Mavzu: O’zbekistonning yaqin xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari
II BO’LIM. O’ZBEKISTONNING TASHQI IQTISODIY ALOQALARINING RIVOJLANISHI
Download 64.77 Kb.
|
KURS ISHI Satimov Zafarbek 29 bet
II BO’LIM. O’ZBEKISTONNING TASHQI IQTISODIY ALOQALARINING RIVOJLANISHI.
II.1. O’zbekistonning tashqi savdo faoliyati Tashqi savdo siyosati - O’zRning xorijiy davlatlar bilan mah-sulotlar, xizmatlar va texnologiyalar ayirboshlashni qamrab olgan tashqi savdo faoliyati munosabatlarini o’rnatish va tartibga solish hisoblanadi. Tashqi savdo eksport siyosati - O’zbekiston mahsulotlarining jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash va ularni ishlab chiqarishni rag’batlantirishga yo’naltirilgandir. Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda, mintaqa ko‘lamida integratsiyani rivojlantirishda sobiq ittifoq tarkibida bo‘lib, endi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar ham alohida o‘rin tutadi. Sobiq ittifoq barham topgach, 1991-yil 8-dekabrda Minsk shahrida Rossiya federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya davlatlari tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ga asos solindi. 21-dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda MDH bitimini jami 11 davlat imzolab, MDH ga a’zo bo’lib kirdi. Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda, mintaqa ko‘lamida integratsiyani rivojlantirishda sobiq ittifoq tarkibida bo‘lib, endi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar ham alohida o‘rin tutadi. MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi: Tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish, umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va UmumYevropa, Yevroosiyo bozorini shakllantirish; -iqtisodiy islohot o‘tkazish; -bojxona siyosatini birga olib borish; -transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish; -ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash. O‘tgan yillar MDH mamlakatlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma munosabatlari doirasida teng huquqli sherikchilik asosida o‘zaro foydali hamkorlik ishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Bunday hamkorlik hamdo‘stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan bog‘langanligina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar va mintaqaviy aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo‘ldi. Mintaqamiz xalqlarining yaqinlashuvi – tabiiy kechayotgan jarayon. Bu yaqinlik sobiq Ittifoq mavjud bo‘lganligidan qat’iy nazar hamma vaqt bo‘lib kelgan. Bu haqiqiy integratsiya bo‘lib, sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyadan farq qiladi. Unga sovetlardan keyingi davlatlarning birortasi qarshi emas, ayni chog‘da ularning birortasi ham o‘z mustaqilligidan voz kechmoqchi emas. Biz uchun masalaning mohiyati mustaqillik yoki integratsiyani tanlash emas, balki bu ikki yo‘nalishni uyg‘unlashtirishdan iboratdir. O‘zbekiston rahbariyati MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‘rishni istadi. 1992-yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichiga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 1993-yil MDH davlatlari bilan imzolangan “Iqtisodiy ittifoq” haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o‘zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 1994-yil 21-oktyabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlarining kengashida 10 ga yaqin masalalar muhokama qilinib, asosiy e’tibor MDH mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalalarga qaratildi. MDH davlatlari o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida memorandum imzolandi. Kengashda iqtisodiy ittifoqning davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi tuzildi. Mazkur kegashda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 50 yilligini tantanali nishonlash haqida kelishib olindi. MDHni mustahkamlashda bu uchrashuv muhim rol o‘ynaydi.[4]. 1995-yil 10-fevralda Almatida MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. MDH davlatlari a’zolari bo‘lgan mamlakatlar chegaralarini qo‘riqlashda hamkorlik qilish konsepsiyasi muhokama qilindi. Ammo masalaning xarakteri va mazmuni haqida bir-biriga mos bo‘lmagan turli fikrlar bildirildi [4]. Mustaqillikning birinchi o‘n yilligi davrida MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish uchun davlatlararo iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to‘laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlar bilan imzolab, o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi. Davlatimiz rahbari 2012-yil 15-may kuni Moskvada MDH davlatlari rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ham hamdo‘stlik ko‘p qirrali hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarishi, u bevosita muzokara va davlatlararo muloqotlar, turli darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar maydoni bo‘lib qolishi lozimligini yana bir ta’kidladi. 2002-yildan buyon MDH doirasida tuzilgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) ham o‘z faoliyatini olib bormoqda. O‘zbekiston bu tashkilotning ODKB davlatlari o‘rtasidagi va MDH makonidagi turli qarama qarshiliklar va mojarolarni hal etishda qatnashish emas, balki, avvalo Tashkilotlarga a’zo mamlakatlarni tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb hisoblaydi. Shuningdek, O‘zbekiston ODKBga a’zo u yoki bu davlatlar ichida “zo‘ravonlik xatti-harakatlari” yuzaga kelgan hollarda unga Tashkilotning aralashuvi yohud ta’sir ko‘rsatishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik zarur, deb hisoblaydi. Prezident I.A.Karimov 2010-yil 10-dekabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan ODKB Kollektiv xavfsizlik kengashi majlisida ham “u yoki bu mamlakat ichidagi “zo‘ravonlik xatti-harakatlari” turli ssenariylar bo‘yicha, tashqi kuchlarning bevosita aralashuvi va moliyalashtiruvi orqali yuzaga kelishi mumkinligini e’tiborga olish darkor”, deb ta’kidlagan edi. Bu pozitsiyaning to‘g‘ri va hayotiyligini 2010-yil 10-14-iyun kunlari Qirg‘iziston janubida ro‘y bergan voqealar ham tasdiqladi. I.A.Karimov Kengash yig‘ilishida Qirg‘iziston voqealarida O‘zbekiston tutgan yo‘lni to‘g‘riligini izohlab, agar aholimiz o‘rtasida osoyishtaligimizni saqlay olmaganimizda O‘zbekistonning qariyb 300 ming qirg‘iz millatiga mansub aholi yashaydigan Farg‘ona vodiysi hududida qanday fojeali voqealar ro‘y berishi mumkinligini ham isbotlab berdi. Shu bois ham, O‘zbekiston davlati ODKBning tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar to‘g‘risidagi bitimni va ODKBning Tinchliksevar kuchlari to‘g‘risidagi bayonotini imzolamadi [4]. 2012-yil 15-may kuni Moskva shahrida Kollektiv xafvsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xafvsizlik kengashining yubiley (10 yillik) sessiyasida ham Prezident I.A.Karimov ishtirok etib, yana bir bor O‘zbekiston ODKBning asosiy maqsadi, avvalo a’zo davlatlarning tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb bilishini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi MDH doirasida sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyaga hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarini parlament, ko‘plab amaldorlar ishlaydigan ma’muriy idoralar, harbiy siyosiy organlarni tashkil etishga qarshi. O‘zbekiston mustaqillik va integratsiyani uyg‘unlashtirish tarafdori, MDHni haqiqiy mustaqil suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‘rishni xohlaydi [4]. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi (RF) bilan davlatlararo teng huquqli munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berayotganligi muhimdir. 1991-yil 26-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya Federatsiyasi (RF) Prezidenti B.Yelsin bilan ikki davlat o‘rtasida muxtor vakolatxonalar ochish, bir-birlarining suverenitetini va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, tashqi siyosat va iqtisodiy masalalarida hamkorlik qilishiga kelishib oldilar [4]. 1992-yil may oyida B.Yelsin O‘zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rishga ahdlashdi. 1992-yil 30-mayda O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shartnoma ikki davlat o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. Ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgach, elchixonalar ochildi [3]. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi 2000-yilda 1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonda – 520 ta O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi firma va kompaniyalari faoliyat ko‘rsata boshladi. Rossiyada esa O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 250 ga yaqin qo‘shma korxona mavjud edi. O‘zbekiston Rossiyadan mashina va jihozlar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar, paxta tolasi, xizmatlar, oziq-ovqat mollarini eksport qilayotgan edi. 2004-yil 16-iyunda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolandi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi bilan “Lukoyl” neft kompaniyasi, OAJ hamda “O‘zbekneftigaz” milliy xolding kompaniyasi bilan, “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida Rossiya tomonidan O‘zbekiston yoqilg‘i-energetikasi sohasiga qariyb 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo yo‘nalishidagi hamkorlik hajmi 2003-yilda 1 mlrd. 149 mln. AQSH dollarini tashkil etdi [3]. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar yangi davr talablaridan kelib chiqib, ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama rivoj topib borayotganini ta’kidlamoq lozim. Masalan, dunyoda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hukmronlik qilayotganiga qaramay, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayriboshlash ko‘rsatkichi izchil o‘sib bormoqda. 2007-yildan buyon bu boradagi ko‘rsatkich 1 milliard AQSH dollaridan ziyod raqamni tashkil qilib kelmoqda. [3]. Mamlakatlarimiz o‘rtasida 2006-2010-yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik strategiyasi qabul qilingan. Bu hujjatlar savdo, suv-energetika majmui, sarmoya, moliya, transport, kommunikatsiyalar, bojxona va innovatsiya borasida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan edi. Ularni hayotga to‘la tadbiq etilishi tovar ayriboshlash ko‘rsatkichini bir necha hissaga orttirdi. O‘zbekiston ham, Qozog‘iston ham o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdordir. 2009-yilda o‘zaro tovar ayriboshlash hajmi 1,3 milliard AQSH dollarini tashkil qildi. Bu 2006-yildagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘pdir. Jumladan, 2010-yilning 16-martida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti N.Nazarboyevning rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelishi va ikki davlat rahbarlari tomonidan qo‘shma bayonotining qabul qilinishi ikki qo‘shni qondosh xalq istaklarini yana bir bor namoyon etdi. O‘zbekistonda samolyotlar, avtomobillar, avtobuslar, yuk tashish mashinalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, kabellar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi, paxta, pilla, meva va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Qozog‘istonda bularning barchasiga talab bor. Ayni paytda O‘zbekiston bozorida ham Qozog‘iston eksportchilari uchun keng faoliyat maydoni mavjud [3]. Energiya manbalarini qazib olish, uzatish, tranzit qilish ham hamkorlik uchun yaxshi sohadir. 2009-yilda Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston orqali Xitoyga tabiiy gaz yetkazib beradigan quvur ishga tushdi. Bu ko‘p tomonlama hamkorlik muvaffaqiyatiga yorqin misoldir. Mamlakatlarimiz yoqilg‘i manbaalarining yirik zahiralariga ega va bu sohadagi aloqalarni rivojlantirish uchun ikki tomonda ham imkoniyat yetarli [2]. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lami ham keng. Joriy yilning fevral oyida navbatdagi, oltinchi majlisi o‘tkazilgan O‘zbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining samarali faoliyati ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o‘sib bormoqda va 2010-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 200 million AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston va Turkmaniston tabiiy gaz qazib olish va uzatish borasida dunyodagi yetakchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Energiya manbalariga talab yil sayin oshib borayotgan hozirgi sharoitda mamlakatimizning neft va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Muhim strategik xom ashyoni eksport qilish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini bergan va “Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy” transmilliy gaz quvurining qurilishi bo‘yicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ushbu sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol bo‘la oladi [4]. Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik borasidagi yana bir muhim yo‘nalishdir. Mamlakatlarimiz muntazam yuk tashishda uchinchi davlatlar uchun tranzit vazifasini o‘tayotgani O‘zbekiston va Turkmanistonning katta transport salohiyatidan dalolatdir. Bu haqda so‘z ketganda, Ashxobodda “O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon-Qatar” yangi xalqaro transport-kommunikatsiya yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha imzolangan bitimning tarixiy ahamiyatini alohida qayd etish joiz. Ushbu transport-kommunikatsiya yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yilning oktyabr oyida Turkmanistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan edi. Mazkur ko‘p tomonlama loyihaning hayotga tatbiq etilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini ko‘paytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan O‘rta Osiyo va Fors ko‘rfazining barcha mamlakatlari foyda topadi. Tashqi savdo import siyosati - O’zbekiston Respublikasining xorijiy mahsulotlar, ish va xizmatlar kiritilishini tartibga solishga yo’naltirilgan. O’zbekiston respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki yillardan boshlaboq dunyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aloqalarni kengaytirishga katta ahamiyat berib kelmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo’yicha 1994-2004-yillar natijalari shuni aniq ko’rsatib turibdiki, jahon iqtisodiy aloqalari tizimiga mamlakatimiz integratsiyasi jarayoni davom etmoqda va o’sib bormoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasi shu yillar ichida 18,1 foizga oshdi, savdo operatsiyalari esa, borgan sari rivojlanib, turli-tumanlik kasb etmoqda, ya’ni tovar va xizmatlarning keng ko’lamli ro’yxati, tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining geografiyasi hajmi va soni kengayib bormoqda. Geografik jihatdan tovar ayirboshlashning o’sishi uzoq xorij mamlakatlari bilan 18,2 foizni, MDH mamlakatlari bilan esa, 15,4 foizni tashkil qildi. Uzoq xorij mamlakatlarining respublika tovar ayirboshlashdagi solishtirma og’irligi o’sib, umumiy hajmi 68,5 foizga, MDH davlatlari bo’yicha tovar ayirboshlashning solishtirma og’irligi esa 31,5 foizga teng bo’ldi. Tovar ayirboshlashda respublika korxonalari eksport faoliyatining faollashuvi hisobiga chet eldan tovar va xizmatlarni sotib olish ham oshdi. Eksport va import mos ravishda 2002-yilga qara-ganda 124,6 foiz va 109,3 foizni tashkil qildi. Eksportning o’sish sur’ati importga nisbatan o’rtacha 2-3 marta oshdi, mamlakatning to’lov qobiliyati mustahkamlandi; 1998-yildan boshlab, tovar ayirboshlash ijobiy saldosi ta’minlana boshlandi. Investitsiya faolligi o’sishida davlat kafolatisiz berilayotgan bevosita chet el investitsiya va kreditlarining hajmi 2,5 martaga o’sdi. Tashqi savdoning rivojlanishida O’zbekiston eksport nomenklaturasidagi an’anaviy tovarlarga jahon kon’yunkturasining yaxshilanishi yordam berdi. 1998-yildagi jahon narxlarining keskin tushib ketishidan so’ng, barqarorlik alomatlari ko’rinib, paxta tolasi narxlari o’sishi boshlandi. Energotashuvchilarga, qora va rangli metallga nisbatan birja kotirovkalari oshdi, shunga mos ravishda, xom ashyolarga, tovarlarga nisbatan ham narxlar ko’tarildi. Umuman olganda, islohot yillari davomida shakllangan tashqi savdo infratuzilmasi hozirgi vaqtda hech qanday to’siqlarsiz savdo operatsiyalarini amalga oshirish, hamkorlarning geografik joylashuv masofasidan qat’i nazar, investitsiya faoliyatini rivojlantirish imkonini beryapti. 2000-yildan boshlab, YaIMda tovar almashinuvi va eksport ulushining o’sib borayotgani ko’rsatib o’tilgan chora-tadbirlar natijalari ekanligini isbotlaydi. Mahalliy xomashyoni qayta ishlashning chuqurlashtirilishi, sanoat ishlab chiqarilishida qayta ishlash tarmoqlarini solishtirma hajmining ko’payishi eksportning yangi tuzilmasini shakllantiradi, bunda qayta ishlash darajasi ko’proq bo’lgan tayyor buyumlar eksporti muhim rol o’ynaydi. 2003-yilda eksport tarkibidagi mahsulotlar qayta ishlanishining o’sish sur’atlari xomashyo o’sish sur’atidan oshib ketdi, shuning natijasida eksportning 57 foiz (o’sishi) tayyor mahsulot va xizmatlar hisobidan bo’ldi. Respublika korxonalarining xomashyo eksport ulushi pasaymoqda, qayta ishlangan mahsulotlar eksporti esa ko’paytirilmoqda. Bugungi kunda, ip-gazlama, trikotaj hamda boshqa to’qimachilik mahsulotlari eksport ulushi 2003-yildagi hajmi 14,3 foizni tashkil etadi. Eksport nomenklaturasiga polietilen, paxta tsellyulozasi, shisha tolasidan quvurlar, kabel-sim va elektrotexnika mahsulotlari va ko’pgina boshqa tovarlar qo’shildi. Shuningdek, yil yakuni bo’yicha mineral va kimyo mahsulotlarining eksporti 1,4 martaga o’sganligi, qora va rangli metall, ulardan tayyorlangan mahsulotlar 25,5 foizga, mashina va uskunalar 87,4 foizga, boshqa tovarlar 28,4 foizga, turli xildagi pudrat ishlari, norezident sub’ektlarning nomoddiy xizmatlari 12,6 foizga oshdi. Sanoat tarmoqlari talablari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi bizga chet eldan kelayotgan tovarlarning tegishli nomenklaturasini shakllantiradi. Importda ishlab chiqarish jihozlari - mashina va uskunalar solishtirma hajmi doimo oshmoqda. Sanoat korxonalarida, respublika hududida xom ashyo resurslarini ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish uchun yo’naltirilgan qator ustuvor dasturlar amalga oshirilayapti. Bu 2004-yilning investitsiya dasturi, hududlarda qo’shma korxonalar tashkil qilish bo’yicha dasturlar, xomashyo bazasida mahsulot ishlab chiqarishni lokalizatsiyalash dasturi, xalq iste’moli mollari kabilarni ishlab chiqarishni ko’paytirish dasturlaridir. 2003-yilda mashina va uskunalarning importi 192,1 mln. AQSh dollariga oshdi, unda ishlab chiqarish vositalarining ulushi 3 foizga o’sdi. Tashqi savdo sohasiga kichik biznes tobora jadal sur’atlarda kirib kelmoqda. Respublika hududida tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shayotgan 1,5 mingdan oshiq kichik va xususiy korxonalar ishlab chiqarishda faol ishtirok etmoqda. Ishlab chiqarishda ushbu sektorning respublika iqtisodiyotidagi roli va ahamiyati solishtirib bo’lmas darajada o’sdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ko’rsatkichlari sanoat korxonalari ko’rsatkichlaridan deyarli ikki barobar oldinda bormoqda. 2003-yilda ularning eksporti - 56,1 foizga, importi - 44,7 foizga ortdi. Ishlab chiqarish faoliyati rivojlanishi, yangi turdagi mahsulotlar, xizmatlarni o’zlashtirish, yangi ishlab chiqarishlar tashkil qilinishi, o’z navbatida, ijtimoiy masalalar hal qilinishiga ham yordam beradi. Hozirgi vaqtda jami tashqi savdo almashinuvining 60,3 foizi Yevropa qit’asi mamlakatlari bilan bo’lgan iqtisodiy aloqalarga tegishli. Osiyo mamlakatlari bilan tovar almashinuvi hajmi 33 foizdan ko’proqni tashkil etadi, 2003-yilda ular bilan olib borilgan savdo operatsiyalari uzluksiz o’sib bordi. Amerika bilan tovar almashinuvining umumiy hajmidan tushgan ulush ancha past (6,5%), shu jumladan, Shimoliy Amerika mamlakatlari bilan savdo operatsiyalari 80,9 foizga to’g’ri kelyapti. Afrika, Avstraliya va Okeaniya mamlakatlari bilan tovar almashinuvining solishtir-ma hajmi uncha ahamiyatsiz va davlatning tashqi iqtisodiy aloqalariga ta’siri deyarli sezilmayapti. So’nggi yillarda O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi, Shanxay hamkorligi tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligining rivojlanishi keskin darajada o’sdi. Mamlakatimizning Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston kabi doimiy hamkorlari va bir qator boshqa mamlakatlar bilan tashqi savdosi hajmi o’sdi. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar almashinuvi 2003-yilda 5,2 foizni tashkil etdi. Respublika korxonalarining Afg’oniston, Eronga eksporti keskin ko’tarildi. O’zbekistonning tashqi savdo sohasidagi asosiy hamkorlari – Buyuk Britaniya, Germaniya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy, Eron, MDH davlatlaridan esa – Rossiya, Ukraina, Qozog’iston hisoblanadi [3]. O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi Osiyoning markaziy qismida joylashganligi, ya’ni, Shimoldan Janubga, Sharqdan G’arbga o’tuvchi savdo yo’li chorrahasida geosiyosiy o’rin egallaganligi ham yordam beradi. Markaziy Osiyo va MDH davlatlarining 200 milliondan ortiq aholisi va butun dunyo resurslar salohiyati hajmining 40 foizdan ko’prog’ini tashkil qilgan bozori, yuqori industriya va iqtisodiy taraqqiy etgan Yevropa, Amerika Qo’shma Shtatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, hamda endi kuchga kirayotgan Janubi-Sharqiy Osiyo, Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarning bozorlari uchun katta imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan ikkiyoqlama va ko’pyoqlama hamkorlik aloqalari rivojlanib, 1994-yildan beri O’zbekiston kuzatuvchi bo’lib kelayotgan Xalqaro Savdo Tashkilotiga kirish bo’yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda, Jahon banki O’zbekiston Respublikasiga 596,84 million AQSh dollari miqdorida 12 ta zayom, ETTB - 795,2 million AQSh dollari ajratdi. OTB bilan birga amalga oshirilayotgan jami loyihalar portfelining umumiy qiymati esa 1 mlrd. 340 million AQSh dollarini tashkil etadi [3]. Download 64.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling