Mavzu O’zgaruvchanlikning umumiy qonuniyatlari. Fenotipik o’zgaruvchanlik


Download 1.93 Mb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#206054
1   2   3   4
Bog'liq
o'zgaruvchanlik

Gen mutatsiyalari. Gen mutatsiyasi molekular darajada ro‘y beradi.

Gen mutatsiyasi ko‘p hollarda fenotipda yangi belgini rivojlantiradi. Gen

mutatsiyalari nukleotidlarning soni ortishi, o‘rin almashishi bilan kechadi.

DNKdagi nukleotidlarning o‘rin almashishi ikki xil:

a) bir purin azotli asosining ikkinchi purin azotli asosi yoki bir pirimidin

azotli asosining ikkinchi pirimidin azotli asosi bilan almashishiga tranzitsiya

deyiladi;

b) purin asosining pirimidin asosi bilan, aksincha, pirimidin asosining

purin bilan almashishi transversiya deb nomlanadi.

Lizin aminokislotasining kodi AAA dan UAA ga o‘zgarishi, glutamin

kodi CAGdan UAGga o‘zgarishi mumkin . Har qanday aminokislota

kodini mutatsiya tufayli terminator UAG kodiga o‘zgarishi polipeptid zanjiri

sintezini ertaroq tugallanishiga olib keladi.

O’zgaruvchanlik



O’yin. Aylanalarni O’zgaruvchanlik haqidagi fikrlar bilan to’ldiring (SWOT pedagogik uslubi)

1. Dominant mutatsiyalar. 2. Retsessiv mutatsiyalar.

Dominant mutatsiyalarga polidaktiliya (ortiqcha barmoqlilik), katarakta

(ko‘z shoxpardasining xiralashuvi), braxidaktiliya (kalta barmoqlilik) kabilar

misol bo‘ladi. Retsessiv mutatsiyalarga gemofi liya, daltonizm, tug‘ma karlik, albinizm kabilar misol bo‘ladi. Agar mutatsiya dominant bo‘lsa, birinchi avlodning o‘zidayoq yuzaga chiqadi.

Retsessiv bo‘lsa, ikkinchi yoki undan keyingi avlodlarda paydo bo‘lishi mumkin.

Mutatsiyalarning kelib chiqish sabablariga ko‘ra: spontan va indutsirlangan

mutatsiyalarga ajratiladi. Spontan mutatsiyalarni keltirib chiqaruvchi sabab

aniq emas, ular o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan mutatsiyalardir. Atrof-muhitda

mutagen omillar ko‘p bo‘lsa, ular spontan mutatsiyalarni bir necha martaga

oshirib yuboradi.

Indutsirlangan mutatsiyalar (keltirib chiqarilgan mutatsiyalar) inson tomonidan

ma’lum maqsadlarda hosil qilinadi. Bunday mutatsiyalarni keltirib chiqaruvchi

mutagenlar 3 guruhga ajratiladi: fi zik (radioaktiv nurlar, rentgen nurlari, harorat);



kimyoviy (organik va anorganik moddalar); biologik (viruslar, toksinlar)

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling