Mavzu: Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnati
Download 22.41 Kb.
|
1 2
Bog'liqQuramboyev Jahongir tezis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy qism. Mahkumlarning yoshi, jinsi, sogligining holati, mehnat qobiliyati va imkon qadar mutaxassisligi inobatga olingan holda mehnatga jalb etiladi. 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar hamda 1 va 2-guruh nogironlari mehnatga oz xohishlariga kora jalb etiladilar. Mahkuma ayollar homiladorligi va tugishi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan muddatga ishdan ozod qilinadilar. Shuningdek, mehnat togrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, voyaga yetmagan va ayol jinsidagilar bajarishi taqiqlangan ishlarda ishlashlariga yol qoyilmaydilar. Mahkumlarning mehnatini tashkil qilishda ularning qobiliyatini jismoniy xususiyatlari birlamchi sanaladi. Sababi, jazoni ijro etish muassasasiga kelib tushgan har bir mahkumning ishga yaroqliligi tibbiy komissiya tomonidan tekshiriladi. 1 va 2-guruh nogironlari tibbiy komissiyaning xulosasiga kora mehnat qilishga yuboriladi. Har bir mahkum ozining kasb-hunariga qarab ish bilan taminlanadi., bundan kozlangan maqsad ish unumdorligini yaxshilashdir. Kasb hunarga ega bolmagan mahkumlar ham muassasa mamuriyati tomonidan ish bilan taminlanadilar. Hech qanday hunar yoki kasabga ega bolmagan mahkumlar maxsus kasb-hunar muassasalarida oqitiladilar. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oz vakolati doirasida mahkumlarni ish bilan taminlashda umumiy vakolatli davlat organlari hisoblanadi.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqariladigan muayyan mahsulot turlari uchun buyurtmalarni taqsimlaydi; ishlab chiqarish korxonalarini moddiy texnika bilan taminlash choralarini koradi; ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, ishlab turgan korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishni mablag bilan taminlaydi; korxona muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan mahkumlarga yoziladigan ish haqi miqdorini belgilab beradi. Mahkumlar mehnati Ozbekiston Respublikasi qonunlari va JIK normalari bilan tartibga solinadi. JIK ning 90-moddasiga binoan jazoni ijro etish muassasalarida jazoni otayotgan mahkumlar uchun olti kunlik ish haftasi belgilangan.Ularning ish vaqti rejimi ijro etish muassasasining mamuriyati belgilaydi va umumiy ish vaqtining qonunda belgilangan eng kop normasidan oshib ketmasligi kerak. Odatda, mahkumning ish joyi jazoni otayotgan muassasadan uzoqda bolmaydi, ammo ish joyining uzoqligi yashash joyidan 3 km masofadan oshsa, mahkum ishga moslashtirilgan transportda olib boriladi. Mahkumlar, odatda, brigadalarga bolingan holda ishga taqsimlanadi, har bir brigadada ozining brigadiri boladi va u javobgar shaxs sanaladi. Mehnat togrisidagi qonun hujjatlariga kora mahkumlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram kunlarida ishga jalb etish uchun zarurat bolganida amalga oshiriladi. Shuningdek, mahkumlarning dam olish vaqti Jinoyat-ijroiya kodeksining 91-moddasi bilan tartibga solinaldi. Unda mahkumlarga haftada bir marta dam olish kuni berilishi, bayram kunlari esa ishdan ozod qilinishi belgilab qoyilgan. 2003-yil 30-avgustda bu moddaga kiritilgan qoshimcha va ozgartirishga kora ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga har yilgi mehnat tatili berilmaydi, jazoni manzil koloniyalarda otayotganlar esa bundan mustasno. Shuningdek, mahkum jazoni ijro etish koloniyasining intizomiy bolinmasi turar joylarida saqlangan vaqt haq tolanadigan har yilgi mehnat tatili berish uchun zarur muddatga qoshib hisoblanmaydi. Mahkumlar mehnatidan chegirib qolish mehnat togrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq bir necha istisno, cheklashlar bilan amalga oshiriladi. Bunda ishning boshlanish va tugallanish vaqti koloniya boshligi tomonidan belgilanadi. Mahkumga tolanadigan ish haqi ularning hisob varagiga otkaziladi, hisob varagidagi mablaglardan ularning barcha tolovlari uchun otkazilishi mumkin. Ozbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son buyrugi bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari togrisidagi buyrugiga asosan mahkumlar jazoni ijro etish muassasalarini va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, shuningdek madaniy-maishiy sharoitni yaxshilash ishlariga haq tolamay ishga jalb qilinadilar. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga amaldagi qonun va qonun osti hujjatlari hamda ularda belgilangan tariflar va baholash mezonlari boyicha ishning miqdori hamda sifatiga muvofiq haq tolanadi. Ushbu davr mobaynida mehnat qonunchiligi normalari va mehnat vazifalarini bajargan mahkumlar mehnatiga tolanadigan oylik ish haqi qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kam bolishi va eng yuqori miqdor bilan chegaralanishi mumkin emas. Eng kam ish haqiga qoshimcha tolovlar, ustamalar, ragbatlantiruvchi tolovlar, normalar ish vaqtidan tashqari qilingan mehnat uchun oshirilgan tolov, shuningdek, tuman koefitsentlari ish haqi hisobiga kirmaydi. Mahkumlar mehnatiga ishbay va vaqtbay tartibida haq tolanadi. Mahkumlar mehnatiga haq tolashning asosiy tizimi barcha ishlarda meyorlashtirish va aniq hisob-kitobni taminlovichi ishbay haq tolash hisoblanadi. Ishbay haq tolash individual yoki jamoaviy bolishi mumkin. Mehnatga individual haq tolashda mahkumning butun maoshi u tayyorlagan yaroqli mahsulot miqdori va har bir mahsulot birligi uchun ishbay baholash yoli bilan aniqlanadi. Jamoaviy haq tolashda jamoaning umumiy maoshi muayyan vaqt, davomida bajarilgan butun ish natijalariga qarab hisoblanadi. Lekin jamoaning har bir azosiga bu maosh unga belgilangan tartibda berilgan malakaviy razryadi va jamoada ishlagan vaqtni hisobga olgan holda ajratiladi. Vaqtbay haq tolash faqat meyorlashtirilmagan va aniq hisobga asoslanmagan ishlarda qollaniladi. Mahkumlarga vaqtbay haq tolashda har oylik ish kuni uchun kunlik tarif stavkasi ajratiladi. Oylik haq tolashda mahkumning oylik maoshi kalendar boyicha bu oydagi ish kuni miqdoridan qatiy nazar qatiy oylik stavkasi shaklida, lekin har bir kunda ishlagan vaqtni hisobga olgan holda belgilanadi.Mahkumlarning moddiy manfaatdorligini kuchaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini va rentabelligini oshirish, mehnat unumdorligini ostirish, mahsulot sifatini yaxshilash va hokazo maqsadida vaqtbay-mukofotlash va ishbay-mukofotlash tarzida haq tolash tizimi joriy qilinadi. Tungi vaqtdagi ishga (22-00 dan 6-00 gacha) bir yarim baravar miqdorda haq tolanadi. Tungi vaqtdagi ishlar uchun haq tolash tarif stavkalariga kiritilmaydi. Mahkumning aybi bilan yol qoyilgan toliq ishlamaganlik yoki qisman ishlanmagan vaqt uchun haq tolanmaydi. Mahkumning aybi bilan yol qoyilgan qisman sifatsiz bajarilgan ishlar uchun kamaytirilgan miqdorda haq tolanadi. Mahsulotning yaroqlilik foizi bunday hollarda muassasa mamuriyati tomonidan belgilanadi. Agar sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarishda mahkumning aybi bolmasa, u holda mahkumning ortacha maoshi saqlab qolinadi. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarilgunga qadar sifatsiz mahsulotlar uchun tegishli razryaddagi tarif stavkasi hisobidan haq tolanadi. Mahkumlarning pensiya taminoti va ijtimoiy sugurtasi masalasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 96-moddasida oz ifodasini topgan. Mahkumlarni oylik maoshidan davlat sugurtasi uchun mablaglar ajratilmaydi. Ozodikdan mahrum etilgan mahkumlarga Ozbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan Davlat ijtimoiy sugurtalash mablaglari hisobidan taminot turlari boyicha nafaqalar qollanilmaydi. Nafaqaxor ozodlikdan mahrum etilganida unga belgilangan nafaqaning tolovi toxtatiladi. Nafaqaxor ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod bolib chiqqanidan song, unga belgilangan nafaqaning berilishi u murojaat qilgan kundan boshlab tiklanadi. Ozodikdan mahrum etish korinishidagi jazoni otash davrida mahkumlar tomonidan yetkazilgan moddiy zararni qoplash huquqidan foydalanmaydilar. Jazoni otash mobaynida mehnat qilish layoqatini yoqotib, ornatilgan tartibda nogiron deb tan olingan shaxslar nafaqa olish huquqiga egadirlar. Nogironlik boyicha nafaqa tayinlashda mehnatga layoqatlilik yoqotilgan holatlari ham ahamiyatga ega. Jazoni otash davrida mahkumlarning mehnatga layoqatliligini yoqotganligi umumiy kasallanish natijasida mehnatga layoqatlilikni yoqotish, deb hisoblanadi. Nafaqa miqdorini belgilashda shaxsning mehnat staji ham inobatga olinadi. Jazoni otash davri mehnat stajiga kiritilmasligi tufayli mahkum jazodan ozod etilgach yoki uni otab bolgandan song, nafaqaga chiqishida uing ozodlikdan mahrum etilgunga qadar bolgan mehnat staji etiborga olinadi. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod bolgan shaxslarga nafaqa tayinlash masalasi ijtimoiy taminot organlari tomonidan hal etiladi. Bugungi kunga kelib jazoni otash muassasalarida mehnat qilayotgan mahkumlarning ish stajini umumiy mehnat stajiga qoshib hisoblash togrisida qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu masala yuzasidan 2022-yil 2-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi qonun loyihasi muhokama qilindi. Qonun loyihasi bilan manzil-koloniyalarda O`zbekiston Respublikasining Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risidagi, Soliq kodeksi hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga tegishli o`zgartish va qo`shimchalar kiritilmoqda. Ya`ni, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o`tayotgan mahkumlarning, shu jumladan nogironligi bo`lgan mahkumlarning huquq doirasi kengaytirilib, xalqaro huquq normalari bilan muvofiqlashtirilmoqda. Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini ularning umumiy mehnat stajiga qo`shib hisoblash tartibi joriy etilmoqda. Shu bilan birga, mahkumlarga rag`batlantirish, muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni engilrog`i bilan almashtirish choralarini ko`rish uchun asos bo`ladigan mahkumning tuzalish yo`liga o`tganligini baholovchi aniq mezonlar belgilanyapti. Xulosa. Songgi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini taminlash hamda sud-huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan qator say-harakatlar amalga oshirilmoqda, ayniqsa, mahkumlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning huquq va erkinliklariga rioya etilishi, shani va qadr-qimmatining hurmat qilinishini taminlashga etibor kuchayib, sohaga oid qonunchilik takomillashtirilyapti. Xususan, 2017-2022-yillarda mahkumlarning qonuniy huquq va erkinliklarini taminlashga qaratilgan 3 ta qonun, Prezidentimizning 1 ta farmoni, 6 ta qarori, hukumatning 10 ta qaror va farmoyishlari hamda ondan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bunda jinoyat sodir etgan shaxslarni mehnatga toliq jalb etish orqali ularni axloqan tuzalish, kelgusida jamiyatimizning munosib azosi sifatida shakllantirish masalalariga alohida etibor qaratilmoqda. Ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarda ularni mehnatga jalb qilishda asosan ularning malakasidan yoki ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda ish bilan taminlash nazarda tutilgan. Ularga kerakli va zarur malakalarni orgatishda jamoat birlashmalari bilan hamkorlikda ishlashi hamda hunarmandchilik va duradgorlik sohasiga qiziquvchilarga Hunarmand uyushmasi bilan hamkorlikda ustoz-shogird ananalari asosida ularga kasb-hunar orgatish va ularning ozodlikka chiqqanidan keyin qayta jinoyat yoliga kirmasligi maqsadida ular zarur ish bilan taminlash masalasiga muhim etibor qaratish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: O'zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi O'zbrkiston Respublikasi Oliy Sud plenumi qarorlari Internet tarmoqlari: "lex.uz, Wikipedia, arxiv. uz" Download 22.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling