Mavzu: Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan oziqa qo‘shimchalari va ingredient reja: Oziq-ovqat qo‘shimchalari zararlimi yoki foydali Oziq-ovqat qo‘shimchalarini qo‘llash ustidan nazorat
Download 1.33 Mb.
|
biokimyo m02
Qiyomli qatlam bilan qoplab jilo beruvchi, nimshirinlashtiruvchi, yumshatuvchi, kislotalik darajasini maromida ushlab turuvchi ziravorlar yuqorida ko‘rsatilgan barcha guruhlarga, shuningdek, yangi E1000 guruhiga kiradi. Albatta, tadqiqotlar natijalariga binoan, salomatlik uchun zararli oziq-ovqat qo‘shimchalari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritib borilayapti. Shunga qaramay, ayrim noinsof ishlab chiqaruvchilar mahsulot tannarxini kamaytirish ilinjida joriy tartib-qoidalarni buzishayapti. Vaholanki, YE kodli qo‘shimchalar haqidagi ma’lumotlar mahsulot yorlig‘ida yozilgan bo‘lishi kerak. O‘z tinchini o‘ylagan iste’molchi esa ularni diqqat bilan o‘qishi, oziq-ovqatlarning beziyonligi to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam kuzatib borishi, imkon qadar sun’iy qo‘shimchalar kam qo‘shilgan mahsulotlarni xarid qilishi joiz. Shuningdek, rasman taqiqlanmagan, ammo sog‘liqqa xavf solishi ehtimoli bor sintetik vositalarga alohida e’tibor qaratishi lozim. Masalan, YE-621 kodli natriy glutamati keng ommalashgan ta’m kuchaytirgich hisoblanadi. U fastfuda mahsulotlari, quruq sho‘rvabop vositalar va ziravorlar, qayla va yarimfabrikatlar tayyorlashda asqatadi. Ammo, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu qo‘shimcha o‘ta salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqaradi, ayniqsa, bolalar uchun zararli sanaladi. Chunki ko‘rish qobiliyatiga va bosh miyaga shikast yetkazadi, allergik reaksiyalarni rivojlantiradi. Yana bir achinarli jihati, unga juda tez o‘rganib qolgan odam oshxona-restoranlardagi taomlarni yoqtirmaydi.Siz oziq-ovqat qo‘shimchalari haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishni istasangiz, turli mish-mishlarga, jumladan, oxirgi paytlarda Internet orqali tarqatilayotgan “oldi-qochdi” gaplarga ko‘r-ko‘rona ishonmang. Bil’aks, iloji boricha, rasmiy manbalardan olingan, har tomonlama tekshirilgan va ilmiy dalillarga asoslangan rasmiy ma’lumotlardan foydalaning!Foydalanilgan Asosiy Adabiyotlar 1. Azizov A.Sh., Islamov S.Y., Suvanova F.U., Abdikayumov Z.A. Caqlash Omborlari Va Qayta Ishlash Korxonalarini Loyihalashtirish Asoslari Va Jihozlari, Navro‘z Nashriyoti, 2014 2. R.A. Xaitov, R.I. Zuparov Don Va Don Mahsulotlarining Sifatini Baholash Hamda Nazorat Qilish, Universitet Nashriyoti, 2000 3. Драгилов А.И., Дроздов В.С Технологические Оборудование Предприятий Переработиваюших Отрослей АПК. – М.: Колос, 2001. 4. Q.O. Dodaev, I.M. Mamatov Oziq-ovqat Mahsulotlarini Konserviyalash Korxonalarining Loyihalash Asoslari Texnologik Hisovlari, Toshkent ,,IQTISOD-MOLIYA’’ 2006 5. Hill, D And Newbury, G. "Data Requirements And Planning Base, Operational Principles", In The Principles Ofwarehouse Design, The Chartered Institute Of Logistics And Transport In The UK, Baker, P. (Editor), (2010).Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling