Mavzu: O’zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan bilan iqtisodiy hamkorligi r e j a: Kirish


Islom taraqqiyot banki va a’zo mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari


Download 356 Kb.
bet6/9
Sana09.04.2023
Hajmi356 Kb.
#1346389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xamrayeva Ra\'no Kurs ishi global iqtisodiyot fanidan doc1212121

5. Islom taraqqiyot banki va a’zo mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari.5
Islom Tarraqqiyoti Banki (ITB) ba'zi manbalarda Islom Rivojlanish
Banki - ko'p tomonli moliya instituti hisoblanib, 1 -Islom Konferensiyasi
Tashkiloti (hozirda Islom Hamkorlik tashkiloti) tomonidan arab mamlakatlari
Moliya vazirlari tomonidan ta'sis etilgan.
Islom taraqqiyot banki 1973-yil Jiddada Islom konferensiyasi
tashkilotining a’zo-davlatlari deklaratsiyasi imzolanganidan keyin 1974-yilda
tashkil qilindi, o’z faoliyatini rasmiy ravishda 1975-yil 20-oktabrdan boshlagan.
Tashkilotga 56 ta mamlakat a'zo bo'lib, quyidagi davlatlar bankni asosiy
moliyalashtiradigan mamlakatlar hisoblanadi:

Bankning moliyaviy resurslari ustav kapitali va qo’shimcha moliyaviy
vositalaridan iborat. Moliyaviy faoliyatlarning kengayishi natijasida bank
qo’shimcha manbalar bilan ta’minlandi:
 1980-yilda sarmoya-depozit rejasi ishga tushgan. Bu reja sarmoyadorlar
uchun bankka moliyaviy yordam berishda qatnashish orqali qisqa muddatli
sarmoyalarni amalga oshirish uchun islom muqobilini beradi. Ushbu tizim
asosida bank nafaqat yakkaholdagi omonatchidan, balki tashkilotlardan ham
„Importga moliyaviy yordam berish operatsiyalari“ dasturini amalga oshirish
uchun depozitlar qabul qiladi.
 1987-yilda „Islom banklari portfeli“ tashkil qilingan. Ushbu tashkilot a’zo
bo’lgan davlatlararo savdo-sotiq moliyaviy qo’llab quvvatlash uchun
sarmoyadan foydalanish, hamda qimmatbaho qog’ozlar va lizing bilan bog’liq
bo’lgan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ochilgan. Shariat normalariga
asosan bunga naqd pul va qarzlar kirmaydi.
 1988-yildan savdo-sotiqqa uzoq muddatli moliyaviy yordam berish rejasi
amalga oshirila boshladi. Ushbu reja importga moliyaviy yordam berish
programmasini to’ldiradi va IKTga a’zo bo’lgan davlatlarning an’anaviy
bo’lmagan tovarlari eksportini kengaytirishda ko’mak beradi. Bu esa IRBga a’zo
bo’lgan davlatlardan eksport qilish uchun kerakli moliyaviy vositalar bilan 6
oydan 60 oygacha bo’lgan muddatga jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
 1989-yilda alohida investitsion fond tashkil qilingan. Uning maqsadi
qo’shimcha moliya resurslarini jalb qilish va ularni shariatga asoslangan holda
sarmoyalashtirish.
Islom taraqqiyot banki tarkibiga 56 ta mamlakat
kiradi va ular ITB guruhini tashkil qiladi.

Islom taraqqqiyot banki guruhi tarkibi



5.1 rasm



5.2 rasm
Bundan tashqari a’zo mamlakatlarning 15 tasida bankning vakillari bor.
Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha hamda investitsiyalar va eksportni
sug’urtalash bo’yicha Islom korporatsiyalarining ham Dubay va BAA da
filiallali mavjud. Dastlabki ikkita filial 2012 yilda Turkiya va Indoneziyada,
keyinchalik 2013 yilda Bangladesh, Nigeriya va Misrda ochilgan. 8
1975 yildan, ya’ni ITB ochilishidan boshlab unga Ahmad Muhammad Ali
Al - Madani boshchilik qiladi. Uni faoliyati jamiyat va uning a’zolari hayot
farovonligini oshirishga qaratilgan. Ijrochi direktorlar kengashi bankning barcha
operatsiyalari va siyosati uchun javobgar hisoblanadi. Hozirgi paytda IDK 18 ta
a’zodan tashkil topgan bo’lib, ulardan to’qqiztasi asosiy aksionerlar bo’lgan
davlatlardan, qolgani esa boshqa a’zo mamlakatlar ichidan saylanadi va IDK
ning vakolat muddati uch yil hisoblanadi.
Mamlakatlar bankka aksiyador sifatida a’zo bo’lib kiradi. Bankda
davlatlarning ulushi turlicha bo’lib, eng katta ulushga eg a’zolar arab davlatlari
hisoblanadi. Ular quyidagi jadvalda ko’rsatib o’tilgan.

5.3-rasm6
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, ITB kapitali tarkibiga eng katta
ulushni Saudiya Arabistoni kiritgan bo’lib, bu uch yarim trillion dinardan ortiq,
ya’ni umumiy kapitalning 26.57 foizini tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni donor
mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari O’zbekiston va qo’shni
Qozog’iston, Tojikistonning ham ulushi mavjud bo’lib, shundan
mamlakatimizning umumiy kapitaldagi qiymati 0.02 foizni, ya’ni 2 yarim ming
dinarni tashkil etadi.
Tashkilotga a’zo mamlakatlar o’zlarining vakillari orqali bank
boshqaruvida ishtirok etishadi. Bankning yuqori organi boshqaruv kengashi va
quyi organi esa direktorlar kengashi deb yuritiladi.
Direktorlar kengashi 18 kishidan iborat bo’lib, uning yarmini ITB ustav
kapitalida ko’proq ulushga ega bo’lgan davlatlar, qolgan yarmini esa uncha
ulushi katta bo’lmagan a’zo davlat vakillari tashkil etadi.11
Islom Taraqqiyot Banki umumiy hodimlar soni 189 tani tashkil qiladi.
Bankning asosiy maqsadi tashkilotga a’zo va a’zo bo’lmagan musulmon
davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashish va musulmon xalqining
turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan.
ITB rahbarining O'zbekistonga bu galgi tashrifi asnosida qiymati 36 million
AQsh dollariga teng “Toshkent shahrining tashqi yoritish tizimlarini
modernizatsiya qilish va ularga energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq
etish” loyihasi bo'yicha moliyaviy bitim imzolandi. O'zbekistonning ITB
hamkorligiga bu yil 10 yil to'ladi. Bu davr ichida qator amalga oshirilgan
loyihalarning natijalari bilan tasdiqlanuvchi uzviy hamkorlikka erishildi. Joriy
yilda mamlakatimizda ITB bilan munosabatlarning o'n yilligi nishonlanmoqda.
O'tgan davr mobaynida yuksak darajadagi o'zaro anglashuv va mazmunan qator
muvaffaqiyatli loyihalar bilan to'ldirilgan yaqin hamkorlik qaror toptirildi.
Ushbu nufuzli xalqaro moliya tashkiloti bilan hamkorlik doirasida qiymati 186,4
million AQsh dollariga teng 10 loyiha amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda qiymati
640,9 million dollarlik yana 10 loyihaning ijrosi davom etmoqda. 9 loyihani
amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rilmoqda, ularning moliyaviy qiymati 877,9
million dollarga teng. Shuningdek, texnikaviy hamkorlik doirasida ITB
tomonidan O'zbekistonga 12 loyiha uchun 2,7 million dollarlik grantlar
ajratilgan.
Islom taraqqiyot banki mamlakatimiz sanoatini modernizatsiyalash,
texnik va texnologik qayta jihozlashga hamda infratuzilmaga oid loyihalarni
amalga oshirishda Arab muvofiqlashtirish guruhining moliya institutlari,
jumladan, Saudiya taraqqiyot jamg'armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot
jamg'armasi, OPEK jamg'armasi, Abu Dabi taraqqiyot jamg'armasining
investitsiya va kreditlarini jalb qilish borasida asosiy muvofiqlashtiruvchidir.
Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi bilan kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga doir loyihalarni amalga oshirish
Islom taraqqiyot banki guruhi bilan hamkorlikning muhim yo'nalishlaridandir.
Korporatsiya tomonidan kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun
ajratilgan mablag'larning umumiy hajmi 83 million dollarni tashkil etadi.
Islom taraqqiyot bankining ijrochi direktorlari kengashi 2015 yil 10-mart
kuni Sirdaryo viloyatidagi kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish uchun
O‘zbekiston hukumatiga 57,5 million dollar ajratilishini ma’qulladi.
Umumiy qiymati 157 million dollar bo‘lgan loyiha Guliston, Shirin va
Yangiyer shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini kengaytirish va rekonstruksiya
qilishni ko‘zda tutadi. Loyihani amalga oshirish muddati – 4 yil.
Modernizatsiyani moliyalashtirish, shuningdek, xalqaro moliyaviy
institutlarning kreditlari va O‘zbekiston tomonining mablag‘lari evaziga amalga
oshiriladi.
Protseduraga oid qoidalarda ovoz berish va qarorlar qabul qilish tartibi belgilangan bo’ladi. Cheklangan tarkibdagi kengashlarda qarorlar aksar holda consensus usulida, ba'zan bir ovozdan qabul qilinadi. Yalpi konferensiyalarda protsedura masalalari anjumanda hozir bo’lgan va ovoz berishda ishtirok etayotganlarning oddiy ko’pchiligi ovozi asosida hal etiladi. Bu - anjumanda qatnashmayotganlar va betaraflar hisobga olinmaydi, deganidir. Yakuniy matn, odatda, uchdan ikki qism ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Cheklangan tarkib uchrashuvlarining qarorlari, odatda, qo’shma bayonot yoki
kommyunike tarzida rasmiylashtiriladi. Kengroq ko’lamdagi konferensiyalar ish
yakunlari va qabul qilingan qarorlar matnini o’zida mujassam etgan yakunlovchi
aktlarni qabul qiladi. Xalqaro konferensiyalar rezolyutsiyalari yuridik jihatdan
majburiy hisoblanmasa-da, vijdoniylik prinsipining ta'siri o’laroq, ularni ma'naviy-
siyosiy majburiyat sifatida ishtirokchilar hurmat qiladilar.
Xalqaro munosabatlar amaliyotida iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda, keng ko’lamdagi xalqaro munosabatlar masalalari bo’yicha davlatlar rahbarlarining oliy darajadagi kengashlaridan («katta sakkizlik»ning har yilgi uchrashuvlari) tobora ko’proq foydalanilayotir. Bunday kengashlarni o’tkazishda odatda maxsus
protseduralarga amal qilinmaydi.
Hozirgi zamon xalqaro huquqida xalqaro konferensiya har qaysisi bittadan ovozga ega bo’lgan kamida uchta davlatning rasmiy vakillaridan tashkil topgan, uchinchi davlatlar, hukumatlararo va nohukumat tashkilotlarning (ovoz huquqiga ega bo’lmagan) kuzatuvchilari ishtirok etishi mumkin bo’lgan, ishtirokchi davlatlar
kelishib olgan maqsadlarni ko„zda tutuvchi hamda, qoidaga ko’ra, protsedura
qoidalarida qayd etilgan muayyan tashkiliy tuzilma va vakolatlarga ega muvaqqat
jamoaviy organ tushuniladi.
Xalqaro konferensiyalarga qo’yiladigan asosiy talabga ko’ra, har qanday xalqaro konferensiyaning maqsadi va faoliyat yo’nalishi xalqaro huquqning asosiy
prinsiplariga mos bo’lishi shart. Hukumatlararo konferensiyalarning nomlanishidagi farqlar (s'yezd, kongress, konferensiya, kengash) yuridik ahamiyat kasb etmaydi.
Xalqaro konferensiyalarni shartli ravishda quyidagicha tasniflash mumkin: Xalqaro konferensiyalar, ishtirok etuvchi tomonlardan kelib chiqqan holda, hukumatlararo va nohukumat konferensiyalarga bo„linadi. Hukumatlararo konferensiyalar ko’p tomonlama diplomatiyaning bir turi va xalqaro muzokaralarning asosiy vakolatlaridan biri hisoblanadi, shuningdek xalqaro huquq sub'yekti sifatida namoyon bo’ladi.
Mamlakatimiz ham qator xalqaro tashkilotlarning a’zo hisoblanib, har yiliyurtimizda xalqaro nufuzli tadbirlar uyushtiriladi. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, Osiyo taraqqiyot banki,
Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Janubiy Koreya, Yaponiya taraqqiyot
banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari
va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, yuksak
texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha investitsiya
loyihalarini amalga oshirishda bizning yirik hamkorlarimiz bo’lmoqda.

Download 356 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling