Mavzu: O’zbekistonning pul-kredit siyosati kirish
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining strategik va taklif maqsadlari
Download 88.74 Kb.
|
javohir
2.O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining strategik va taklif maqsadlari.
Pul-kredit siyosatining strategik maqsadi sifatida iqtisodiy adabiyotlarda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va mamlakatda baholar barqarorligiga erishish e’tirof etiladi. O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi qonunda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatining strategik maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash ekanligi e’tirof etilgan. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining strategik maqsadi bo’lib, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash hisoblanar edi. Qator taraqqiy etgan mamlakatlar markaziy banklarining pul-kredit siyosat maqsadlaridan farqli ravishda, O’zbekiston Respublikasida baholar barqarorligiga erishish Markaziy bank pul-kredit siyosatining strategik maqsadi hisoblanmas edi. Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9-yanvardagi PF-5296 sonli “O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko’rsatishi ustudan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida quyidagilarni ta’minlash Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo’nalishlari deb hisoblandi:14 narxlar barqarorligi; bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi; to’lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi. AQSh FZT to’g’risidagi qonunda ham milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va baholar barqarorligini saqlab turish pul-kredit siyosatning strategik maqsadi ekanligi o’z ifodasini topgan. Bu esa, pul-kredit siyosatning strategik maqsadi xususida munozarali holatlarning mavjud emasligidan dalolat beradi. Pul-kredit siyosatning strategik maqsadi xususida munozarali holatlar mavjud bo’lmasada, uning taktik maqsadlaridan foydalanish xususida bir-biridan keskin farqlanuvchi munozarali qarashlar mavjud. Hozirgi vaqtda pul-kredit siyosatning taktik maqsadlari sifatida pul massasining o’sish sur’ati, milliy valyutaning nominal almashuv kursi, nominal foiz stavkasi, inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichlaridan foydalanilmoqda. O’zbekiston Respublikasida yaqingacha rasman pullar taklifini tartibga solish Markaziy bank pul-kredit siyosatining taktik maqsadi hisoblanar edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi «Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3272-sonli Qarori15 qabul qilindi. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2017-202- yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi pul-kredit siyosatining makroiqtisodiy barqarorlik va milliy valyutaning mustahkamligini ta’minlashdagi rolini kuchaytirish imkonini berdi. Bunda mamlakatda ichki narxlar barqarorligini samarali ta’minlash maqsadida o’rta muddatli istiqbolda rivojlangan xorijiy mamlakatlar markaziy banklari tomonidan keng qo’llanilayotgan inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o’tish vazifalari belgilandi. O’ylaymizki, Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimiga o’tishi o’z navbatida, valyuta bozori faoliyatini liberallashtirishdan keyingi davrda faol pul-kredit siyosati yuritish bosqichiga o’tilishi va bank tizimida nazorat choralarining kuchaytirilishiga iqtisodiy zamin bo’lib xizmat qiladi. Download 88.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling