Mavzu: O’zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan bilan iqtisodiy hamkorligi r e j a: Kirish


Download 356 Kb.
bet7/9
Sana09.04.2023
Hajmi356 Kb.
#1346389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xamrayeva Ra\'no Kurs ishi global iqtisodiyot fanidan doc1212121

Xulosa va takliflar .
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida
xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni
tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni
moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar
mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi.
O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom
Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning
bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln
dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi.
Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar
amalga oshirilgan. hamkorligi hozirgi kunda keng ko’lamga chiqdi .Bunda asosan dunyoning rivojlangan davlarning yuksalib borayotgan O’zbekistonga bo’lgan e’tibori muhim ahamiyatga ega. O’zbekistonda iqtisodiy hamkorlikga keng yo’llar ochib qo’yilgan. Shu boisdan dunyoning rivojlangan davlatlari tomonidan yurtimizga ko’plab investitsiya kiritayotganidan sezishimiz mumkin. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining asosini a’zo bo’lgan
mamlakatlarning fikr-mulohazalarini oshkor qilish, bir-biri bilan kelishtirish, bu
asosdagi vaziyatlarni bir maqsadga aylantirish, shuningdek, kelib chiqqan
vazifalarni aniqlashtirib, ularni hal etish, chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan
iborat. Tashkilotning asosiy faoliyati muhokama, qaror qabul qilish va ularni
amalga oshirish, ijrosini nazorat kabilarni o’z ichiga oladi. 3
Хalqaro iqtisodiy munosabatlar murakkab iqtisodiy mехanizm sifatida bir
tomondan bozorga хos o’z-o’zini boshqarish qobiliyatiga ega bo’lsa (ХIMning
moddiy asosi hali ham jahon bozori hisoblanadi), ikkinchi tomondan, ayniqsa
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, alohida mamlakatlar va hududlar
o’rtasida o’zaro aloqalarni osonlashtiruvchi davlatlararo tuzilmalarni yaratishni
talab etadi. Ayni paytda shuni qayd etib o’tish kеrakki, birinchi (1914-1918
yillar) va ikkinchi (1939-1945 yillar) jahon urushlari orasida хalqaro
tashkilotlarni gurkirab vujudga kеlish jarayoni (shu davrd xalqaro mеhnat
tashkiloti, o’zining «Incotеrms» kabi tijoriy hujjatlari bilan taniqli bo’lgan
Хalqaro savdo palatasi, Хalqaro hisob-kitoblar banki tashkil etilgan) va ayniqsa
40-yillarda ikkita to’qnashuvni boshidan kеchirgan davlatlar tariхidagi
favqulotda holatlar va 1929-1932 yillardagi chuqur iqtisodiy tanazzul bilan
bog’liq. Хalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vujudga kеlishining ikkinchi
«to’lqini» va harakatdagi faoliyatining faollashuvi ikkinchi jahon urushidan
so’ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi hamda 60-70 yillardagi
iqtisodiy chayqalishlar bilan bog’liqdir. Va nihoyat, 80-yillarning boshlarida
хalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini
ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab sifatida totalitar tizimlarning (sobiq SSSRni)
inqirozga uchrashi va yangi ming yillik ostonasida insoniyatning global
muammolarini kеskin kuchayishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Jahonining
ko’plab mamlakatlarining hukumat organlari zamonaviy хalqaro iqtisodiy
munosabatlardagi muammolarni mustaqil hal eta olmadilar va natijada ular qayd
etib o’tilgan muammolarni hal etishda birgalashib harakat qilish usullarini ishlab
chiqara boshladilar.
Birinchi turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro
fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar
ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati
davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko’ra dividend tulaydilar hamda turli
maqsadlar uchun zaxira fondlarini shakllantiradilar.
Beshinchi tur xalqaro tashkilotlar faoliyatining ma’lum sohalariga
ko’maklashish va tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag’larni yig’ish bilan
shug’ullanadilar. Masalan, yovvoyi tabiat xalqaro fondi - davlat, jamoat
tashkilot-lari va xususiy shaxslardan yovvoyi hayvonlar va tabiatni qo’riqlash
uchun mablag’larni yig’uvchi nodavlat tashkilotdir. Ushbu tashkilot boshqa
tashkilotlar bilan hamkorlikda ma’lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond
o’zining nashriga ega bo’lib, uni sotishdan olinadigan daromadlar fond
byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. "Olimpiya birdamligi"
fondi rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy
yordam kursatish uchun to’zilgan. Mazkur fond milliy olimpiya qo’mitalarining
badallari, xususiy kompaniya, firmalar va xususiy shaxslarning xayriyalari,
Xalqaro olimpiya qo’mitasining investitsion va nashriyotchilik faoliyati
natijasida olingan daromadlar xisobidan shakllantiriladi. Fondga olimpiya
o’yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlarning 1/3 kelib tushadi
(ma’lumki, olimpiya uyinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlar mos
ravishda Xalqaro olimpiya qo’mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya
sport turlari bo’yicha Xalqaro federatsiya o’rtasida taqsimlanadi). Fondning
byudjeti xar yili tasdiqlanadi. Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha
xududlarga yunaltiriladigan mablag’lar xarajatlarning 75-85 foizini tashkil etadi.
Ushbu tadbirlarga: yiginlar utkazish, xakamlar majlisini utkazish, sport
buyumlarini sotib olish, Milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordamlar
kursatish va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa mablag’lar nashriyotchilik
faoliyatiga va joriy xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi.


Download 356 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling