Mavzu. O'zbekistonda statistikani tashkil etilishi xususiyatlar


O’zbekistonda statistikaning tashkil etilishi


Download 207.05 Kb.
bet4/12
Sana10.01.2023
Hajmi207.05 Kb.
#1086603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbekistonda statistikani tashkil etilishi xususiyatlar

O’zbekistonda statistikaning tashkil etilishi.
Statistikaning hozirgi sharoitda amal qilishning huquqiy negizini «Davlat statistikasi to’g’risida»gi qonun ta’minlaydi. Buqonun O’zbekiston statistika tizimining bozor iqtisodiyoti sharoitlari va qoidalari bilan uyg’unligi, respublikaning jahon hamjamiyatiga qo’shilib borishi zarurati hamda davlat statistikasini tashkil qilishga yondashuvlar bilan xalqaro amaliyotda qabul qilingan standartlar hamda qoidalarning birligini ta’minlashga intilish munosabati bilan ishlabchiqilgan.
Respublikada statistika faoliyati BMT Statistika Komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan hamda bozor iqtisodiyoti yo’lidan borayotgan mamlakatlar tomonidan qabul qilingan asosiy xalqaro prinsiplarga asoslanadi.
Bular, engavvalo, statistic ama’lumotlarining ishonchlilik va xolislik prinsiplari, statistik ama’lumotlarining ochiq-oydinligi, ya’ni yig’ma ma’lumotlarning keng miqyosda e’lon qilinishi, shuningdek, statistic ma’lumotlarni olishda barcha foydalanuvchilarga teng imkoniyatlarni ta’minlashni anglatuvchi foydalanish qulayligidir. Statistikada ochiq-oydinlikka rioya etish ham muhim prinsip hisoblanadi: axborot to’plash va hisoblashda foydalaniladigan barcha metodlar ochiq-oydin bo’lishi darkor.
Ma’lumotlarning statis­tik maxfiyligini ta’minlash xalqaro amaliyotda sta­tistika faoliyatining alohida prinsiplaridir. Bu respondentlar tomonidan sta­tistika organlariga taqdim qilingan ma’lumotlarni oshkor qilishning ta’qiqlanishini bildiradi. Xo’jalik subyektlari tomonidan taqdim qilingan barcha ma’lumotlardan faqatgina statistika maqsadlarida hamda yig’ma ma’lumotlarni tayyorlashda foydalaniladi.
Bu barcha prinsiplarning huquqiy jihatdan ruyobga chiqarilishi statistika organ­lariga bo’lgan ishonchni ancha mustahkamlashi shubhasiz, bu esa, o’z navbatida, olingan ma’lumotning ishonchlilik darajasini oshiradi.
O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan statistika sohasidagi o’zaro munosabatlari qonunda teng huquqlilik va o’zaro manfaatlar qoidasiga amal qilgan holda tuzilgan ikki tomonlama va ko’p tomonlama xalqaro shartnomalarga asoslanib olib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo’mitasining o’z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyat organlari va xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Davlat organlari hamda joylardagi hokimiyat organlari davlat statistikasi organlari faoliyatiga aralashuviga yo’l qo’yilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo’mitasi o’z faoliyatini respublika va mahalliy hokimiyat organla­ri, o’zini-o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlari bi­lan o’zaro hamkorlikda olib boradi.
«Davlat statistikasi to’g’risida»gi qonunga muvofiq Statistika davlat qo’mitasi xuzurida Statistika kengashi tuzilgan.
Statistika kengashi dav­lat statistikasining rivojlantirilishi, faoliyat ko’rsatishi va muvofiqlashtirilishi muammolari organidir, shuningdek,, statistika metodologiyasini takomil­lashtirish hamda foydalanuvchilarning rasmiy stati­stik ma’lumotlarga bo’lgan extiyojini hisobga olish bo’yicha kollegial maslahat organidir.
Statistika kengashining shaxsiy tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Statistika kengashi dav­lat hokimiyati organlari, ilmiy jamoatchilikning, jamoat tashkilot vakillari hamda statistika bo’yicha milliy ekspertlardan tu­zilgan.
Statistika kengashining asosiy vazifasi:

  • statistika faoliyatini hamda statistika sohasida­gi amaldagi qonunchilikni takomillashtirish;

  • statistikaning asosiy prinsiplariga, birinchi navbatda, statistika ma’lumotining qulayligi, ochiq-oydinligi, oshkoralig’iga rioya etilishi choralarini amalga oshirish;

  • chuqur tizimli tahlil va xalqaro tajribani o’rganish asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning haqqoniyligini, ishonchliligini va to’liq hisobga olinishini ta’minlovchi Davlat statistika ishlari dasto’rini shakllantirish;

  • ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan statistika ko’rsatkichlari tizimining mazmuni va tarkibini yaxshilash;

  • statistikani xalqaro standartlarga va milliy hisoblar tizimiga muvofiq takomillashtirish dasto’rini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat.

Respublikada statistika faoliyati bir necha yilga mo’ljallab hamda yillik qilib ishlab chiqiladigan Statistikani rivojlantirish va takomillashtirish Dasturlariga muvofiq amal­ga oshiriladi.
Dasturlarda statistika­ning iqtisodiyotning bozor yo’lidagi o’zgarishlari va mamlakat iqtisodiyotini jahon hamjamiyatiga integra­siya qilish sharoitida isloh qilish jarayonlari aks ettiriladi,
Bugungi kunda statistika organlarining faoliyati quyidagi yo’nalishlarda olib borilmoqda:

  • xalqaro darajada qabul qilingan klassifikasiyalar bilan uyg’unlashtirilgan milliy statistika klassifikasiyalari tizimini joriy qilish. Bunda statistika standartlari orasida standart klassifikasiyalarini ishlab chiqish va joriy etish masalalari muhim o’rin to’tadi. Statistika tarmoqlarida klassifikatorlar tizimining ishlab chiqilganligi (OKED) ham, ishlab chiqish jarayonidagi holatlarni ham bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilmoqda;

  • statistika ma’lumotlari bazasida statistika ko’rsatkichlari tizimini ri­vojlantirish, respublika va mintaqalar ko’lamida statis­tika ma’lumotlari bazasini shakllantirish va olib borish negizida takomillashtirish;

  • havfsizlik va maxfiylikni, shu jumladan, ruxsatsiz foydalanishdan ximoyalashni ta’minlash bo’yicha talablarga maksimal rioya etgan holda statistik ma’lumotni to’plash, uzatish, qayta ishlash, jamg’arish va taqdim qilishning mufassal texnologiyasini yaratish;

  • korxonalar va tashkilotlar yagona Davlat registri funksiyalarini xo’jalik yurituvchi subyektlarni hisobga olishning asosi, statistika kuzatuvi birliklari yig’indisinianiqlashga mo’ljallangan vosita sifatida rivojlantirish;

  • statistika kuzatuvlarini tashkil qilish hamda alohida statistika ma’lumotlarini qayta ishlash metodla­rini takomillashtirish;

  • statistik ma’lumotlarning idoralararo, mintaqalararo va davlatlararo darajalarda qiyoslanishini ta’minlash;

  • kompleks ma’lumotlar statistika bazasini shakllantirishda ma’muriy statistikaning bank, moliyaviy, soliq va boshqa turlaridan foydalanish;

  • real, tashqi, davlat, moliya va ijtimoiy sektorlarda makroiqtisodiy va tarmoq statistikasi ko’rsatkichlari tizimini hamda metodologiyasini takomillashtirish. Makroiqtisodiy statistikani rivojlantirish sohasida milliy hisoblar statistikasini ishlab chikilayotgan hisoblarda ham, jamg’arish hisoblarini, moli­yaviy hisoblarni, balans jadvallarini va o’zaro bog’liq bo’lgan integrasiyalashgan sektor hisoblarini tuzish metodlarini o’zlashtirishda ham yanada takomillashtirishni ta’minlash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni ishlab chiqishning hududiy jihatini kengaytirish va uning tarmoq hamda yig’ma iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan muvofiqlashuvi nazarda tutilmoqda;

  • yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va klassifikasiyalarning avtomatlashtirilgan bankini, registrlarini, integrasiyalanib taqsimlangan ma’lu­motlar bazasini o’z ichiga oluvchi yagona statistik ma’­lumotlar zahirasini shakllantirish;

  • statistika ma’lumotlarini e’lon qilish va tizimini takomillashtirish, ushbu ma’lumotlarni ayirboshlashni faollashtirish;

  • statistika va axborot texnologiyalari sohasida kadrlarning uzluksiz pro­fessional ta’limi tizimi­ni takomillashtirish;

  • statistika sohasida xalqaro hamkorlik va hokazo.

Ijtimoiy hayotda ro’y beradigan har-xil xodisalarni miqdor shaklida o’lchash va qayd qilish hisob (uchyot) deb yuritiladi. Bu hisob quyidagi uch turdagi hisobni o’z ichiga oladi:

  • Operativ-texnika hisobi;

  • Buxgalteriya hisobi;

  • Statistik hisob.

Operativ-texnika hisobi - korxonaish ustidan operativ boshqarishni tashkil etish uchun xizmat qiladi. Korxona ma’muriyatini korxona va ayrim ishlab chiqarish bo’limlarining (ish joyi, brigadalar va hokazo) ishi va holati haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlab turish – bu hisobning asosiy vazifasidir. Operativ hisobga misol qilib ishchilarning ishga chiqishini qayd qiluvchi kundalik tabel hisobi, ish joylarida xom ashyo va materiallarning mavjudligi haqidagi kundalik hisob, maxsulotlarni ishlab chiqarish kundalik hisoblarni olish mumkin.
Bu hisob ko’pincha natural o’lchov birliklarida olib boriladi (donada, kilogrammda, sentnerda, tonnada va hokazo) va shu hisoblangan ma’lumotlar eng oddiy usullarda qayta ishlanadi (qo’shiladi, koeffisiyentlarda hisoblanadi va hokazo). Shu bilan birga operativ–texnika hisobining xususiyati shundan iboratki, olingan ma’lumotlarnitezkorligini, o’z vaqtidaolinishini, ishonchliligini va aniqlikligini ta’minlaydi. Bu hisoblangan natural ko’rsatkichlarni taqqoslash va umumlashtirish imokoniyati bo’lmaganligi sababli, bularni yagona o’lchov birligiga olib kelish zaruriyati tug’iladi. Bu o’lchov birligi sifatida esa qiymat o’lchov birligi olinib, ushbu ko’rsatkichlarni shu o’lchov birligi orqali xo’jalik bo’yicha umulashtirish imkoniyatini beradi.
Shunday umumlashtirishni operativ-texnika hisobi emas, balki buni to’laligicha buxgalteriya hisobi orqali amalga oshirish mumkin bo’ladi.
Buxgalteriya hisobi – bu korxonaning pul mablag’lari va moddiy resurslarini korxona doirasida aylanishini qiymat ko’rinishida hisobga oladi. Uning asosiy maqsadi - korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlashdan iborat bo’lib, bu olingan natijalar asosida umumlashtirilgan balanslar hisobot yili uchun tuziladi.
Bu hisobotli balanslar orqali korxonaning yakuniy natijalariga tavsiyanoma beriladi va moliyaviy ahvoli tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, buxgalteriya hisobi xo’jalikning pul mablag’larining doiraviy aylanishini tahlil kilar ekan, bu mablag’larning harakatini hamda ularning bir shakldan ikkinchi shaklga o’tishini hisobga olishda u o’zining quyidagi maxsus o’rganish usullaridan foydalanadi: schyotlarni olib boradi; ikki yoqlama yozishni qo’llaydi; buxgalteriya balansini tuzadi va hokazo.
Buxgalteriya hisobining vazifalari o’zining maxsus xususiyatlaridan kelib chiqadi, ya’ni:

  1. Buxgalteriya hisobi korxonada ro’y berayotgan barcha jarayonlarni qiymat ko’rinishida hisobga olish bilan bir qatorda natural ko’rinishda ham hisobga olish mumkin;

  2. Buxgalteriya hisobi korxonada ro’y berayotgan barcha jarayonlarni qayd etish yo’li orqali amalga oshiradi. shuning uchun ham tanlama kuzatish buxgalteriya hisobida qo’llanilmaydi;

  3. Buxgalteriya hisobi korxonada barcha jarayonlarni hozirgi baholarda qayd etish orqali hisobot davridagi haqiqiy harajatlarni hamda haqiqiy rentabenlik darajasini aniqlash imkoniyatini beradi.

Shunday qilib, buxgalteriya hisobi orqali, korxonaning ayrim sohalari o’rtasidagi bog’liqligi o’rganilsa, ammo tarmoqlar va xalq xo’jaligi bo’yicha esa bunday bog’lanishlarni faqatgina statistik hisob orqali o’rganish mumkin.
Statistik hisob – tarmoqlar va xalq xo’jaligi bo’yicha ijtimoiy xodisa va jarayonlarni hisobga olib, umumlashtiradi hamda tegishli qonuniyatlarni aniqlaydi.
Statistik hisob buxgalteriya va operativ-texnika hisobining ma’lumotlarini umumlashtirish orqali hamma vaqt ommaviy ma’lumotlarga asoslanib ish ko’radi va bu ma’lumotlarni olish zaruriyati tug’ilsa, tezkor ravishda dastlabki statistik kuzatishni tashkil etadi. Bu olingan ommaviy ma’lumotlarni umumlashtirish uchun statistika o’zining maxsus usullarini qo’llab, o’rganilgan to’plamdagi ma’lumotlarga umulashtirilgan tavsifnoma beradi.
Masalan, buxgalteriya hisobi har bir xodimga hisoblangan ish haqisini nazorat qilib borsa, statistik hisob orqali esa bu ishchilarning ish haqi darajasini shu ishchilarni bir guruhlarga ajratib hisoblaydi.
Agarda, buxgalteriya va operativ-texnika hisoblari korxona doirasida olingan ma’lumotlarni umumlashtirish imkoniyatini bersa, statistik hisob esa faqatgina shu korxonalar doirasida emas, balki korxonalar, tarmoqlar va xalq xo’jaligi bo’yicha olingan ma’lumotlarni umumlashtirish imkoniyatini beradi.
Agarda, buxgalteriya va operativ-texnika hisoblar hamma xodisalarni qayd etsa (yoppasiga kuzatish usuli), statistik hisob esa bu xodisalarni yoppasiga kuzatish usuli bilan bir qatorda qisman kuzatish usulini ham qo’llashi mumkin.
Buxgalteriya va operativ-texnika hisobidan farqliroq, statistik hisob ham qiymat, ham natural, ham shartli o’lchov birliklarida o’lchanishi mumkin. Bu esa o’z navbatida bu hisobning qo’llash sohalariga keng yo’l ochib beradi.
Statistik hisoblarni umumlashtirish uchun ma’lumotlar manbalari operativ-texnika va buxgalteriya hisobining hisobot shakllaridan olinadi.
Bu ko’rilib chiqilgan uch hisob turi bir-biri bilan chambarchas bog’langanligi biron bir obyektni birgalikda o’rganishda, umumiy vazifasida, metodologik boshqarishning birligida namoyon bo’ladi. Bu hisobning har biri o’zining funksiyasini bajarib, bir-birini o’zaro bog’liqlikda to’ldirib turadi. Masalan, operativ-texnika hisob bajarilgan ish to’g’risida ma’lumot bersa, buxgalteriya hisobi shu bajirilgan ishga qancha haq berilishni aniqlab bersa, statistik hisobot esa ish haqi darajasini hisoblab chiqaradi.
Endi, yagona xalq xo’jaligi hisobining quyidagi asosiy xususiyatlarini tavsiflab o’tamiz:

  1. Hamma korxonalarda hisobning yagona metodologiyasi joriy etilganiligi, ya’ni hisob yagona dastur va uslubda olib boriladi;

  2. Buxgalteriya hisobi, operativ-texnika hisobi va statistik hisoblar hamma vaqt bir-birini to’ldirib, ular o’rtasida karama-karshilik va takrorlanishlar yukligi hamda ularning hisoblangan ko’rsatkichlari bir-birlari bilan muvofiqlashganligini ko’rish mumkin;

  3. Dastlabki hisob hujjatlarining yagonaligi. Bunda hamma hisob turlari yagonaligi dastlabki hujjatlashtirish orqali joriy etilgan bo’lib, lekin har bir korxona o’zining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shu hujjatlarni yuritishda o’zining maxsus ish yuritish usullarini tashkil etganlar.

Shu bilan birga bu hisoblarning farqlarini ham ko’rsatib o’tish mumkin:

    • hisobga oladigan obyekti, qo’llanish doirasi, asosiy hisoblash operasiyalari;

    • natijalarni rasmiylashtirish usullari.

Biz buni 3-chizmadan yaqqol ko’rishimiz mumkin.

Hisobning obyekti va vazifalari

Hisob turlari

Operativ-texnika hisobi

Buxgalteriya hisobi

Statistika hisobi

Hisobga olinadigan obyekt

Korxona va ayrim ishlab chiqarish bo’limalarining (ish joyi, brigada, bo’lim va hokazo) ishi va holati haqidagi ma’lumotlar

Korxonaning moddiy va moliyaviy resurslari

Ommaviy ijtimoiy xodisa va jarayonlar to’plami

Qo’llanish doirasi

Kundalik operativ boshqarishni tashkil qilish, joriy kuzatish va hokazo

Korxona faoliyatini tahlil qilish

Xalq xo’jaligini yaxlit o’rganish

Asosiy hisoblash operasiyasi

Oddiy sanash

Ikki yoqlama yozish

Stistik kuzatish sifati, muhim belgilariga qarab guruhlarga ajratish, o’rtacha va nisbiy miqdorlarni hisoblash

Natijalarni rasmiylashtirish usuli

Jamlash

Balanslarni tuzish

Jadvallarga joylashtirish va grafiklarda tasvirlash



Download 207.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling