Mavzu: O’zbekistonning pul-kredit siyosati kirish
Download 88.74 Kb.
|
javohir
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2019-yil davomida O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari ustav kapitaliga yo’naltirilgan davlat mablag’lari 24
- 4.O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida Markaziy bank pul-kredit siyosatining o’ziga xos xususiyatlari.
2019-yil davomida O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari ustav kapitaliga yo’naltirilgan davlat mablag’lari24 Birgina 2019- yilning o’zida mazkur banklarning ustav kapitaliga davlat budjeti mablag’lari hisobidan 483.2 mlrd. so’m miqdorida mablag’lar yo’naltirildi. 4.O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida Markaziy bank pul-kredit siyosatining o’ziga xos xususiyatlari. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash, bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida belgilab berilganligi bank tizimini rivojlantirishning sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish zaruriyatini yuzaga keltiradi25. Harakatlar strategiyasida bank tizimi oldiga qo’yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12- sentyabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi va 2017-yil 13- sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari qabul qilindi. Mazkur Qarorlarda mamlakat bank tizimini rivojlantirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o’tish vazifasi qo’yildi. Shuni alohida e’tirof etish joizki, Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosatini takomillashtirib borilishi hamda bank tizimini davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi mamlakat bank tizimining barqarorligini ta’minlashda muhim rol o’ynadi. Xususan, pul-kredit siyosatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijasi o’laroq, inflyatsiya darajasini keskin pasaytirishga muvaffaq bo’lindi. 1994-yilda inflyatsiyaning yillik darajasi 1132 foiz bo’lgan bo’lsa (haqiqiy giperinflyatsiya), 1997-yilda ushbu ko’rsatkich 27,6 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-iyundagi 362-sonli “O’zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishni moliyaviy qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi va 1995-yil 9-noyabrdagi “O’zbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlariga muvofiq, tijorat banklarini 1997-yilning 31- dekabriga qadar soliq to’lovlaridan ozod qilinishi ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash imkonini berdi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Hukumatga tegishli pul mablag’laridan, masalan, Davlat byudjeti mablag’laridan muomaladagi pul massasini tartibga solishda foydalanadi. Davlat byudjeti daromadlarini kelib tushish vaqti bilan byudjet xarajatlarini moliyalashtirish vaqti o’rtasidagi farq tufayli ma’lum miqdordagi pul mablag’larini to’planishi yuz beradi. Markaziy bank ana shu pul mablag’laridan vaqtinchalik foydalanadi. Germaniya Markaziy banki, ya’ni Bundesbank amaliyotida ushbu pul mablag’lari muomaladagi pul massasini boshqarishning “nozik vositasi” deb ataladi. Markaziy bank tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisobraqamlaridagi ortiqcha pul mablag’larini o’zining depozit hisobraqamlariga jalb etish yo’li bilan bank tizimining likvidligiga va tijorat banklarining kreditlash imkoniyatiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Shunisi muhimki, Markaziy bankning depozit siyosati qayta moliyalash va ochiq bozor siyosatlari bilan uyg’unlikda olib borilsa katta samara berishi mumkin. Ammo respublikamizda mazkur instrumentlar o’rtasidagi uyg’unlikni ta’minlashning hozircha imkoni yo’q. Buning sababi shundaki, Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga lombard kreditlari berish amaliyoti mavjud emas. Buning ustiga, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari amalga oshirilmayapti. Markaziy bankning monetar siyosati tijorat banklarining kreditlash salohiyatiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu sababli, qator xorijiy davlatlar tajribasini monetar siyosat aniq yo’naltirilgan restriktsion yoki ekspansionistik mazmunga ega bo’lishi lozim. Xususan, AQSh FZTning tajribasiko’rsatdiki, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish va bank tizimining likvidligini ta’minlash maqsadida nollik hisob stavkasi qo’llanilmoqda. Bu esa, birinchidan, tijorat banklarining likvidliligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va ularni kreditlash imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi; ikkinchidan, tijorat banklari kreditlarining foiz 22 stavkalarini oshishiga va natijada xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining tijorat banklari kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish imkonin beradi. Shunisi xarakterliki, respublikamizda iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasi bilan tijorat banklarining kredit ekspansiyasi o’rtasida ikki tomonlama aloqadorlik mavjud. Mazkur aloqadorlikning mohiyati shundaki, bir tomondan, tijorat banklari kredit ekspansiyasi ko’lamining keng emasligi (kreditlarning YaIMga nisbatan darajasi bilan o’lchanadi) iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga to’sqinlik qilsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasining past ekanligi tijorat banklari faolyaitidagi kredit riski darajasining yuqori bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Buning sababi shundaki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan etkazib berilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar haqini o’z vaqtida to’lanmasligi ularning pul oqimi barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 13-sentyabrdagi PQ-3272-sonli qarorida26 pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish va jalb qilish operatsiyalari bo’yicha qo’llanilayotgan foizli instrumentlardan foydalanishni kengaytirish, majburiy zaxira me’yorlarini qo’llashni takomillashtirish talablari o’z aksini topgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmonida27 pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo’yicha quyidagi ustuvor yo’nalishlar belgilangan: –.milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqat bozor mexanizmlarini qo’llash; – milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan faol va moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog’ozlari bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda davlat qimmatli qog’ozlarini banklar likvidliligiga garovga berish bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirishni amaliyotga joriy etish; – monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat byudjetining mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod o’sishining oldini olish.
Men bu kurs ishida O’zbekiston Respublikasining pul-kredit siyosati mavzusida haqida yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlarga ega bo’ldim va quyidagi xulosalarga keldim: Bu yerda monetar siyosat davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanishi, uning obyekti bo’lib, pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatda inflyatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini qondirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit institutlarining kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining barqarorligini ta’minlashda monetar siyosat muhim o’rin tutadi. Shuni tushunib olsak bo’ladiki o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida monetar siyosat instrumentlaridan foydalanish amaliyotining takomillashmaganligi, uning taktik maqsadlari o’rtasida qarama-qarshiliklarning mavjudligi, monetar siyosat indikatorlarini to’g’ri tanlash bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Bu esa, monetar siyosat masalasini tadqiq qilishga jiddiyroq yondashishni taqozo etadi. Shuni alohida e’tirof etish joizki, Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosatini takomillashtirib borilishi hamda bank tizimini davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi mamlakat bank tizimining barqarorligini ta’minlashda muhim rol o’ynadi. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosatni isloh qilish jarayonlarini shartli ravishda besh bosqichga bo’ldik. Har bir bosqichda o’ziga xos va takrorlanmas islohotlar amalga oshirildi. Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko’rsatishi ustudan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida quyidagilarni ta’minlash Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo’nalishlari deb hisoblandi: narxlar barqarorligi; bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi; to’lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi.
Tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, Markaziy bankdan olingan kreditlar respublikamizning yirik tijorat banklarining resurslari tarkibida asosiy o’rinni egallaydi. Holbuki, mo’’tadil bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bank kreditlarining asosiy qismi tijorat banklariga vaqtinchalik likvidli mablag’larning etishmasligini qoplash maqsadiga beriladi. Milliy valyutaning barqarorligiga xorijiy valyutalarga bo’lgan talabning o’zgarishi bevosita va kuchli ta’sir ko’rsatadi. Xorijiy valyutalarga bo’lgan 24
talabning keskin oshishi, xorijiy valyutalar taklifi kamaymagan sharoitda ham, milliy valyutaning nominal almashuv kursiga nisbatan kuchli bosimni yuzaga keltiradi.
Markaziy bankning monetar siyosatini makroiqtisodiy o’sish sur’atlarining barqarorligiga ta’siri, avvalo, uning qayta moliyalash siyosati orqali tijorat banklari kreditlarining bahosiga va shu orqali uning hajmiga ta’sir eta olish imkoniyati bilan belgilandi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, ko’pgina davlatlarda inflyatsiya darajasini yillik 1-5 foiz miqdorida ushlab turishga harakat qilinadi, chunki iqtisodiy o’sish, bunday inflyatsiya darajasida, ular uchun eng yuqori bo’ladi. Rivojlanayotgan davlatlarning ko’pchiligi inflyatsiya darajasini yillik 5-10 foiz miqdorida bo’lishini maqsad qilib qo’yadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatlar esa inflyatsiya darajasini yillik 10-15 miqdorida bo’lishini ta’minlashga asta-sekinlik bilan erishib, 5-10 foizgacha pasaytirishga harakat qiladi va ishlab chiqarishning real o’sishiga erishadi. Shuni alohida ta’kidlashim joizki, O’zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo’yicha quyidagi ustuvor yo’nalishlar belgilangan: - milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqat bozor mexanizmlarini qo’llash; – milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan faol va moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog’ozlari bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda davlat qimmatli qog’ozlarini banklar likvidliligiga garovga berish bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirishni amaliyotga joriy etish; – monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat byudjetining mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod o’sishining oldini olish. 25
Download 88.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling