Mavzu: O’zbekistonning yaqin xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari


II.2. O’zbekistonga kiritilayotgan chet el investitsiyalar


Download 64.77 Kb.
bet5/5
Sana15.06.2023
Hajmi64.77 Kb.
#1487244
1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHI Satimov Zafarbek 29 bet

II.2. O’zbekistonga kiritilayotgan chet el investitsiyalar
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan chet el investitsiyalarini jalb qilishni rag’batlantirishga qaratilgan qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar sirasiga «O’zbekiston respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati» to’g’risida; «Chet el investitsiyalari to’g’risida», «Investitsion faoliyat to’g’risida», «Chet el inves-torlarining kafolatlari va ularning huquqlarini himoya qilish choralari to’g’risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi Qonunlarni kiritish mumkin. 1996-yilning o’rtasida qabul qilingan «Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida»gi Qonun shu toifadagi zonalarga investitsiyalashning asosiy huquqiy doirasini shakllantirdi. «Kontseptsiyalar to’g’risida»gi Qonun esa O’zbekiston Respublikasi hududida xo’jalik sub’ektlari, shu jumladan, xorijiy xo’jalik sub’ektlari kontsessiyasi faoliyatining huquqiy asosini belgilab berdi. Bu qoidalar qo’shma tadbirkorlikni va xorijiy sarmoyani mamlakatimizga jalb etish jarayonlarini tezlashtirishda olg’a tomon qo’yilgan qadam bo’ldi. 1996-yil noyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo’shimcha omillar va imtiyozlar to’g’risida»gi Farmonda «Chet el investitsiyasi bo’lgan ishlab chiqarish korxonalari» deb nomlanib, proferentsional rejim berilgan korxonalarning maxsus toifasi belgilandi. Prezidentning 1998-yil 27-martdagi Farmoniga muvofiq quyidagi mezonlarga javob beruvchi chet el, sho’ba va qo’shma korxonalar chet el investitsiyasi bo’lgan ishlab chiqarish korxonalari sirasiga kirishi belgilab qo’yildi: nizom jamg’armasi 150 ming AQSh dollaridan kam bo’lmagan korxonalar; korxona ishtirokchilaridan biri, albatta, chet el yuridik jahon
hisoblangan; korxonaning ustav faoliyatida o’z ishlab chiqarishi va (yoki) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning servis xizmat hissasiga xo’jalik faoliyatidan tushumlar umumiy hajmining 60% dan ko’prog’i to’g’ri keladigan korxonalar. 1997-yil 1-yanvardan boshlab Respublika investitsion dasturiga kiritilgan loyihalarni investitsiyalovchi, chet el investitsiyasi bo’lgan korxonalarning hammasi etti yilga korxona foydasidan olinadigan soliqlar to’lashdan ozod qilinadi. Nizom jamg’armasida xorij sarmoyasining hissasi 50% va undan ko’proqni tashkil etuvchi bo’lgan korxonalarda nizom jamg’armasining miqdoriga qarab pasaytirilgan stavkalar bo’yicha soliq undiriladigan bo’ldi. Ana shu qoidalar asosida chet el investitsiyalarining kafolatlanishini yaqqol bilib olish mumkin:
Favqulodda hollardan (tabiiy ofat, avariya, epidemiya) tashqari natsionalizatsiya va musodara (Rekvizitsiya) qilmaslik kafolatlari.
Daromadni repatreatsiyalash huquqi.
Mudofaani va milliy xavfsizlikni ta’minlash jamiyat tarkibi va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini istisno qilgan holda O’zbekiston Respublikasining keyingi qonunlari investitsiyalashni yomonlashtiruvchi shartsharoitlarni vujudga keltirsa, u holda chet el investitsiyalariga nisbatan o’n yil mobaynida investitsiyani amalga oshirish davrida amalda bo’lgan qonun qo’llanadi.
Nizolar chiqqan taqdirda hakamlar sudiga murojaat qilish huquqi va boshqalar.
O’zbekistonda xorijiy investorlar uchun qulay investitsi iqlim yaratilgan. O’zbekistonda islohot yillari davomida 14 milliard dollar miqdorida chet el investitsiyalari va kreditlari o’zlashtirildi. Investitsiyalar yirik ob’ektlar bilan bir qatorda tog’ qazilmalari sanoatiga tobora jadalroq kirib bormoqda, mahalliy zaxiralarni qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga talay mablag’lar jalb qilinmoqda. Shu bilan bir qatorda, yengil sanoat, oziq-ovqat, go’sht-sut va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlash mumkin. 2003-yil natijalari bo’yicha chet el investitsiyalari va kreditlarini o’zlashtirish 2002-yilga nisbatan 34,5 foizga ko’paydi. Ushbu ko’rsatkich kelgusida qat’iy tartibda o’sib boradi, chunki, mamlakatimizda chet el investitsiyalari uchun keng imkoniyatlar maydoni va ulkan zaxiralar bazasi mavjud. O’zbekiston foydali qazilmalarning katta zaxiralariga ega mamlakat bo’lib, hozirda 100 turga yaqin mineral xom ashyolardan 60 tasi ishlab chiqarishga jalb qilingan. Ayni paytda 900 dan ziyod konlar o’rganilgan bo’lib, tasdiqlangan zaxiralar hajmi 970 mlrd. AQSh dollari hisobida baholanmoqda. Umumiy mineral xom ashyo salohiyati 3,3 trln. AQSh dollaridan ko’proqni tashkil etishi qayd qilinmoqda. O’zbekiston mineral xom ashyo manbalari va strategik materiallar zaxiralari hajmi bo’yicha dunyoning boy davlatlari qatoriga kiradi. Ya’ni oltin va uran zaxiralari bo’yicha birinchi beshtalikda, oltin, uran va mis qazib olish bo’yicha; oltin zaxiralari bashorati va umumiy manbalar salohiyati bo’yicha dunyoda etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Respublikada mis, qo’rg’oshin, rux, reniy, volfram va boshqa shu kabi rangli metallarning yirik manba-lari ham mavjud. Respublikada marmarning 33 ta, granit va gabbroning 18 ta koni topilgan. Ko’pgina manzarali noyob tosh konlari esa, Yevrosiyo hududidagi eng yirik konlar hisoblanadi, O’zbekistonda fosforit konlari, kaliy tuzlarining yirik, tosh tuzlarining boy konlari mavjud. O’zbekistonda ko’plab neft va gaz konlari bo’lib, umumiy hududning 60 foizga yaqinida ularni qazib olish istiqbolli hisoblanadi. Masalan, Markaziy Osiyo gaz kondensatining - 74 foizi, 30 foiz – neft, 40 foiz - tabiiy gaz, 55 foiz - ko’mir to’g’ri keladi. Shu bilan birga, neft va gaz ishlab chiqarish zaxirasi 30-32 foizni, ko’mir man-balari 2 mlrd. tonnadan ko’proqni tashkil etadi. O’zbekiston neft-kimyo, bazaviy kimyo, kimyofarmatsevtika, zargarlik elektrotexnika tarmoqlari sanoatini rivojlantirish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda ham katta imkoniyatlarga ega. Qishloq xo’jaligida nodavlat sektor ulushi 99 foizni tashkil etadi. Agrosanoat majmuasida esa, mamlakat aholisining mehnatga layoqatli qismining 44 foizdan ko’prog’i band. O’zbekistonda yiliga 3-3,3 million tonna paxta xom ashyosi tayyorlanadi, shundan 0,96-1,7 million tonna paxta tolasi qayta ishlanadi. Keyingi uch yil davomida sanoat mahsulotlari umumiy hajmida to’qimachilik sanoati mahsulotlarining ulushi 21 foizgacha o’sdi, respublika engil sanoati korxonalari tomonidan 24 foiz hajmdagi paxta tolasi qayta ishlanadi. Bu ko’rsatkich 2000-yilga borib 50% gacha etkazilishi mo’ljallangan. Respublikada ipak sanoati ham yuqori darajada rivojlanmoqda. So’nggi yillar davomida ipak xom ashyosini eksport qilish 7,6 martaga, ipak kalavasi esa, 4,9 martaga oshdi. Mamlakatimiz aholi jon boshiga hisoblaganda pilla ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni, pilla ishlab chiqarish hajmi bo’yicha uchinchi o’rinni egallaydi [4].
Aholi soni bo‘yicha mintaqadagi yetakchi davlat bo‘lgan O‘zbekiston, ayniqsa, 2017-yilda o‘tkazgan iqtisodiy islohotlaridan so‘ng investorlar e’tiborini o‘ziga torta boshladi.
“O‘zbekistonda cheralarning ochilishi va (xorijiy sarmoyadorlar uchun) bojxona to‘lovlarining olib tashlanishi Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyotning butunlay yangi davrini boshlab berdi”, deydi toshkentlik iqtisodchi Shukrullo Mavlonov Karvonsaroy bilan suhbatda.
“Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida chegaralarni demorkatsiya qilishga oid muvaqqat kelishuv hamda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslaring qayta yo‘lga qo‘yilishi o‘sish kutilganidan ko‘proq bo‘lishiga ishora qilmoqda,” deyiladi Jahon Bankining oktabr oyida e’lon qilingan bayonotida. O‘zbekiston mintaqa markazida joylashgan va barcha strategik iqtisodiy yo‘nalishlar uning hududidan o‘tadi, dedi Mavlonov va yirik xalqaro kompaniyalarning investitsiyalari qo‘shni davlatlar iqtisodiyotiga ham ijobiy ta‘sir ko‘rsatishini qo‘shimcha qildi.
“General Motors (GM) kompaniyasining Qirg‘izistonda kengaytirilishiga oid so‘nggi yangiliklar ham buni tasdiqlaydi”, dedi u.
Amerikaning yirik avtomobil giganti bo‘lgan GM O‘zbekistonda anchadan beri faoliyat yuritadi. 2018-yilda GM Uzbekistan Qirg‘izistonning uchta shahri – O‘sh, Bishkek va Qora-Boltada avtomobil yig‘ish zavodlarini ishga tushiradi [4].
2021-yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan O‘zbekistoning Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 3 910,5 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 1172,1 mln. dollarga, import hajmi esa 2738,4 mln dollarga yetdi.
Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 952,6 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 791,1 mln. dollarga, import hajmi esa 161,5 mln dollarni tashkil etdi.
Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 881,9 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 191,3 mln. dollarga, import hajmi esa 690,6 mln dollarga yetdi [3].
Shanxay hamkorlik tashkilotining asoschi mamlakatlaridan biri sifatida O’zbekiston ushbu tashkilotga a’zo bo’lgan boshqa mamlakatlar bilan barobar ShHT rivojlanishining strategiyasini belgilaydi. Bu yo’nalishda aynan mamlakatimiz sa’y-harakatlari bilan tashkilot ish boshlagan 2001-yildan e’tiboran uning faoliyatini takomillashtirish, tashkilot ishtirokchilari, shuningdek, boshqa umumbashariy va mintaqaviy institutlar o’rtasida samarali hamkorlikni yo’lga qo’yish va mustahkamlash borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishildi. Mamlakatimizning faol sa’y-harakatlari tufayli o’tgan yili ShHT faoliyatining asosiy yo’nalishlarida aniq-ravshan natijalarga erishildi. Masalan, 2015-yil sentabrida Kambodja Qirolligiga ShHTning muloqot bo’yicha sherigi maqomini berish to’g’risidagi memorandum imzolandi. Joriy yilda ana shunday hujjatlar Ozarbayjon, Armaniston va Nepal bilan ham imzolandi. Janubiy Osiyodagi ikki yirik davlat – Hindiston Respublikasi hamda Pokiston Islom Respublikasini ShHTga qabul qilish bo’yicha muzokaralar jarayoni davom etmoqda.
May oyining oxirida ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi bo’lib o’tadi. Iyun oyida esa madaniyat vazirlari majlisi, shuningdek, Banklararo birlashma kengashi va Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvining majlislarini o’tkazish rejalashtirilgan. ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining majlisi asosiy tadbir bo’ladi, albatta. Sammit yakuni bo’yicha tashkilotning o’rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini belgilab beradigan qator muhim hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, asosiy kapitalga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,6 mlrd dollarni tashkil etib, 2019-yildagi shu ko‘rsatkichga nisbatan 1,2 marotaba o‘sish sur’ati kuzatilgan.To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 29,5% gacha o‘sgani ma’lum qilindi. Vazirlik hisobot davrida 494 ta loyiha ishga tushirilganini qayd etib o‘tdi. Bulardan 28 tasi yirik ishlab chiqarish korxonasi va 466 tasi hududiy ahamiyatga ega sanoat ob’ektlaridir [4].
O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya davlatlari yetakchilik qildi, respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlarning umumiy soni 37 tani tashkil etdi.
Shu bilan birga, mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilishning o‘sish tendensiyasi mustahkamlandi va hisobot davrida 2 mlrd dollarni tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 1,05 barobarga oshdi. Umumiy summaning 1,6 mlrd dollari asosiy kapitalga yo‘naltirildi. Hududiy loyihalar doirasida investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar umumiy hajmining 62,3 foizini tashkil etdi.
Viloyatlar kesimida 2020-yilning birinchi yarmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘sishining eng yuqori dinamikasi Namangan (1,6 barobar), Toshkent (1,6 barobar), Qashqadaryo (1,5 barobar) va Sirdaryo (1,4 barobar) viloyatlarida kuzatildi.
2022-2023-yillarda jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni saqlab qolgan holda inqirozgacha bo‘lgan davr ko‘rsatkichlariga erishish prognoz qilinmoqda.
Aniq raqamlar misolida olib qaralsa, 2019-yilda O‘zbekistonga kiritilgan investitsiya hajimi 6 512,5 million AQSH dollarini tashkil etgan. 2020-yil yakuniga qadar ushbu miqdor 6 630,0 million AQSH dollari bo‘lishi prognoz qilingan. 2021-2023-yillarda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar keskin oshishi kutilmoqda. Bunda 2021 yilda 7 819,0 mln AQSH dollari, 2022-yilda 9 297,0 mln AQSH dollari va 2023-yilda 11 072,7 mln AQSH dollari investitsiya prognozi mavjud [3]. 
2017-yildan beri Jahon banki O‘zbekistonga moliyaviy, texnik va tahliliy yordamini anchagina oshirdi. U hukumatning keng qamrovli bozor islohoti dasturini amalga oshirishga qaratilgan sa'yharakatlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Bugungi kunda Jahon bankining O‘zbekistondagi mamlakat dasturi hajmi bo’yicha Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. 2021-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, u umumiy qiymati qariyb 4.8 milliard AQSh dollarilik 26 ta loyihadan iborat. Ular Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) 1.7 milliard AQSh dollari miqdoridagi kreditlari va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining (XTA) 3.1 milliard AQSh dollariga yaqin miqdoridagi imtiyozli kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi (XTTB va XTA Jahon Banki Guruhiga kiradilar).
O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 2020-yilda 1,7 foizgacha sekinlashganidan so‘ng, 2021-yilning birinchi yarmida u 6,2 foizgacha oshdi. Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi kuchli o‘sish qishloq xo‘jaligidagi zaif o‘sishni kompensatsiya qildi. Uy xo'jaligi daromadlarining oshishi, ichki investitsiyalar hajmining oshishi, inqirozga qarshi choralarni amalga oshirish uchun byudjet mablag‘lari sarflanishining davom ettirilishi, shuningdek, soliq imtiyozlari 2021-yilda iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga xizmat qildi. Inflyatsiya 2020-yil iyundagi 14,7 foizdan 2021-yil iyun oyida 11 foizgacha pasaydi. Iqtisodiyotning tiklanish jarayonida ishsizlik darajasi 2020-yilning birinchi yarmidagi 13,2 foiz va 2020-yil oxiridagi 10,5 foizdan 2021-yilning birinchi yarmida 10,2 foizga tushdi. Ishsizlik darajasi hali pandemiyadan oldingi darajaga (taxminan 9%) yetmadi va ayollar va yoshlar uchun bu koʻrsatkich oʻrtachadan yuqoriligicha qolmoqda. Eksportning umumiy hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,3 foizga oshdi. Import 2021- yilning birinchi yarmida xususiy iste’mol va investitsiyalar o‘sishi hisobiga 14,3 foizga o‘sdi. Pul o‘tkazmalarining kuchli oqimi (2021-yilning birinchi yarmida YaIMning 8,7 foizini tashkil qilgan) salbiy savdo balansini qisman kompensatsiya qilishga yordam berdi. Shu sababli joriy hisob taqchilligi 2020-yilning birinchi yarmidagi YaIMning 7,3 foizidan 2021-yilning birinchi yarmida YaIMning 10 foizigacha oshdi. 2021-yilning birinchi yarmida byudjet taqchilligi YaIMning 5,4 foizini tashkil etdi. Maqsadli davlat kreditlari hajmining kamayishi va tiklanayotgan iqtisodiyotdan soliq tushumlarining ko‘payishi aholini ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash va infratuzilmani rivojlantirishga byudjetdan sarflangan mablag‘larning o‘sishini kompensatsiya qildi. Nominal YaIMning o‘sishi 2021-yilning birinchi yarmida davlat qarzining YaIMga nisbatan 38,5 foizigacha pasayishiga xizmat qildi [4].
2021-yilda O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 6,2 foizga yetishi kutilmoqda. Biroq, pandemiya yangi to'lqinlarining global va milliy iqtisodiyotga ta'siri davom etayotganligi sababli bu prognoz noaniqligicha qolmoqda. Ichki investitsiyalar, xalqaro savdo va xorijdan pul o‘tkazmalarining tiklanishi 2021-yilda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi, ishsizlik va kambag’allikni qisqartiradi. Aholini emlash sur’atini tezlashishi, global iqtisodiyotdagi buzilishlarning kamayishi barobarida 2022-yilda mamlakat YaIMning o‘sish sur’atlari kuchli bo‘lishda davom etadi va 5,6 foizga yetishi kutilmoqda. Bu 2021-yilda prognoz qilinayotgan YaIMga nisbatan 5,5 foizli byudjet taqchilligiga olib keladi. Defitsit davlat qarzining o‘sishi hisobiga moliyalashtiriladi, bu qarz 2021-yil oxirigacha YaIMga nisbatan 40,6 foizga yetishi prognoz qilinmoqda [4].

XULOSA
Xulosa qilib aytganda O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov Mustaqillikning dastlabki yillarida aosiy maqsad sifatida “Iqtisodiyotni rivojlantirish” va yaqin qo’shni mamlakatlar bilan do’stona munosabatlar o’rnatish hamda MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini qo’ydi. Kurs ishidan xulosa shuki Islom Karimov MDH Davlatlariga qatoriga kirgach, Rossiya bilan ilk aloqalar o’rnatildi. Rossiya Prezidenti B.Yelsin bilan uchrashuvda iqtisodiyotni rivojlantirish, mehnat resurslari, harbiy-texnikaviy sohada tegishli hujjatlar imzolandi.
Kurs ishining birinchi bo’limida qo’shni mamlakatlar bilan aloqalar o’rnatish, mintaqada tinchlikni ta’minlash, ovar ayirboshlash, transport sohasida shartnomalar imzolandi. Hozirgi vaqtga kelib Rossiya bilan tashqi savdo aylanma yildan yilga o’smoqda. Shu tufayli Qozog’iston, Turkmaniston, Qirg’iziston, Tojikiston bilan savdo-iqtisodiy kelishuvlarga erishildi. O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalari yaxshi rivojlangan mamlakatlar guruhiga kiradi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqin iqtisodiy aloqalar o’rnatilganligi ko’rinib turibdi.
Tashqi savdo siyosati – O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan mahsulotlar, xizmatlar va texnologiyalar ayirboshlashni qamrab olgan tashqi savdo faoliyati munosabatlarini o’rnatish va tartibga solish hisoblanadi.
Prezidentizmiz Shavkat Mirziyoyev qo’shni mamlakatlar bilan do’stlik aloqalarini mustahkamladi. Qirg’iziston Respublikasidagi ziddiyatlar yumshatildi. Tojikiston bilan chegaralar ochilib ikki mamlakat fuqaroalari uchun qulaylik yaratildi. Savdo aylanmasi sezilarli darajada o’sdi. Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasining umumiy hajmi 5 milliard dollarni tashkil etdi.
Kurs ishining ikkinchi bo’limida O’zbekistonga kiritilayotgan chet el investitsiyalar va ularni to’g’ri yo’naltirish, investorlarni jalb qilish orqali O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish, Davlat aktivlarida davlatni rolini kamaytirish orqali xususiy sektorni jalb etish nazarda tutiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yIL. 6-son, 70-modda.
2. A.Soliyev. “O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. Toshkent-2014
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan 2019 yil bo‘yicha “Eksport, import” statistik to‘plami.
4. M.Mirsaidov. “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” - “Iqtisod-Moliya”. Toshkent.-2006. 322 bet.
Download 64.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling