Mavzu: O‘zbekistonda tijorat banklarining muammoli kreditlari va ularni kamaytirish yo‘llari
O‘zbekiston tijorat banklari aktiv operatsiyalari natijasida yuzaga kelgan muommoli kreditlar sabablari
Download 487 Kb.
|
Mamanazarov Abdurahim
2. O‘zbekiston tijorat banklari aktiv operatsiyalari natijasida yuzaga kelgan muommoli kreditlar sabablari
O'zbekiston Respublikasi bank tizimining samaradorligini oshirish iqtisodiyotning real sektorini kreditlashda banklarning faol ishtirok etishi bilan bog'liqdir. Biroq, mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda bir qancha qiyinchiliklar va muammolarga duch kelmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda tijorat banklarini daromad keltiruvchi aktivlarining asosiy qismini tashkil etuvchi kreditlar orasida muammoli kreditlarning mavjudligi sezilarli bo'lmoqda. Ayniqsa "2011-2015-yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi PK 1438 qarorida mazkur muammoni yechishga alohida e'tibor berilishi ham uning bugungi kundagi ahamiyatini belgilab bermoqda. Banklar jalb qilingan mablag'lardan asosan kredit berish sifatida foydalanar ekan, bunda nafaqat daromad olish, balki mablag'larni "kredit oluvchi"dan to'laligicha undirib olish masalasini oldindan belgilab olish zarur. Chunki, "bank sarmoya egasi sifatida sarmoyani emas, balki sarmoyadan foydalanish huquqini ma'lum bir shart va ustama foizlar bilan sotadi". Bizning mamlakatimizda ham "muammoli kredit" tushunchasi avvalgiga nisbatan ko'proq qo'llanilmoqda va bahs munozaralarga sabab bo'lmoqda. Chunki Respublikamiz bank tizimining kredit portfelida muammoli kreditlarning ulushi ancha yuqori foizni tashkil etmoqda. Ilmiy adabiyotlardarda muammoli kreditlarga bir qancha ta'ri flar berilgan. Ayrim adabiyotlarda, tijorat banklari faoliyatida xavfli bo'lgan qo'yilmalar - bu muammoli kreditlar shakliga kirgan qo'yilmalardir deb ta'riflansa, ayrim adabiyotlarda muammoli kreditlar deganda, obyekti, subyekti va ta'minotiga nisbatan bank tomonidan shubha paydo bo'lgan kredit deya ta'rif berilgan. Shuningdek, agar berilgan kredit muammolari ta'minotga ega bo'lsa va ushbu ta'minotning qiymati qaytarilmagan qarz miqdoridan kam bo'lsa, bu holda ushbu kredit muammoli kredit hisoblanadi, substandart va undan past tasniflanuvchi kreditlar muammoli kreditlar toifasiga kiradi. Ilmiy doiralarda muammoli kreditlar bo'yicha bahs -munozaralarning davom etib kelishiga qaramasdan, "muammoli kredit" terminiga iqtisodiy kategoriya sifatida yagona, umume'tirof etilgan ta'rif hozirgacha berilmagan. Buning sabablari qator holatlar bilan izohlanadi. Avvalambor, mazkur muammoning nisbatan yangiligi hamda muammoli kreditlar kelib chiqishining ma'lum bir hodisa sifatida murakkabligidir va tadqiqotlar natijasi shuni beradiki, muammoli kreditlar kelib chiqishi har bir bankda har xil omillar ta'sirida qilingandir. Chunki bank tomonidan amalga oshiriladigan kreditlash faoliyatida yuzaga keladigan jarayonlar iqtisodiy omillar bilangina emas, balki muammoli kreditlarning xususiyatlariga bevosita ta'sir etuvchi siyosiy, ijtimoiy, texnik va boshqa qator omillar bilan ham belgilanadi. Muddati o'tgan kreditning asl ma'nosiga ko'ra muammoli kreditlar deb bo'lmaydi, negaki kredit bo'yicha dastlabki to'lovlarning qisqa muddatga cho’zilishi uning umuman qaytmaslik xatarini anglatmaydi. Biroq kreditni so'ndirish bo'yicha to'lovlarning o'z vaqtida bo'lishi uning ishonchli ekanligini kafolatlamaydi, ya'ni ayni paytda o'z vaqtida qaytarilayotgan kredit kelajakda ishonchsiz kreditlar turkumiga o'tib qolishi mumkin. Shunga qaramasdan, kreditlash tamoyillarining buzilishi bank uchun kreditlash jarayonini tashkil etish vaqtida yechilishi kerak bo'lgan jiddi.muammodir. Bu tamoyillar barchasi kredit shartnomasi shartlarida to'liq aks etganligi uchun muammoli kreditlarga ta'rif berishda kredit shartnomasi shartlarining buzilishi jumlasining ishlatilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Ma'lumki, amaliyotda "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kreditlar sifatida tasniflangan kreditlar muammoli kreditlar hisoblanadi. Muammoli kreditlar mohiyatini yanada aniqroq ochib berishda nima uchun "yaxshi" kreditlar "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kategoriyalarga o'tib qolishi mumkin degan savolga javob topishimiz kerak bo'ladi. Bunga albatta, aniq obyektiv hamda subyektiv sabablar ta'sir ko'rsatadi. Muammoli kreditlarni bartaraf etish amaliyoti samarali bo'lishi uchun ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash zarur bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, mazkur sabablarni aniqlash va ularni tasniflash muammoli kreditlarni bartaraf etish jarayonining eng asosiy va dastlabki bosqichlaridan biridir. Shuning uchun muammoli kreditlar ta'rifida mazkur sabablarni e'tiborga olish o'rinli bo'ladi. Demak, kredit risklarining amalda yaqqol namoyon bo'lishining natijasi bo'lib, obyektiv hamda subyektiv sabablarga ko'ra kredit shartnomasi shartlarining buzilishi oqibatida "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kreditlar kategoriyasiga o'tib qolgan kreditlarni muammoli deb ta'riflashimiz mumkin. Tijorat banklari kreditlash bosqichi dastlab, bank kredit siyosatini ishlab chiqishdan boshlanadi. Ma'lumki, kredit siyosati kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi, hamda bank rahbariyati va xodimlarni kredit portfelini samarali boshqarishga doir ko'rsatmalar bilan ta'minlovchi hujjatdir. Boshqacha qilib aytganda kredit resurslarini joylashtirish sohasidagi qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi qoida va chek lashlar majmui hisoblanadi. Unda muammoli kreditlar bilan bog'liq bo'lgan holatlarni aniqlash va tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish tajribalari ko'rsatilishi Markaziy bankning me'yoriy hujjatlarida belgilangan. Ammo, kredit siyosatida kreditlash jarayonida muammoli kreditlarning yuzaga kelishini oldini olish choralari ko'rsatilmagan. Vaholanki muammoli kreditlarning elementlari kreditlash jarayonining dastlabki bosqichlarida yuzaga kelmoqda. Xalqimizda shunday naql bor: "kasalni davolagandan ko'ra uning oldini olgan ma'qul". Kreditlash jarayonida kredit hujjatlarini 2000-yil 2-martdagi № 906-son "O'zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to'g'risida"gi nizomga asosan moliyaviy hisobotlar, garov, kafillikni qabul qilish va yuritish aniq belgilab berilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, kredit ta'minotini rasmiylashtirishda garovni qabul qilish va baholashda ayrim jihatlar ko'zda tutilmagan. Jumladan, garovni qabul qilishda garov mulkini diversifikatsiya qilish, garovga aynan bir turdagi mulkning olinmasligiga e'tibor berish lozim. O'z navbatida, kreditlash jarayonida va kredit siyosatining to'g'ri ishlab chiqilmaganligi va unda kredit xodimlariga kreditlash jarayonida aniq talab qo'yilmaganligi oqibatida noaniqliklar sodir bo'lmoqda. Amaliyotda banklar tomonidan o'z mijozlarini kreditlash hamisha samarali natijalar bilan yakunlanavermaydi. Ayrim hollarda korxonaning o'z biznes rejalarining nomukammal ishlab chiqishlari va faoliyatini maqsadli amalga oshirilmaganliklari, shuningdek, boshqa turli sabablar natijasida banklar tomonidan taqdim etilgan kreditlarning qaytarilish muammosi yuzaga keladi. Albatta, muammoli kreditlar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi va ularni vujudga keltirishning o'ziga xos omillari mavjud bo'ladi. Muammoli kreditlarni keltirib chiqaradigan omillarning belgilari, kreditning mo'ljallangan maqsadlari bo'yicha ishlatilmasligi, shartnoma, biznes reja, texnik-iqtisodiy asoslash va boshqa kredit hujjatlarida ko'rsatilgan jadvallarning amalga oshmasligi, qarz oluvchining moliyaviy-iqtisodiy holatining yomonlashish tendensiyasi va boshqalar bo'lishi mumkin. Kredit monitoringini doimiy olib borilmasligi natijasida kredit va uning foizini qaytarishda uzilishlarga olib kelmoqda. Muammoli kreditlar birdaniga sodir bo'lmasdan uning elementlari kreditlash jarayonida asta sekin yuzaga kela boshlaydi. Muammoli kreditlarni ng doimiy monitoring olib borilmasligi natijasida ham sodir bo'ladi. Monitoring jarayonida qarzdorning buxgalteriya hisobotlarida moliyaviy kamchiliklar aniqlangandan so'ng, bank xodimi albatta korxonaga tashrif buyurishi (mijoz ofisiga) kerak. Kreditdan unumli foydalanish joylarda, korxona va tashkilotlarda, qoida bo'yicha, har chorakda tekshirilishi kerak. Kreditlash jarayonida yo'l qo'yilgan xato bank kredit siyosatining noto'g'ri tuzilganligidan dalolat beradi. Muammoli kredit asosan kredit portfeli tarkibidagi kreditlarning foizlari bilan qaytarishda imtiyozli davrning ko'p berilishida kuzatilmoqda. Shuningdek kredit monitoringida doimiy nazoratning olib borilmasligi va uning natijasida kredit va unga to'lanadigan foizlarni vaqtida to'lanmasligi, oxir-oqibatda mijozning kreditorlik yukini oshib ketishi va uni to'lash bo'yicha moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda, muammoli kredit asosan kredit portfeli tarkibidagi kreditlarning foizlari bilan qaytarishda imtiyozli davrning ko'p berilishida va davr mijozning pul oqimiga qarab belgilanmasligi, shuningdek, qisqa muddatli kreditlashda ham imtiyozli davrning ko'p berilishi asosiy summasi hamda foizining.to'lashini kredit muddatining oxirlariga to'g'ri kelib qolishi oqibatd a mijozning kredit va uning foizni qaytarishda moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga keltirmoqda. Muammoli kreditlarning kelib chiqish sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, banklarning muammoli kreditlarini yuzaga kelishida ichki omillari bo'yicha 67% yo'qotishlarga sabab bo'ladi. Bu ko'rsatkich tashqi omillar bo'yicha bor yo'g'i 33%ni tashkil etadi. Ularning ba'zilari qarzdor mijozning faoliyati bilan, boshqalari esa bank faoliyati bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Muammoli kreditlar kelib chiqishiga qarzdor bilan bog'liq bo'lgan va bog'liq bo'lmagan omillar tasnifi. Qarzdor mijozning faoliyati bilan bog'liq bo'lgan omillar. Qarzdor mijozning faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan omillar. Korxonani to'g'ri boshqara olmaslik (yuqori tajribaga ega emasligi,reja va buxgalteriya faoliyatlarini sifatsiz tashkil etilishi, xo'jalik yuritish jarayonining barcha jabxalarini qamrab ololmaydigan haddan tashqari markazlashgan boshqaruv). Mijoz faoliyatining samarasizligi mahsuloti sifatining pasayishi, uni bozordan chiqib ketishi, korxona moliyaviy nazoratining kuchsizligi debitorlik qarzdorlikning ko'payib ketishi Asosan kutilmagan siyosiy hamda iqtisodiy voqea va xodisalar, qonunchilikda bo'layotgan o'zgarishlar, iqtisodiy holatning keskin yomonlashuvi, ma'lum darajadagi texnologik ya'ni ishlab chiqarishning ma'naviy eskirishi, tabiiy ofatlar debitorlik qarzlar, xom ashyo yetkazib beruvchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan kamchiliklar, o'g'irlik va boshqalar Bank faoliyati bilan bog'liq bo'lgan sabablar ham turlicha bo'ladi. Biroq, bankka bog'liq bo'lmagan sabablarga ham, shuningdek, iqtisodiy holatning birdaniga yomonlashuvi, bank tizimiga ishonchning yo'qolib ketishi, tabiiy ofatlar kabi noxush holatlarni kiritish mumkin. Kreditlash jarayonining dastlabki bosqichlarida bank tomonidan yo'l. Qo'yiladigan kamchiliklar natijasida muammoli ssudalar paydo bo'ladi. Bulargaquyidagilarni kiritamiz: loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini past darajada tahlil qilinishi; qarzdorning kredit mablag'laridan foydalanishi ustidan monitoringning yaxshi olib borilmasligi, ya'ni qarzdorning moliyaviy holati yomonlashishi, pul oqimlarining salbiy dinamikasi holatlarida kreditni. Restrukturizatsiyalash hamda kredit statusini o'zgartirishni qamrab oluvchi choralarni o'z vaqtida ko'rmaslik; mijozning moliyaviy holatiga to'g'ri baho berilmaganligi, kreditni chuqur iqtisodiy tahlil qilish asosida emas, balki tanish- bilishchilik asosida berish; hujjatlarning to'liq talab qilinmaganligi; korxonaning o'ziga xos tarmoq xususiyatlarini, uning haqiqiy ehtiyojlari haqida yuzaki tasavvurga ega bo'lish oqibatida kreditni risklilik darajasini noto'g'ri hisoblanishi; kredit mablag'ining biznes rejada ko'rsatilgan maqsadlarga ishlatilmasligi hamda mablag'ning xufiyona o'zlashtirilishi; kredit ta'minoti sifatida taklif etiladigan garov predmetining talabga javob bermasligi yoki garovni yuqori baholash natijasida kredit ta'minotining yetarli bo'lmasligi; bank xodimlari bilan o'zaro til biriktirib, kredit mablag'ini talon -taroj.qilish oqibatida; kreditni noto'g'ri rasmiylashtirilishi, masalan, kredit shartnomasida kreditor-bank manfaatlarini himoya qiladigan shartlarning yetarli emasligi; kreditdan foydalanish davrida qarzdorning faoliyati ustidan nazoratning sustligi va boshqalar. Yuqoridagilar kreditlash jarayonining dastlabki bosqichida yuzaga keladi. Mijoz va bank o'rtasida imzolanadigan kredit shartnomalari har ikki tomonuchun majburiy hisoblanib, o'z muddatida to'liq bajarilishi talab etiladi. Restrukturizatsiya qilingan kreditlar – qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashishi sababli to’lovning dastlabki shartlari o’zgargan kreditlar. Agarda bank tomonidan quyidagi amallarning hech bo’lmaganda bittasi bajarilsa, kreditlar restrukturizatsiyalangan hisoblanadi: foiz stavkasining kamaytirilishi yoki hisoblangan fo izlarning undirib olinmasligi; jami asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan voz kechilishi; kreditni to’lash muddatining kechiktirilishi yoki uzaytirilishi; foizlarga doir to’lovlarning bir qismi yoki umumiy miqdoridan voz kechish; oddiy sharoitlarda qarzdorga berilmay, balki kreditni restrukturizatsiyalash zarurligi natijasida qilinishi mumkin bo’lgan boshqa yon berishlar. Kreditning o'z vaqtida qaytarilmasligini quyidagi belgilar orqali bilish mumkin: Bank quyidagilarga e'tibor berish lozim: Balanslarning belgilangan muddatlarda topshirilmasligi (korxonada hisob-kitob ishlari izdan chiqqanligi haqida signal); Debitorlik qarzini tez sur'atlarda o'sishi (tarkibini tahlil qilish, paydo bo'lish vaqti va uning o'sishi sabablarini aniqlash); Qisqa muddatli kreditorlik qarzining nomutanosib o'sishi; Likvidlik koeffitsientining pasayishi; Aktivlar summasida asosiy kapital ulushining o'sishi; Sotuv hajmining pasayishi (bozor qanday o'rganilgan va xokazo); Muddati o'tib ketgan qarzlarning o'sishi; Operatsion faoliyatdan keladigan zararlarning paydo bo'lishi va xokazo. Aynan yuqoridagi bandlarda keltirilgan omillar kredit monitoringini samarali olib borishga, salbiy tasir ko'rsatib, muammoli ssudalarni kredit portfeli tarkibida o'sishiga olib keladi. Muammoli kreditlar odatda, qarz oluvchining kreditni to'lashi uchun yetarli pul mablag'lari bo'lmagan hollarda yuzaga keladi. Ba'zi hollarda ular mijozning.hisobida mablag'lar bo'la turib kreditni to'lashni xohlamaganda ham yuzaga kelishi.mumkin. Muammoli kreditlar yuzaga kelish ehtimoli paydo bo'lganda banklar ehtimolli yo'qotishlarga qarshi maxsus zaxiralar shakllantiradilar. Zaxiralarning.shakllantirishi aktivlar o'z qiymatini yo'qotish gumoni tug'ilganligini, ya'ni aktivlarning qadrsizlanganligining ko'rsatilishidir. Ushbu zaxiralar savdolanmaydigan aktivlar, ya'ni aktivlarning bozor bahosi bo'yicha qarzdorga talablar qo'yish amaliy jihatdan umuman mumkin bo'lmagan holatlarda majburan shakllantiriladi. Qarz oluvchi mijozlar uchun tashqi umumiqtisodiy, siyosiy, tarmoqli va stixiyaviy noqulayliklar yoki xususiy, ya'ni mijoz faoliyatiga oid omillar oqibatida aktivlar qiymatining yo'qolish shubhasi yuzaga keladi. Ko'rsatilgan omillar qarz oluvchining moddiy ahvolining yomonlashuviga salbiy tasir qilib, qarzdorning olingan qarzni qaytarish imkoniyatlarini pasaytirib, yoki umuman yo’q qilib yuborishga olib keladi. Aktivlar qiymatining yo'qolishiga, shuningdek, qarz olgan mijozning o'z majburiyatlarini bajarmasligiga sabab bo'ladi. Download 487 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling