Mavzu: O’zbekistonda metallurgiya sanoati
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cho`yan va po`lat
Domna jarayoni
Rudalardan temir olish uning oksidlarini Uglerod (II) - oksid va koks bilan qaytarishga asoslangan. Bunda toza temir emas, uning ko`mir va boshqa qo`shimchalar (kremniy, marganes, oltingugurt, fosfor ) bilan qotishmasi olinadi. Bu qotishma cho`yan deyiladi. Cho`yan domna pechlarida, ya’ni domnalarda suyuqlantirib olinadi. Domna hajmi 5000 metr kub va ba- landligi 80 m bo`lgan, ichki tomoniga o`tga chidamli g`ish qoplangan va tashqi tomondan po`lat sirt bilan o`ralgan (mustahkam bo`lishi uchun) murakkab inshootdir. Domnaning yuqorigi yarmi – shaxta, yuqori teshigi – koloshnik, eng keng qismi – raspar, pastki qismi – gorn deb ataladi. Boshlang`ich materiallar: shixta – tarkibida temir oksidi, shuningdek, koks, flyuslar mavjud bo`lgan ruda. Koks issiqlik manbai bo`lib xizmat qiladi, shuningdek undan qaytaruvchi – uglerod (II) – oksid olish uchun foydalaniladi. Flyuslar bekorchi jinsni oson suyuqlanadigan birikmalarga – shlaklarga aylantiradi. Domnaga koloshnik orqali boshlang`ich materiallar (navbatlashib keladigan qatlamlar holida) solinadi. Ko`mirning yonishi va zaruriy haroratnisaqlab turish uchun gorndagi maxsus teshik orqali kislorodga boyitilgan havo puflanadi. Gornning yuqorigi, harorat 1850 °C ga yetadigan qismida koks 600- 800 °C gacha qizdirilgan, puflanadigan havo oqimida shiddat bilan yonadi. Cho`yan va po`lat Domnada suyqlantirilgan cho`yan tarkibida 93 % atrofida temir, 4.5 % gacha uglerod, kremniy 0.5-2%, marganes 1-3 % , fosfor 0.02-2.5 % va oltingugurt 0.005-0.08 % bo`ladi. Cho`yan mo`rt, bolg`alanmaydi. Cho`yan ikki xil: oq va kulrang bo`ladi. Kulrang cho`yan tarkibidagi uglerod grafit holida bo`ladi va sindirilganda kulrang tusli bo`ladi. Texnikada u quyish (mashinalarning og`ir qismlarini, maxoviklarni quyish) uchun ishlatiladi. Oq cho`yan tarkibida uglerod asosan sementit Fe3C holida bo`ladi, u kulrangdan oqroq. Oq cho`yanning hammasi po`latga aylantirish uchun ketadi. Qattiq po`latda uglerodning miqdori 0.3 dan 1.7 % gacha bo`ladi. Yumshoq po`latda (ilgari u bolg`alanuvchi temir deb atalgan) 0.3 % gacha uglerod bo`ladi. Po`lat cho`yandan farq qilib, oson bolg`alanadi. Tez sovitilganda u qattiq, sekin sovitilganda – yumshoq bo`ladi. Yumshoq po`latga ishlov berish oson. Yumshoq po`latdan mix, boltlar, sim, tomga yopiladigan tunuka, mashinalarning detallari tayyorlanadi. Qattiq 20 po`latdan asboblar yasaladi. Hozirgi texnikada legirlangan po`latlar kata ahamiyatga ega. Ular mashinalarning ko`pchilik qismlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini (qoshiq, vilka va boshqalar), trubalar, aviamotorlar va kompressorlarning detallarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Cho`yandan po`lat olish Cho`yanni qayta ishlab po`latga aylantirish uning tarkibidagi ortiqcha uglerodni va boshqa qo`shimchalarni chiqarib yuborishdan iborat. Bu ularni oksidlash yo`li bilan amalga oshiriladi. Yuqori haroratda kislorod uglerod va boshqa qo`shimchalar oson birikib, oksidlar hosil qiladi. Uglerod (II) – oksid gaz holida chiqib ketadi, qolgan oksidlar flyuslar bilan reaksiyaga kirishib, shlak hosil qiladi, u po`latning yuzasiga qalqib chiqadi. Po`latlarda fosfor va oltingugurt ko`p miqdorda bo`lishi ayniqsa nomaqbuldir: fosfor po`latni sinuvchan qilib qo`yadi, oltingugurt esa qizigan po`latga ishlov berishda darzlar hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu qo`shimchalarni yo`qotish uchun suyuqlangan cho`yanga ohak qo`shiladi. Fosfor (V) – oksid P2O5 ohak bilan Ca3(PO4)2·CaO tarkibli tomas shlak hosil qiladi: P 2 O 5 + 4CaO = Ca 3 (PO 4 ) 2 ·CaO Oltingugurtni yo`qotish jarayonini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: FeS + CaO = CaS + FeO . Tomas shlakdan fosforli o`g`it sifatida foydalaniladi. Cho`yanni qayta ishlab po`latga aylantirishning asosiy usullari marten usuli bilan elektrotermik usuldir. Marten usulida jarayon alangali regenerativ marten pechlari deyiladigan maxsus pechlarda olib boriladi. Pechning suyuq-lantirish vannasiga cho`yan, shuningdek temir-tersak, toza ruda (ularning tarkibida kislorod bo`ladi) va ohak (flyus) solinadi. Pech gaz bilan isitiladi, gaz vanna tepasida yonadi. Pechdagi harorat 1800 °C gacha yetadi. Shixta suyuqlanadi va cho`yandagi uglerod hamda qo`shimchalar pechga yonuvchi gazlar bilan kirayotgan havodagi kislorod, shuningdek, temir-tersak va rudadagi kislorod hisobiga oksidlanadi. Po`lat olishning marten usulida kislorod puflash jarayonni juda jadallashtiradi: pechlarning unumdorligi ortadi, yoqilg`i sarfi kamayadi, chiqadigan po`lat miqdori ko`payadi va uning sifati yaxshilanadi. Marten pechida legirlangan po`latlar olish oson. Buning uchun suyuqlanish tugashidan oldin zaruriy metall va qotishmalar qo`shish kerak. Lekin legirlangan po`latlar odatda maxsus elektr pechlarda 3000 °C dan yuqori haroratda suyuqlantirib olinadi. Bu elektrotermik usul bo`lib, tarkibida qiyin suyuqlanadigan metallar – molibden, volfram mavjud bo`lgan po`latlar olish uchun qo`llaniladi. Marten usuli bilan 85 % gacha po`latlar ishlab chiqariladi. Bu usul bilan 21 bir qatorda bessemer va tomas usullari ham qo`llaniladi. Bessemer usulida ichki tomoniga o`tga chidamli material qoplangan noksimon po`lat idish – maxsus konverterdan foydalaniladi. Tomas usuli fosforga boy temir rudalaridan cho`yan suyuqlantirib olishda qo`llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida zavodni intensiv va yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha belgilab bergan ustuvor vazifalariga muvofiq, “O‘zmetkombinat” AJ rahbariyatining faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi. Shu munosabat bilan majlisda tashkiliy masala ko‘rildi. “O‘zmetkombinat” AJ Kuzatuv kengashi ko‘p yillar davomida jamiyatda faoliyat yuritib kelgan Rashid Pirmatovni aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqladi. Xalqaro mehnat taqsimotida O`zbekiston rangdor metalurgiya sanoati bilan ajralib turadi. Respublika hududida bu sanioat uchun kerakli bo`lgan va yetarli miqdorda xom – ashyo chinoncghi polimetal rudalari, mis, oltin, vol`fram, molibden va boshqa rudalar mavjud. Jumladan: oltin zaxiralari bo`yicha Respublika dunyoda 4- o`rinda, uni qazib olish bo`yicha 7- o`rinda, mis zahiralari bo`yicha 10-11 o`rinda, uran zahirasi bo`yicha, 7-8 o`rinda turadi. (Islom Karimov 1997 yil ) O`zbekistonda 40ta qimatbaho metal konlari topilgan. oltinning asosiy zahirasi Markaziy Qizilqumdadir. Respublikada kumush konlari va Visokovolt`noye O`qjetpes, Kostmonovtchi (Navoiy viloyati) va Oqtepa (Namangan viloyati) konlaridir. O`zbekistonda rangli metallar mis, qo`rg`oshin, rux, vol`framlarning zahiralari ko`p. Mis bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi qazib olinadi. Qalmoqir konidan mis molibden rudasi qazib olinadi. Uni Olmaliq kon metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Mis Dalniy konidan olinadi. Bu kon zahirasi qazib olishning tannarxi undan boshqa foydali qazilmalarni ( kumush, oltin, molibden va boshqalar) ajratib olinishi jihatdan MDH mamlakatlari orasida tengi yo`q. Respublikada qo`rg`oshin, rux, Uchquloch (Jizzax viloyati)va Xondiza konlarida jamlangan. O`zbekistonda rangdor metallurgiya sanoatining taraqqiyotiga juda katta etibor berilgan . U Markaziy Osiyo hududidagi sanoat tarmoqlari orasida yosh tarmoq hisoblanadi. Biroq uning hisasiga Markaziy Osiyo davlatlarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning ( 2/3) qismi to`g`ri keladi. Markaziy Osiyoda umuman metallurgiya sanoati tarmoqlari bir tekisda rivojlanmagan. Asosiy markazlari Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalaridir. Marten usulida jarayon alangali regenerativ marten pechlari deyiladigan maxsus pechlarda olib boriladi. Pechning suyuq-lantirish vannasiga cho`yan, shuningdek temir-tersak, toza ruda 22 (ularning tarkibida kislorod bo`ladi) va ohak (flyus) solinadi. Pech gaz bilan isitiladi, gaz vanna tepasida yonadi. Pechdagi harorat 1800 °C gacha yetadi. Shixta suyuqlanadi va cho`yandagi uglerod hamda qo`shimchalar pechga yonuvchi gazlar bilan kirayotgan havodagi kislorod, shuningdek, temir-tersak va rudadagi kislorod hisobiga oksidlanadi. Po`lat olishning marten usulida kislorod puflash jarayonni juda jadallashtiradi: pechlarning unumdorligi ortadi, yoqilg`i sarfi kamayadi, chiqadigan po`lat miqdori ko`payadi va uning sifati yaxshilanadi. Marten pechida legirlangan po`latlar olish oson. Eslatmoq joziki, ushbu oliy darajadagi tashrif hamda olib borilagan muzokoralar har ikkala davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning sifat jihatidan yangi bosqichini boshlab berganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Chunki olib borilgan muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik bobida hali ishga solinmagan juda katta imkoniyatlar borligi alohida ta’kidlab va e’tirof etib o‘tildi. Shunisi muhimki, muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ham Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban tomonidan har ikkala davlat o‘rtasida ko‘pqirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan 10 dan ortiq hujjat imzolandi. Ushbu rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etilgan O‘zbekiston – Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markaziga tashrif buyurdilar. Ushbu markaz Vengriyadan keltirilgan kasallikka chidamli navlarni sinovdan o‘tkazish va urug‘lik kartoshka ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Innovatsion usullar samarasida 2021-2023 yillarda hosildiorlikni 30- 50 foizgacha oshirish mo‘ljallangan. 2024 yilga borib, 21 ming tonna urug‘lik kartoshka yetishitirish, bu boradagi import o‘rnini to‘liq qopash maqsad qilingan. Men bu misolni yurtimiz iqtisodiyotini rivojlantirish uchun barchaga sohalarga alohida e’tibor ko‘zi bilan qaralayotganligini ta’kidlash uchun keltirayapman. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling