Mavzu. O'zbekistonda statistikani tashkil etilishi xususiyatlar


Download 207.05 Kb.
bet8/12
Sana10.01.2023
Hajmi207.05 Kb.
#1086603
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'zbekistonda statistikani tashkil etilishi xususiyatlar

4-chizma. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari.

    1. Kuzatish maqsadi va vazifalari deb, o’rganilayotgan to’plamning har bir boshlang’ich unsuri haqida kuzatish davomida qayd (registrasiya) qilinishi lozim bo’lgan belgilar to’plami tushuniladi. Masalan, aholi ro’yxati dasturi - bu ro’yxat varaqasiga va boshqa formulyarlarga kiritiladigan savollar bo’lib, ro’yxat o’tkazilishi jarayonida mamlakatdagi har bir kishi yoki aholining ayrim guruhlaridan bu savollarga javob olinadi. U ko’zlangan maqsad va vazifalarga muvofiq qanchalik to’g’ri tuzilsa, tekirish natijalari shunchalik yaxshi chiqadi.

    2. Kuzatish dasturi - statistik kuzatishning eng og’ir va eng ma’suliyatli bosqichi bo’lib, bunda har qanday tuzilgan dastur ilmiy asoslangan bo’lishi kerak.

    3. Kuzatish obyekti deb, to’plam birligidagi ijtimoiy xodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash tushuniladi.

Bu ishlarni namunaviy tashkil etishda statistik kuzatishning obyekti to’g’ri tanlanishi, o’rganilayotgan to’plam birligining chegarasini, uning boshqa obyektlardan ajratuvchi belgilarini aniqlash kerak bo’ladi.
Bu chegara quyidagilar bilan belgilab olinadi:

  • Birinchidan, mazmunan qanday xodisa kuzatishga jalb qilishini kerakligi, masalan, davlat korxonasimi yoki kooperativ, sanoatmi yoki qishloq xo’jaligimi va hokazo.

  • Ikkinchidan, qanday hudud (mintaqa) chegarasida bu ma’lumotlar olinishi kerakligi, masalan, tuman miqiyosidami yoki ayrim viloyatlar yoki respublika chegarasidami.

  • Uchinchidan, qaysi davr yoki qaysi vaqt uchun ma’lumot olinishi kerakligi, masalan, aniq bir yil yoki bir necha yil va hokazo.

Masalan, statistik tadqiqotlarni qishloq xo’jaligi korxonasida o’tkazishdan oldin, kuzatilayotgan obyekt to’g’ri tanlab olinishi kerak, ya’ni qaysi korxonalar qishloq xo’jaligi korxonalariga kiritilib o’rganiladi, qaysi korxonalar esa ushbu korxonalarga kiritilmasligi aniqlanib olinadi. Qaysi korxonalarning kuzatish obyektiga kiritilishini tadqiqotning vazifalaridan, shu obyekt to’g’risidagi barcha bilimlaridan va o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning xususiyatidan kelib chiqadi. Shuningdek, tadqiqot o’tkaziladigan to’plam bir xil tip (toifa)da bo’lishi uchun va bu tadqiqot uzlukli o’tkazilib kelayotgan bo’lsa, u holda kuzatish obyektini belgilayotganda maxsus senzlardan foydalaniladi.
Senz deb, statistikada chegaralangan belgilarning to’plamidagi jami birliklarini tadqiqot o’tkazish talabini qondirilishi tushuniladi. Masalan, O’zbekiston fuqarolaridan olinadigan daromad solig’i to’g’risidagi qonunga binoan ularni soliqka solish maqsadida O’zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo’lgan deb qaraladigan fuqarolar jumlasiga kalendar yil davomida 183 kundan ko’proq vaqt O’zbekistonda turgan fuqarolar kiradi. Bu yerda 183 kun – soliq tulovchi fuqarolar sonini aniqlash uchun vaqt me’yorini bajaruvchi senzdir. Shu kundan oz muddatda yashagan fuqarolardan soliq olinmaydi. Yoki bo’lmasa, saylash huquqi fuqaro uchun O’zbekistonda – 18 yosh senzi belgilangan. Yoki bo’lmasa, ayollar uchun zurriyot kurish davri (fertil) 15-49 yosh senz ko’rsatkichi belgilangan va hokazo.

    1. Kuzatish birligi deb, birlamchi yacheykadan kerakli bo’lgan ma’lumotlarni olinishi tushuniladi.

To’plam birligi - bu statistik kuzatish obyektining dastlabki elemeti bo’lib, belgilarni tashuvchiligini, qayd etilishini va statistik tadqiqotni olib borilishining asosini tashkil etadi. Bunda to’plamdagi son birliklari o’rganilayotgan xodisa va jarayonlarning hajmiga tavsifnoma bersa, bu son birliklarining o’zgarishi esa uning rivojlanishini ko’rsatadi.
Boshqacha aytganda, to’plam birligi – bu nima olingan bo’lsa o’rganish uchun, usha narsa bo’yicha to’liq tadqiqot o’tkaziladi. Kuzatish birligi esa – bu ma’lumotlarni olish manbai bo’lib xizmat qiladi.
Demak, to’plam birligini aniqlash orqali statistik kuzatishning dasturi ishlab chiqilsa, kuzatish birligi orqali esa shu ma’lumotlarni to’plashni tashkillashtirish masalalari xal qilinadi.
Hisob birligi deb, o’rganilayotgan to’plamning shunday birligi tushuniladi-ki, uning beligilari tekshirish jarayonida qayd qilinishi kerak bo’ladi.
Demak, u olib borilyotgan hisob uchun boshlang’ich asos bo’ladi. Masalan, 1989 yilgi aholi ro’yxatini o’tkazish jarayonida har bir shaxs haqidagi 25 savol hisob birligi bo’lib belgilangan edi.

    1. Kuzatish dasturida savollarga javob maxsus hujjatda aks ettiriladi. Bu hujjat statistik formulyar deb ataladi. U har xil nom bilan yuritiladi, jumladan, hisobot shakli, tabel, yo’l xati (nakladnoy), ro’yxatga olish varaqasi, blankalar, so’rovnoma varaqasi va hokazo.

Statistik formulyar kuzatish dasturining mazmunini tashkil etgan holda, u ikki xil ko’rinishda bo’ladi:

Alohida shakldagi formulyar deb, bunda maxsus tayyorlangan blankalarga faqatgina birgina to’plam birligi to’g’risidagi ma’lumotlarni kiritilishini tushunamiz. Bunga misol sifatida korxonalarning yillik hisoboti yoki har bir ishchiga ish haqi hisoblangan hisob varaqasi formulyari misol bo’la oladi.
Ro’yxat shaklidagi formulyar deb, bunda maxsus tayyorlangan blankalarga ikki va undan ortiq to’plam birliklari to’g’risidagi ma’lumotlarni kiritilishi tushiniladi. Bunga misol sifatida u yoki bu oilaning a’zolari yoki bo’lmasa, korxona bo’yicha barcha ishlovchilar soni to’g’risidagi hamma ma’lumotlar misol bo’la oladi.
Kuzatish dasturidagi savollarni talqin qilish va bir xilda tushunishni ta’minlash maqsadida statistik formulyarni to’ldirish uchun qo’shimcha tushuntirishlar berilish zaruriyati tug’iladi. Bu tushuntirishlarni amalga oshirish uchun statistikada maxsus hujjat bo’lgan yo’riqnoma orqali amalga oshiriladi.
Yo’riqnomada:

  • Statistik kuzatish maqsadi va vazifalari;

  • Kuzatish obyekti va birligi;

  • Ma’lumotlarni qayerdan olish va kimdan olish;

  • Kuzatish muddati;

  • Hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;

  • Materiallarni topshirish va jo’natish muddati;

  • Ko’rsatkichlarni hisoblash tartibi va shunga o’xshash kuzatilayotgan xodisa bilan bevosita bog’liq bo’lgan masalalar yoritiladi.

Yo’riqnoma odatda ko’pgina mutaxassislar ishtirokida muxokama qilinishi lozim. Shunga asosan kuzatish dasturidagi rekvezitlar bilan bog’liq masalalar aniq, ravon va tushunarli bo’lishi kerak. Shunday bo’lgan takdirdagina yo’riqnoma hisobchilar uchun muhim qo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari quyidagilarni o’z ichiga oladi (5-chizmaga qarang):

StatistikKuzatishning taskiliy masalalari


Kuzatish органи

Kuzatishvaqti va muddati

Kuzatishjoyi

Kadrlarni tanlash va o’qitish




Kuzatishvaraqalarini ko’paytirish va joylarga jo’natish


Download 207.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling