Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Download 0.51 Mb.
bet28/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1159977
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bog'liq
6 sinf ona tili to\'garak

Darsning rejasi:
1. Kelishik qo'shimchalari haqida ma'lumot.
2. Kelishik qo'shimchalarining vazifalari.
Dars sinf taxtasida quyidagi so'z birikmalarini yozish bilan boshlanadi: kitobni o'qish, maktabgaborish, bolalarning kattasi, uydan chiqmoq.
O'quvchilardan yuqoridagi so'z birikmalarini bir-biriga bog'lash uchun qanday vositalardan foydalanilgani so'raladi, bu bilan o'qituvchi muammoli vaziyat yaratadi. O'quvchilar bog'lovchi vositalar sifatida kelishik qo'shimchalaridan foydalanilganini aytadilar. Darslikdagi 1-va 2-topshiriqlar ham bajartiriladi, 2-topshiriqdagi kitob, kitobning, kitobni, kitobda, kitobdan, kitobga so'zlarini o'qidim, muqovasi, oldim, yozilgan, ko'chirdi, xabardor bo'ldi so'zlaridan muvofiq kelgani bilan bogiab doskaga yozadilar. Kelishik qo'shimchalarining tagiga chizdiriladi.
Kelishik qo'shimchalari jadvalini o'quvchilar daftarlariga ko'chirib oladilar. 239-mashqda berilgan matnni darslikdan o'qib mazmunini so'zlab beradilar. Shu o'rinda o'quvchilardan kelishik qo'shimchalarining ahamiyatini so'rash ham mumkin. Ularning javobi xulosalanib, nazariy ma'lumotlar yetkaziladi.Darsni yakunlash:a)baholarni e`lon qilish.b)Uyga vazifa 242 -mashq.”Gulxan”jurnalidan istalgan matnni olib,undagi kelishik qo`shimchalari qo`llangan so`zlarni kelishiklar tartibida ko`chiring.


EGALIK QO'SHIMCHALARI
Darsning maqsadi:
a)ta'limiy maqsad - o'quvchilar ongida egalik qo'shimchalari haqida bilim va malaka hosil qilish;
b)tarbiyaviy maqsad -o'quvchilarni sportga muhabbat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad - o'quchilarda muomala madaniyatini shakllantirish.
Darsning jihozi: mavjud texnika vositalari, jadvallar.
Darsning rejasi:
1. Egalik qo'shimchalari.
2.Egalik qo'shimchalarining yozilishi.
O'qituvchi darsni 1- va 2-topshiriqlarni bajartirishdan boshlaydi. So'ng so'zlovchi, tinglovchi va o'zgani ifodalovchi I, II, III- shaxs birlik hamda ko'plik haqida ma'lumot beradi. Unli va undosh tovush bilan tugagan ikki so'zga egalik qo'shimchalarini qo'shib, ulardagi o'zgarishlarni ko'rsatadi.
I - shaxs onam, uyim, onamiz, uyimiz
II - shaxs onang, uying, onangiz, uyingiz
III- shaxs onasi, uyi, onasi (lari), uyi (lari)
Asosiy e'tibor egalik qo'shimchasi qo'shilayotganda o'zakda ro'y berayotgan o'zgarishlarga qaratiladi.
243-, 244-, 245-mashqlarni bajarish jarayonida ham yuqoridagi egalik qo'shimchalari qo'shilganda so'zlarda sodir bo'layotgan tovush o'zgarishlari hisobga olingan holda ularning yozilishi izohlanadi.Darsni yakunlash:a)baholarni e`lon qilish.b)Uyga vazifa 245 -mashq.
Quyidagi otlarga II shaxs egalik qo`shimchalarini qo`shib,namunadagidek yozing va yuz bergan o`zzgarishni izohlang.M:Bag`ir-bag`ring



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling