Mavzu: O’zbekistonning tinchligi va barqarorligiga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar tahlili
Download 126.96 Kb.
|
Abdullayev Otabek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Rashidov Jamshid Qabul qildi: Xolnazarova Dildora
- ……………………………………………………………..……….…..6 1.2
- DIN NIQOBI OSTIDA YASHAB KELAYOTGAN EKSTREMIZM VA TERRORIZM 2.1
- O‘zbekiston tinchlik tarafdori
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti Fakultet: Ijtimoiy-iqtisod Yo’nalish: Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi Guruh: 75-20 MAVZU: O’zbekistonning tinchligi va barqarorligiga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar tahlili Bajardi: Rashidov Jamshid Qabul qildi: Xolnazarova Dildora GULISTON-2023 Mundarija Kirish………………………………………………………………………………3 Asosiy qism O’ZBEKISTON TINCHLIGIGA TASHQI HAMDA ICHKI TAHDID (OMMAVIY MADANIYAT) MASALALARI 1.1 O’zbekiston madaniyatining ming yillik tomirini kemirayotgan - Ommaviy madaniyat ……………………………………………………………..……….…..6 1.2 Bugungi kunda mamlakatlarga xavf solishi mumkin bo’lgan tashqi tahdidlar………………………………………………………...…………………14 DIN NIQOBI OSTIDA YASHAB KELAYOTGAN EKSTREMIZM VA TERRORIZM 2.1 O’zbekiston suverenitetiga bo’lgan asosiy xavf – Diniy ekstremizm………...21 2.2 Hamon dunyoni tahlikada ushlab kelayotgan – Terrorizm…………………..30 Xulosa…………………………………………………………………………….37 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….43 Kirish O‘zbekiston tinchlik tarafdori O‘zbekiston qisqa fursat ichida jahon hamjamiyatining tinchlik va barqarorlik yo‘lidagi tashqi siyosatida o‘z nufuziga ega bo‘ldi. Xalqaro munosabatlarda mintaqa va global darajadagi masalalarni ilgari surishi muhim strategik vazifalar sifatida qo‘llab-quvvatlandi. So‘nggi yillarda tashqi siyosat borasida ko‘plab xalqaro bitim va qo‘shma qarorlarning qabul qilinishi O‘zbekiston tashqi siyosatda o‘z pozitsiyasiga ega davlat ekanligini ko‘rsatdi. Hatto buni xalqaro ekspert va xorijiy siyosatchilar xolis baholagan holda “...bugun O‘zbekiston o‘zining misli ko‘rilmagan ochiqligi va jadalligi bilan ajralib turgan izchil, aniq va konstruktiv siyosat yuritmoqda”, deb e’tirof etmoqda. O‘zbekiston tashqi siyosatda, avvalo mintaqa davlatlari tinchligi va xavfsizligi, barqaror rivojlanishi kabi muhim strategik vazifalarni amalga oshirish yo‘lida faoliyat olib bormoqda. Bu borada, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo davlatlari — bizning bevosita qo‘shnilarimiz do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yo‘nalish sifatida belgilab oldik”, deb ta’kidladi. Shu jihatdan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiyasida ilk bor Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish taklifini ilgari surgan edi. Ushbu taklif dunyo hamjamiyati tomonidan muhim va strategik taklif deya qo‘llab-quvvatlandi. Buning amaliy ifodasi, maslahat uchrashuvlari xalqaro tashkilotlar, xorijiy ekspert va siyosatchilar ishtiroki hamda kuzatuvida bir necha bor o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv doirasida, O‘zbekiston tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlarini ko‘zlagan holda, hal etilishi lozim bo‘lgan bir nechta muhim ustuvor yo‘nalishlar, xususan, xavfsizlik va hamkorlikni ta’minlash, savdo-iqtisodiy, innovatsiya, investitsiya, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, suv-energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi sheriklik bo‘yicha aniq dasturlar — “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, eng dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha keng fikr almashish, ular bo‘yicha umumiy pozitsiyani kelishib olish hamda keyin uni BMT, MDH, SHHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida muhokama qilish kabilar ilgari surildi. Ma’lumki, O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda. Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, faoliyat borasida bir xil huquqqa egadirlar. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglikning amaliy ifodasidir. Ayniqsa, respublikada mavjud dinlar orasida islomning mavqei nihoyatda katta. Xususan, hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining soni 31 mln.dan oshgan bo‘lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e’tiqod qiladi. Shu bois, islom dini davlatimiz tub xalqlarining tarixiga, o‘tmish merosiga, madaniyatiga, ruhiyatiga chuqur singib ketgan. Prezident I.A.Karimov ta’kidlagani kabi: “… biz o‘z millatimizni mana shu dindan ayrim holda aslo tasavvur qila olmaymiz… Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda”. Islom dini qadriyatlari mamlakatimizdagi ro‘y berayotgan ma’naviy yangilanish jarayoni va milliy g‘oya mezoni shakllanishining eng muhim omillaridan biridir. Bugun taraqqiyotparvar insoniyat turli xavf-xatarlarning tahdid darajasiga ko‘tarilgan davrida yashamoqda. Yuzaga kelgan vaziyat tahdidlarga qarshi yagona kuch sifatida kurashish zaruriyatini kuchaytirmoqda. Shuning uchun “tahdid” tushunchasining siyosiy-falsafiy mohiyatining bir qator qirralari jahon olimlari tomonidan tahlil etib kelinmoqda. Bu tushuncha insoniyat yaralgandan beri yonma-yon yashab kelmoqda. Jumladan, siyosiy fanlar doktori, professor Sh.Paxrutdinovning bergan ta’rifiga ko‘ra, “tahdid” - ijtimoiy-siyosiy vaziyat bo‘lib, u muayyan tarixiy davrda aniq bir maqsadga, ya’ni ijtimoiy tizim sifatida davlatning siyosiy asoslarini zaiflashtirishga, yemirishga, shuningdek, inson hayoti faoliyatini izdan chiqarishga, umuman, yashashni chigallashtirishga qaratilgan hududiy-mintaqaviy, umumsayyoraviy omillarning kirib kelishi tufayli sodir bo‘ladi. Mazkur tushunchaning etimologiyasiga e’tibor berilsa, uning mazmunini tushunish ancha osonlashadi. Ya’ni, “tahdid” so‘zi arabcha bo‘lib, o‘zbek tilida “qo‘rqitish” deganidir. “Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati”da “tahdid”ga shunday ta’rif beriladi: “Tahdid - inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliyatiga nisbatan muayyan davr mobaynida aniq maqsadga yo‘naltirilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarning tajovuzi tufayli aniq makon va zamonda vujudga keladigan xavf-xatar shakli, muayyan beqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy vaziyatni ifodalovchi tushuncha”. Download 126.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling