Mavzu: O’zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan bilan iqtisodiy hamkorligi r e j a: Kirish


O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlarlar bilan iqtisodiy hamkorligi


Download 356 Kb.
bet5/9
Sana09.04.2023
Hajmi356 Kb.
#1346389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xamrayeva Ra\'no Kurs ishi global iqtisodiyot fanidan doc1212121

4.O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlarlar bilan iqtisodiy hamkorligi
Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida 20-iyul kuni Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Fransiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ikki mamlakatning iqtisodiyot, savdo, sarmoya, eksport, neft-gaz, bank-moliya, qishloq va suv xo‘jaligi, aviatashuv, farmatsevtika, yuqori texnologiyalar, sayyohlik, transport va transport kommunikatsiyalari, kimyo, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, komissiya hamraisi Elyor G‘aniyev mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.
Fransiya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi faol hamkorlaridan. Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etishga, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilishga, iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat va havo transporti sohalarida hamkorlikka oid bitimlar o‘zaro aloqalar rivojiga xizmat qilmoqda. Mamlakatlarimiz makroiqtisodiyot, moliya, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish uchun kadrlar tayyorlash yo‘nalishida ham samarali hamkorlik qilmoqda. Yurtimiz olimlari fransiyalik mutaxassislar bilan birgalikda quyosh energiyasini o‘rganish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, seleksiya kabi sohalarda tadqiqotlar olib bormoqda.
Savdo sohasida O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. 2015-yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 300 million dollardan oshdi. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ushbu ko‘rsatkich 150 million dollardan ziyodni tashkil qildi. Mamlakatimizda fransiyalik sarmoyadorlar ishtirokida 15 korxona tuzilgan. Fransiyaning 11 kompaniyasi yurtimizda o‘z vakolatxonasini ochgan.
Fransiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor bilan qaraydi, – dedi Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro rivojlanish vazirligining tashqi savdo, sayyohlikni rivojlantirish va xorijdagi fransuz fuqarolari masalalari bo‘yicha davlat kotibi, komissiya hamraisi Matias Fekl. – Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi muttasil oshib bormoqda. So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistondan Fransiyaga import qilingan mahsulotlar hajmi 60 foizga oshgani bu boradagi hamkorligimiz izchil taraqqiy etayotganidan dalolatdir. Fransiyalik ishbilarmonlarning o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlik o‘rnatishga, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishi yil sayin ortib bormoqda. O‘zbekiston ko‘plab sohalarda, jumladan, ilm-fan, madaniyat va sayyohlik kabi jabhalarda ulkan salohiyatga ega mamlakat. Savdo, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, texnika va texnologiyalar yo‘nalishlarida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kengaytirishdan manfaatdormiz.
Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi hajmini yanada oshirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini ta’kidladi. Mamlakatlarimiz sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik, transport va logistika, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish borasida katta salohiyatga ega ekani qayd etildi.
Fransiya delegatsiyasi O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat samaralari, mamlakatimizning eksport salohiyati, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning hamda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning puxta ishlab chiqilgan mexanizmi, industrial zonalardagi keng imkoniyatlar va imtiyozlar bilan tanishtirildi. O‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish uchun mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Shu kuni O‘zbekiston va Fransiya ishbilarmon doiralarining davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, qo‘shma korxonalar sonini va o‘zaro savdodagi mahsulotlar turini ko‘paytirish masalalariga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston va Fransiyaning iqtisodiy salohiyati, imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Davra suhbati yakunida O‘zbekistonning qator kompaniya va korxonalari hamda Fransiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja va biznes maslahatlashuvlari o‘tkazildi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni Fransiyaga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Hukumatlararo komissiya majlisi doirasida O‘zbekistonda asinxron tortishli elektr dvigatellari ishlab chiqarish, aviatashuv va farmatsevtika sohalardagi hamkorlikka oid qator hujjatlar imzolandi.
Fransiya delegatsiyasi a’zolari mamlakatimizning turli vazirlik va idoralarida ham muzokaralar o‘tkazdi.
O'zbekiston-Turkiya:Savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari avjida...
25 may kuni O’zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha IV Hukumatlararo komissiya yig'ilishi bo’lib o’tdi.
Yig'ilish O'zbekiston Respublikasi bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimov va Turkiya bosh vazir o'rinbosari Tug'rul Turkesh raisligi ostida o'tkazildi.
Yig'ilish davomida ikki mamlakat vakillari bugunga qadar erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida gapirib o’tdi.
Turkiya bosh vazir o'rinbosari Tug’rul Turkesh yig’ilishda ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmini oshirish kerakligini aytib o’tdi.
.
O'zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o'rtasida Investitsiyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoya qilish to'g'risidagi Bitim loyihasi parafirlandi.
Turkiya bosh vazir o'rinbosari Tug’rul Turkesh va iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Toshkentda Xalqaro Amir Temur jamg’armasining ochilish marosimiga qatnashdi.
Mazkur jamg’armaning ochilishida TIKA rahbar o’rinbosari Mehmet Sureyya Er va Turkiyaning Toshkentdagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmet Bashar Shenin, akademiklar, ko’plab olimlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi: mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lidagi integratsiya to‘g‘risidagi fikrlar So‘nggi uch oy davomida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalalariga oid muhokamalar ham hukumat, vazirlik va idoralar darajasida, ijtimoiy tarmoqlarda va ham keng jamoatchilik orasida qizg‘in davom etmoqda.
Ushbu dolzarb mavzu bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bir necha marotaba to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Prezident Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi davlat maqomi olishini taklif etdi.
Joriy yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yig‘ilishidagi nutqida “Integratsiyalashuv haqida ikki og‘iz aytsam. Mustaqilligimizni berib qo‘yamiz, degan gaplar shunchaki hoyu-havas gaplar. Kim berib qo‘yadi mustaqillikni? Bunaqa bo‘lmaydi. Bundan tashqari kuzatuvchi degani, a’zo degani ham emas. Biz kuzatuvchi maqomida nima yaxshi, nima yomonligini kuzatamiz. Asosiy o‘rinda xalq manfaatlari turadi”4 deyildi.
Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasida xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlar parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan takliflarni berishlari kerakligi aytildi.
Hukumatga esa tarmoqlar kesimida olib borilgan tahlillar natijalari asosidagi kompleks baholashlarni yakunlab uning natijalarini Oliy Majlis palatalari muhokamasiga taqdim etish topshirig‘i berildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi Qudratulla Rafiqov YeOIIga a’zo bo‘lishning ustunliklari va kamchiliklarini tahlil qilgan holda, xozirgi sharoitda O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishi bu mantiqiy va maqbul qadam ekanligini ta’kidladi. “Kuzatuvchi maqomi ittifoqning “ichidan qarash” imkoniyatini beradi. Faqat shu yo‘l bilan biz yuqorida aytib o‘tilgan integratsiya birlashmasida ishtirok etishdan mamlakatimiz qanday afzalliklar va salbiy oqibatlarga olib kelishini sinchkovlik bilan o‘rganishimiz mumkin” dedi kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi.
Mulohaza
O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi: mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lidagi integratsiya to‘g‘risidagi fikrlar
YeOIIga kuzatuvchi maqomini olish, kelajakda ittifoqqa a’zo bo‘lish majburiyatini yuklamaydi va u belgilangan muddat bilan cheklanmagan.
O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi: mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lidagi integratsiya to‘g‘risidagi fikrlar
So‘nggi uch oy davomida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalalariga oid muhokamalar ham hukumat, vazirlik va idoralar darajasida, ijtimoiy tarmoqlarda va ham keng jamoatchilik orasida qizg‘in davom etmoqda.
Ushbu dolzarb mavzu bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bir necha marotaba to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Prezident Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi davlat maqomi olishini taklif etdi.
Joriy yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yig‘ilishidagi nutqida “Integratsiyalashuv haqida ikki og‘iz aytsam. Mustaqilligimizni berib qo‘yamiz, degan gaplar shunchaki hoyu-havas gaplar. Kim berib qo‘yadi mustaqillikni? Bunaqa bo‘lmaydi. Bundan tashqari kuzatuvchi degani, a’zo degani ham emas. Biz kuzatuvchi maqomida nima yaxshi, nima yomonligini kuzatamiz. Asosiy o‘rinda xalq manfaatlari turadi” deyildi.
Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasida xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlar parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan takliflarni berishlari kerakligi aytildi.
Hukumatga esa tarmoqlar kesimida olib borilgan tahlillar natijalari asosidagi kompleks baholashlarni yakunlab uning natijalarini Oliy Majlis palatalari muhokamasiga taqdim etish topshirig‘i berildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi Qudratulla Rafiqov YeOIIga a’zo bo‘lishning ustunliklari va kamchiliklarini tahlil qilgan holda, xozirgi sharoitda O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishi bu mantiqiy va maqbul qadam ekanligini ta’kidladi. “Kuzatuvchi maqomi ittifoqning “ichidan qarash” imkoniyatini beradi. Faqat shu yo‘l bilan biz yuqorida aytib o‘tilgan integratsiya birlashmasida ishtirok etishdan mamlakatimiz qanday afzalliklar va salbiy oqibatlarga olib kelishini sinchkovlik bilan o‘rganishimiz mumkin” dedi kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi.
Ta’kidlash joizki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi dastlab Bojxona ittifoqi ko‘rinishida tashkil topgan, unga a’zo davlatlar o‘zaro savdo olib borishda hamkorlikni kuchaytirish, to‘siqlarni kamaytirish, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini oshirish orqali aholining turmush darajasini yaxshilash va barqaror rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan.
Bugungi kunda mazkur tashkilotga Armaniston, Belarusiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi a’zo. Shuningdek, Moldova Respublikasi kuzatuvchi maqomiga ega. 2019 yil 29 may kuni Moldova Prezidenti Igor Dodon ushbu maqom olinganiga bir yil munosabati bilan qilgan nutqida: “Albatta biz integratsion jarayonlar, imkoniyatlar, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini rivojlantirish muammolari va istiqbollari xaqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldik” dedi. Bir yil ichida Moldova va YeOII orasidagi tovar aylanmasi10 foizga ortdi.

Download 356 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling