Mavzu: O’zbekistonning pul-kredit siyosati kirish


O’zbekiston Markaziy banki pul-kredit siyosatining instrumentlari va ulardan foydalanish amaliyoti


Download 88.74 Kb.
bet8/10
Sana02.01.2022
Hajmi88.74 Kb.
#193762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
javohir

3.O’zbekiston Markaziy banki pul-kredit siyosatining instrumentlari va ulardan foydalanish amaliyoti.


O’zbekiston Respublikasida monetar siyosatni isloh qilish jarayonlarini shartli ravishda besh bosqichga bo’lish mumkin.



1991-1994-yillar.

1994-2000-yillar.

2000-2003 –yillar.

2003-2008- yillar

2008-yildan hozirgacha

Birinchi bosqich 1991-1994 yillarni qamrab oladi.

Ushbu bosqich monetar siyosatni shakllantirishning dastlabki bosqichi hisoblanadi va bunda asosiy e’tibor ikki pog’onali bank tizimini yaratish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yuzaga keltirish, davlat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini, shu jumladan, sanoat potentsialini kuchaytirish va rag’batlantirishga qaratildi.

Respublikamizda monetar siyosatni isloh qilishning ikkinchi bosqichi 1994-2000 yillarni o’z ichiga oladi. Ta’kidlash joizki, mazkur bosqichda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari faoliyatining qonunchilik asoslari yaratildi. 1995-yil 21-dekabrda “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi qonun, 1996-yil 25-aprelda esa, “Banklar va bank faoliyati

17

to’g’risida”gi qonun qabul qilindi.



“O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilandi:

- monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;

- O’zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashki etish va ta’minlash;

- banklar, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, ular faoliyatini nazorat qilish, qimmatli qog’ozlar blanklarini ishlab chiqarishni litsenziyalash;

- O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo’shgan holdasaqlash va tasarruf etish;

- davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilanbirgalikda tashkil etish.

Bundan tashqari, mazkur qonunga muvofiq, Markaziy bankka monetar siyosatni mustaqil amalga oshirish bo’yicha quyidagi vakolatlar berildi:

- muomaladagi pul massasini tartibga solish parametrlarini belgilash;

- tijorat banklari uchun majburiy zaxira me’yorlarini belgilash;

- Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini belgilash;

- tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlari uchun iqtisodiy normativlarni belgilash;

- ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirish;

- ichki valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini o’rnatish.

Monetar siyosatni isloh qilishning uchinchi bosqichi 2000-2003 yillarni qamrab oladi.

Ushbu bosqichda asosiy e’tibor milliy valyutaning almashuv kursini erkinlashtirish va unifikatsiya qilishga qaratildi. Chunki, O’zbekistonda 2003 -yilning 15-oktyabridan boshlab joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha cheklovlar bekor qilindi. Chunki, 2003-yil 8-oktyabrda O’zbekiston hukumati Xalqaro valyuta fondi nizomining VIII-moddasi bo’yicha majburiyatlarni qabul qildi. Milliy

18

valyuta bozorining rivojlanmaganligi, uning likvidlilik darajasining pastligi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashda foydalaniladigan moliyaviy instrumentlardan samarali foydalanish imkonini bermaydi. Masalan, joriy valyuta bozori likvidlilik darajasining pastligi milliy va xorijiy valyutadagi sof aktivlarning uzluksiz harakatlanishiga to’sqinlik qiladi, derivativlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish imkonini bermaydi, import to’lovlari bilan bog’liq bo’lgan konversion operatsiyalar hajmining kamayishiga sabab bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, tashqi savdo aylanmasi ijobiy saldosi miqdorining kamayishiga olib kelishi mumkin. Natijada, milliy valyutaning almashuv kursi barqarorligiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir yuzaga kelishi mumkin.



To’lov balansida asosiy tushum moddasi eksport bo’lgan o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun tashqi savdo aylanmasi ijobiy saldosi miqdorining kamayishi jiddiy muammolarni yuzaga keltiradi. Ana shunday muammolardan biri inflyatsiya darajasining oshishi va milliy valyuta nominal almashuv kursining nobarqarorligi hisoblanadi. O’z navbatida, valyuta kursining nobarqarorligi aholi turmush darajasining yomonlashishiga olib keladi, to’lov balansining holatiga salbiy ta’sir ­­­­qiladi va shuning asosida milliy valyuta kursiga nisbatan kuchli tazyiqni yuzaga keltiradi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevralda qabul qilingan 63-sonli “Pul-kredit ko’rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, kassa rejalarini nazorat qilish kabi eskirgan usullar bekor qilinib, uning o’rniga bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan, zamonaviy, tez ta’sirchan kuchga ega bo’lgan uslublar joriy etildi. Bu esa, Markaziy bankka monetar siyosatning bevosita dastaklariga nisbatan uning bilvosita dastaklaridan kengroq foydalanishga imkon yaratdi.

Monetar siyosatni isloh qilishning to’rtinchi bosqichi 2003-2008 yillarni o’z ichiga oladi. Ushbu bosqichda bank tizimining kapitallashish darajasini oshirish, davlat banklarini xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, xususiy banklar va nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va kengaytirish, fuqarolarning banklardagi omonatlarini sir saqlanishi va kafolatlanishi hamda kredit tarixi axborot tizimlarining yaratiliish, tijorat banklarini ularga xos bo’lmagan funktsiyalardan bosqichma-bosqich ozod etish vazifalariga qaratildi. Monetar siyosatni isloh qilishning beshinchi bosqichi 2008-yildan hozirgi kunga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.

2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining

19

O’zbekistonRespublikasi iqtisodiyotiga ta’sirini pasaytirish maqsadida inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqildi.Ushbu Dastur O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-sonli “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab – quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni23da o’z ifodasini topdi.



1-jadval.





Download 88.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling