Mavzu: O’zbekistonning tinchligi va barqarorligiga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar tahlili
O’ZBEKISTON TINCHLIGIGA TASHQI HAMDA ICHKI TAHDID (OMMAVIY MADANIYAT) MASALALARI
Download 126.96 Kb.
|
Abdullayev Otabek
O’ZBEKISTON TINCHLIGIGA TASHQI HAMDA ICHKI TAHDID (OMMAVIY MADANIYAT) MASALALARI
O’zbekiston madaniyatining ming yillik tomirini kemirayotgan - Ommaviy madaniyat «Ommaviy madaniyat» G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Uni G‘arbda «populyar» yoki qisqartirilgan holda, «pop-kultura» (ya'ni «ommaviy madaniyat») deb atashadi. Garchi «madaniyat» deb atalsa-da, aslida, tub mazmun-ma'nosiga, maqsad-niyatiga ko‘ra «ommaviy madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir. Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda «antikultura» («g‘ayrimadaniyat») degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun «Pop (ommaviy) madaniyat» tushunchasi, nochorlikdan qo‘llanilmoqda. Chunki, «ommaviy madaniyat», aslida madaniyatsizlik, ya'ni ma'naviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. «Ommaviy madaniyat» shu boisdan, eng avvalo, yuksak iste'dod va o‘lmas ma'naviy-axloqiy g‘oyalar bayroqdori bo‘lgan mumtoz madaniyatga, san'atga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashib, uni inkor etib kelyapti. G‘arb dunyosining o‘zidagi faylasuflar, sotsiolog olimlar, «Bizga «To‘qqizinchi simfoniya» (Betxoven) kerak emas!» yoki «Mona Liza»ni loyga qorishtiramiz!» kabi jaholatparastlikka asoslangan xitoblar «ommaviy madaniyat» tarafdorlari va muxlislarining dasturiy qarashlari negizini tashkil etadi, deb yozadilar. Taassufli jihati shundaki, gohida g‘oyatda iste'dodli insonlar ham «ommaviy madaniyat» targ‘ibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining «Mona Liza» («Jakonda») asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga mo‘ylov chizgan va «Mo‘ylovli Jakonda» asarini yaratgan. Tadqiqotchilarning fikricha, mana shunday «achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi» - «ommaviy madaniyat» faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir. «Ommaviy madaniyat» namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni «isyon ifodasi» deb bilishadi. «Nimaga qarshi isyon» degan savol tug‘iladi. Agar «pop-madaniyat» dunyoga «ehson» etayotgan «pop-art» («tasviriy san'at» desa ham bo‘ladi), «pop-muzika», «pop-adabiyot» natijalariga qarab hukm yuritadigan bo‘lsak, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, ma'naviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi... Ular uchun ezgulikning o‘zi yo‘q. Jumladan, san'at - alohida iste'dodlar tomonidan yaratiladigan ma'naviy boylik, mo‘'jiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari «pop-madaniyat» tarafdorlarining o‘ta darajada g‘ashini keltiradi. Ularcha, hamma san'atkor bo‘lishi mumkin. Hamma narsa san'at atalishi mumkin.1 Alloh taolo in’om etgan mustaqilligimizning sharofatidan xalqimizga butun dunyo eshiklari ochildi. Xoxlagan inson dunyoning xoxlagan go’shasiga sayohat, tijorat, ta’lim olish yoxud boshqa maqsadlarda borishi mumkin. Bizning jonajon diyorimiz ham boshqa millatu xalqlarga o’z eshiklarini o’ziga xos tarzda mehmondo’stlik bilan ochdi. Shukrkim yurtimizdan mehmon arimaydi, xalqimiz esa ularni qabul qilishdan hech ham charchamaydi. Ammo sho’rolar davrida toptalgan g’ururimiz, xalqimizning kesilgan ildizi alamini haligacha his qilyapmiz va undan aziyat chekyapmiz. Dunyoga madaniyat nimaligini o’rgatgan, butun jahon sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo’shgan buyuk insonlarni tarbiya qilgan bu xalqqa “madaniyat”dan dars bermoqchi bo’lgan ruslar uning buyuk tarixini yo’q qilib, yangicha xalq shakllantirishga harakat qildilar. Bu yo’lda ular har qanday jirkanchliklardan ham qaytmadilar. Xalqimizning tarixini buzib ko’rsatdilar. Xalqqa pandu nasihat qilib, ta’lim-tarbiya beradigan ziyolilarni yo’q qildilar. Har bir ishining natijasini o’ylab bajaradigan xalqni oxirini o’ylashga haqqi yo’q bo’lgan, faqatgina buyruqni bajaradigan ongsiz xalqqa aylantirishga harakat qildilar. Ular ma’lum miqdorda shu maqsadlariga ham erishdilar. Ammo Allohning inoyati bo’lmish bu mustaqillik xalqimizga o’zligini qaytardi. Unga tarixini berdi va aslini in’om etdi. Xudosizlikdan ota-bobolarimiz ming yillardan berti e’tiqod qilib kelayotgan haq dinimizga qaytdik, imom Buxoriy, al Xorazmiy va Ibn Sinolardek buyuk allomalar, Alisher Navoiydek buyuk mutafakkirlar va Amir Temurdek buyuk sarkardalarning avlodi ekanimizni faxr bilan tuydik. Bugunga kelib yoshlarimiz dunyoning istalgan joyidagi yoshlar bilan tenglasha oladigan holda zamonaviy bilimlarga ega bo’lib, texnologik ilmlarda ham o’zlarini ko’rsatishga harakat qilyaptilar. Ammo ushbu texnologiya asrida ommaviy axborot vositalarining barcha shakllari biz uchun ochiqligi bizga ba’zi bir jihatlardan zarar ham yetkazdi va yetkazmoqda. O’tgan ittifoq davrida yashagan va millatimiz va xalqimizga xos ta’lim tarbiyalardan bebahra qolgan ba’zi kimsalar o’z oilalari va farzandlariga millatimizning ma’naviyati va qadriyatlariga mos tarbiya berolmaganliklari tufayli bugunga kelib ularning ongidagi fikriy bo’shliq ularni boshqalarning tuzog’iga tushib qolishga olib kelmoqda. Ommaviy axborot vositalarida namoyon bo’layotgan, asal shaklida tayyorlangan zaharlarga o’zlarini urib zaharlanmoqdalar va buning natijasida boshqalarni ham o’z domlariga tortmoqdalar. O’zimizda beriladigan turli Koreys va Turk yoki Meksika filmlaridan “ sevgi, muhabbatni ” o’rgangan yosh yigit va qizlar o’z “sevgi”lari uchun kurashish yo’lida hatto ota-onadan ham kechishdek pastkashliklarga boryaptilar. Ba’zilari hatto o’z joniga qasd qilyapti. Internet saytlaridan turli axloqqa zid kliplar, filmlar yoki konsertlarni tomosha qilayotgan yoshlar ko’rgan narsalarini o’z hayotiga tatbiq qilishga harakat qilishyapti va natijada jamiyatni zavoli hisoblangan turli buzuqliklar kelib chiqyapti. Televizorlarda namoyon bo’layotgan ochiq-sochiq kiyimlar bilan yopingan qo’shiqchi yoki aktrisa qizlar va ularning oynayi jahonda uyalmay ko’rsatayotgan ba’zi harakatlari ongi hali mukammal rivojlanmagan, endi unib o’sib kelayotgan yosh qizlarimizga o’rnak bo’lmoqda. Tor shimlar va mazkur moda kiyimlariga talab oshganligidan bozorlarimizda o’zbekona milliy kiyimlarimizni ba’zida topolmay qolasan kishi. Ko’chalarimizda “MODA” shiori ostida sochlarini qizlarning sochidek uzun qilib yurgan, bo’yinlariga har xil zanjirlar osib olgan, hatto quloqlariga ham sirg’a taqib bu qilayotgan ishlaridan uyalmay yurganlarga nima deysiz?! Achinarlisi bularni ko’rganda yoshlarimiz jirkanish o’rniga havas nazari bilan qarayotganidir. Gazeta va jurnallarimiz go’yoki millatimiz vakillarida ibrat olarli narsa qolmagandek gollevud aktyorining yoxud aktrisasining hayotini yoritish, uning hayotidagi “ibratli” qissalarni ommaga yetkazish bilan ovora. Hozirda yozilayotgan badi’iy kitoblarning ko’pi ham ishqiy sarguzashtlar, muhabbat insonni boshiga soladigan mashaqqatlar va oqibatda albatta uning g’alabasini nishonlash bilan hamma murod-maqsadiga yetishini uqtirish bilan yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko’rsatyapti. Bu millat yoshlarining ongini zaharlash, ularni xalq va millat xizmati yo’lida har qanday mashaqqatlarga ham sabr qilishga undash o’rniga o’z nafsi uchun ota-ona, do’stu birodar hamda millatni ham qurbon qilishni o’rgatish emasmi? G’arbliklar o’zlarida tarqab ketgan bu illatlarni o’zlari yolg’izlanib qolmaslik uchun boshqalarga ham (eksport qilish) tarqatishni niyat qilgan va bu yo’lda sa’yu harakat qilayotgan bir paytda ba’zi vatandoshlarimizning mazkur harakatlari bilib-bilmay ularga yordam berish bo’lmayaptimikan? Bunday ommaviy madaniyat girdobiga tushib qolgan yoshlardan hech qachon haqiqiy vatanparvar, o’z millati uchun jonini ham beradigan inson chiqmaydi deb ishonch bilan ayta olamiz. Chunki shaxsan men, bunday kimsalarni o’z ajdodlarining yo’lidan, milliyligidan yuz o’girgan insonlar deb hisoblayman. Yigitlarimizda yigitlik g’ururi, qizlarimizda nomus va iffat bu bizlarga ota-bobolarimizdan, momolarimizdan qolib kelayotgan katta boylik va oltin merosdir. Shunday qimmatbaho boyliklarini aqlan olib qaraganda ham noto’g’ri hisoblangan, insonlikka ham to’g’ri kelmaydigan qo’shtirnoq ichidagi “madaniyatlar”ga almashtirgan kimsalardan millat ravnaqi va xalqimiz kelajagini bundanda go’zal qilish yo’lida nima ham kutish mumkin? Bizning buyuk madaniyatimiz, milliyligimiz qayda qoldi?! Agar shunday ko’r-ko’rona taqlidga davom etaversak unda millatimizning oqibati nima bo’ladi? Bu jamiyatimizning har bir vakilini tashvishga solishi kerak bo’lgan savollar bo’lishi lozim. Boshqa millatlardan, xalqlardan o’rganishimiz kerak bo’lgan narsalar ham yo’q emas, buni albatta e’tirof etishimiz kerak. Lekin aqlli inson doimo foydali narsani o’rganishi kerak. O’ziga ham, jamiyatiga va millatiga ham zararli narsani qilishi bu aqlu mantiqqa to’g’ri kelmaydigan, insonni Yaratganning oldida ham, xalqining oldida ham javobgar bo’lishiga olib keladigan ishdir. Axloqu tarbiya bobida g’arb dunyosi hali bizdan o’rganishi kerak bo’lgan juda ko’p narsalar bor. Biz ulardan hayoyu iffatsizlik, nomussizlik, ichkilikbozlik, ta’magirlik va shunga o’xshash illatlarni o’rganamizmi yoki ular bizdan hayo va iffatni, or-nomusni,poklik va xolislikni o’rganadilarmi? Kuchli millat hargiz yuksak ma’naviyati toptalishiga, o’z vakillari tomonidan oyoq osti qilinishiga yo’l qo’ymaydi. Qo’limizda oltin bo’laturib birovning oyog’i ostidagi temir parchasiga havas qilmaylik. Ota-onalarimiz, murabbiy va muallimlarimiz, qolaversa barchamiz yoshlarimizni ma’naviy barkamol bo’lib voyaga yetishlari uchun mas’ulligimizni unutmaylik. Ularni qarovsiz qoldirmaylik va ularga ota-bobolarini yuksaklarga ko’targan ma’naviyat malhamidan berishni hargiz yodimizdan chiqarmaylik. Zero hozirgi zamon- fikriy kurashlar zamonidir. Millatni o’zgartirish uchun uning dunyoqarashi va fikrini o’zgartirsa kifoya. 2 Madaniyat deganda xalqimiz azal azaldan e’zozlab, avaylab kelayotgan milliy va diniy qadriyatlarimiz bevosita xayolimizga keladi. Erkaklarimizning mardligi, oilasiga sodiqligi, oilasi, vatani, dinu diyonati uchun jon jaxdi bilan kurashishligi, mushtipar ayollarimizning o‘z odob-axloqlari, hayolari oilasi va farzandlari uchun jon kuydirganliklari natijasida dunyoni lol qoldirgan buyuk bobokalonlarimiz dunyoga kelganlarini tarixdan yaxshi bilamiz. Demak, madaniyatli, odobu axloqli, dinu diyonatli oilada dunyoga kelgan farzand, albatta u ham huddi ota-onasi kabi odobli bo‘lib tarbiya topadi. Endi biz aytayotgan yoki jon kuydirib, salbiy oqibatlarga yetaklovchi, xalqimiz ma’naviyatiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan “ommaviy madaniyat” haqida to‘xtalib o‘tmqchimiz. “Ommaviy madaniyat” o‘z ma’nosida emas, balki ko‘chma ma’noda ishlatilmoqda. Chunki u qo‘shtirnoqqa olingan. Bu tushuncha haqida ko‘plab olimlarimiz ta’rif berishadi. «Ommaviy madaniyat» tub mohiyatiga ko‘ra milliy madaniyatlarning kushandasidir. «Ommaviy madaniyat» targ‘iboti eng avvalo islomiy qadriyat, axloqimizni g‘arb turmush tarzi, shaxs erkinligi, demokratiya niqobi doirasida talqin qilinadigan axloq (to‘g‘rirog‘i axloqsizlik) bilan almashtirishdir. “Ommaviy madaniyat” asosan zamonamiz vakillarining yangi-yangi “moda”lari asosida boyib boradi. Go‘yoki kim o‘sha “moda”ga amal qilsa, u madaniyatli deb topiladi. Hamma ommaviy ravishda ana shu moda asosida yashashi kerak bo‘ladi. Aks holda u zamondan orqada qolgan – madaniyatsiz deb hisoblanadi. Chunki u bugunning modasini bilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, “ommaviy madaniyat” bu – ommaviy “moda” niyat, ya’ni yangicha modani niyat qilish, kimgadir taqlid qilish, unga erishish va uni ommaviylashtirish demakdir. Demak “ommaviy madaniyat” aynan madaniyat emas, balki madaniyat kushandasi, insonni inson qiyofasidan chiqaradigan bir kushandadir. Muqaddas dinimiz chiroyli xulq va go‘zal odobga chaqiradi, zero sukli payg‘ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallam insonlarning eng go‘zal xulqlisi bo‘lganlar va ummatlarini shunday bo‘lishga chaqirganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Qaysi mo‘minning imoni komil hisoblanadi”, deb so‘rashganida: “Go‘zal xulqli mo‘minning”, deb javob berganlar (Imom Abu Dovud rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashdi: Badbaxtlik nima, yo Rasululloh?— Yomon xulq! Dedilar. (Imom Ahmad rivoyati). Dinimiz, millatimizga mutlaqo yot bo‘lgan bu kabi ma’naviy, axloqiy-buzuqlik, tubanlik, zo‘rovonlik illatlarini o‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishligi mumkinligidan ogoh bo‘lish har birimizni burchimizdir. Lekin e’tirof etish kerakki, “ommaviy madaniyat” turmushimizga chet eldan keltirilayotgan tovarlarning pardoz, yorliq qog‘ozlaridagi rasmlarida so‘nggi modadagi liboslar, film, internet tarmoqlari orqali bilimsiz holda kirib kelmoqda va mazkur «madaniyat»ning xurujini hali hamma birdek anglab yetayotgani yo‘q. Achchiq haqiqat bo‘lsa ham shuni tan olish kerakki, ba’zi yoshlarimiz orasidagi g‘arbga mahliyo bo‘lish, o‘z milliyligidan begonalashish hislatlari shubhasiz, “ommaviy madaniyat”ning ta’siri natijasidir. Yana shuni ta’kidlash joizki, xozirgi kunda g‘arb mamlakatlaridan kirib kelayotgan juda xam nafratlanadigan odatlar, tanasiga har xil rasmlarni chizdirish, ayanchlisi, xozirda bu xolat qizlar orasida ham juda keng avj olmoqda. Eng achinarlisi, ikkita bir xil jinsli insonlarning turmush qurishi, o‘z jinsini o‘zgartirish kabi xolatlar shular jumlasidandir. Vaholanki Alloh ta’olo o‘zining kalomida shunday deydi: “Uning alomatlaridan (yana biri) – sizlar (nafsni qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratgani va o‘rtangizda inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar uchun alomatlar bordir”( ”Rum” surasi, 21-oyat). Demak Allox barcha maxluqotlarini o‘z jinsidan bo‘lgan jufti bilan yaratgan ekan. Tarixdan juda yaxshi bilamizki, aynan ana o‘sha bir xil jinslik insonlarni bir birlari bilan aloqada bo‘lishligi yana xam aniqroq aytadigan bo‘lsak, besoqolbozlik, lo‘ttibozlik qilganliklari uchun Lut alayhissalomning qavmiga Alloh tomonidan qattiq balo yuborilgan. Undan tashqari, xozirgi ba’zi yoshlarimizni kiyayotgan kiyimini ko‘rib uyalib ketasan kishi. Emishki, bu xozirgi moda. Endi modani xam chegarasi madaniyati mentaliteti bo‘ladi, axir. Aytinglarchi, tor shim kiyib tizza va sonlarini yirtib olib moda desa yoki kindigini ko‘rsatib kalta ko‘ylklar, kalta yubkalar kiyib olsalar, quloqlariga qatorlatib sirg‘a va burun- qoshlariga xalqalar taqib olishsa, buni xam madaniyatda deb, beparvo qarab o‘tiramizmi? Demak xar bir ota-ona, xar bir men musulmonman degan inson, o‘z farzandlarini odob axloqiga, tarbiyasiga e’tibor berib, ana shunday yomon illatli oqimlar, guruxlar va sektalarga qo‘shilib qolishini oldini olish lozim. Download 126.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling