Mavzu O’zgaruvchanlikning umumiy qonuniyatlari. Fenotipik o’zgaruvchanlik


Download 1.93 Mb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#206054
1   2   3   4
Bog'liq
o'zgaruvchanlik

Fenotipik o’zgaruvchanlik


Modifikatsion o‘zgaruvchanlik. Bir xil genotipga ega organizmlarda

tash qi muhit omillari ta’sirida vujudga keladigan fenotipik tafovutlar modifikatsion o‘zgaruvchanlik deb ataladi. Genotip o‘zgarmaganligi uchunmodifi katsion o‘zgaruvchanlik nasldan naslga berilmaydi. Modifi katsiono‘zgaruvchanlik populatsiyadagi deyarli barcha organizmlarga xos ekanligi bilantavsifl anadi. Modifi katsion o‘zgaruvchanlik bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarnuklein kislotalardagi irsiy axborot qanday qilib fenotipda namoyon bo‘lishinitushunishga yordam beradi.

Har qanday tirik mavjudotning morfologik, fi ziologik, biokimyoviy belgixossalarimajmuasi, ya’ni fenotipi faqat ota-onadan olingan genlargina emas,balki ma’lum darajada shu organizm rivojlanayotgan muhitning xilma-xilomillari ta’siriga ham bog‘liq.

Modifi katsion o‘zgaruvchanlikka suv ayiqtovoni o‘simligi barglarining shakli o‘zgaruvchanligini misol qilib keltirish mumkin. Bitta o‘simlik tupi barglarning suv ostidagi va suv yuzasida barglarining shakli bilan farqlansa-da, ularning genotipi bir xil bo‘ladi. Barglar shakli yorug‘likka bog‘liq.

Bitta genotipning tashqi muhit sharoitiga qarab har xil fenotipni

yuzaga chiqara olish chegarasi reaksiya normasi deyiladi. Modifi katsion o‘zgaruvchanlikning evolutsion ahamiyati shundan iboratki, u organizmlarga o‘z ontogenezida tashqi muhit omillariga moslashish imkoniyatini yaratadi.

Reaksiya normasi keng bo‘lgan organizmlar tabiiy tanlashda qulaylikka ega bo‘ladi. Organizmlarning bo‘yi, massasi, pigmentatsiyasi va shunga o‘xshash ko‘plab belgilar modifi katsion o‘zgaruvchanlikka moyildir. Modifi katsiyalarning

kelib chiqishi organizmda biokimiyoviy va fermentativ reaksiyalarning u yoki bu tomonga o‘zgarishiga bog‘liqdir.

Tirik organizmlarning belgi va xususiyatlari, masalan, terida pigmentning ishlab chiqarilishi albatta genotipga bog‘liq. Lekin teridagi pigmentning hosil bo‘lishini quyosh nuri miqdori belgilaydi. Belgining yuzaga chiqishi genotipning ma’lum bir tashqi muhit ta’siriga moyilligiga (beriluvchanligi) bog‘liq. Shuning uchun ma’lum bir joyda tarqalgan yuqumli kasalliklar bilan shu joy aholisining hammasi ham kasal bo‘lavermaydi. U genotipida shu kasallikka moyilligi bor kishilardagina yuzaga chiqadi.

Organizmning tashqi muhit sharoiti ta’siriga javobi shu ta’sirga moslanishini bildiradi. Dengiz sathidan yuqoriga ko‘tarilgan sari odam qonida eritrotsitlarning soni ko‘payadi. Odamlarda yozda terida melaninning ko‘payishi, hayvonlarda junning sovuq tushishi bilan qalinlashishi ham sharoitga moslashishdir. O‘simlik yorug‘lik kam tushadigan joyda o‘stirilsa, uning barg plastinkalari kattalashadi, ya’ni fotosintez sodir bo‘ladigan yuza oshadi va shu sharoitga moslashadi.

Organizmlarning miqdoriy belgilari tashqi muhitning sharoiti ta’sirida nisbatan kuchli o‘zgaradi. Madaniy o‘simliklarning bo‘yi, bargi va urug‘larining soni, hosildorligi, uy hayvonlarining vazni, sut mahsuldorligi ularni parvarish qilish va boqish sharoitiga bog‘liq. Bundan tashqari miqdoriy belgilarning irsiylanishi va xilma-xilligi o‘zaro va ko‘p tomonlama ta’sir etuvchi genlarning faoliyatiga bog‘liq. Shuning uchun miqdoriy belgilarning irsiylanishi va modifi katsion o‘zgaruvchanlikni o‘rganishda maxsus statistik usullardan foydalaniladi. Bu usullarning mohiyati quyidagilardan iborat: o‘rganilayotgan o‘simlik

navlari, hayvon zotlari va ular duragaylarining mumkin qadar ko‘proq vakillari tajribaga jalb etiladi. Ularning har birida o‘rganilayotgan belgini ifodalovchi miqdoriy ko‘rsatkichlar, masalan: massasi gramm yoki kilogrammda, bo‘yi santimetr yoki metrda aniqlanadi. Olingan dalillar asosida variatsion qator va grafik tuziladi hamda o‘rganilayotgan belgining o‘rtacha ko‘r satkichi aniqlanadi.

Modifi katsion o‘zgaruvchanlik tib biyotda katta ahamiyatga ega. Har bir

kasallik reaksiya normasiga bog‘liq tarzda har xil odamlarda turlicha kechishi



mumkin.

Genotipik

Fenotipik

Halqa metodidan foydalanib Genotipik va fenotipik o’zgaruvchanlik xususiyatlarini va o’xshashliklarini yozing.

E’tiboringiz uchun raxmat!!!


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling