Mavzu. O'zbekistonda statistikani tashkil etilishi xususiyatlar


Download 207.05 Kb.
bet11/12
Sana10.01.2023
Hajmi207.05 Kb.
#1086603
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'zbekistonda statistikani tashkil etilishi xususiyatlar

8-chizma. Statistik kuzatish turlari.
I. Voqyealar sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab:

  • Uzluksiz kuzatish. Bunda voqyea (xodisa) sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni o’sha damning o’zida qayd qilinadi. Masalan, tug’ilish, o’lish, nikohdan o’tish va ajralishlarni fuqarolik holati dalolatnomasini yozish (FXDYo) organlarida qayd qilish, ishlab chiqarilgan maxsulotlarni boshlang’ich hujjatlarda hisobga olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel hisobida qayd qilish va hokazo.

  • Uzluk (fursat)li kuzatish. Bunda voqyea sodir bo’lgandan so’ng ma’lum vaqt o’tgach uni qayd qilish tushuniladi. Odatda, bunday kuzatishlar teng vaqt oralig’ida takrorlanib turadi. Shunga qarab, uzlukli kuzatish: davriy va fursatli kuzatishlarga bo’linadi. Davriy kuzatish ma’lum teng muddat o’tishi bilan takrorlanib turadi. Fursatli kuzatish voqyealar ma’lum kunda sodir bo’lgandan so’ng (masalan, 1-yanvar, 1-fevral, 1-mart va hokazo kunlarga) qayd etilishi tushuniladi. Masalan, bularga mos ravishda har o’n yilda bir marta aholi ro’yxatining o’tkazilishi, har yilning boshida qoramollarning hisobini olish tadbirlari bunga misol bo’la oladi.

  • Bir yo’la kuzatish. Bunda qandaydir bir masalani yechish maqsadida zaruriyat tug’ilgan xollarda turlicha muddatlarda qayta amalga oshirilib turiladi. Bunday kuzatishga uy-joy fondi ro’yxati, ko’p yillik mevali daraxtlar ro’yxati, tabiiy ofat natijasida ko’rilgan zararni aniqlash va shu kabilar misol bo’la oladi.

II. Boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab:

  1. Bevosita kuzatish usuli. Bunda bu usulning tavsifli tomoni shundaki, tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita qatnashadi. U kuzatayotgan narsalarni birma-bir ko’rib, sanab, tortib va o’lchab, olingan natijalarni kuzatish varaqasiga yozadi. Masalan, kuzatuvchi paxta punktidagi paxtani maxsus asboblar bilan tekshirish natijasida uning 80 foizi birinchi, 15 foizi ikkinchi, 5 foizi esa uchinchi nav ekanligini aniqlaydi. Bu yerda kuzatuvchi boshlang’ich ma’lumotlarni olishda bevosita kuzatish usulini qo’llaydi.

  2. Hujjatli kuzatish usuli. Bunda zarur bo’lgan ma’lumotlar tegishli hujjatlardan olinadi. Bu usul ko’pincha hisobot usuli deb yuritiladi, chunki barcha korxona, muassasa va tashkilotlar statistik hisobotlarni boshlang’ich hisobga asoslanib tuzadilar. Masalan, yillik hisobot ma’lumotlariga asoslanib, kuzatuvchi Toshkent viloyatidagi paxtachilik xo’jaliklarining 90 foizini rentabellik xo’jaliklar, qolgan xo’jaliklari esa rentabellik bo’lmaganligini aniqlaydi. Kuzatuvchi boshlang’ich ma’lumotlarni aniqlashda hujjatli usulni qo’llaydi.

  3. Savol-javobusuli.Bunda kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to’ldiriladi. Bu holda hyech qanday hujjat talab qilinmaydi. 1989 yilgi aholi ro’yxatini o’tkazishda hisobchilar har bir oilaga kirib ro’yxat varaqasini yashovchilardan so’rab to’ldirgan. Bunday kuzatishlar savol-javob usulidagi kuzatish deb yuritiladi.

Savol-javob usuli o’z navbatida uchga bo’linib o’rganiladi:

    1. Og’zaki usul (ekspedision). Bunda maxsus tayyorlangan kishilar (hisobchilar) kuzatilayotgan shaxslarga kuzatish varaqasidagi savollarni berib, olgan javoblarini varaqaga yozadilar;

    2. O’z-o’zini qayd qilish usuli. Bunda kuzatishni o’tkazuvchi tashkilotning vakillari maxsus varaqalarni kuzatayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma’lum vaqtdan so’ng to’ldirilgan varaqalarni yig’ishtirib oladilar. Masalan, har bir talaba haqida to’la ma’lumotga ega bo’lish maqsadida hisob-iqtisod fakulteti dekanati 1-kurs talabalariga maxsus varaqalar tarqatadi. Bu varaqalar talabalar tomonidan to’ldirilib, dekanatga qaytarilib beriladi. Bunday kuzatish o’z-o’zini qayd qilish usulidagi kuzatish deb yuritiladi.

    3. Korrespondensiya usuli. Bunda zarur bo’lgan ma’lumotlar statistika tashkilotlariga ixtiyoriy korrespondentlar tomonidan yuborib turiladi.

III. O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab:

      • Yoppasiga kuzatish. Bunda to’plamdagi barcha birliklar haqidagi zaruriy ma’lumotlar to’planadi va statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha korxona, muassasa va tashkilotlar tuzishi va statistika tashkilotlariga taqdim etishi shart. Aholi ro’yxati, chorva mollar ro’yxati, ekin maydonlarining hisobi va shu kabilar yoppasiga kuzatishga misol bo’la oladi.

      • Qisman kuzatish. Bunda o’rganilayotgan to’plamdagi birliklardan qandaydir bir qismi haqida kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi.

Qisman kuzatish o’z navbatida to’rtga bo’linib o’rganiladi:

        1. Tanlama kuzatish. Bunda umumiy bosh to’plamdan bir qismini ilmiy asoslangan vakolatni to’la ta’minlab beradigan usullar yordamida tanlab olinib tekshiriladi. U to’g’ri tashkil etilsa, olingan natijalar umumiy to’plam haqida to’la-tukis va aniq fikr yuritish imkoniyatini beradi.

        2. Asosiy massivni kuzatish. Bunda o’rganilayotgan belgining umumiy hajmiga eng salmoqli o’rin tutgan to’plamning asosiy qismi ajratilib olinadi. Masalan, kolxoz-kooperativ savdo statistikasi ana shu massivni tekshirish prinsiplarida olib boriladi. Jamoa xo’jaligi bozorlari besh mingdan ortiq shahar va shahar tipidagi shaharchalarda mavjuddir. Tekshirish esa 264 ta katta shaharlardagi asosiy jamoa xo’jaligi bozorlarida olib boriladi. Bu shaharlarda shahar aholisining yarmidan ko’pi yashaydi, jamoa xo’jaligi savdosi oborotida esa ular asosiy salmoqni (50 foizini) egallaydi.

        3. Anketa orqali kuzatish. Bunda kuzatilayotgan kishilarga oldindan maxsus tayyorlangan varaqalar tarqatiladi. Bu varaqaga o’zlari to’g’risidagi ma’lumotlar to’ldiriladi va to’ldirilgan varaqalar qaytarilishi ko’zda tutiladi. Lekin bu varaqalarga javob yozish ixtiyoriy bo’lganligi uchun odatda tarkatilgan anketalarning bir qismi qaytib kelishi mumkin. Natijada qisman kuzatishga ega bo’lamiz.

        4. Monografik tasvirlash. Bunda tipik xodisalarni har taraflama chuqur sinchiklab o’rganiladi. U ko’pincha yoppasiga kuzatish natijalarini boyitish maqsadida ilg’or tajribani o’rganish va ommalashtirishda qo’llaniladi. Monografik tasvirlash barcha to’plam haqida fikr yuritish uchun ma’lumot to’plashni ko’zlamaydi va shu bilan birga qisman kuzatishning boshqa turlaridan farq qiladi. Uning ma’lumotlari ayni tekshirilayotgan xodisa, obyektga tegishlidir.


Download 207.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling