Mavzu: O‘zbekistonda tijorat banklarining muammoli kreditlari va ularni kamaytirish yo‘llari


O‘zbekistonda tijorat banklarida muommoli kreditlari yuzaga kelishining nazariy asoslari


Download 487 Kb.
bet2/8
Sana22.04.2023
Hajmi487 Kb.
#1378057
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mamanazarov Abdurahim

1. O‘zbekistonda tijorat banklarida muommoli kreditlari yuzaga kelishining nazariy asoslari
Tijorat bankining moliyaviy barqarorligi ko'p jihatdan uning kredit operatsiyalarining samaradorligiga bog'liq. Shu boisdan kredit operatsiyalarini to'g'ri tashkil etish asosida bankda foizli daromadlarning barqaro r darajasiga erishish va muammoli ssudalarni ko'payishiga yo'l qo'ymaslik muhim vazifalardan sanaladi.
Banklar faoliyatida kredit operatsiyalari asosiy o'rinni egallagani uchun.ularning kredit portfelini to'g'ri tashkil qilish banklarning samarali va barqaror faoliyat ko'rsatishi uchun imkoniyat yaratib beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kredit operatsiyalarini olib borishda yo'l qo'yilgan kamchiliklar banklar daromadining kamayishiga, ba'zi hollarda ularning sinib ketishiga olib kelishi mumkin.
Shu sababli banklarning kredit portfeli va uning sifatini nazorat qilib borish tijorat banklari samarali faoliyatining garovidir. Bank tomonidan bajarilgan barcha kredit operatsiyalar ularning kredit portfelida o'z aksini topishi, har bir bank kredit portfelining sifatli bo'lishiga erishishi zarur. Bu esa kreditlarning o'z vaqtida qaytib kelishida asos bo'lishi mumkin.
Ba'zi mualliflarning tadqiqotlarida bu tushunchani va uning mohiyatiga berilgan ta'riflarni uchratish mumkin. Masalan amerikalik iqtisodchilar Kris J. Barlton, Diana Mak Noton kredit portfeli - bu kreditlarni turkumlashni o'z ichiga oladi deb ta'riflashadi.
N. Sokolinskaya "kredit portfelini qisqa va uzoq muddatli kreditlar yig'indisidan iborat"4 deb ta'riflaydi. Bu ta'rifda asosiy e'tibor kreditning muddatiga qaratilgan bu holat kredit portfelining mohiyatini to'liq ochib berolmaydi. Chunki bank tomonidan berilgan kreditlarning muddatining belgilab qo'yilishi va unga rioya qilinishi faqat kredit portfelining sifatini aniqlashda muhim omil bo'lishi mumkin.
Abalkin L. I, Panova G. S, Lavrushin O. I. va boshqa bir guruh iqtisodchilarning fikricha tijorat banklarining kredit portfeli - bu kreditlarning sifat va tarkibi bo'yicha turkumlanishidir. Bu ta'rifda, bizning fikrimizcha kredit portfelining mohiyatini ochib berishga ijobiy yondashilgan. Ijobiyligi shundaki, ular kreditlarning sifat tarkibiga qarab ma'lum omillarni hisobga olgan holda turkumlash zarurligini ta'kidlaydilar. Demak kredit portfeli - bu turli xil risklarga asoslangan muayyan mezonlarga qarab turkumlangan kreditlar miqyosidagi bank talablarining yig'indisidir.
Tijorat banklari kredit portfelini shakllantirish va sifatini oshirishning alohida nazariy va amaliy masalalari xorijlik bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, V. Usoskin o'zining "Zamonaviy tijorat banki" nomli monografiyasida tijorat banki kredit portfelining sifat darajasini oshirish uchun mijozlarning kredit to'loviga layoqatliligini baholash tizimini takomillashtirish zarur deb hisoblaydi.
O. Lavrushin, G. Panovalar tijorat banklari kredit portfelining sifatini oshirishda asosiy e'tibor kreditlarning daromadlilik darajasini barqarorligini ta'minlashga, mijozlarning kredit to'loviga layoqatliligini baholash tartibini
takomillashtirishga qaratadilar. Keyingi yillarda O'zbekistonda ham tijorat banklari kredit portfelining.sifatini oshirishning alohida jihatlari A. Boymuratov, Sh. Abdullayeva, S. Berjanov, O. Iminov, S. Norqobilov, D. Saidovlar tomonidan o'rganilgan..Sh. Abdullayeva tijorat banklari faoliyatidagi kredit riskini boshqarishni takomillashtirish yo'li bilan kredit portfelining sifatini oshirish mumkin deb hisoblaydi.
Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini tashkil qilish, uning samaradorligini ta'minlash xususidagi masalalar to'g'risida to'xtalib, D. Mak Noton rivojlanayotgan mamlakatlarda kreditlash amaliyotini tashkil qilishning zaruriy shartlaridan biri kreditlarni garov ta'minoti asosida berishni odatiy hol sifatida qabul qilishdir, degan xulosaga keldi. Uning fikriga ko'ra, garov sifatida olinadigan mulkning sotilish bahosi kredit va uning foizini qaytarishga yetishi lozim. Bu esa, mulkni doimiy ravishda qayta baholab turishni taqozo qiladi.
Bizning fikrimizcha, olimning mulkni davriy baholash to'g'risidagi fikri Respublikamiz amaliyoti uchun ham juda muhim hisoblanadi. Chunki mulklarning joriy bahosini tez-tez o'zgarish holati mamlakatimizning xo'jalik amaliyoti uchun xos bo'lgan holat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida kredit portfelini shakllanish jarayonini va unga bozor munosabatlariga o'tish jarayonlarining ta'sirini ilmiy asosda o'rganish mamlakatimiz bank tizimi uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Buning boisi shundaki, birinchidan mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish uchun zarur bo'lgan investitsion xarajatlarni moliyalashtirishda bank kreditlari muhim manba vazifasini bajaradi, ikkinchidan aholining va korxonalarning vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini banklarga jalb etib ularni iqtisodiyotning real sektorini kreditlashtirishga yo'naltirish inflyatsion jarayonlarni jilovlashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan barcha kreditlar uning kredit portfelida o'z ifodasini topadi. Tijorat banklari o'z mijozlariga turli ko'rinishdagi kreditlar berishi mumkin.
Avvalambor, qarz oluvchilarning asosiy guruhlari bo'yicha:
• xo'jalikka;
• aholiga;
• hukumatning davlat organlariga berilgan kreditlarga bo'linadi.
Yo'nalishi bo'yicha kreditlar quyidagicha:
• iste'mol;
• sanoat;
• savdo;
• qishloq xo'jaligi;
• investitsion;
• budjet.
Kreditlar foydalanish muddati bo'yicha:
qisqa muddatli;
• uzoq muddatli kreditlarga bo'linadi.
Miqdori bo'yicha kreditlar:
• yirik;
• o'rta;
• mayda kreditlarga bo'linadi.
Ta'minlanganlik bo'yicha:
• ta'minlanmagan (ishonch) kreditlar;
• ta'minlangan kreditlarga bo'linadi.
O'z navbatida ta'minlangan kreditlar ta'minlanish xarakteriga ko'ra:
• garovli;
• kafolatlangan;
• sug'urtalangan kreditlarga bo'linadi.
Bank kreditlari maqsad bo'yicha:
• ipoteka ssudalari;
• moliyaviy tashkilotlarga berilgan ssudalar;
• qishloq xo'jaligiga berilgan ssudalar;
• savdo va sanoat korxonalariga berilgan ssudalar;
• jismoniy shaxslarga berilgan ssudalar;
• boshqa ssudalar;
• lizing moliyalashtirishlarga bo’linadi.
Bunda bank o'zining qaysi tarmoqqa ko'proq e'tibor berishiga qarab, u yoki bu kredit ulushi kredit portfelida ko'proq bo'ladi. Bu uning kredit siyosatidan kelib chiqadi.
Bank aktiv operatsiyalari ichida kredit asosiy o'rinni egallaydi va bank daromadining katta qismi ham ayni shu kredit operatsiyalari orqali keladi. Shu sababli bank kredit portfelining qanday shakllanishi bank faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bank yaxshi kredit portfelini shakllantirish niyatida ekan, kreditlash jarayonini to'g'ri tashkil qilishi zarur bo'ladi.
Bank o'lchami ham uning kredit portfeliga ta'sir etuvchi omillardan biri hisoblanadi, ayniqsa bir qarz oluvchiga beriladigan kreditning maksimal miqdorini belgilovchi kapitali hajmi muhimdir. Katta banklar odatda ulgurji kreditorlar hisoblanadilar, ular o'zlarining kreditlarining asosiy miqdorini korporatsiyalar va boshqa firmalarga beradilar. Kichikroq banklar esa fuqarolarga kichik ssudalar, uy garovi ostida xususiy shaxslarga kreditlar, ferma va rancho egalariga kichik kreditlar shaklidagi yakka holdagi kreditlarni berishga yo'naltirilganlar.
Bundan tashqari kredit portfeli tarkibiga kreditlashning turli ko'rinishlari sohasida menejerlarning tajriba va malakasi, hamda o'z kredit inspektorlariga ma'lum ko'rinishdagi kreditlarni bermasligi ko'rsatilgan bank kredit siyosati ham ta'sir ko'rsatadi.
Kredit portfelining tarkibi ma'lum darajada bankning kutilayotgan daromadiga ham bog'liq, chunki bank odatda kutilayotgan daromadi maksimal bo'lgan ssudalarni berishni ma'qul ko'radi.
Tijorat banklari sifatli kredit portfelini shakllantirish uchun avvalambor kreditlash jarayonini to'g'ri va sifatli olib borishlari zarur.
Xo'jalik subyekti kredit olish uchun tahliliy va xomcho’t ma'lumotlaridan kelib chiqqan holda, kredit buyurtmasi va iltimosnomasini tuzadi. Iltimosnomada kredit olish zarurligi, uning samaradorligi, qaytarilishi, to'lovi va ta'minlanishi, shuningdek, o'z kapitali tarkibi va uning kreditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki batafsil bayon qilinadi.
Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • kredit buyurtmasi;

  • pul oqimi tahlili ko'rsatilgan biznes reja;

  • oxirgi hisobot davri uchun buxgalterlik balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlari va to'lov muddati 90 kundan oshgan qarzlarni qiyoslash dalolatnomalar talqini bilan birga;

  • foyda va zararlar to'g'risidagi hisobot;

  • aylanma mablag'larini aylanishi hisob-kitobi.

Kredit xodimi yuqorida qayd etilgan hujjatlarni olgach, uch kunlik muddatda
quyidagilarni aniqlaydi:
subyektlarning kredit va to'lov qobiliyati, uning reyting bahosini, shuningdek kredit maqsadlarining ustav faoliyatiga muvofiqligi, kredit turini aniqlaydi, bunda u majburiy tartibda likvidlilik, qoplash, muxtoriyat, qarz mablag'larini jalb qilish, foyda va aylanma mablag'lari aylanishi koeffitsientlaridan foydalanadi.
Kredit paketini tahlil qilishda nafaqat kredit biti mlarining turli sohalariga,
balki rahbarning shaxsiy sifatlariga ham baho beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o'rganib chiqqach, bank xodimi kredit bitimini tuzish uchun xulosani rasmiylashtiradi. Bunda quyidagilar ko'rsatiladi:

  • kreditning maqsadi,

  • muddati va miqdori;

  • kredit qaytarilishining ta'minlanishi;

  • foiz miqdori va boshqalar.

Umuman olganda mijozning kreditga layoqatliligini baholashning asosiy ko'rsatkichlarini ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiq Bular edi:

  • likvidlik koeffitsienti.

  • qoplash koeffitsienti.

  • muxtorlik koeffitsienti va qo'shimcha ko'rsatkichlardan, aylanish

  • koeffitsientlari aniqlanadi.

Likvidlilik va qoplash koeffitsientlari qarzlarni to'lash uchun o'z mulkini pulga aylantirish imkoniyati haqida dalolat beradi.
Likvidlik koeffitsienti:

pul mablag'lari+tez sotiladigan talablar


Lk = ------------------------------------------------------------------------- ;
qisqa muddatli qarz majburiyatlari

Qoplash koeffitsienti: 1,2,3 - guruh likvid mablag'lari


Qk = ------------------------------------------------------------------------- ;
qisqa muddatli qarz majburiyatlari
Aylanma mablag'larning aylanishi koeffitsienti (Ak) joriy aktivlarning aylanish tezligi va aktivlarga tezligini xarakterlab, u ma'lum davr ichida aylanma mablag'lari necha marta aylanganligini ifodalaydi:

Realizastiya qilingan mahsulot hajmi


Ak = ------------------------------------------------------------------------- ;
aylanma mablag'larning o'rtacha xronologik qoldig'i

Ak ni hisoblash aylanishini prognozlash va kreditlash muddatini aniqlashga


imkon yaratadi.
Shuningdek, aylanma mablag'larning kunlarda aylanishini ham hisoblash mumkin, bu ko'rsatkich korxona aylanma mablag'larining bir marta (P-T-I/Ch-T-P) aylanishi uchun necha kun ketishini ko'rsatadi:

aylanma mablag'lar o'rtacha qoldig'i x 360


Ak (kuniga) = ---------------------------------------------------------- ;
realizastiya hajmi

Aylanma mablag'lar aylanishiga qancha kam kun ketsa, korxonaning foyda olishi, binobarin kreditni bankka to'lashi shuncha tez amalga oshiriladi.


Muxtorlik koeffitsienti:

O'z mablag'lari manbalari


Mk= --------------------------------------------------------- x 100%
balans jami summasi

Qisqacha aytganda, kreditlash jarayoni yuqoridagicha tashkil etish, bank risklarining oldi birmuncha olinib, sifatli kredit portfeli shakllanishiga xizmat qiladi.


Kreditga layoqatlilikni aniqlash kreditlash jarayonining asosiy tomoni hisoblanadi. Shu sababli ham yuqoridagi usullarni aniq va to'g'ri amalga oshirish kreditlarning sifatini yaxshilaydi.
Tijorat banklarning operatsiyalari uning aktiv operatsiyalari ichida asosiy.o'rinni egallaydi, shuning uchun bank kredit portfelining sifati uning faoliyati natijalarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
Har qanday bankning kredit portfeli boshqarib turiladi, chunki kredit portfeli sifati, boshqa bank xizmatlari sifatiga nisbatan, riskni va bank ishonchliligini baholash uchun muhimdir.
Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o'rni va manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin. Tijorat banklari tasniflashni asosan milliy valyutada olib boradilar va ba'zi hollarda qayta moliyalashtirish va o'z mablag'lari hisobidan beriladigan kreditlar, masalan, Milliy bank va shunga o'xshash banklarda qattiq valyutada ham ifodalanishi mumkin. Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi.
Lekin ularning faoliyatiga ko'proq kredit riski, likvidlilik riski va foiz riski ta'sir qiladi. Tijorat banklari faoliyatining asosiy qismi kreditlar berish va shu asosda foyda olishga yo'naltirilgan bo'lganligi uchun ular faoliyatida bu risklarning salmog'i ham yuqori bo'ladi. Tasniflangan kreditlarning qaysi guruhga kirish darajasi tez sotiladigan aktivlar va yuqori likvid mablag'larning mavjudligi bilan belgilanadi.
O'zbekistan Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998-yil 9 noyabrda tasdiqlangan 242-sonli "Aktivlar sifatini tasniflash, mumkin bo'lgan yo'qotishlar bo'yicha tijorat banklari tomonidan rezervlar tashkil qilish va undan foydalanish qoidasi"ga (kiritilgan o'zgartirishlar va qo'shimchalar) asosan tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar yuqorida keltirilgan mezonlar bo'yicha "yaxshi",."standart", "substandart", "shubhali" va "umidsiz" kreditlarga tasniflanadi.
Tijorat banklarining kredit portfelini berilgan ssudalarning ta'minlanganlik darajasiga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin:

  • birinchi darajali ta'minotga ega bo'lgan;

  • boshqa ta'minotga ega bo'lgan;

  • to'liq ta'minlangan;

  • ta'minlanmagan ssudalarga bo'linadi.

Birinchi darajada ta'minlangan kreditlar guruhiga to'liq ta'minlangan kreditlar kiradi. Ular quyidagilar bilan ta'minlanadi:

  • O'zbekiston Respublikasi hukumati kafolati;

  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki roziligi bilan birinchi sinf xorijiy banklari kafolati;

  • Erkin ayirboshlanadigan valyutadagi garov;

  • O'zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog'ozlari ko'rinishidagi garov;

  • Standartlashtirilgan qimmatbaho metallar qo'yilmalari ko'rinishidagi garov.

Boshqa ta'minotga ega bo'lgan ssudalar guruhiga quyidagilar:

  • mol-mulk garovi;

  • qimmatli qog'ozlar ko'rinishidagi garov;

  • boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning kafolat xati va boshqalar kiradi.

Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarini to'la - to'kis olib borish ular tomonidan kredit siyosatining qay darajada tuzilganligiga bog'liq, banklar o'zlarning kredit siyosatiga ko'ra mijozlarning ta'minotini belgilashlari mumkin. O'z navbatida, tijorat banklari kredit portfeli sifatini muntazam tahlil qilib borishlari zarur. Bu kreditlarni boshqarish, kredit portfeli sifatini yaxshilash, shuning natijasi o'laroq bank foydasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling