Mavzu: O‘zbekistonda moliyaviy nazoratning rivojlanishining asosiy bosqichlari va uning xususiyatlari Reja


Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonidagi nazorat


Download 90.84 Kb.
bet2/6
Sana14.05.2023
Hajmi90.84 Kb.
#1460516
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
feraaaaaaaaa

Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonidagi nazorat


usullari
Tekshirish alohida olingan nazorat jarayonlarini tekshiruv hujjatlarida va hisob registrlarida aks ettirilganligini mavjud ma'lumotlar bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Tekshirish o‘tkazilayotgan moliyaviy intizomning buzilishlari, buxgalteriya hisobini yuritishdagi xatoliklar, buxgalteriya hisobot ma'lumotlarini buzib ko‘rsatilishini aniqlaydi.
Tadqiq etish-korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab olib, bajarilgan ishlar, materiallar, yoqilg‘i va energiyaning sarflanishi hajmlari nazorat tarzida o‘lchanadi.
Nadzor yoki boshqaruv nazorati moliyaviy faoliyatning ma'lum bir turiga sug‘urta, investitsion, bank va boshqa faoliyatlar bo‘yicha litsenziya olgan
moliyaviy tashkilotlar ustidan amalga oshiriladigan nazorat hisoblanadi.
Moliyaviy holat tahlili xo‘jalik faoliyatining natijalariga, moliyaviy holatiga umumiy baho berish maqsadida ma'lum bir davrda buxgalteriya hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bunday nazorat usuli xo‘jalik yurituvchi sub'ektini to‘la o‘rganib chiqish mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ichki imkoniyatlarni qidirib topish maqsadida yuritiladi.
Monitoring ma'lum tekshirilayotgan ob'ekt haqida ma'lumotlar to‘plash, tekshirish maqsadida kuzatuv olib borish.
Taftish eng keng tarqalgan nazorat turi bo‘lib tashkilot va muassasalar moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘zaro bog‘lagan tarzda nazoratning haqiqiy va hujjatli usullarini qo‘llash orqali tekshirishni qamrab oladi. Nazoratning bunday usuli taftish qilinayotgan ob'ekt faoliyatidagi kamchiliklar va buzilmalarni topish uchun, sodir etilgan xo‘jalik muomalalarining maqsadga muvofiqligi, iqtisodiy- qonuniy jihatdan asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligini moliyaviy intizomiga rioya etilayotganligini, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma'lumotlarining ishonchliligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

  1. KORXONALARDA MOLIYAVIYNAZORATNI

TASHKIL QILISH
Korxonalarda moliyaviy nazoratni tashkil etish bir qancha murakkab bo‘lgan bosqichlarda o‘z ifodasini topadi. Moliyaviy nazoratni tashkil etish ilmiy jihatdan asoslangan 3 jarayonni o‘z ichiga oladi12 :
-nazorat chora-tadbirlarini rejalashtirish;
-nazorat chora-tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha muayyan xatti harakatlar; -o‘tkazilgan nazorat chora tadbirlarining hisobotini tayyorlash.
Nazorat tadbirlarini o‘tkazish albatta hujjatlashtirilishi, ya'ni tekshiruvchilarning ishchi hujjatlarida olingan ma'lumotlarni aks ettirilishi lozim. Ishchi hujjatlari 3 maqsadga mo‘ljallangan bo‘lib, hisobot uchun asos hisoblanadi, nazorat o‘tkazishda yordam beradi va boshqa shaxslarga o‘tkazilgan nazorat sifatini tekshirish imkonini beradi.
Nazorat tadbirlarining ishchi hujjatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi13: -nazorat tadbirlarini o‘tkazish rejasi va dasturi;
-nazorat tadbirlari va ularning natijalaridan foydalanish ta'riflari; -tekshirilayotgan ob'ektning tushuntirishlari izohlari va arizalari; -tekshirilayotgan ob'ekt hujjatlarining nusxalari va foto nusxalari;
-uning ichki nazorat va buxgalteriya hisobi tizimlari yoritilishi; -tekshiruvchining tahliliy hujjatlari;
-boshqa hujjatlari.
Rejalashtirish moliyaviy nazoratni tashkil etishning dastlabki bosqichi bo‘lib, unda belgilangan maqsad, uni o‘tkazish uslublari aniqlanadi. Nazorat tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha umumiy reja va nazorat ob'ekti to‘g‘risida ob'ektiv xulosa shakllantirish uchun zarur bo‘lgan nazorat chora tadbirlarini amalga oshirishning turlari ketma-ketligini, uning hajmini belgilab beradigan dastur ishlab chiqiladi. Rejalashtirish butun nazorat chora-tadbiriga tatbiq qilingan bo‘lishi lozim.
Rejalashtirish paytida yagonalik, uzluksizlik va optimallik tamoyillariga amal qilish lozim.
Yagonalik tamoyili rejalashitirishning barcha bosqichlari-dastlabki rejalashitirishdan tortib umumiy reja va nazorat dasturigacha bo‘lgan jarayonlarning bir biriga bog‘liq va mutanosib bo‘lishini nazarda tutadi.
Rejalashtirishning uzluksizligi tamoyili nazoratchilar guruhiga bog‘liq bo‘lgan vazifalarni topshirish va rejalashtirish bosqichlarini muddati va o‘ziga yaqin xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar bo‘yicha bog‘lashni nazarda tutadi.
Optimallilik tamoyili- umumiy rejaning va nazorat dasturining optimalligini talash imkonini beradigan rejalashtirishning turli variantlari bo‘lishini nazarda tutadi.
Nazorat chora-tadbirini rejalashtirish quyidagi asosiy bosqichlarga ega bo‘ladi14:

  • dastlabki rejalashtirish;

  • umumiy rejani shakllantirish va uni tayyorlash;

  • nazorat dasturini tuzish va uni tayyorlash.

Dastlabki rejalashtirish paytida tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektining faoliyati bilan tanishib chiqish lozim. Voqea hodisalar, operatsiyalar, ishlatilayotgan hisobot usullarini to‘g‘ri baholash va muvofiqlikda amalga oshirish uchun nazorat chora-tadbirini o‘tkazayotgan paytda nazoratchilar ana shu faoliyatni yetarli darajada tushunib yetishlari kerak, chunki ular tekshirishni olib borishga yoki olingan natijalarga sezilarli darajada ta'sir o‘tkazishlari mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub'ekti faoliyatini tekshirishda quyidagilar muhim omillar bo‘lib hisoblanadi:

  • hisobot davri mobaynida xo‘jalik yurituvchi sub'ektning iqtisodiy siyosati,strategiyasi va taktikalari;

  • xo‘jalik yurituvchi sub'ektining hisob-kitob qilish siyosati va uning qabulqilingan moliyaviy siyosati yo‘nalishlariga muvofiq kelishi;

  • xo‘jalik yurituvchi sub'ektning operatsiyalarini identifikatsiya qilish;

  • qo‘llanilayotgan me'yoriy huquqiy aktlarning to‘g‘riligi;

• xo‘jalik yurituvchi sub'ektning buxgalteriya hisobining haqqoniyligi. Nazorat chora tadbirlarini o‘tkazish korxona moliyaviy faoliyatining barcha jarayonlarini qamrab olish bilan bir qatorda asosiy faoliyat, investitsion faoliyat va boshqa faoliyatlarini o‘rganib chiqishi maqsadga muvofiq.
Tekshirilayotgan sub'ekt faoliyatini o‘rganish nazorat chora tadbirlarini o‘tkazishning barcha bosqichlarida axborotni to‘plash va uni qayta ishlashdan iborat bo‘lgan uzluksiz jarayonni tashkil etadi va bundan keyingi bosqichlarda olingan axborot oldingi bosqichlarda olingan axborotlarni to‘ldirib boradi.
Tekshirishni o‘tkazishdan oldin xo‘jalik yurituvchi sub'ekti faoliyati sohasining o‘ziga xos xususiyatlari, uning egalik qilish shakli, boshqaruv va korxona tomonidan amaga oshirilayotgan operatsiyalarning o‘ziga xos tomonlarini alohida o‘rganib chiqish lozim. Shuningdek, nazorat davomida nazoratchilar quyidagilarni o‘rganib chiqishlari maqsadga muvofiq15:
-xo‘jalik yurituvchi sub'ektining tashkiliy va boshqaruv tuzilmasi;
-kapital tuzilmasi va aksiyalar kursi (agar talab etilsa);
-ishlab chiqarish faoliyatining turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomeklaturasi;
-mahsulotni ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlari;
-rentabellik darajasi;
-asosiy xaridorlar va yetkazib beruvchilar;
-xo‘jalik ixtiyorda qoladigan daromadning taqsimlanish tartibi;
-sho‘ba va qaram xo‘jaliklari faoliyati;
-ichki nazorat tizimi;
-personalga haq to‘lashni shakllantirish tamoyillari va shakllari.
Yuqoridagi ma'lumotlar turli axborot manbalaridan olinishi mumkin xususan:
-xo‘jalik yurituvchi sub'ekti nizomi;
-nizomni qayd etish to‘g‘risidagi hujjatlar;
-direktorlar kengashi, aksionerlar yig‘ilishi yoki boshqaruv organlar yig‘ilishlarining bayonotlari;
-hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq va unga kiritiladigan o‘zgarishlar; -buxgalterlik hisoboti;
-statistik hisobot;
-faoliyatni rejalashitirishga oid hujjatlar (rejalar, loyihalar);
-shartnomalar va bitimlar;
-ichki auditorlar va maslahatchilar hisobotlari;
-ichki yo‘riqnomalar;
-soliq tekshiruvlari materiallari;
-sud va arbitraj da'volar;
-xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarining ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasini belgilab beruvchi hujjatlar, uning filiallari va sho‘ba korxonalari ro‘yxati;
-rahbariyat va ijrochi personal bilan bo‘lgan suhbatlardagi ma'lumotlar; -asosiy ishlab chiqarish uchastkalari, omborlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
Tekshirilayotgan sub'ekt faoliyatini o‘rganish jarayonida quyidagilar ko‘ribchiqilishi zarur:

  • ishlab chiqarishning tashkil etilishi va uning texnologiyasi bilan tanishib chiqish;

  • tekshirilayotgan sub'ektning personali to‘g‘risida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimenti to‘g‘risida, buxgalteriya hisobini olib borishning qo‘llanilayotgan usullari (shakli, hisob-kitob siyosati, avtomatlashtirish darajasi) to‘g‘risida ma'lumot to‘plash;

  • shaxsiy kapital tuzilmasi to‘g‘risida ma'lumot to‘plash, aksiyalarni joylashtirish va kotirovka qilishni tahlil qilish;

  • xo‘jalik yurituvchi sub'ektining qimmatbaxo qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini tahlil qilish;

  • filiallar va sho‘ba (bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, moliyaviy hisobotni konsolidatsiya qilish usullarini, sub'ekt ixtiyorida qoladigan daromadni taqsimlash tartibini hisobga olish;

  • tekshirilayotgan sub'ektning yuridik va moliyaviy majburiyatlari to‘g‘risida ma'lumot to‘plash (rejalashtirish paytida muhimlik darajasini va ichki xo‘jalik xavf-xatarini hisob-kitob qilishni aniqlash uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi);

  • ichki nazorat tizimining tashkil etilishi bilan tanishib chiqish.

Tekshirilayotgan sub'ekt faoliyatining mahsus bilimlarni talab qiladigan
jihatlarini aniqlagan paytda tekshiruv rahbari unga mutaxassis maslahati lozimligini yoki mutaxassisni ekspert sifatida taklif qilish zarurligini hal qiladi. Tekshirilayotgan sub'ektning faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalari sifatida quyidagilarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
-tekshirilayotgan sub'ekt faoliyatini belgilab beruvchi qonunchilik va me'yoriy hujjatlari;
-yuridik nashrlar, professional, sohaga oid va huquqiy jurnallarda monografiya chop etilgan rasmiy nashrlar;
-maxsus seminar, konferensiyalar, boshqa shunga o‘xshash chora- tadbirlarning materiallari;
-tekshirilayotgan sub'ekt personali tomonidan olingan tushuntirishlar va tasdiqlashlar, ichki nazoratchilar va boshqa mutasaddi shaxslar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlar;
-sub'ekt faoliyatini oldin tekshirgan nazorat organlari bilan maslahat qilish;
-ta'sis hujjatlari, direktorlar kengashi va aksionerlar yig‘ilishlarining bayonnomalari, shartnomalar oldingi davrlar buxgalteriya hisob-kitob siyosati, hujjat almashinuvi to‘g‘risidagi qonunlar;
-hisobvaraqlar va o‘tkazmalarning ishchi rejasi;
-tashkiliy va ishlab chiqarish tuzilmalarining chizmalari;
-tekshirilayotgan sub'ektning sexlarini, omborlarini va xizmatchi xonalarini
tekshirish shuningdek, bevosita hisob-kitob bilan bog‘liq bo‘lmagan personal vakillari orasida so‘rovlar o‘tkazish;
-alohida balansga chiqib ketgan filiallar va tuzilmaviy bo‘linmalarni,
xo‘jalik operatsiyalarni, ulardagi hisob-kitob usullar;
-nazorat guruhi ishtirokchilarining avvalgi tajribasini hisobga olish, soliq tekshiruvlari va sud jarayonlari materiallar.
Nazorat chora tadbirlaridan oldin va uni o‘tkazish davomida barcha tadbirlar va turli manbalardan olingan ma'lumotlar ishchi hujjatlarda aks ettirib boriladi. Ma'lumotlarning ishonchliligi tekshiruvlarning sifatli bo‘lishi va aniq xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi.
Nazorat tadbirlarini o‘tkazish natijalari bo‘yicha ma'lumotlar umumlashitiriladi va yakuniy hisobot taqdim etiladi. U tekshiruv turiga muvofiq nazoratni amalga oshirish organining yakuniy xulosasini o‘zida aks etadi. Tekshirilayotgan sub'ekt to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tizimlashitirish va doimiy fayllar tarzida saqlash tavsiya etiladi. Odatda doimiy fayllar korxona faoliyatiga oid barcha ko‘rsatkichlarini qamrab oladi va uning tarkibida quyidagi ma'lumotlar saqlanadi:
-amalga oshirilayotgan faoliyatlar ro‘yxati;
-korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i va unga kiritilgan o‘zgarishlar ketma ketlikda keltirilishi;
-ayni paytda tekshirilayotgan sub'ektning hozirgi tekshiruvlari uchun emas keyingi tekshiruvlar uchun ahamiyatli bo‘lgan axborotlar.
Ushbu xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarining tekshiruv natijalari bo‘yicha yaratilgan doimiy fayl uzluksiz ravishda yangilanib borishi va to‘ ldirilib borilishi lozim. Doimiy fayl faqatgina hozirgi tekshiruvlar uchun ahamiyat kasb etmaydi, balki kelgusida amalga oshiriladigan tekshiruvlar uchun ham birday ahamiyat kasb etadi.

  1. KORXONALAR MOLIYASIDA SOLIQ NAZORATI VA UNI

TASHKIL QILISH TARTIBI
Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan soliq intizomini mustahkamlash, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qilish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq to‘lovlarining budjetga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazib berilishi ta'minlash, soliqqa tortish masalalari yuzasidan huquqbuzarliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan davlat nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e'tibor berilmoqda.
Soliq nazorati bu soliq to‘lovchilarning soliq qonunchiligiga to‘la rioya etishi, soliqlar va boshqa soliqqa tenglashtirilgan to‘lovlarning o‘z vaqtida undirilishi, soliq to‘lovchilar tomonidan to‘g‘ri hisob-kitob qilinishi ustidan soliq organlari tomonidan olib boriladigan moliyaviy nazoratning bir turi. Shuningdek, soliq nazorati tushunchasiga qonunchilikda belgilangan ta'rif quyidagicha, “Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan sub'ektlar va ob'ektlarni hisobga olish, soliqqa doir tekshiruvlar o‘tkazish, soliq to‘lovchilar, boshqa shaxslarni so‘rab surishtirish vositasida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi”.
Soliq nazorati davlat soliq organlari tomonidan o‘tkaziladi. Soliq nazoratida tekshirish to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilgan soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari soliq nazoratini o‘tkazuvchilar hisoblanadilar. Soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchilar va soliq agentlari ishtirokida amalga oshiriladi. Zaruriy hollarda tekshiruvlarga soha ekspertlari, tarjimonlar yoki tekshiruvlardan manfaatdor bo‘lmagan shaxslar ishtirok etadilar.
Soliq nazorati bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi. Soliq nazoratining birinchi bosqichida soliq xizmati organi mansabdor shaxslari tomonidan soliq nazoratini amalga oshirish tartiblari belgilab olinadi.
O‘z navbatida soliq tekshiruvlarini boshlashdan avval soliq xizmati organi mansabdor shaxslari quyidagi ishlarni amalga oshiradi 19:

  1. soliq to‘lovchi korxonani soliq tekshiruvining maqsadi, belgilangan shartlari bilan tanishtiradilar;

  2. soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan korxona mansabdor shaxslariga xo‘jalik sub'ektlarini tekshirishni muvofiqlashtiruvchi rejasidan ko‘chirmani yoki nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash vakolatli organining rejadan tashqari, qisqa muddatli yoki muqobil tekshirish haqidagi qarordan ko‘chirmani, soliq tekshirishlarini amalga oshirish yuzasidan soliq xizmati organining buyrug‘i nusxasi va tekshirish o‘tkazish rejasini taqdim etadilar;

  3. mansabdor shaxs soliq tekshirishni amalga oshirishi uchun mahsus guvohnomasini taqdim etishi;

  4. tekshiruvlarni amalga oshirish kitobida belgilangan tartibda yozuvlarni amalga oshirishi lozim.

Xo‘jalik yurituvchi sub'ektga yuqoridagi hujjatlar taqdim etilishi bilan soliq tekshiruvlarini amalga oshirish jarayoni boshlanadi. Agar mansabdor shaxslar tomonidan yuqoridagi hujjatlar taqdim etilmasa, yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, maxsus guvohnomaga ega bo‘lmasa, rejada belgilangan vaqt hali kelmagan yoki o‘tib ketgan bo‘lsa yoki mansabdor shaxs tomonidan tekshiruvlarni amalga oshirish kitobida yozuvlarni amalga oshirishdan bosh tortilsa, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mansabdor shaxslarni tekshiruvni amalga oshirish hududiga kiritmaslikka haqli bo‘ladi. Soliq tekshiruvlarini amalga oshirishga noqonuniy to‘sqinlik qilinganda xo‘jalik yurituvchi sub'ekt mansabdor shaxslarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilganlari uchunbelgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Soliq tekshiruvlarining keyingi bosqichi hududni kuzatish va aktivlarni inventarizatsiya qilishdan boshlanadi. Tekshiruvni amalga oshirayotgan shaxslar tekshirish uchun ahamiyatli bo‘lsa ishlab chiqarish, ombor, savdo va boshqa inshootlarni kuzatish huquqiga ega. Hudud yoki inshootlarni kuzatish korxona
mansabdor shaxslari yoki uning vakili ishtirokida amalga oshiriladi20. Kuzatish natijalari talabga javob bergan hollarda tekshirish bo‘yicha bayonnoma tuziladi.
Soliq to‘lovchiga tegishli bo‘lgan mulklarni inventarizatsiya qilish haqiqatda mavjud bo‘lgan mulklarni buxgalteriya hisobidagi ma'lumotlar bilan solishtirish uchun barcha mulklar hisobi to‘g‘ri aks ettirilganiga shubha uyg‘ongan hollarda amalga oshiriladi. O‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari to‘g‘risida inventarizatsiya dalolatnomasi tuziladi. Tekshirish natijasida mulklar va pul mablag‘lari asossiz ishlatib yuborilgani aniqlansa, soliq organi mansabdor shaxslari ombor va kassani belgilangan tartibda muhrlab qo‘yish huquqiga ega.

Download 90.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling