Mavzu: O’zbekistonning tinchligi va barqarorligiga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar tahlili


Bugungi kunda mamlakatlarga xavf solishi mumkin bo’lgan tashqi tahdidlar


Download 126.96 Kb.
bet3/11
Sana19.06.2023
Hajmi126.96 Kb.
#1613503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdullayev Otabek

1.2 Bugungi kunda mamlakatlarga xavf solishi mumkin bo’lgan tashqi tahdidlar
Vahhobiylik radikal oqimi mamlakatimiz mustaqilligining ilk yillaridagi g`oyaviy bo`shliqdan ustalik bilan foydalanishga intildi. Shuning uchun ba’zi kishilarni arab mamlakatlarida sayohatda, xizmat safarida, o`qishda bo`lgan vaqtlarida o`z ta’siriga tushirishga harakat qildi. Shundan so`ng, dastlab joylardagi masjidlarning imom-xatibligi uchun, kеyinroq esa mamlakat diniy idorasining nufuzli lavozimlari uchun kurashdi, islom siyosiy partiyasini tuzishga harakat qildi. Asta-sеkin O`zbеkistonni islom rеspublikasi dеb e’lon qilish, mintaqamizda xalifalikni tiklash rеjasini amalga oshirmoqchi bo`ldilar. Ular o`tgan yillarda qonli jinoyatlar, tartibsizliklar sodir etdilar. 1999 yil 16 fеvraldagi Toshkеnt portlashlarida ham ularning qo`li bor edi. 1999 va 2000 yillar davomida mamlakatimiz chеgara hududlarida sodir etilgan tеrrorchilik harakatlarida qatnashdilar.
Shuni ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo‘lib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o‘zligimizni anglash va toptalgan milliy g‘ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo‘lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko‘z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo‘qligini afsus bilan aytishga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston mana shunday tahlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni ko‘zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kerak bo‘lsa, istiqlol o‘zbek xalqiga tuhfa tariqasida berilmagani – bularning barchasi haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab beradigan izlanish va tahlil bugungi kunda ham o‘zining dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmaganini qayd etishimiz zarur.
Respublikamizning bosib o‘tgan mustaqil taraqqiyot yo‘li va oldimizda turgan vazifalarning ma’no-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritganda, bu yo‘lni alohida ikki davrga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi. Hech shubhasiz, bu davrlarning har biri mamlakatimiz tarixida o‘ziga xos va o‘ziga mos muhim o‘rin egallaydi.3
Bugun 30 yil mobaynida boshimizdan kechirgan kunlar, haftalar, oylarni ana shu nuqtai nazardan baholar ekanmiz, qat’iy ishonch bilan aytish mumkinki, o‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991-2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o‘tish davri tom ma’noda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan davr bo‘ldi.
2001 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich – faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi.
Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildik.
Yangi davlat va jamiyat qurishda amalda o‘zini to‘la oqlagan quyidagi besh tamoyil asos qilib olindi:

Download 126.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling