Mavzu: O'zbekistonning ekologik muammolari Reja: O`zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi
O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari
Download 21.63 Kb.
|
O\'zbekistonning ekologik muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
3 . O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari.
Mustaqil yurtimiz iqtisodiy rivojlangan jannatmakon o`lka bo`lib qolishi uchun sog`lom ekologik jihatdan toza atrof – muhitni yaratish, odamlar salomatligini asrash muhimdir. Insonning butun hayoti – tug`lishi, yeb – ichishi, o`sib – unishi, mehnat qilishi – barcha barchasi tabiat bilan payvand. Yer kurrasi atrofini o`rab olgan havo qatlamiga atmosfera deymiz. Yer atmosferasi amaliy jihatdan cheksiz, uning kimyoviy tarkibi bir xil balandliklarda deyarli o`zgarmaydi. Ammo ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishi natijasida atmosfera tarkibi ifloslanib bormoqda. Bundan tashqari, yer sifatidan uchib chiqqan turli – tuman chang, metal zarralari havoga to`planib, maxsus inversiya qatlamini hosil qiladi. U esa quyoshdan kelayotgan yorug`lik oqimini yer sirtiga o`tishiga to`sqinlik qiladi. Oqibatda yerda iqlim o`zgaradi. Tirik mavjudotning hayoti havf ostida qoladi. Hozirgi kunda atmosferani muhofaza qilish masalasi jahon xalqlarini tashvishga solib kelmoqda. Demak, har bir madaniyatli kishi atmosfera va uning ahamiyati haqida ma`lum darajada ma`lumotga ega bo`lmog`i lozim. Havo yer kurrasining tarkibiy qismi, hayot ana shu havo qatlami ostida paydo bo`lgan. Undagi hayot kosmik ta`sirlar bilan bevosita bog`langan. Atmosferaning yuqori qatlamiga har sekundda kosmos va quyoshdan nihoyatda katta quvvatga ega bo`lgan to`lqin oqimlari: nurlanish, shiddatli roentgen nurlari va boshqalar kelib turadi. Ammo ularning ko`pi atmosferaning yuqori qatlamlarida tutilib qoladi. Aks holda zararli radiatsiyadan yerdagi hayot nobud bo`lgan bo`lardi. Atmosfera quyosh nurini hayot yaratsa zarur bo`lgan miqyosda o`tkazib, yerning isishiga imkon yaratadi, undan qaytayotgan nurlarni esa olam fazosiga tarqalib ketishiga yo`l qo`ymaydi. Bu hol yerni sovib qolishdan saqlaydi va sutka davomida havo haroratining keskin o`zgarishiga to`sqinlik qiladi. Atmosferasiz yer ham oyga o`xshab “o`lik” jism bo`lardi. Armosferasiz daryo, dengiz, okean, muzliklar Quyosh quvvati ta`sirida bug`lanib fazoga tarqalib ketgan bo`lar edi. Atmosfera yerni meteorlar oqimidan himoya qiladi. Atmosfera nafaqat tiriklar manbai, u tuganmas boylik hamdir. Undan turli maqsadlarda foydalaniladi. Sanoat korxonalari va avtomobillardan chiqayotgan bunday zararli gaz tutun va changlar atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi tabiiy. Borliqni quyoshning zararli ultrabinafsha nurlari ta`siridan saqlaydigan ozon qatlami kundan – kunga yemerilib, ,butun dunyo olimlari oldida global muammo bo`lib qolmoqda. Ayniqsa, XXI asrga kelib yer sharining himoya qatlami ancha siyraklashgan. Hozir BMT ning atrof – muhit muammolari bilan shug`ullanuvchi YuNEP dasturi ozon qatlamining muhofaza qilish bo`yicha sa`y – harakatlar olib bormoqda. O`zbekiston ham bir qancha konvensiyalarga qo`shilib, ozon qatlamini zararli moddalardan muhofaza qilishga oid Vena konvensiyasini va Memorial Protokolni ratifikatsiya qilgan. Shaxrimiz chiroyiga dog` bo`lib, mahallalat hududlarida, katta ko`chalar atroflarida, ariq bo`ylarida to`p – to`p yonayotgan va havoga zaharli konserogen islarni chiqarayotgan axlat uyumlari so`nggi paytlarda bizning befarqligimiz ortayotganligini ko`rsatayapti. Xolbuki, axlatxonalardan chiqayotgan tutunning zarari inson salomatligi uchun sanoat korxonalaridan chiqayotgan islardan ham ko`ra ming chandon zararlidir. Shunday ekan, chiqindilarni shahar tashqarisiga olib chiqib tashlash bilan masala hal bo`lmaydi. Fikrmizcha , har bir yirik korxona, har bir tuman o`z hududidagi chiqindilarni bartaraf qilishlari uchun kichik – kichik zavodlarni ishga tushirishlari lozimga o`xshaydi. Xulosa Asrlarga tutash kelgan palla butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish – o`z – o`zini o`limga mahkum etish bilan barobardir. Afsuski, hali ko`plar ushbu muammoga beparvolik va mas`uliyatsiz bilan munosabatda bo`lmoqdalar. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Ekologik vaziyatni obyektiv va har tomonlama tahlili shuni ko`rsatadiki, ekologik xavf – hatarning vujudga kelishi nafaqat fan – texnika taraqqiyotiga, balki jamiyatning tabiat bilan o`zaro munosabatlarini boshqarish mehanizminig yo`qligiga bog`liq. Tabiiyki, bunday hol tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlariga olib keladi. Ekoligik vaziyatning yomonlashuni hamda tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, shuningdek, tabiatning ichki tuzilish va rivojlanishining qonuniyatlariga amaliyotga yetarlicha e`tibor bermasligi bilan ham bog`liq. Ichki boshqaruv mehanizmiga ega bo`lgan tabiiy muhit o`zida sodir bo`ladigan jarayonlarni muayyan muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega. Ammo har qanday tizim kabi tabiiy muhita ham muayyan chegaralarga ega. Shu sababli tabiiy muhitning o`zgarish dinamikasi ma`lum sig`im orqali, ya`ni o`z – o`zini tiklash resurslarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Agar inson faoliyatining ta`sir ko`lami tabiiy muhitning o`z – o`zini tiklash imkoniyatlaridan ortiqcha bo`lsa, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlari ro`y beradi va bu o`zgarishlarni qanday yo`nalishda sodir bo`lishini oldindan belgilash va boshqarish imkoniyatlari bo`lmaydi. Tabiiy muhitning ekologik jihatdan nomaqbul o`zgarishlarining ilmiy texnikaviy omillari ko`pgina hollarda jamoyatning tabiatga nisbatan munosabatlariga bog`liq. Chunki tabiat bilan o`zaro ta`sir jarayonida tabiatdan oqilona foydalanishni rivojlantirish av boshqarish streategiyasini optimallashtirish vazifalarini hal etish uchun yetarlicha tayyor bo`lmaydi. Jamiyat va tabiat orasidagi o`zari ta`sir va bu ta`sir tufayli tabiiy muhit sodir bo`ladigan o`zgarishlarning dolzarb umumzaminiy muammolari Markaziy Osiyo mamlakatlarida xususan, O`zbekistonda ham vujudga kelishiga ko`ra, o`ziga xos mintaqaviy belgilarga va sharoitlarga ega. Darhaqiqat, MArkaziy Osiyo mintaqasida ko`plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun fojeaga aylandi. Ularni qirilib ketish, genofondining yo`q bo`lib ketishi yoqasiga keltirib qo`ydi. Bu jarayonlar O`zbekiston uchun ham xosdir. Mutaxassislarning baholashicha O`zbekistonda juda murakkab va xavfli vaziyat vujudga kelmoqda. Shu sababli hukumat va davlat, mamlakatimizda atrof – muhitni muhofaza qilish, atbiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga juda katta e`tibor bermoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab atrof – muhitni muhifaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari qabul qilindi. Olimlar yildan yilga yangi - yangi kashfiyotlar yaratishyapti. O`zaro bahslarda ular yadroviy energiya, chekishning zarari, Sibir daryolarini O`rta Osiyoga olib kelish kerakmi yoki yo`qmi deb, doimiy munozara ichidalar. Aynan mana shu “ikkilanish” insonning dadil qadam tashlashiga to`g`anoq bo`lib kelmoqda. Insoniyatning tabiat bilan hisoblashmasdan, faqat o`zining manfaati yo`lida qaror qabul qilishi tabiiy muhitning ahvoli salbiy tarafga o`zgarishga olib keldi. Sanoat va qurilishda tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish, ularnig keskin kamayishiga olib keldi. Ko`p hollarda amalga oshirilayotgan ishlar tabiatni muhofaza qilish foydasiga hal bo`lmayotganligini sezib turamiz. Shunu ta`kidlash joizki, ayrim korxona rahbarlari yuqori iqtisodiy ko`rsatkichlarga erishish maqsadida turli tadbirlarga o`ylamay – netmay qo`l urishadiki, pirovard natijada artof muhitaga yetkazilgan zarar ushbu iqtisodiy yutuqlar o`rnini qoplabgina qolmay, bundan o`z chandon ortib ketmoqda. Bugungi kunda aksariyat odamlarda ekologik bilimlarning yetarli emasligi, ba`zilarda umuman yo`qligi bilinib qolmoqda. Ko`pchilik ekologik muommolar mavjudligidan habardor, ba`zilar kechiktirib bo`lmas qabul qilish kerakligini, atro – muhitni muhofaza qilish yo`lida tub burilish zarurligini talab qilishsa, boshqa toifadagi odamlar buning keragi yo`q deb o`ylashadi. Joylardagi tadbirlarni amalga oshirayotgalarida ushbu tadbirning iqtisodiy samarasi bilan birga kelajak haqida ham bosh qotirishlari kerak. President ta`biri bilan aytganda, muhofazalashda mahalliy hokimiyatlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning bajarilishi harakatdagi birinchi rahbarga bog`liqdir. Joylardagi birinchi rahbarning atrof – muhitni muhofaza qilishga e`tibor qaratsa, aholi ham bu masalaga yuz o`giradi. Sayyoramizni kelajak avlod uchun sof holda saqlab qolishimiz zarur ekanligini butun insoniyat e`tirof etmoqda. XXI asrda yangicha dunyoqarash va ekologik tafakkur shakllanmoqda. Hozirgi paytda tabiatdan oqilona foydalanish va atrof – muhitni muhofaza qilish sohasidagi barcha chora – tadbirlar atrof – muhtni muhofaza qilish va tabiiy resurslarda oqilona foydalanish bo`yicha davlat dasturi tashkil etilgan. Tabiatni muhofaza qilish borasidagi milliy tadbirlar boshqa davlatlar va halqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish ishi bilan qo`shib olib borilayortir. Foydalanilgan adabiyotlar G`ulomov P. N. “Inson va tabiat” Toshkent, 1980 Adullayev O, Toshmatov Z, “O`zbekiston ekologiyasi bugun va ertaga” Toshkent, 1992 Shodimetov Yu. “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” Toshkent, 1994 Rafiqov A. A. “Geoekologik muammolar” Toshkent, 1997 Atrof – muhit haqida ma`lumot. Ma`ruzalar matni, Qarshi, 2000-yil Janubiy O`zbekiston tabiatini o`rganishning dolzarb muammolari Qarshi, 2002 Download 21.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling