistonning tinch va barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlarimizni yanada isloh qilish, uning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini yuksaltirish buyicha kelgusida amalga oshiradigan ishlarimizni izchil davom ettirishimiz zarur". O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni tashabbusi bilan "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseylarining tashkil etilishi Qurolli Kuchlarimizni salohiyatli askar va ofitser kadrlar bilan ta’minlash qatorida, yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va o‘qitishda muhim o‘ringa ega bo‘ladi. Ayniqsa, Qurolli Kuchlar tizimida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tashkil etilganligi esa, yosh harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar jarayoniga jalb etishda, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.Bir so‘z bilan aytganda, amalga oshirilgan bunday muhim ishlar natijasida armiya mardlik va matonat, sadoqat maktabiga aylanmoqda. Xulosa qilib aytganda, xalqimizning tinchligi va xavfsizligi, sarhadlarimiz dahlsizligining mustahkam qalqoni bo‘lmish armiyamiz harjihatdan qudratli, qurol-yarog‘ va harbiy mahorat borasida hech kimdan kam bo‘lmasligi lozim.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling