Mavzu: O‘zbekistonda tijorat banklarining muammoli kreditlari va ularni kamaytirish yo‘llari


Download 487 Kb.
bet1/8
Sana22.04.2023
Hajmi487 Kb.
#1378057
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mamanazarov Abdurahim


Mavzu: O‘zbekistonda tijorat banklarining muammoli kreditlari va ularni kamaytirish yo‘llari.

Reja:


Kirish
1. O‘zbekistonda tijorat banklarida muommoli kreditlari yuzaga kelishining nazariy asoslari
2. O‘zbekiston tijorat banklari aktiv operatsiyalari natijasida yuzaga kelgan muommoli kreditlar sabablari
3. O‘zbekiston tijorat banklarida muammoli kreditlarni aniqlash, oldini olish va ularning miqdorini kamaytirish chora-tadbirlari.
4. Muammoli kreditlarni bartaraf etishning xorijiy tajribalari va uni O’zbekiston iqtisodiyotiga tadbiqi
5. Tijorat banklarida mavjud muammoli kreditlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida, tijorat banklarining operatsiyalarini rivojlantirish, hamda jahon tajribalari asosida amaliyotga tadbiq qilish hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. O'zbekistonda kredit qo'yilmalari hajmining yildan-yilga keskin oshishi sababli muammoli kreditlarning vujudga kelishining oldini olishning yangi usullarini ishlab chiqish hamda muammoli kreditlar bilan ishlash dolzarb tus oladi. Bunday holatda esa, mazkur muammoni yechish bo'yicha keskin choralar qabul qilinishi zarurligini bildiradi.
Tijorat banklarining kredit operatsiyalari bankning asosiy daromad manbalaridan biridir. Biroq bu operatsiyaning risklilik darajasi ancha yuqoridir. Tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, tijorat banklarida yuzaga kelayotgan muammoli kreditlar bilan ishlash tizimi tadbiq etilgan.
Muammoli kreditlar bilan ishlash tizimi qonunchilik tizimidagi va Markaziy bankning me'yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlarining bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymayotgan to‘siqlarni bartaraf etish bandida quyidagilar belgilab berilgan. Unga ko`ra 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan:

      • bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‘lari yetarliligi va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-quvvatlash;

      • boshqaruv va bank tavakkalchiligi tizimi, shu jumladan, ilg‘or xorijiy amaliyotlari asosida tijorat banklarida menejment tavakkalchiligi samaradorligini yanada oshirish;

      • tijorat banklari faoliyatiga, shu jumladan, kredit siyosatiga davlat hokimiyati organlari tomonidan ma'muriy aralashuvlarning oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik;

      • tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish, kredit portfeli miqdorini doimiy oshirib borish va uning sifatini yaxshilash, investitsiyaviy loyihalarni moliyalash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash ko‘lamini yanada oshirish;

      • banklarga xos bo‘lmagan vazifalarni istisno etish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rishni nazarda tutuvchi Dastur loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Bank tizimining samaradorligini oshirish banklar iqtisodiyotining real sektorini kreditlashdagi faol ishtiroki bilan bog'liqdir. Tijorat banklari kreditlash faoliyatida bir qator muammolarga duch kelmoqda. Banklarning kredit portfeli tarkibi sifat jihatidan tubdan o'zgarmoqda.
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, “...O’zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo’yicha kuchli milliy g’oya, milliy dastur kerak. Ushbu dastur O’zbekistonni jahondagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga tezroq olib chiqishga imkon yaratishi lozim”.
Bozor munosabatlarining muhim bo`g`inlaridan biri bo`lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda bank ishi, kredit munosabatlari yildan yilga rivojlanib bormoqda. Xalqaro moliya tashkilotlarining ma’lumotlariga ko`ra, O‘zbekiston “Biznesni yuritish”, “Kredit olish” indeksi bo`yicha 2012-yilda 154-o`rin, 2014-yilda 105-o`rinni egallagan bo`lsa, 2019-yilda 42-o`ringa chiqdi. “Kredit axboroti” indeksi bo`yicha O`zbekiston 8 ballik baholash tizimidan 7 balga ega bo`lgani respublikada kredit munosabatlarining tez suratlarda o’sishi kuzatilgan bo’lsa. So‘nggi to‘rt yil mobaynida esa mamlakatimiz Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi. O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarildi1.
Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda.
2020 — 2025 - Yillarga mo’ljallangan O‘zbekiston Respublikasining Bank tizimini isloh qilish strategiyasi2 mamlakatimiz bank tizimining barqarorligini ta’minlash, ularning kapitali yetarliligini xalqaro talablarga moslashtirib borish, banklarda risk-menejmentini takomillashtirish sohasida qator vazifalarni amalga amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Respublikamiz bank tizimini isloh etishga doir muhim farmonlar va qarorlar qabul qilindi. Muammoli kreditlardan kelib chiqadigan zararlar quyidagilarda namoyon bo'ladi:
• bank daromadining pasayib ketishiga;
• omonatchilar, investorlarning bankka bo'lgan ishonchi yo'qolishi va bank nufuzining pasayishi;
• kredit operatsiyalaridan olinadigan foyda hajmining qisqarishi tufayli, moddiy rag'batlantirishlarning susayishi, bankning malakali kadrlaridan mahrum bo'lishi xavfi ortadi.
Ushbu holat mazkur muammoni hal etish uchun ta'sirchan choralar qabul qilishini taqozo etadi va tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlashda eng muhim omil bo'ldi. Buning natijasida tijorat banklarining jami kapitali 25 foizga oshdi.



Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling