Mavzu O’zgaruvchanlikning umumiy qonuniyatlari. Fenotipik o’zgaruvchanlik


Download 1.93 Mb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#206054
  1   2   3   4
Bog'liq
o'zgaruvchanlik

Mavzu

O’zgaruvchanlikning umumiy qonuniyatlari.

Fenotipik o’zgaruvchanlik

Reja


Oʻzgaruvchanlik — tirik organizmlar hamda viruslar belgi va xususiyatlarining xilmaxil boʻlishi. Oʻzgaruvchanlik termini organizmlarning yangi belgi va xususiyatlar hosil qilishi yoki eski belgi va xususiyatlarni yoʻqotishini ham ifodalaydi. Oʻzgaruvchanlik irsiyatga qarama-qarshi maʼnoni anglatadi Tabiiy sharoitda paydo boʻladigan Oʻzgaruvchanlik tabiiy, yaʼni spontan, eksperimentda hosil qilinadigan Oʻ. sunʼiy, yaʼni indutsirlangan Oʻzgaruvchanlik deyiladi. Oʻzgaruvchanlik manbai genetik materialning kombinatsiyasi yoki rekombinatsiyasi, gen yoki xromosoma tarkibining oʻzgarishi, atrof muhit sharoitining taʼsiri boʻlishi mumkin. Tabiatiga koʻra, Oʻzgaruvchanlik genotipik, yaʼni irsiy va fenotipik, yaʼni noirsiy shakllarga ajratiladi.

O‘zgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi va xususiyatlar paydo bo‘ladi. O‘zgaruvchanlik irsiy va irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikka ajratiladi. Irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlik fenotipik o‘zgaruvchanlik deb ham ataladi. Fenotipik o‘zgaruvchanlikning ikki turi mavjud: modifi katsion va ontogenetik o‘zgaruvchanlik. Ontogenetik o‘zgaruvchanlik – bu ontogenez jarayonida genlarning diff erensial faolligi natijasida yuzaga chiqadigan, muhit ta’siriga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikdir. Modifi katsion o‘zgaruvchanlik esa tashqi muhit omillari ta’sirida fenotipda namoyon bo‘ladigan o‘zgaruvchanlikdir. Irsiy o‘zgaruvchanlik genotipning o‘zgarishi natijasida sodir bo‘lganligi uchun genotipik o‘zgaruvchanlik ham deyiladi. Genotipik o‘zgaruvchanlik turlariga kombinativ o‘zgaruvchanlik, mutatsion o‘zgaruvchanlik kiradi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyoz jarayonida gomologik xromosomalarning o‘zaro chalkashuvi, meyozining anafaza bosqichida ota-ona xromosomalarining qutblarga tasodifi y ravishda tarqalishi va urug‘lanish jarayonida ota-ona gametalarining tasodifi y kombinatsiylashuvi natijasidir




Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling