Mavzu O’zgaruvchanlikning umumiy qonuniyatlari. Fenotipik o’zgaruvchanlik


Download 1.93 Mb.
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#206054
1   2   3   4
Bog'liq
o'zgaruvchanlik

Mutatsion o‘zgaruvchanlik. «Mutatsiya» atamasini fanga birinchi

bo‘lib gollandiyalik genetik olim G. De-Friz kiritdi. U ko‘p yillar davomida

o‘simliklarda uchraydigan mutatsiyalarni o‘rganib 1901–1903-yillari o‘zining

mutatsion ta’limotini yaratdi. Hozirgi kunda mutatsion ta’limotda ilgari surilgan

g‘oyalar quyidagilardir:

– mutatsiyalar to‘satdan paydo bo‘ladi, yo‘nalishga ega emas va irsiylanadigan

o‘zgaruvchanlikdir;

– mutatsiyalar individual xarakterga ega, ya’ni populatsiyaning ayrim

individlarida sodir bo‘ladi;

– mutatsiya natijasida hosil bo‘lgan yangi belgilar turg‘undir;

– mutatsiyalar natijasida sifat jihatidan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi;

– mutatsiyalar har xil ko‘rinishlarda bo‘lib, foydali va zararli, neytral

bo‘lishi mumkin;

– mutatsiyalarning uchrash ehtimoli o‘rganilgan organizmlar soniga bog‘liq;

– o‘xshash mutatsiyalar bir necha marta paydo bo‘lishi mumkin. Mu tatsion

ta’limot keyinchalik har tomonlama rivojlantirildi va mutatsiyalarning ko‘plab

turlari aniqlandi.


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling