Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Download 0.51 Mb.
bet27/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1159977
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
6 sinf ona tili to\'garak

Darsning rejasi:
1 Atoqli otlar.
2 Turdosh otlar.
3Atoqli otlarning yozilishi.
4Mashqlar ishlash.
O'qituvchi darsni o'quvchilar yashayotgan mahalla, qishloq, shahar, tuman, viloyat nomlarini, shuningdek, sinf xonasidagi narsa-buyumlarning nomini sanashdan boshlaydi.
Masalan: bir o'quvchi o'rnidan turib, o'zlarining Andijon viloyati Xo'jaobod tumani Abdulla Nabiyev nomli shirkat xo'jaligining Ko'chak ota mahallasida istiqomat qilayotganini aytadi. Ikkinchi o'quvchi sinf xonasidagi parta, stol, stul, doska, gul, portret kabi so'zlarni sanab beradi.
O'qituvchi shular asosida atoqli otlarning atab qo'yilishini, ularning yakkaligini (Andijon, Xo'jaobod, Abdulla Nabiyev), turdosh otlarning esa bir predmetning umumiy nomi ekanligini tushuntiradi.
Kishilarning ismi familiyasi, tuman, shahar, daryo, ko'l, tog', gaze­ta, jurnal nomlariga misollar keltiradi.
O'qituvchi atoqli otlarni tushuntirishda o'quvchilarga tushunarli bo'lgan sodda, jonli misollarni keltirsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Masalan:
- Familiyangiz nima?
- Yunusaliyev.
- Ismingiz-chi?
- Farruxbek.
- Derazadan ko'rinib turgan tog'ning nomi nima?
- Chilustun tog'lari, undan narida turgan baland tog'lar - Pomir tog'lari,
- Maktabimiz yonidan oqib o'tgan daryoning nomi nima?
- Shahrixonsoy.
O'quvchining javoblari asosida atoqli otlar va ularning yozilishi izohlanadi. Mashqlar ham yuqoridagi talab asosida bajartiriladi.Darsni yakunlash:a)baholarni e`lon qilish.b)Uyga vazifa -mashq.


KELISHIK QO'SHIMCHALARI
Darsning maqsadi:
a)ta'limiy maqsad - o'quvchilarga kelishik qo'shimchalari haqida ma'lumot berish;
b)tarbiyaviy maqsad - o'quvchilarni xushmuomalalik ruhida tarbyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad- gaplarda kelishik qo'shimchalarini qo'llash malakalarini o'stirish.
Darsning jihozi: kelishik qo'shimchalari jadvali.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling