Mavzu: O’zbekistonda metallurgiya sanoati
-Rasm. Kon metallurgiya sanoatlari. Vikipediya, arxiv.uz
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Ozbekistonda metallurgiya sanoatiga tasir etuvchi omillar
- Metallurgiya
8-Rasm. Kon metallurgiya sanoatlari. Vikipediya, arxiv.uz
O‘zbekiston tom ma’nodagi iqtisodi barqaror rivojlanayotgan, istiqboli porloq davlatga aylanib bormoqda. Ta’kidlamoq o‘rinliki, keyichalik, ya’ni taraqqiyotning yuksala borishi ishlab chiqarish sohalariga, sanoat tarmoqlariga yangidan kashf etilgan texnika hamda texnologiyalarning joriy etilishi tufayli iqtisodiy taraqqiyot ham bir qadar jadallasha borgan. O‘tgan yigirmanchi asr boshlariga kelib, texnik taraqqiyot va ilm-fan rivojlanishi tufayli qilingan ixtiro hamda kashfiyotlar, ayniqsa, metallurgiya sanoatining taraqqiy etishi natijasida temir yo‘l tizimlari kengaytirilgan, masofalar uzaytirilgan, kuchli dengiz transportlari, yuk tashuvchi avtotransport faoliyat yurita boshlagan. Hozirgi kunda esa biz dunyo bo‘ylab jadal rivojlanish jarayonlari davom etayotgan, iqtisodiyot tobora ilgarilab borayotgan bir davrda yashayapmiz. 4.O'zbekistonda metallurgiya sanoatiga tasir etuvchi omillar O‘zbekiston ham mustaqillikka erishgach, jahon maydonida o‘zining iqtisodiy qaddini tiklay va mustahkamlay boshladi. Buni alohida ta’kidlayotganimning boisi shundaki, O‘zbekiston atigi 30 yil ichida bir paytlar Sho‘rolar imperiyasining oddiygina agrar respublikasidan iqtisodiyoti, sanoati, turli ishlab chiqarish sohalari barqaror va jadal rivojlanayotgan mamlakatga aylandi 3 . Chunki qo‘lga kiritilgan mustaqillik tufayli ishlab chiqarishning turli sohalarida asrlar osha tarkib topib kelgan, ammo asrlarda deyarli 26 unutilayozgan mehnat an’analari qayta tiklanishiga erishildi, sanoat, savdo, bozor munosabatlarida asqotadigan tajribalar yana hayotga qaytarilishiga muvaffaq bo‘lindi. Ayniqsa, mustaqil O‘zbekistonimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda, birinchi navbatda, og‘ir sanoatni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratildi. Xususan, qora va rangli metallurgiya sohalarini taraqqiy ettirish borasida samarali harakatlar boshlab yuborildi. Qadim-qadim zamonlardan buyon pista ko‘mir vositasida ilk temirchilik asbob-uskunalirini yaratgan, temir eritish va quyish ishlarini mahorat bilan olib borgan ajdodlarning munosib vorislari sifatida yurtimizda metallurgiya sohasi va shunga asoslangan sanoat ishlab chiqarishi o‘ziga xos tarzda rivojlana boshladi. Endilikda o‘zbek metallurglari zamonaviy ilm-fan, yangi texnik va yuksak texnologiyalarga holda ish yuritmoqdalar. Tabiiyki, bu darajaga yetgunga qadar mamlakatimiz metallurgiyasi shonli tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" aksiyadorlik birlashmasi — qora metallurgiya sanoati korxonasi. Toshkent viloyati Bekobod shahrida. Qora metallurgiya mahsulotlarining eng muhim turlari (poʻlat, choʻyan, poʻlat quvurlar va poʻlat prokat), armatura poʻlati, shvellerlar, poʻlat sharlar, poʻlat emallangan idishlar ishlab chiqaradi, respublika boʻyicha yigʻiladigan temirtersak, metall chiqindilarini qayta eritadi. 1942-yildan umumxalq hashari yoʻli bilan qurila boshlagan, 1944-yil 5-martda ishga tushirilgan. 3dekabrda marten sexi, choʻyan quyish sexi va 1974-yildan emallangan poʻlat idishlar ishlab chiqarish sexi mavjud. Marten sexida 3 ta marten pechi bor (1944, 1945 va 1949-yillarda ishga tushirilgan). 1946— 49 yillarda prokat sexi ishga tushirildi. 1962-yilli uzluksiz poʻlat quyuv qurilma ishga tushirilgan; 1974-yildan emallangan poʻlat roʻzgʻor idishlari ishlab chiqarish boshlanadi. 1978-yil avgustda yillik quvvati 250 ming t boʻlgan elektr yordamida poʻlat eritadigan 1ta pech, dekabrda 2 - pech, 1979-yil sentabr da 3-pech mahsulot bera boshladi. 1984-yil iyulda navli prokat sexining 1navbati, 1987-yil sentabrda 2navbati ishta tushirildi. 1991-yildan 32— 76 mm li poʻlat quvurlar ishlab chiqaradigan ikki liniya mahsulot chiqara boshladi. 1994-yil iyunida togʻkon sanoati uchun ruda maydalash tegirmon sharlari ishlab chiqarish st-yani foydalanishga topshirildi. Korxonada asosiy mahsulotlar bilan birga 50 yaqin turdagi xalq isteʼmoli tovarlari ham ishlab chiqariladi. Korxona 1944—94 yillarda "Oʻzbekiston metallurgiya zavodi" deb nomlangan. 1994-yil 24-martdan uning tarkibiga Shirin mashinasozlik zavodi, "Ikkilamchi qora metallar" korxonalari boshqarmasi kirdi va aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 2003-yilda 486 ming t poʻlat, 550,7 27 ming t tayyor prokat, shu jumladan, 132,1 ming t tegirmon sharlari ishlab chiqarildi. Chet ellarga 86740 ming AQSH dollarilik mahsulotlar eksport qilindi. Mahsulotlari Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Eron va boshqalarga eksport qilinadi. Chet ellardagi firmalar bilan ishlab chiqarish va ilmiy aloqalar oʻrnatilgan. [1] O`zbekistonda urush yillarida ishga tushurilgan Bekobod metallurgiya korxonasi mavjud edi. Biroq yarim xom –ashyo maxsulotlarining asosiy qismi “Markazning rejasiga ko`ra ko`proq Rossiyadagi korxonalarga tayyor maxsulotlar ishlab chiqarish uchun jo`natilardi. Metallurgiya sanoati asosan xom – ashyo qazib olish, keraksiz metallarni to`plash, ularni ajratib olish va boyitish, eritish, prokatlar, quymalar tayyorlashni o`z ichiga oladi. Bu sanoat majmuasi qora va rangdor metallurgiya tarmoqlaridan iboratdir. Markaziy Osiyoda qora metallurgiya markazi Bekobod shahri hisoblanadi va zavodning asosiy xom ashyosi Respublikamizda ham qo`shni davlatlarda yig`ilib qolgan metallarni qayta ishlashdan iborat bo`lgan. Urush yillari va undan keyingi dvrda Sobiq Ittifoqda yangi va ishlab chiqarish hajmi bo`yicha yirik qora metallurgiya markazi barpo etildi va ishlab chiqarish quvvati oshirildi hamda texnalogiyasi yangilanib, borildi. Regionda, ayniqsa Qozog`istonning markazi Kustanay viloyatida temir rudasi, qora metallurgiya uchun kerakli marganes, xrom va boshqa rudallar Ust-Kamenogorsk, Pavlodar, Temirtauda mavjud bo`lib, arzon qo`ng`ir ko`mir Ekibastuzda, toshko`mir va kokslanuvchi ko`mir Qarag`andada qazib olingan. Shular asosida urush yillarida Markaziy Osiyo hududida dastlabki qorametallurgiya markazi Qarag`anda metallurgiya korxonasi tashkil topdi. Qozoq “magnitkasi” nomini olgan to`liq sikldagi zavodda prokat, cho`yan va po`lat ishlab chiqariladi. Kustanayda Markaziy Osiyodagina emas balki MDHda ishlan chiqarish quvvati bo`yicha yirik metallurgiya ba`zasi tashkil etilgan. Sokilov-Sarbayda tog`-kon metallurgiya kombinati, Lisakovsk va Kacharskda rudani boyitish kombinatlari ishlab turibti. Keyingi yillarda O`zbekiston hududida qorametallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun zarur bo`lgan temir va marganes rudalari, flyus materiallari va o`tga chidamli xom-ashyolar topildi. Kelajakda Respublikada to`la siklli qora metallurgiya sanoatini barpo qilish uchun asos tayyorlanayotir. Hozirgi kunda Bekobod metallurgiya zavodini ta`mirlashga katta quvvatga ega bo`lgan elektropechalardan foydalanishga, turli xilda maxsulot ishlab chiqarishga harakat qilinmoqda. chunki, Bekobod zavodi Markaziy Osiyo davlatlarida to`planib qolgan metallarning 15-20%ni ham qayta erita olmayotir. 28 Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida mahalliy ehtiyojni qondiish uchun qora metall Toshkentda, Andijonda , Shimkentda, Osh, Chorjo`y va boshqa shaxarlarda ishlab turibti. Markaziy Osiyo metallurgiya sanoati majmuasida rangdor metallurgiya sanoatining salmog`I katta, rangdor metalurgiyaning xom-ashyolari regionning Turkmaniston davlatidan tashqari barcha rspublikalarda uchraydi. Markaziy Osiyoda Mendeleyev davriy sistemasining barcha elementlari mavjud bo`lib, ayniqsa rangdor metallurgiya xom-ashyosini ba`zi bir turlari va ularning zahiralari bo`yicha MDHdagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o`rinni egallaydi. Bularga oltin, mis, kumush, vol`fram, simob, surma va boshqalar misol bo`ladi. Markaziy Osiyo davlatlari rangli va nodir metallar olishning fizik kimyoviy usullari, ularga ishlov berish va ishlab chiqarish texnalogiyasi, ularni kompleks qayta ishlash va boyitish sohasida juda boy tajribaga ega bo`lib, ularning bu boradagi ish tajribalaridan MDHdagi va boshqa xorijiy davlatlar foydalanishmoqda. Markaziy Osiyoda rangdor metallurgiyaning asosiy korxonalari Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalaridir. Surma va simob, vol`fram, polimetall rudalari qazib olish, alyuminiyning turli shakl va o`lchamdagi quymalarini ishlab chiqishda Qirg`iziston va Tojikiston Respublikalari ajralib turadi. Tojikistondagi rangdor metalurgiya korxonasi ya`ni alyuminiy zavodi Tursunzoda shaxrida 1971 yilda ishga tushurilgan. Qozog`iston Respublikasi mis, qo`rg`oshin, rux, alyuminiy, titan, magniy, shuningdek kamyob va nodir metallar ishlab chiqishga ixtisoslsahgan bo`lib, xalqaro mehnat taqsimotida MDH davlatlari orasida yaqqol ajralib turadi. Respublika mis zaxiralari bo`yicha MDH davlatlari orasida birinchi o`rinda turadi. Asosiy konlari Jezqazg`an, Balxash, Markaziy va Shimoliy Qozog`istonda joylashgan. Mis sanoat asosida Jezqazg`an viloyatida bo`lib, bularga asosan Balxash va Karasakpay mis eritadigan zavodlari, Jezqazg`an, Sayan rudani boyitish korxonalari kiradi. Qozog`istonning sharqiy qismida Glubokoe mis zavodi bor. Respublikada qo`rg`oshin rux kombinati Ust- Kamenogorsk shaxrida bo`lib, uning xom-ashyosi rudali Oltoydadir. Xalqaro mehnat taqsimotida O`zbekiston rangdor metalurgiya sanoati bilan ajralib turadi. Respublika hududida bu sanioat uchun kerakli bo`lgan va yetarli miqdorda xom – ashyo chinoncghi polimetal rudalari, mis, oltin, vol`fram, molibden va boshqa rudalar mavjud. Jumladan: oltin zaxiralari bo`yicha Respublika dunyoda 4- o`rinda, uni qazib olish bo`yicha 7- o`rinda, mis zahiralari bo`yicha 10-11 o`rinda, uran zahirasi bo`yicha, 7-8 o`rinda turadi. (Islom Karimov 1997 yil ) 29 O`zbekistonda 40ta qimatbaho metal konlari topilgan. oltinning asosiy zahirasi Markaziy Qizilqumdadir. Respublikada kumush konlari va Visokovolt`noye O`qjetpes, Kostmonovtchi (Navoiy viloyati) va Oqtepa (Namangan viloyati) konlaridir. O`zbekistonda rangli metallar mis, qo`rg`oshin, rux, vol`framlarning zahiralari ko`p. Mis bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi qazib olinadi. Qalmoqir konidan mis molibden rudasi qazib olinadi. Uni Olmaliq kon metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Mis Dalniy konidan olinadi. Bu kon zahirasi qazib olishning tannarxi undan boshqa foydali qazilmalarni ( kumush, oltin, molibden va boshqalar) ajratib olinishi jihatdan MDH mamlakatlari orasida tengi yo`q. Respublikada qo`rg`oshin, rux, Uchquloch (Jizzax viloyati)va Xondiza konlarida jamlangan. O`zbekistonda rangdor metallurgiya sanoatining taraqqiyotiga juda katta etibor berilgan . U Markaziy Osiyo hududidagi sanoat tarmoqlari orasida yosh tarmoq hisoblanadi. Biroq uning hisasiga Markaziy Osiyo davlatlarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning ( 2/3) qismi to`g`ri keladi. Markaziy Osiyoda umuman metallurgiya sanoati tarmoqlari bir tekisda rivojlanmagan. Asosiy markazlari Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalaridir. Metallurgiya-ruda qazib olish va shu asosda rangli,qora metallarni eritishni o`z ichiga oladi.Metallurgiya sanoati og`ir sanoatning muhim tarmoqlaridan hisoblanadi. Chunki hech bir mashina, asbob-uskunalar metallsiz bo`lmaydi. Shu sababli metall eritish hajmi har bir mamlakat iqtisodiy qudratini ko`rsatuvchi muhim belgi hisoblanadi. 30 XULOSA VA MUNOZARA Mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan yaqin qo‘shni xorijiy davlatlar bilan olib borilayotgan ikki tomonlama foydali hamkorliklar hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning samaralari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritayotgan ekanman, iqtisodiyotimizni rivojlantirishga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar eng janubiy hududi bo‘lmish Surxondaryo viloyatida qanday natijalar berayotganligi bilan bog‘liq bir-ikki misol keltirib o‘tmoqchiman. Chunki mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishning o‘rni va roli beqiyos. Zero, aniq hisob-kitoblar asosida puxta ishlab chiqilgan Dasturlar asosidagi bunday loyihalar mamlakatimiz sanoatini, xalq xo‘jaligini, umuman, turli ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buni Surxondaryo viloyatida keyingi to‘rt yil ichida amalga oshirilgan ishlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling