Maktab MMIBDO‘______________________ _______________
Sana: “__” _______ 20___-yil.
MAVZU: MATN. MATNDA KO’P MA’NOLI, MA’NODOSH SO’ZLARDAN FOYDALANISH
Mashg‘ulotning maqsadi:
а) ta’limiy maqsad __ o‘quvchilarga matnda ko’p ma’noli va ma’nodosh so’zlardan o’rinli foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish ;
b) tarbiyaviy maqsad__ o‘quvchilarga o’zaro hurmat va do’stlik munosabatlarini singdirish, mavzu doirasida berilgan matnlar mazmuni orqali milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish ko’nikmalarini shakllantirish.
s) rivojlantiruvchi maqsad__ o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, doimiy ravishda mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilimni oshirib borish, kognitivlik (ijodiylik) ko‘nikmasini shakllantirish;
M ashg‘ulot turi Yangi bilimlar berish
Mashg‘ulot uslubi: suhbat, sinkveyn, yakka va guruhlarda ishlash.
Mashg‘ulot jihozi: darslik, tarqatmalar, baholash kartochkalari, Matn turlari aks atgan jadval.
Mashg‘ulotning borishi:
I.Tashkiliy qism: a) salomlashish b) davomatni aniqlash s) ma’naviy daqiqa (O‘quvchilar bilan kunning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. )
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
Savol-javob va uy vazifasini tekshirish.( O‘quvchilarga tarqatma materiallar tarqatish va shu asosida o‘tgan mavzu yuzasidan olgan bilimlarini tekshirish, savol-javob o‘tkazish, uyga vazifani tekshirish, namunalar o‘qitish. Uyga vazifani bajarishdagi kamchiliklarni tahlil qilish.)
III. Yangi mavzu bayoni: Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi va topshiriqlar beriladi.
1-guruhga “Ko’p ma’noli so’zlar haqida gapirib berish.
2-guruhga Ma’nodosh so’zlar haqida ma’lumot berish.
3-guruhga Audio tasma orqali eshittirilgan matndan ko’p manoli va ma’nodosh so’zlarni aniqlash. Guruhlar topshiriqlarni bajarib bo’lishgach, ko’p ma’noli, ma’nodosh so’zlar ularning og‘zaki va yozma nutqimizdagi ahamiyati haqida nazariy ma’lumotlar beriladi. Xususan, darslikdagi mazkur mavzuga oid qoida aytib o‘tilib, uning mazmuni tushuntirib beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |