Mavzu: Oʻzbekistonda yengil sanoat. Mundarija Kirish. I bob. Sanoat va uning tarmoqlari


Download 68.08 Kb.
bet3/7
Sana08.06.2023
Hajmi68.08 Kb.
#1463106
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu yengil sanoatni rivojlantirish muammolari

1.2. Yengil sanoat
Yengil sanoat — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va buyumlari ichki chizimga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot ichki chizimda amalga oshiriladi. Yengil sanoatda paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik, moʻynadoʻzlik, poyab-zal sanoatlari hisoblanadi. Yengil sanoat maq-sulotlari, shuningdek, mebelsozlik, aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi, transport, sogʻliqni saqlash va boshqalar. sohalarda ishlatiladi. Yengil sanoat yirik fabrika industriyasining tarmogʻi tarzida VIII asrning 2-yarmida barpo qilindi. Yengil sanoatning qadimiy tarmoqlaridan biri boʻlgan toʻqimachilik sanoatida texnika taraqqiyoti toʻqimachilik sanoatining kapitalistik manufaktura bosqichidan yirik mashinalashgan industriya bosqichiga oʻtishi uchun baza yaratgan 18-asrdagi ulkan kashfiyotlar bilan bogʻliq. Lekin qoʻlda paxta va jundan ip tayyorlash va toʻqish, charmdan poyabzal tikish uchun terini kayta ishlashning oddiy usullari Hindiston, Xitoy, Misr, Oʻrta Osiyoda mil. avval bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgani tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan va arxeologik topilmalar bilan tasdiqlangan. Hoz. Oʻzbekiston hududida XIX asrning oxiriga qadar xoʻjalik taraqqiyoti xonaki, kosibchilik,hunarmandchilik ishlab chiqarishidan iborat edi. Sanoat usulida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, trikotaj mahsulotlari, gazmollar asosan Rossiyaning markaziy shaharlaridan olib kelingan, chetga, asosan Rossiyaga paxta tolasi, xom ipak, teri va boshqa xom ashyo turlari chiqarilgan. Oʻzbekistonda Yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ichki chizimga XIX asrning oxirida, 1874-yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi bilan asos solingan. XX asr boshlarida Yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat boʻlib, yalpi sanoat mahsulotining qariyb 4/5 qismi shu sohaga toʻgʻri kelgan. 1920-yillardan paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-toʻquv, tikuvchilik, charm-galantereya, poaybzal fabrikalari qurila boshladi, respublikaning oʻzida yetishtirilgan xom ashyodan tayyor mahsulot ichki chizim maqsadlarida mayda tarqoq hunarmandlarni birlash-tirib, sanoat asosi yaratildi. 1926-yilda Toshkentda "Qizil tong" tikuvchilik fabrikasi, 1927-yilda Toshkent poyabzal fabrikasi, 1928-yilda Toshkent koʻn zavodi, 1926-yilda Fargʻona tikuvchilik fabrikasining birinchi navbati (10000 urchuq va 300 toʻquv dastgohi) ishga tushirildi. Fargʻona (1927), Samarqand (1927), Buxoro va Margʻilon (1928) pillakashlik fabrikalari, Samarqand shoyi toʻqish fabrikasi (1930) ishga tushirilishi bilan Oʻzbekistonda ipakchilik sanoati poydevori yaratildi. 1937-yilda toʻqimachilik sanoati gigantlaridan biri — Toshkent toʻqimachilik kombinati ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda trikotaj sanoati tarmogʻida Qoʻqon ip yigiruv-paypoq toʻquv kombinati, Fargʻona va Toshkentda trikotaj buyumlari fabrikalari ishga tushirildi. Urushdan keyingi yillarda Yengil sanoat tarmoqlari yanada rivojlandi, bu sanoatning texnika bazasi takomillashtirildi. 60-yillarda respublikada trikotaj ichki chizimi ancha taraqqiyotga erishdi, Toshkent "Malika" trikotaj ichki chizim birlashmasi, Andijonda ichki trikotaj buyumlari fabrikasi qurildi. 70—80-yillarda Xivada gilam kombinati, Buxoro toʻqimachilik kombinatining 1-navbati, Andijon toʻqimachilik kombinati, viloyatlarning kichik shaharlari va tuman markazlarida nisbatan kichik quvvatli yigiruv, toʻquv, yigiruv-toʻquv fabrikalari ishga tushirildi. Respublikada Yengil sanoatning eng yangi sohasi boʻlgan chinni va fayans buyumlari Toshkent (1952), Samarqand (1970), Kuvasoy (1978) chinni zavodlari, Angren keramika kombinati (1967)da ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi bilan Yengil sanoat tarmoqlari yangi sifat bosqichiga koʻtarildi. Respublika hukumati qaroriga koʻra tarmoqdagi deyarli hamma korxonalar davlat tasarrufidan chiqarish dasturiga koʻra ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga va mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirildi. 1991-yilda respublika Yengil sanoati vazirligi tugatilib, uning negizida majmuada davlat boshqaruvini amalga oshiradigan, Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan davlat uyushmasi — "Oʻzbekengilsanoat", 1998-yil 30 martda pillachilik va ipakchilik tar-moklariga rahbarlikni amalga oshiradigan "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil qilindi. Ma’lumki, yengil sanoat iqtisodiyotning muhim bo’g’ini hisoblanadi.“O’zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mustaqillik yillarida mamlakatimiz yengil sanoatida erishilgan yutuqlar tahlil qilindi.Istiqlol yillarida yengil sanoat mamlakatimiz makroiqtisodiyot kompleksida munosib o’rin egalladi. Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan qulay sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar, mustahkam me’yoriy-huquqiy baza tarmoq korxonalariga salmoqli yutuqlarga erishish va yangi marralarga chiqish imkonini berayotir.Quyidagi raqamlar ham yengil sanoatning iqtisodiyotimizni rivojlantirishda nechog’li muhim o’rin tutishidan dalolat beradi: bugungi kunda tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3,8 foiz, sanoat mahsulotlari hajmida 26,2 foiz, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 44 foizdan ortiqni tashkil etayotir Matbuot anjumanida chet el investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ilg’or xorij tajribasi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan samarali siyosat yuqori ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga erishishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Buning samarasida tarmoqqa 2,2 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb etildi va 180 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Bugungi kunda tarmoq korxonalarida 70 mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda.Qo’qon to’qimachilik kombinati negizida tashkil etilgan “Indorama Qo’qon tekstil” qo’shma korxonasi eng muhim loyihalardan biridir. Yiliga 29 ming tonna kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu loyihaning qiymati 110 million dollarni tashkil qiladi. Xorazm viloyatida “O’zteks” korxonalari guruhi tomonidan “Svis Kapital” (Shveysariya) kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, umumiy qiymati 50 milliondan ortiq bo’lgan va yiliga 12 ming tonna kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ham keng ko’lamli loyihalardan biridir.Tadbirda tarmoqqa yuqori samarali zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi mahsulot eksporti hajmini kengaytirish imkonini berayotgani qayd etildi. Chunonchi, mustaqillik yillarida ushbu ko’rsatkich 120 marta o’sib, 2014 yil yakunlariga ko’ra 1 milliard dollar darajasiga yetdi. Holbuki, 1991 yilda bu ko’rsatkich 7 million dollar edi, xolos. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlari dunyoning 50 mamlakatiga eksport qilinmoqda.“O’zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida umumiy qiymati 99 million dollar, eksport salohiyati 43,1 million dollarni tashkil etadigan 18 korxonani ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ushbu korxonalarda mingdan ziyod ish o’rni yaratiladi.Bundan tashqari, kompaniya yangi o’quv yili arafasida mamlakatimiz bo’ylab maktab yarmarkalarini o’tkazishda faol ishtirok etmoqda. Ushbu yarmarkalarda yurtimizda ishlab chiqarilgan maktab va sport kiyimlarini xarid qilish mumkin. Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, mazkur yarmarkalar o’z samarasini berayotir. Xususan, 2012 yil yakunlari bo’yicha 770 ming dona kiyim sotilgan bo’lsa, 2013 yilda bu ko’rsatkich 835 ming, 2014 yilda 935,4 mingtani tashkil etdi. Joriy yilda 985 mingta maktab va sport kiyimini sotish ko’zda tutilgan.To’qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish, shuningdek, “O’zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tikuvchilik va tikuvchilik-trikotaj tarmog’ini rivojlantirish uchun sintetik tola va ip ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish “O’zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasining ustuvor yo’nalishlaridandir.


Download 68.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling