Mavzu: O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashlikotlar bilan hamkorligi.
Kirish…………………………………………………………………………2
I bob. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning mohiyati ,zaruriyati va funksiyalari
1.1. .Xalqaro iqtisodiy tashkilot tushunchasi va mohiyati…………………….4
1.2. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik…………………………….………………. 6
1.3. Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy tashkilotlarning o’rni….13
II bob.O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlarlar bilan iqtisodiy hamkorligi
2.1. O’zbekistonning rivojlangan davlatlar bilan iqtisodiy hamkorligi............16
2.2. Islom taraqqiyot banki va a’zo mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy.............29
munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari
Xulosa..............................................................................................................38
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.............................................................39
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda davlatlararo har tomonlama
hamkorlikning bir ko’rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlarning
ahamiyati ortib bormoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy
institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarini birlashtiradi.
Mamlakatimiz ham qator xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning a’zo hisoblanib, har yili yurtimizda xalqaro nufuzli tadbirlar uyushtiriladi. Respublikamiz birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning jahon xo’jaligidagi o’rni haqida shunday deganlar: “ Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish-bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan
iborat. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, Janubiy Koreya, Yaponiya taraqqiyot banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bizning yirik hamkorlarimiz bo’lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |