Mavzu: O’zbekistonning yaqin xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari


Download 64.77 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi64.77 Kb.
#1487244
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHI Satimov Zafarbek 29 bet



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti
Iqtisodiy- ijtimoiy geografiya kafedrasi
2-b guruh geografiya yo’nalishi talabasi Satimov Zafarbekning “O’zbekiston geografiyasi” fanidan ishlagan

KURS ISHI


Mavzu: O’zbekistonning yaqin xorijiy davlatlari bilan tashqi


iqtisodiy aloqalari

Topshiruvchi: Satimov Zafarbek.


Qabul qiluvchi: O’teuliev Medetbay.

Nukus-2022



MAVZU: O’ZBEKISTONNING YAQIN XORIJIY MAMLAKATLAR BILAN TASHQI IQTISODIY ALOQALARI
Reja
KIRISH
I BO’LIM. O’ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI BILAN TASHQI IQTISODIY ALOQALAR
I.1.O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi tutgan o’rni
I.2.Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayir-boshlashi.
II BO’LIM. O’ZBEKISTONNING TASHQI IQTISODIY ALOQALARINING RIVOJLANISHI.
II.1.O’zbekistonning tashqi savdo faoliyati
II.2. O’zbekistonda chet el investitsiyalari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mazkur kurs ishida O’zbekistonning yaqin xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtsidodiy aloqalarini o’rganish, tashqi savdo aylanmasi, eksport- import salohiyati, kelajakda O’zbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish nazarda tutilgan.
Kurs ishining maqsadi. O’zbekistonning yaqin xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlanishini o’rganish.
Kurs ishining vazifasi:
A) O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasini tahlil qilish.
B) O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini o’rganish.
C) O’zbekistonga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalarni hajmini tahlil qilish.
Kurs ishining borishi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiyoti sust yengil sanoat korxonalari ko’p emas edi. Mustaqillikka erishilgandan so’ng, O’zbekiston mustaqiilligi ko’pchilik davlatlar tomonidan tan olinib, O’zbekiston bilan do’stona savdo-iqtisodiy aloqalar o’rnatilgan. O’zbekiston eng avvalo o’zining eng yaqin qo’shnilari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirdi. Bundan tashqari, Rossiya, Xitoy, Koreya Respublikalari bilan ham yaqin munosabatlar o’rnatgan.
1992-yil Koreya Respublikasining “DEU” kompaniyasi Andijon viloyatining Asaka shahrida o’z korxonasini ochadi.
O‘zbekiston Respublikasi ko‘plab chet el firmalari bilan qo‘shma korxonalar qurish xususida shartnomalar imzolagan. Ularning anchasi qurilishni boshlab yubordilar. Bir qancha qo‘shma korxonalar o‘z mahsulotlarini bera boshladi. “Sovplastital” 30 turdan ortiq mahsulot Xitoy Xalq Respublikasi bilan birgalikda qurilgan korxonalar termos, televizor, Ispaniya hamkorligida qurilgan korxona bir marta foydalanadigan shpris ishlab chiqarmoqda. AQSH bilan birgalikda kon chiqindilaridan oltin ajratib olinmoqda. Janubiy Koreyaning DEU firmasi, Asaka, GFRning Mersedes-Bens firmasi Do‘stlik (Xorazm) shaharlarida avtomobil zavodlari qurmoqda. Buxoroda Hindiston bilan birgalikda shifobaxsh o‘tlardan dorilar tayyorlaydigan korxona. Bo’kada Turkiya bilan hamkorlikda akkumlyator zavodi qurildi. Turkiya Respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida yengil va oziq-ovqat korxonalari qurmoqda. Bunday korxonalarni Pokiston, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlar ham qurmoqdalar.
Respublikamiz rivojlangan mamlakatlardan turli mashina va zamonaviy sanoat uskunalari oladi. Fransuz firmalari uysozlik kombinatlari qurish hamda Toshkent shampan sharobi zavodi uchun, Toshkent tamaki fabrikasi uchun jihozlar yubordilar. Shvetsiyada Toshkent shaharlararo avtomat – telefon stansiyasi uchun jihozlarining bir qismi olindi. Italiyadan Chirchiq kaprolaktam zavodi uchun kerakli jihozlar olindi.
Mustaqil O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda. Respublikamizda 1991-yili Yaponiya (Chori firmasi), Hindiston, Bangladesh kabi mamlakatlar sanoat maxsulotlari ko‘rgazmalari o‘tkazdilar. Bunday tadbirlar O‘zbekistoning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini kengaytirmoqda.



Download 64.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling